Ruhiy lazzatdan so’ng:
Ushbu sayohatning eng muhim qismi bu - hech qachon taslim bo’lmaslik. Angladingizki siz oldingidek ishtiyoqni sezmayapsiz, chunki siz ba’zi narsalarda mag’lubiyatga uchradingiz. Yo’lda balandlik va pastliklarning bo’lishi tabiiy hol. Biz butun umr yuqorida qolganimizda, inson bo’la olmasdik. Balki, farishta bo’lardik. Savol shundan iboratki: pastda bo’lganimizda nima qilgan bo’lardik garchi buni his etmasakda. Ushbu yo’lda muvaffaqiyat qozonishning kaliti o’z “past”ingizga yetgan chog’ingizda ham buni odatdagidek qabul qilib yo’lda davom etishdan iborat.
Shaytonning hiylalari
Yodingizda tuting, Shayton turgan vaziyatingizga qarab turli yo’llar bilan vasvasa qila oladi.
Agar siz yuqorida bo’lsangiz – Agar siz yuqorida bo’lsangiz, u sizni takabburlikka chaqirib vasvasa qilib ko’radi. U sizni boshqalarga past nazar bilan qarashga chaqirish orqali yo’ldan ozdirmoqchi bo’ladi. Oxir-oqibat u sizni shunchalik mag’rurlanishga chaqiradiki, o’zingizda yana intilish uchun g’ayrat topolmaysiz, chunki siz o’zingizni yetarlicha buyuk deb sanaysiz (atrofingizdagi boshqalarga qaraganda ham). U sizning nuqsonlaringini bekiish uchun izchil ravishda sizdan-da kamchiligi ko’proq bo’lgan insonlarni tomosha qilishga chaqiradi. Masalan, agar siz hijobda bo’lmasangiz, “hijobda bo’lib falon, falon, yomon ishlarni qilib yurgan hijoblilar ham bor. Lekin, men bo’lsam unday emasman! Men hijoblilar qilmaydigan falon, falon yaxshi ishlar qilaman!” degan o’y-fikrni keltirib chiqaradi. Yoki namozingizni bo’shashtirsangiz, “har holda “ko’ngilxushlik qilib spirtli ichimliklar ichmayapmanku” degan fikr sizni chulg’ab oladi. Eslab qoling,
Dostları ilə paylaş: |