Uz-Warez ucoz ru



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə6/27
tarix02.01.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#40468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
lokal hisoblash

1.3. Modem platari.
B archa zamonaviy modemlar o‘xshash funksional sxemalarga ega bo‘lib, bu sxemalar asosiy protsessor, signal protsessori, operativ xotiralovchi qurilma, doimiy xotiralovchi qurilma, modulyatorlar, demodulyar sim bilan muvofiqlashtirish sxemasi va dinamikdan tashkil topgan.

Asosiy protsessor odatda ichiga o‘rnatilgan mikrokompyuter bo‘lib, buyruqlarni qabul qilish va bajarish, ma`lumotlarni buferlash va ishlab chiqish- kodlash, kodni ochish, siqish, cho‘zish va xokozolarni bajarish, shuningdek signalli protsessorni boshqarish uchun javob beradi. Ko‘pchilik modemlarga tipik mikrosxemalar to‘plami asosida ixtisoslangan protsessorlar ba`zilarida esa umumiy vazifali protsessorlar va modulyator/ demoduliyatsiya bilan chastota yo‘nalishlarini ajratish, aks-sadoni yo‘qotyish va hokozolar bilan shug‘ullanadi. Bunday protsessorlar sifatida modulyatsiyaning aniq usullari va protokollariga yo‘naltirilgan ixtisoslangan protsessorlar, yoki keyinchalik ish algoritmini to‘ldirish yoki o‘zgartirish imkonini beruvchi, almashtiruvchi mikrodasturlar unversial protsessorlar ishlatiladi. Modemning tipi va murakkabligiga bog‘liq ravishda asosiy intellektual yuklama DSP yoki modulyator/demulyator zimmasiga tushadi. Past tezlikli modemlarda asosiy ishni modulyator/demulyator, tezkor modemlarda esa DSP bajaradi.

DXQ da asosiy va signal prosesorlari uchun dasturlar saqlanadi. DXQ bir marta dasturlanuvchi, ultrabinafsha o‘chirish bilan qayta dasturlanuvchi, qayta elektrik dasturlanuvchi bo‘lishi mumkin. DXQ ning keyingi tipi xatoliklarni tuzatib borishi yoki yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishi bilan choklarni tezkor o‘zgartirishga imkon beradi.

OXQ asosiy va signal prosesorlari ishida vaqtincha xotira sifatida foydalaniladi. OXQ da parametrlar to‘plami ham saqlanadi.

NVRAM da modem parametrlari saqlangan to‘plamlari saqlanib, ulardan biri har bir ulanish yoki tashlab yuborishda joriy to‘plamga yuklanadi. Odatda, ikkita saqlangan to‘plam- asosiy va qo‘shimcha to‘plam mavjud bo‘ladi. Boshqa ko‘rsatma bo‘lmaganda initsiallash uchun asosiy to‘plam ishlatiladi, lekin qo‘shimcha to‘plamga ulanish imkoniyati ham bor.

Liniya bilan muvofiqlashtirish sxemasi signalni uzatish uchun ajratuvchi transformator qo‘ng‘iroq signalini topish uchun optojuftlik, liniyaga ulanish va nomerni terish relesi, shuningdek liniyaga yuklama yaratish va kuchlanish ortib ketishidan himoya elementlarini oziga oladi.

Rele o‘rniga tovushsiz elektron kalitlar qo‘llanilishi mumkin. Ba`zi liniyalarning kuchlanilishi nazorat qilish uchun qo‘shimcha optojuftliklar qo‘llaniladi. Liniyaga ulanish va nomerni berish bitta kalit yordamida va alohida kalitlar bilan ham bajarilishi mumkin.

Dinamikga uning eshitish holatini tovushli nazorat qilish uchun liniyadan kuchaytirilgan signal chiqariladi. Dinamik nomerni terish va ulash vaqtiga butun ulanish vaqtiga ulanilishi mumkin, shuningdek batomom uzib quyilishi ham mumkin.

Tashqi modemlar, qo‘shimcha tok manbasining bitta o‘zgaruvchili kuchlanishdan ta`minot kuchlanishini shakllashtirish sxemasini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari tashqi modemlar DTE bilan aloqa uchun interfeys zanjirlarini o‘z ichiga oladi.



    1. Yüklə 0,66 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin