12.10.2. “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi
Bu topologiya tarmoqdagi trafiklarning faolligi yuqori bo’lmaganda, tarmoqning bir necha joyida kirish va chiqish kanallarini tashkil qilish zarurati bo’lganda multipleksorlarni qo’llagandagi kabi, ajratuvchi/birlashtiruvchi nuqtalarda kirish/chiqishli multipleksorlarni qo’llaganda ham foydalanish mumkin. Bu topologiyani, zaxiraga ega bo’lmagan ketma-ket liniya zanjiri yoki 1+1 turidagi zaxiraga ega bo’lgan murakkab ketma-ket liniya zanjiri ko’rinishiga keltirish mumkin (12.10.-rasm).
1 2.10.-rasm. “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi.
12.112.-rasm. 1+1 turidagi Himoyaga ega bo’lgan “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi
12.10.3. Kontsentrator funksiyasini qo’llovchi “yuluzcha” topologiyasi
Bunday topologiyada kommutatsiya markazi (masalan raqamli ATS) yoki markaziy xalqadagi SDH tuguni bilan ulangan olisdagi bir tarmoq tuguni, kontsentrator vazifasini bajaradi. Bunday tugunda trafikning bir qismi foydalanuvchilarga, qolgan qismi esa tarmoqdagi boshqa tugunlarga taqsimlanadi. Kontsentratorlar bunday vazifani bajarish uchun faol va intellektual bo’lishi kerak, ya’ni kross-kommutatsiyani amalga oshiruvchi kirish/chiqishli multipleksor bo’lishi kerak. Ayrim hollarda agar bunday sxemalarning kirishiga to’liq bo’lmagan STM-N oqimi (yoki bir pog’ona pastdagi oqimlar) berilsa, uning chiqishida to’liq STM-N oqimi bo’lsa, bunday sxemalar optik kontsentrator deyiladi. Aslida bunday topologiya markazi tugunda SDH multipleksori qo’llanilgan “yulduzcha” topologiyasini eslatadi (12.12.-rasm).
12.12-rasm. Kontsentrator funksiyasini bajaruvchi yulduzcha topologiyasi.
12.10.4. “Xalqa” topologiyasi
Xalqa topologiyasining eng ajoyib xususiyatlaridan biri tarmoq ishdan chiqganida o’z-o’zini tiklash qobiliyatidir.
12.13-rasm. TU-n trib bloklari darajasida 1+1 himoyaga ega bo’lgan Halqa
Bu topologiyaning asosiy afzalligi, 1+1 turdagi himoyani oson amalga oshiradi. Bunday himoyani oson amalga oshirishning sababi sinxron mulpleksorlardagi (SMUX) “sharq-g’arb” deb nomlanadigan va qarama-qarshi yo’nalishdagi ikkita xalqa oqimini hosil qiladigan ikki juft (asosiy va zaxira) chiqish optik agregatlarning mavjudligidadir (12.13.-rasm).
Demak, SDH tarmoqlarini loyihalashtirishda, transport tarmoqlarining tuzilishi yuqorida ko’rib chiqilgan topologiyali tarmoqlarning alohida bir elmenti sifatida tashkil qilinadi. Odatda xalqa topologiyasi yoy “nuqta-nuqta” yoki “ketma-ket liniya zanjiri” topologiyalari bilan birgalikda qo’llaniladi. Misol tariqasida 12.14-rasmda “nuqta-nuqta” va “xalqa” arxitekturasi keltirilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki, bu tarmoqni qurish uchun ikkita “xalqa” va “ketma-ket liniya zanjiri” topologiyalari qo’llanilgan.
12.14-rasm. Nuqta-nuqta va xalqali SDH tarmog’i.
SDH tarmoqlarining arxitekturasida eng ko’p qo’llaniladigan “Xalqa-xalqa” topologiyalardir. Bunday ulanishlarda xalqalar bir xil yoki SDH ierarxiyasining turli sathlarida bo’lishi mumkin. 12.15-rasmda STM-1 ning interfeys kartalari yordamida STM-4 sathidagi ikki xalqaning ulanishi ko’rsatilgan.
12.15-rasm. Interfeys portlari yordamidagi bir satxda (STM-4) joylashgan ikki xalqa orasidagi aloqaning sxemasi
Dostları ilə paylaş: |