Tarmoq kartasini o‘rnatish.
1. Kompyuterni tarmoqdan o‘chiring.
2. O‘rnatishga xalaqit beradigan simlarning hammasini tizimli blokdan ajrating.
3. Shaxsiy kompyuterning tizimli blokini oching. Zarur ulanish joyiga, mazkur holatda esa PCI ulanish joyiga, yo‘l oching.
4. Tizimli blokni plata o‘rnatishga tayyorlang. Himoya vositani olib tashlang.
5. Tarmoq kartasini slotga o‘rnating va oxirigacha bosing, lekin avval kartani to‘g‘ri o‘rnatganingizga amin bo‘ling.
6. Tizimli blokni yoping, zarur kabellarni va tokni ulang.
7. Shaxsiy kompyuter yoqilganida yangi jihozni o‘rnatish ustasi ishga tushishi kerak. Agar u ishga tushmasa, yangi jihozni boshqaruv paneli (jihoz o‘rnatish) orqali topishga harakat qilib ko‘ring.
Agar bu holda ham tarmoq kartasi topilmasa, uning to‘g‘ri ulanganligini yana tekshirib ko‘ring.
8. Shaxsiy kompyuter tarmoq kartasini topganidan so‘ng, uskunaning to‘g‘ri ishlashi uchun drayver dasturini o‘rnatish zarur.
Agar tarmoq kartasi Plug And Play jihozlari standartiga taalluqli bo‘lsa, unda drayver avtomatik tarzda o‘rnatiladi. Agar u mazkur standartga tegishli bo’lsa, jihozga ilova qilingan drayverli diskdan foydalaning yoki shaxsiy kompyuterning amallar tizimi taklif qiladigan uskunalar ro‘yxatidan o‘zingizga zarurini tanlab oling.
Tarmoq kartasi o‘rnatildi, endi uni tarmoq talablariga mos ravishda sozlash kerak bo‘ladi. Buning uchun tarmoqli ulanish xususiyatlarini ishga solamiz.
Zarur bayonnomalarning mavjudligini tekshiramiz va zarur bo‘lganda ularni qo‘shamiz.TCP\IP bayonnomasini sozlaymiz.
Shaxsiy kompyuterni identifikatsiyalaymiz.
Tarmoq kabеli. Kabеllarning turlari va ularga tavsiflar.
Dostları ilə paylaş: |