Uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari va daromadlari Uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari, avvalo, pul jamg‘armalarini ishlatilishiga nisbatan qabul qilinadi. Moddiy tarkibi nuqtai nazaridan uy xo‘jaliklari moliyasi – bu ular tomonidan yaratilgan maqsadli pul jamg‘armalari yig‘indisi, boshqacha so‘z bilan – bu uy xo‘jaligi tasarruf etayotgan moliyaviy resurslarining umumiy hajmi. Uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari tarkibiga quyidagilar kiradi:– joriy xarajatlarga, ya’ni oziq-ovqat mahsulotlarini, nisbatan qisqa vaqt davri davomida ishlatilinadigan nooziq-ovqat tovarlarini (oyoq kiyimi, kiyim-kechak va sh.k.) sotib olish, davriy iste’mol qilinadigan xizmatlar uchun to‘lovlar va b.;
– kapital xarajatlarga mo‘ljallangan pul mablag‘lari;
– etarlicha uzoq muddat davri davomida ishlatilinadigan nooziq-ovqat tovarlarini olish (mebel, uy-joy, transport vositalari va sh.k.), uy xo‘jaligi qatnashchilari tomonidan yetarlicha kam iste’mol qilinadigan xizmatlar uchun to‘lovlar (ta’lim, tibbiy operatsiyalar, sayyohlik yo‘llanmalari);
– pul jamg‘armalari (omonatlari);
– ko‘char va ko‘chmas mulkka qo‘yilgan pul mablag‘lari
Uy xo‘jaliklarining pul daromadlarini ularni kelish manbalari bo‘yicha bo‘lish mumkin. Uy xo‘jaliklarining pul daromadlari uchta manbadan olinishi mumkin: 1) yollanma xodim sifatida ishlayotgan oila a’zolarining ish haqlari, mukofotlari, ish haqlariga qo‘shimchalar, xizmat safari xarajatlari mablag‘lari, ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy xarakterdagi to‘lovlar;
2) tadbirkorlik faoliyatidan, korxonalar foydasida ishtirok etishdan, shaxsiy mulk (ko‘chmas mulk) bilan operatsiyalardan va kredit-moliyaviy operatsiyalardan olinadigan daromadlar;
3) davlat pensiyalari, nafaqalari, stipendiyalar va boshqa ijtimoiy transfertlar.
Uy xo‘jaliklarining xarajatlari Iqtisodiy fanda uy xo‘jaliklarining xarajatlarini turkumlashga turlicha yondoshuvlar mavjud. Uy xo‘jaliklarining xarajatlarni ularni amalga oshirilishining davriyligi (chastotasi) nuqtai nazaridan uchta umumlashgan guruhlarga bo‘linadi:
1) qisqa muddatli xarajatlar;
2) o‘rta muddatli xarajatlar;
3) uzoq muddatli xarajatlar.
Uy xo‘jaliklari tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlar ularning funksional vazifalari bo‘yicha quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:
- shaxsiy iste’mol xarajatlari (tovarlar sotib olish va xizmatlarga to‘lovlar);
-soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
- pul jamg‘armalari va omonatlari.Uy xo‘jaliklari xarajatlarini kelgusi tavsifi uchun ularni turkumlashning boshqacha variantidan foydalanish mumkin. Ular yuqoridagi ikkita mezonni umulashtirish imkonini beradi. Bu variant uy xo‘jaliklari budjetining xarajatlar qismini uchta asosiy bo‘limga bo‘lishni nazarda tutadi: