Platon filosofiyasi Uyg`onish davrida panteizmning g`oyaviy manbai bo`lib qoldi, Uyg`onish davri filosofiyasi sxolastika va sxolastikalashtirilgan aristotelizm b-n kurashda undan yuz o`gira boshladi.
XV-XVI asrlarda Italiyadagi Paduya un-ti antisxolastik aristotelizmning bosh markazi edi. Bu oqim namoyandalari, ayniqsa italyan filosofi P. Pomponatstsi jonning o`lmasligi xaqidagi (cherkov ta`limotini bartaraf etishga katta hissa qo`shdi; ular tomonidan «ikki xaqiqat» nazariyasining himoya qilinishi fan va filosofiyaning din ta`siridan ozod bo`lishiga imkon berdi.
Uyg`onish davri falsafiy tafakkurining asosiy yutuqlaridan biri — ilohiyotga buysunishdan ozod bo`lgan naturfilosofiyaning paydo bo`lishidir. Uyg`onish davri naturfilosofiyasi 16-asrda Italiya va Germaniyada yuksaldi. Lekin uning g`oyalari 15-asrda Nikolay Kuzanskiy tomonidan ilgari surilgan edi. Uning eng xarakterli xususiyati naturalistik panteizmdir. Unga olamni katta, tirik va o`zgaruvchan organizm deb karash, insonni tabiatning bir qismi deb tushunish, dialektika elementlari xosdir. Bu davr naturfilosofiyasi J- Brunonyant falsafiy qarashlarida eng tipik tarzda ifodalagan edi. Olamning bir butun va universal manzarasini chnzishga intilishda Uyg`onish davri mutafakkirlari real bilimlarining yetarli emasligi ularning antropomorfik va mistik xayollarga berilishiga olib keldi, ular sexrgarlik va b. «sirli fanlarga, astrologiya, alkimyoga xam murojaat qildilar.
Uyg`onish davri k i sh i l i k j a m i ya t i v a uning tarixiga, davlat va xuquqqa yangicha qarash b-n xam ajralib turadi. 16-asrning yirik siyosiy mutafakkirlari (N. Makiavelli, J. Voden) bu masalalarning ilohiyot ruhidagi talqiniga barham berib, ularga kishilarning uz faoliyati natijasi sifatida qaradilar va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari haqidagi masalani ilgari surdilar, J. Boden jamiyatning shakllanishida tabiiy muhit ta`sirini ta`kidlaydi; N. Makiavelli siyosiy kurash va moddiy manfaatdorlik ijtimoiy hayotning asosiy xarakatlantiruvchi kuchi deb hisobladi.