Uzbek etnosportining tarix va zamonaviylik nuqta nazaridan taxlili



Yüklə 60,34 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü60,34 Kb.
#202193
  1   2   3   4
a6pce2k5zPiZxVuUb1lf8bA1BblZxwTl




UZBEK ETNOSPORTINING TARIX VA ZAMONAVIYLIK NUQTA NAZARIDAN TAXLILI


Ixtiyor FaHueeu4 JALILOV
tadkikotchi
Karshi davlat universiteti
Karshi, Uzbekistan
Annotatsiya

Ushbu maqolada etnosport turlarining shakllanish jarayoni va O’zbekiston mustaqilligi davridagi ravnaqi manbashunoslik, tarix, arxeologiya, etnologiya, folklor kabi fanlar ma’lumotlari asosida yoritilgan.


Tayanch suzlar: o’zbek, etnosport turlari, tarix, zamonaviylik, arxeologiya, etnografiya, folklor, kurash, ulok, chavgon, dorboz, bolalar o’yinlari.
ANALIZ UZBEKSKOGO ETNOSPORTA S TOChKI ZRENIYa
ISTORII I SOVREMENNOSTI

Ixtiyar Ganievich JALILOV issledovatel Karshinskiy gosudarstvenno’y universitet Karshi, Uzbekistan
Annotatsiya
V dannoy state protsess formirovaniya i razvitiya vidov etnosporta v Uzbekistane osvehaetsya na osnovanii materialov istochnikovedeniya, istorii, arxeologii, etnografii i folklora.
Klyuchevo’e slova: uzbek, vido’ etnosporta, istoriya, sovremennost, arxeologiya, etnografiya, folklor, borba, ulak, chavgan, kanatoxodets, detskie igro’.
Xozirgi davrda globallashuv va rivojlangan urbanizatsiya jarayonlari bir tomondan insoniyatning madaniy xilma-xilligi unifikatsiyalashuviga olib kelgan bo’lsa, boshka jixatdan esa ilm-fan va axborot sohasidagi innovatsiyalar milliy madaniyatlarning xam rivojlanib borishida muhim omil bo’lmokda. Ayniksa, xalq og’zaki ijodi, xalk an’anaviy o’yinlari kabi nomoddiy madaniy meros ob’ektlariga milliy madaniyat fenomeni sifatida yondashib, ularni saqlab qolish va rivojlantirish ustuvor vazifa deb qaralmokda.
Etnosport o’yinlari musobaqalarini tashkil etish, o’tkazish va rivojlantirish bo’yicha xalqaro doirada qator kelishuvlar amalga oshirilgan. Milliy sport va xalq o’yinlari orqali insoniyatning jismoniy faolligi va sog’lom turmush tarzini shakllantirish bugungi kunda ustuvor vazifa sifatida qaratilmokda.
O’zbekistan Respublikasida axolining sog’lom turmush tarzini qo’llab quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan milliy sport
turlari va xalq o’yinlarini keng ommalashtirish davlat siyosati darajasiga
ko’tarildi. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek:
“Jamiyatda sog’lom turmush tarzini karor toptirish jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish dolzarb vazifamiz qatoriga kiradi” [2;219]
Xalq o’yinlari etnosport sifatida qadimgi davrlardan Markaziy Osiyo xalqlarining ko’plab urf-odat, marosimlari, to’y va ommaviy bayram tomoshalarining uzviy qismi bo’lgan. Ayniksa, ommaviy xalq o’yinlari xisoblangan kurash va ko’pkari (ulok) o’yinlari bozor munosabatlari, axborotlashish sharoitida milliy-madaniy chegaralardan chiqib, xalqaro axamiyat kasb etib bormokda. Bunday xolat xalq o’yinlarining tarixiy ildizlari, rivojlanishi, etnolokal xususiyatlari va transformatsiyasi masalalarini mamlakatimiz, mintaqalar axolisi misolida etnologik yo’nalishda ilmiy tadqiq etishni taqazo etmoqda.
Elshunos olimlar fikricha, soni 3-5 mingtani tashkil etadigan o’zbek xalq o’yinlari shakllanishi bir necha ming yillik tarixga ega bo’lib, uning ildizlari eng kadimgi davrlarga borib taqaladi. Tarixiy va yozma manbalarda xalq o’yinlari tarixi xaqida anchagina ma’lumotlar mavjud. Masalan, kurash, chavgon, ko’pkari, chillak kabi ommaviy xalq o’yinlari xaqidagi qiziqarli ma’lumotlar, ayniksa, IX-XII asrlar - birinchi Renessans (uyg’onish) davri tarixiy-adabiy asarlarida aks etgan. Birok o’zbek milliy kurashi xaqidagi yozma manba ma’lumotlari ming yildan nariga o’tmaydi. Qadimgi va ilk o’rta asrlar davri xalq o’yinlariga doir oid yozma manbalar esa, turli sabablarga ko’ra, bizgacha etib kelmagan. Lekin, xalq o’yinlari, jumladan, kurash xamda ot bilan bog’lik o’yinlar xaqida arxeologik manbalarda anchagina ma’lumotlar o’z aksini topgan.
Ayniqsa, ko’proq Sharq yakkakurashi xaqida ko’plab ma’lumotlarni uchratish mumkin. Qadimgi va o’rta asrlarda xalq o’yinlari xaqida, avvalo, arxeologik materiallar, yozma va tarixiy manbalarda muxim ma’lumotlar berilgan. Rus sharkshunosi va arxeologi S.P.Tolstovning (1907-1976) Xorazmdagi Jonboskal’ada olib borgan arxeologik tadkikotlarida miloddan avvalgi IV asrlarda turli uruF jamoalari urtasida an’anaviy kurash keng tarkalganligi aniklangan [13;234-236] Arxeologik kazish vaktida kurashchilarning olishuv paytini tasvir etuvchi figuralari, xamda Kuykirilgan kal’adan (mil.av. IV-III asrlar) olishayotgan jangchilar tasvirlangan musallas ichiladigan idish topilgan. Olimning ta’kidlashicha, ajdodlarimiz utmishda turli tantana, sayillarda, ayniksa, Navruz kunlarida kurash musobakalari uyushtirishgan.
Kurashning arxeologik materiallarda aks etishiga baFishlangan ishlardan biri - akademik A.Askarovning “Uzbek miliy kurashining arxeologik materiallarda aks etishi” nomli makolasi
Yüklə 60,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin