Usullarni shakllantirish haqida so„z boradi



Yüklə 332,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix27.12.2023
ölçüsü332,22 Kb.
#199124
1   2   3   4   5   6   7
umum-ta-lim-maktab-o-quvchilarida-sog-lom-turmush-tarzini-shakllantirishning-muhim-tomonlari

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
O„quvchilarning shaxsiy gigiyenasi rotsional kun tartibi 
bilan bog„liq bo„lgan ko„pgina masalalarni o„z ichiga oladi. 
Gavdani va og„iz bo„shlig„ini o„z vaqtida yuvib, tozalab turish, 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 7 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
31
 
July, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
salomatlik va mashq qilishga putur еtkazadigan yomon odatlarni tashlash va 
boshqalar shular jumlasidandir. Maktab o„quvchisining kun tartibida quyidagilar 
bo;lishi nazarda tutiladi: uyqu, ovqatlanish, maktabda o„qish, uyda dars tayyorlash, 
toza havoda sayr qilish, uy ishi, yaxshi ko„rgan ish bilan shug„ullanish, sinfdan va 
maktabdan tashqari o„ykazilgan har xil tadbirlarda qatnashish, shaxsiy gigiyena 
qoidalarini bajarish. Kun tartibiga ertalabki badantarbiya, ko„ngil ochuvchi sport 
o„yinlari kabi mashg„ulotlarning faol turlari rejalashtirilgan bo„lishi shart. Shuning 
uchun kun tartibiga rioya qilish, sog„liqni saqlash va darsda muvaffaqiyatga erishish 
muhim omildir. 
Maktab, oila, pedagoglar, o„quvchilar va ota-onalarning o„zaro hamkorligi ish 
sifatini yanada yaxshilaydigan jismoniy tarbiyani, sog„lom hayot tarzini 
o„quvchilarning kundalik hayotiga tatbiq etadigan muhim vositadir deb hisoblaymiz. 
Bola sog„lom va har tomonlama barkamol shakllanishi uchun jismoniy tarbiya va 
sport bilan shug„ullanishi muhimdir. Kishi salomatligini mustahkamlashda jismoniy 
tarbiya qanday ahamiyatga ega ekanligini mashg„ulot davomida o„quvchilarga 
tushuntirib borishimiz zarur. 
Jismoniy tarbiya bilan shug„ullangan kishi kuchli, chaqqon, chidamli, irodali, 
bardam, jasur, go„zal va harakatchan bo„ladi. Shuning uchun har bir harakatni 
mustaqil, yaxshi va kam kuch sarflagan holda bajarishga harakat qiladi.Tarixiy 
manbalarga qaraganda, o„zbek xalqining milliy sport va milliy o„yinlari aholini 
yashash sharoitiga qarab xilma-xil bo„lgan va kishilarni faol, sermahsul ishlashga 
tayyorlagan. 
Jismoniy savodsizlikka qarshi erta yoshda, bolalar bog„chalari va maktabgacha 
ta‟lim muassasalarida kurashish kerak. Jismoniy savodxonlik uchun erta ta‟lim 
muhim rol o„ynashi va sog„lom turmush tarzini rivojlantirishni rag„batlantirish 
jarayonining ajralmas qismi bo„lishi mumkin. 6 yoshgacha bo„lgan bolalar 
bog„chalarida jismoniy savodxonlikning asosiy dasturini o„yinlar va qiziqarli 
mashqlar shaklida boshlash maqsadga muvofiq bo„ladi. 
An‟anaviy shakllangan ta‟lim-tarbiya jarayonida o„quvchilarning ko„p vaqti 
o„tirgan holatda bo„ladi. Shuning uchun o„qituvchilar o„quvchilarni dars vaqtida 
o„tirish holatlarini nazorat qilishlari, darslarda jismoniy tarbiya daqiqalarini 
o„tkazishlari, ijobiy ta‟sir qiladigan harakatlar tartibini tashkil qilishlari, jismoniy 
tarbiya mashqlariga gavdani to„g„ri tutishga yo„naltirilgan mashqlarni kiritishlari 
zarur. Mashqlarni musiqa ijrosida bajarish yanada ko„proq ijobiy samara beradi.
Maktabda o„qishning birinchi kunidan boshlaboq birinchi sinf 
o„quvchilarida to„g„ri o„tirishni shakllantirishga e‟tibor qaratish 
zarur. Bolalarni maktabda va uyda o„tirish holatini nazorat 



Yüklə 332,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin