Uz-Warez ucoz ru



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə3/27
tarix02.01.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#40468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
lokal hisoblash

Internet tarixi

1- rasm. Lourens Roberts.


Kompyuterlarni tarmoqqa ulash g’oyalari birinchi bo’lib, 1960-yillarning boshlarida paydo bo’la boshladi. 1965 – yili Lourens Roberts va Tomas Merrvill Kaliforniya va Massachusets shtatlarida joylashgan ikki kompyuterni bir-biriga bog’lashdi.
Bog’lanish telefon yo’llari orqali amalga oshirilib, dunyo tarixida birinchi kompyuter tarmog’i bo’ldi. Bu texnologiya bilan AQSH Mudofaa Vazirligining „DARPA“ agentligi qiziqib, ularga harbiy qo’shinlarni bir tarmoqqa birlashtirish g’oyasi yoqib qoldi. „Darpa“ agentligi mutaxassislari bu g’oya bo’yicha qattiq ishlar olib borib, 1969-yili „ARPANET“ tarmog’ini yaratishdi.


2- rasm. ARPANET komandasi.


3- rasm. ARPANET chizmasi.

Dastlab „ARPANET“ tarmog’i 4-ta shtat unversitetelarida joylashgan to’rt kompyuterdan iborat edi.



4- rasm. ARPANET haritasi.

„DARPA“ agentligi o’zining tadqiqotlarini maxfiy tutmasdan, aksincha, majlis va namoyishlar o’tkazib, yana tadqiqotlarga boshqa ilmiy guruhlarni ham taklif etib bordi. Shu bois ARPANETga ulangan kompyuterlar soni tez oshib boraverdi.

Rasm 5. 1969-1975 yillarda ARPANETning rivojlanishi.

1972-yili Internetning asosiy xizmatlaridan biri – elektron pochta paydo bo’ldi va bu umumjahon tarmog’iga zo’r impuls, turtki bo’ldi.


6- rasm. Ray Tomlinson.

1971-yil oktabr oyida insoniyat tarixida ilk marotaba BBN kompaniyasi xodimi Ray Tomlinson elektron pochta orqali xabar yubordi. Matn klaviaturaning yuqori qatoridagi QWERTYUIOP harflardan iborat bo’lib, Tomlinsonning o’ziga yuborilgan. 1972-yilning mart oyida Tomlinson SNGMSG va READMAIL elektron xabarlarni yuborish va o’qish dasturlarini yaratdi. O’sha paytning o’zida ARPANET ning barcha foydalanuvchilariga yuborilgan xatda elektron manzillarning @ yordamida tuzilish asoslarini bildirdi (login_name@host_name).


1974-yili tarmoq rivojlanish tarixida TCP/IP(transmission control protokol/internet protokol) tarmoqlararo protokol ishlab chiqarilishi natijasida keskin yuksalish sodir bo’ldi. Bu kashfiyotning mualliflari – Robert Kan va Stenford universitetining professori Vinton Serf.


7- rasm. Vinton Serf.

Umuman, Internet tushunchasi 1980-yillarning boshida shakllandi. Bu vaqtda TCP/IP – ma’lumotni paketga bo’lib uzatish protokoli joriy qilinishi boshlandi. Bu protokol hozirda ham asosiy protokol bo’lib qo’llanib kelmoqda.


1977-yil tarmoq tarixida yana bir muhim voqea sodir boldi. Chikagolik ikki student Uord Kristensen va Rendi Syuess modem qurilmasi yordamida, telefon orqali bir-biriga ma’lumot jo’natish tizimini joriy qilishdi. Bu jasoratning asosiy sababi Chikagoning sovuq qishi edi. Shaharning bir joyidan boshqa joyiga dasturlarni olib borish ularning jonlariga tegdi. Natijada, butun dunyoga ajoyib ixtironi sovg’a qilishdi. 1979-yil XModem-protokoli yaratilib, fayllarni to’g’ridan to’g’ri host tizimisiz kompyuterlarga uzatish imkoniyati paydo bo’ldi.


8- rasm. Uord Kristensen.

1983-yili ARPANET ikki tarmoqqa bo’lindi. Harbiy aloqa uchun MILNET tarmog’i va tadqiqotlarga mo’ljallangan tarmoqqa ARPANET nomi qoldirildi. Ikkala tarmoq haqida gap ketganda, “Internet” so’zi qo’llanilgan edi.


1990-yillarning boshlarida Amerika va Yevropa qit’alarida yuzlab tarmoqlar birlashtirilgan edi. Internetning rivojlanish sur’ati xuddi tog’da sodir bo’ladigan qor ko’chishiga oxshab, uni hech kim boshqara olmay qoldi.
Internetga yanada ommaviy mashhurlikni Yevropa elementar zarrachalar fizika laboratoriyasining xodimi Tim Berners-Li -ning tadqiqoti olib keldi.


9- rasm. Tim Berners-Li.

Bu kashfiyotdan avval tarmoqdagi ma’lumotlar faqat matn ko’rinishida uzatilar edi. Berners-Li va uning hamkasblari WWW nomi bilan mashhur texnologiyani yaratishdi. Bu texnologiya rang-barang web sahifalarni yaratishga yo’l ochib, giperko’rsatkichlar yordamida Internetda boshqa sahifalar bilan bog’lashga imkoniyat yaratdi.


1993-yili Mark Andrisen (Marc Andreesen) Illinois shtati universitetida “Mosaic” nomli web-sahifalarini ko’rish dasturini yaratdi.

10- rasm. Mark Andrisen.



11- rasm. Birinchi Internet-brauzer.

1995-yili AQSH ning bir necha yillar davomida Internetni qo’llab-quvvatlab kelayotgan “Milliy fan jamg’armasi” moliyaviy sarfini to’xtatdi va bundan keyin Internet mustaqil bo’lib, hech kimga qaram bo’lmay qoldi.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin