Uzbek etnosportining tarix va zamonaviylik nuqta nazaridan taxlili



Yüklə 60,34 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü60,34 Kb.
#202193
1   2   3   4
a6pce2k5zPiZxVuUb1lf8bA1BblZxwTl

[4;13]da olim kuplab maxsus adabiyotlarni, arxeologik tadkikotlarga baFishlangan xisobotlarni, arxeologik kollektsiyalarni, monumental devoriy suratlar va amaliy san’at obidalarini yana bir bor kuzdan kechirib, kimmatli ma’lumotlarni kulga kiritgan.
Olim Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan bronza davriga oid Jarkuton yodgorligidan topib urgangan bir sopol idish parchasida ikki paxlavonning kurashi va bu kurashuvchilardan biri esa uz rakibining oyoFidan chalayotgani, boshka bir shunday idish gardishiga ishlangan xaykalchalar orasida paxlavonning kullarini baland kutarib olishishga kirishayotgan xolati tasvirlangan. Bu idish parchalari bronza davriga oid bulib, uzbek milliy kurashining ildizlari kamida 3,5 ming yillik tarixga ega ekanligidan guvoxlik beradi, deb xulosa chikargan kadimshunos akademik. Shu bilan birgalikda u SuFdiyona, MarFiyona xududlarida topilgan arxeologik ashyolar asosida xam kurash xakida kimmatli ma’lumotlarni taxlil etgan va muxim xulosalar bergan. Arxeologik ashyolarni turkiy xalklar orasida keng tarkalgan mifologik obrazlar talkini va xalk OFzaki ijodiyoti materiallari bilan xam kiyosiy urganib chikib, Oltoy xalklari mifologiyasi, “Manas” dostonidagi mifologik obrazlarni kiyosiy taxlil etgan [5;3-21]
Kadimgi va urta asrlar xamda sunggi davrlarda yaratilgan doston, diniy-mifologik asarlarda aks etgan xalk uyinlari xamda ularning tarixi va etnografiyasiga oid ma’lumotlar nixoyatda muximdir. Jumladan, Zardushtiylarning mukaddas kitobi “Avesto”, uzbek xalk dostonlari “Alpomish” va “GuruFli”, kirgiz xalk eposi “Manas”, tojik xalk dostoni “Paxlavon Rustam” dostonlarida aks etgan ma’lumotlar xalk uyinlarining tarixiy-mifologik asoslarini urganishda axamiyatga egadir.
Kupkari, kurash, chavgon kabi xalk sport uyinlari tarixini urganishda folklor materiallari xam muxim urin egallaydi. Uzbek xalk OFzaki ijodiga oid ayrim eposlarda xam milliy sport turlarimizga oid muxim ma’lumotlar zikr kilingan. Jumladan, uzbek xalk OFzaki ijodiyotining noyob va nodir namunalari bulgan “Alpomish”, “Kirkkiz”, “Avazxon”, “GuPUFli”, “Rustamxon”, “Ravshan”, “Kuntugmish”, “Yodgor” singari bir kator
dostonlarda, “Lunda polvon”, “Ziyod botir”, “Paxlavon Rustam”, “Aklli kiz”
kabi turli mavzulardagi ertaklarda, xalk diniy kissalarida ot bilan boFlik uyinlar, yakkakurash baxslari, jismoniy va axlokiy koidalari xakida ma’lumotlar berilgan.
Utmishdan ma’lumki, xozirgi Uzbekiston xududida kadimdan yashagan elatlar urtasida kuch sinovi - kurash keng tarkalgan. Yunon muarrixi Kvint Kurtsiy Ruf, (mil. 1asr) antik davr yozuvchisi Ellian Klavdiy (175-235) asarlarida xam sak, massaget, suFd, toxar kabi kuplab elatlar urtasida keng tarkalgan kurash xakida kimmatli ma’lumotlar berilgan.
