Uyg’onishdir. Islomga kirgan kishi bu hisni tushunadi. Musulmon bo’lib tug’ilgan kishi ham diniga ko’ngil qo’ysa bu hisni tushunadi. Allohdan yiroqda bo’lib qayta yaqinlashgan kishi bu hisni tushunadi



Yüklə 33,34 Kb.
səhifə2/3
tarix02.01.2022
ölçüsü33,34 Kb.
#42312
1   2   3
uygonish

Ushbu holatning ofatlari:
Yuqorida qayd etilgan tavsiflarni anglamaslik bilan bog’liq bo’lgan ikki xil ofat bor. Shuningdek ayni shu ofatlar Allohga bo’lgan yo’ldan to’silib qolishga sabab bo’ladigan ikki omil hamdir: takabburlik/mag’rurlik hamda umidsizlik. Manmanlar o’zlarini allaqachon yetarlicha a’lo ekanlariga ishonishadi, shu bilan intilishdan to’xtashadi. Umidsizlar bo’lsa, hech qachon yetarlicha a’lo bo’la olishlariga ishonishmaydi, shu bilan ular ham intilishdan to’xtashadi. Ikki qarama-qarshi illatlar, bir zayldagi natijaga olib borishadi: Allohga bo’lgan yo’lda to’xtab qolish.
Takabburlik

Tushkunlik va umidsizlik –
Bir kuni Abu Bakr va Hanzala (r.a)lar Rasululloh (s.a.v)ning huzurlariga borishdi, so’ngra Hanzala (r.a) so’z boshladi: “Ey Allohning Rasuli! Hanzala munofiq bo’ldi”. “Nima uchun?” dedilar. “Ey Allohning Rasuli! Sizning huzuringizda bo’lganimda do’zax va jannatni bizga eslatasiz. Hattoki biz ko’zimiz bilan ko’rgandek bo’lamiz. Sizning huzuringizdan chiqqanimizda jufti halollarga, bolalarga va molu dunyoga aralashib, ko’p narsani unutamiz” deb aytdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): “Jonim qo’lida bo’lgan Zot bilan qasamki, agar mening huzurimda bo’lgan holingizda va zikrda bardavom bo’lsangiz, albatta, to’shaklaringizda va yo’llaringizda sizlar bilan farishtalar qo’l berib ko’rishar edilar. Lekin, ey Hanzala bir soat unday, bir soat bunday, bir soat unday, bir soat bunday”, dedilar. [Muslim]

Yüklə 33,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin