Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 7 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 29 July, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon jamiyatimizda kelajagimiz
bunyodkori bo„lgan yoshlarga e‟tibor yana kuchaydi. Ayniqsa yoshlarni sog„ligini
saqlash sohasidagi ijobiy o„zgarishlarni har qadamda sezish mumkin.
Bugungi kunda xalq ta‟limi tizimiga qarashli qaysi turdagi muassasani
olmaylik, ularda shifokorlar va malakali hamshiralar xizmat ko„rsatishmoqda.
Umumta‟lim maktablari o„quvchilari salomatligini muhofaza qilish, ularga
malakali tibbiy xizmat ko„rsatish, kasal o„quvchilarni o„z vaqtida aniqlash, ularni
sog„lomlashtirish, turli kasalliklarni oldini olish ishlari keng yo„lga qo„yilgan.
Jismoniy tarbiya daqiqalarini o„tkazish uchun 3-4 mashqdan iborat maxsus
mashqlar majmuasidan foydalanish mumkin. Ta‟lim muassasalarida alohida
o„rganlarga, tizimga va butun organizmga ruhiy va statik og„irlik qiluvchi mashqlar,
darsda umumiy toliqishni oldini olish uchun jismoniy tarbiya daqiqasi va dars
davomida taranglashganini xisobga olgan holda turli guruh mushaqlari uchun
to„plangan mashqlardan iborat umumiy ta‟sir qiluvchi mashqlar o„tkazishni talab
qiladi. Mashqlar 1,5-2 daqiqa davom etadi.
Maktabda o„quvchilarni harakatga bo„lgan biologik talabini qondirish uchun
sharoit yaratish lozim. Bu talab 2 soatdan ko„p hajmdagi bolalar va o„smirlarni kunlik
harakat faolligini qondirishi mumkin
Sog„lom avlodni shakllantirish va tarbiyalashning turli yo„l-yo„riqlari, usullari
mavjuddir.Ayniqsa, bolalarning bo„sh vaqtlarini to„g„ri tashkil etish, turli milliy
harakatli o„yinlar o„rgatish muhimdir.
Bugungi kunda sog„lom turmush tarzini shakllantirish ham o„tgan
davrlardagidek muhim hisoblanadi va bu muammo ham o„tgan davrlardagidek
ijtimoiy muammo sifatida o„rganilgan.
XXI-asr - bu yuqori tezlik, ulkan axborot oqimi, voqealar tez o„zgarib
turadigan vaqt, shuning uchun har bir inson o„z dunyosini, o„z muhitini va o„z
manfaatlarini
topishi
kerak.
XXI
asr
texnologiya,
axborotlashtirish
va
kompyuterlashtirishning rivojlanishi bilan boshqa asrlardan farq qiladi. Biroq,
jamoatchilik fikri va ommaviy axborot vositalari yosh avlodda hayotga iste‟molchi
munosabatini shakllantiradi.
Bu hayotda hamma narsani sinab ko„rish kerak, degan fikr bor, ya‟ni spirtli
ichimliklar, tamaki va giyohvand moddalar. Shunga ko„ra, yoshlar o„rtasida
giyohvandlik muammosi dolzarb bo„lib qolmoqda, demak, ijtimoiy xulq-atvor,
sog„lig„ining yomonlashishi, aqliy va ijodiy salohiyatning pasayishiga olib keladi.
Yoshlarning hammasi ham jismoniy tarbiya va sport bilan
shug„ullanmaydi, aksariyati tibbiy sabablarga ko„ra ozod etiladi.
Shunday qilib, zamonaviy jamiyatda yosh avlod salomatligi,