Xalk uyinlari, ot mashklari, uni poygaga, jangga tayyorlash, jangchilarni doimiy ravishda chavandozlik, jangovarlik, yakkakurash saloxiyatini doimo ustirib borish maksadida poygalar, musobakalar, kurash bazmlari utkazib turilganligi xakida ilk yozma manbalarda ma’lumotlar berilgan. Masalan, Abulkosim Firdavsiyning (935-1020) “Shoxnoma”, Maxmud K,oshFariyning (XI asr) “Devonu luFat-it turk”, Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) “Tib konunlari”, Kaykovusning (XI asr) “Kobusnoma”, Umar Xayyomning (1048-1131) “Navruznoma”, Yusuf Xos Xojibning (XI asr) “KutadFu bilig”, Xusayn Voiz Koshifiyning (1442 - 1505) “Futuvvatnomayi Sultoniy yoxud javonmardlik tarikati”, Sa’diyning (1219-1293) “Guliston”, Alisher Navoiyning (1441-1501) “Xamsa”, “Lison ut-tayr”, “Maxbub ul-kulub”, Zayniddin Vosifiyning (1485-1566) “Nodir vokealar”, Amir Temurning (1336-1405) “Ugitlari”, Zaxiriddin Muxammad Boburning (1483-1530) “Boburnoma” va boshka tarixiy asarlarda an’anaviy xalk uyinlariga oid ba’zi lavxalar, ayrim uyinlarning jarayonlari tafsiloti uchraydi, jismoniy kuch va paxlavonlik xakida ma’lumotlar berilgan.
Tarixiy, arxeologik va etnografik manbalarda xam xalk uyinlarining kelib chikishi xamda rivojlanishiga doir kizikarli ma’lumotlarni uchratish mumkin. Jumladan, Maxmud KoshFariyning “Devonu-luFatit turk”, Shuningdek, bellitiristik asarlardan Oybekning “Alisher Navoiy” tarixiy romani, “Bolalik” kissasi, Pirimkul Kodirovning “Yulduzli tunlar”, Mirmuxsinning “Temur Malik”, Radiy Fishning “Jaloliddin Rumiy” va shu kabi tarixiy-ilmiy, badiiy asarlarda, zamondosh yozuvchi ToFay Murod romanlarida xalk uyinlarining paydo bulishi tarixi, rivoji, adiba Guljaxon Mardonovaning “Ori kushik bulgan yurt” [10] etnografik badiasida kupkarining paydo bulishi bilan boFlik rivoyatlar, bu xalk uyini bilan boFlik marosimlar, urf - odatlar va an’analar, liboslar tuFrisida kizikarli ma’lumotlar berilgan.
Tarixga murojaat kiladigan bulsak Maxmud KoshFariyning (XI asr) “Devonu luFatit turk” asarida bundan 1000 yil burun Turkistondan Termizgacha, Xazar va Orol soxillaridan TaHrpumoF etaklaricha bulgan xududda yashagan turkiy xalklar (chigil, yaFmo, turkman, yFy3, kirgizka tegishli 150 ga yakin xalk uyinlari xakida kizikarli ma’lumotlar berilgan [16;360-445].
Xalkimiz uyinlarining bugungi kungacha yashab va shakllanib kelishida buyuk tilshunos Maxmud KoshFariyning (XI asr) urni aloxida bulib, komusiy alloma bundan ming yil burun Markaziy Osiyo xududlarida yashagan turkiy xalklarning tarixi, milliy psixologiyasi, geografiyasi, lisoni, xususiyatlari, yozma va OFzaki adabiyoti, ijtimoiy-iktisodiy xayoti va xarbiy mashFulotlari, xalk sayillari va uyinlarini teran urgangan va tarix saxifalariga muxrlangan.
Uz davrining mumtoz bitigi ushbu devonida turkiy xalklarning 150 ta uyini tilga olinib, shulardan 20 ta uyin turiga batafsil ta’rif berilgan. K,oshFariy kattalar va bolalarning yosh jixatlariga mos bulgan uyinlarga aloxida tuxtalib, musobaka turlarini bayon kilgan, uyinlarni dikkat bilan urganib, jismoniy va akliy mashFulotlarga ajratgan. Demakki, xozirgi zamonaviy etnosport va akliy uyinlarining deyarli aksariyati XI asrda xam turkiy xalklar urtasida keng tarkalgan ekan.
Suv xavzalarida utkaziladigan musobakalar xam aloxida dikkatga sazovor. Suv mashklaridan biri bulgan Favvoslik juda kadimiy bulib, Maxmud KoshFariy asarida suv baxslarining ikki turi uchraydi. Birinchisi, suvda chumilish, shungit, suvdan suzib utish, suv kechish, suvda kuvlashmachok bulsa, ikkinchisi, ermak, kungil ochish mashFulotlari ma’nosidagi uyinlardir.
Devonda bolalar uyinlarining ba’zilari yul-yulakay sanab utilgan bulsa, ba’zi uyinlar batafsil keltirilgan. Oshik, chillak, tup uyinlari, kizlarning arFimchok uyinlari xam birma-bir sanab utilgan.
XI asrdagi kupgina uyinlar bolalarning xozirgi davrdagi uyinlarini eslatadi. Masalan, “Utish-utish” deb atalgan uyin “Kesak kuydi”, “Darra soldi”, “Musht ketdi” uyinlariga uxshab ketadi. Amudaryo va Sirdaryo soxillarida, Orol etaklarida, shuningdek, soylar, anxorlar, xovuz va kullar buylarida bolalarning “Muguz-muguz” nomli kadimiy uyini mavjud bulgan.
Buyuk tabib Abu Ali ibn Sino (980-1037) xalk uyinlari xakida fikr yuritar ekan, ayniksa, badantarbiyaning kishi uchun nakadar katta axamiyatga ega ekanligini xam nazariy, xam amaliy jixatdan isbotlab bergan. Buyuk tabib inson organizmini soFlomlashtirish va kasallikni davolash nuktai nazaridan karab, xalk uyinlaridan biri bulgan badantarbiyani beshta asosiy kismga ajratgan. Jumladan, tez xarakatlar, nozik va engil xarakatlar, kuchlirok xarakatlar, uta kuchli xarakatlar, gavda uchun maxsus xarakatlar va ularning xar birini ta’riflagan.
Ibn Sino fakatgina mashxur tabib, faylasuf bulib kolmasdan, balki xalk uyinlariga doir Foyat rang-barang nodir meros koldirgan allomadir. Jaxoniy olim xalk uyinlari xakida fikr yuritar ekan, ayniksa, badantarbiyaning kishi uchun nakadar katta axamiyatga ega ekanini xam nazariy, xam amaliy jixatdan isbotlab berdi. U esa milliy kurashimiz (buxorocha va farFonacha kurash turi) xakida xam etarlicha ma’lumot koldirgan. Kurashning turlari xam bir nechataligini tasvirlab, ulardan biri ikki kurashuvchining xar biri uz rakibining belboFidan ushlab uziga tortadi, shu bilan birga, kurashuvchi uz rakibidan kutulishning chorasini kiladi, ikkinchisi esa uni kuyib yubormaslikka turtinadi. Boshka turi - kurashuvchilardan biri ikkala kuli bilan ikkinchisini maxkam kuchoklab uziga tortadi va erga aFdaradi, bu vaktda u kulini birinchi kurashuvchining ung kuli ostidan utkazilishi kerak, kurashuvchilar gox gavdalarini tiklab, gox egishadi.
Kaykovusning (XI asr) “Kobusnoma” asarida “Xunar afzunligi bila baland kadri, oliy ta’b bulishmok zikrida”, “Mazox kilmok, shatranj va nard uynamok odobin bayoni zikrida”, “Chaxorpoy (ot) sotib olmokning zikrida”, “Chavgon uynamok zikrida”, “Farzand parvarish kilmok zikrida”, “Juvonmardlik zikrida” kabi boblarida xalk uyinlariga tegishli bulgan muxim ma’lumotlar berilgan [8;224]
Umar Xayyomning (1048-1131) “Navruznoma” asari uzok tariximiz, Navruz bayramining kelib chikishi, shunga bogdik ajdodlarimiz urf- odatlari, rasm-rusumlari, an’ana va uyinlari xakida batafsil ma’lumot bergan. U Navruzda utkaziladigan xalk uyinlaridan kilichbozlik, tirandozlik, chavondozlik kabi uyinlar xakida kimmatli dalillar koldirgan [17].
Xorazmlik etuk adib Paxlavon Maxmud Puryorvaliy (1247-1325) kuplab tillarni egallagan va jismoniy tarbiya, xususan, kurash bilan mutnazam shuFullangan. U kuragi erga tegmagan baxodir, nozik didli shoir sifatida shuxrat kozongan. U Sharkning deyarli barcha mamlakatlarida bulib, musobakalarda katnashgan. Tushgan in’om-exson, sovrin va mukofotni beva-bechoralarga ulashib uzi ota kasbi pustinduzlik bilan shuFullangan. Paxlavon Maxmudning Xdndistonning Dexli shaxridagi kurashlarda Folib bulganligi, yurtdosh asirlarni xibsdan bushattirib, Xorazmga olib
kelganligi manbalarda muxrlangan [18;239-241]
Ma’lumki, chavgon Urta Osiyo xalklarining juda kadimgi xamda sevimli milliy ot sporti uyinlaridan biri xisoblanadi. “Devonu luFOtit turk”da bu uyinga taallukli bulgan kuyidagi atamalar keltirilgan: “Tanguts”
Yüklə 60,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin