1
O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA‟LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“O‟ZBEK
DIALEKTOLOGIYASI”
FANI
BO‟YICHA
MA‟RUZALAR MATNI
(FILOLOGIYA TA‟LIM YO‟NALISHI UCHUN)
MURODOVA N
ALLABERDIYEV A
Navoiy – 2008 y
2
Mazkur ma`ruzalar matni O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi
tomonidan 2006 yil 26 iyunda tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzilgan.
Taqrizchi :
f.f.n Zaripov B P
Ilmiy-uslubiy kengashining 2008- yil 15-sentabr 2-son qarori bilan tasdiqlangan.
Ushbu ma`ruzalar matni O`zbek filologiyasi fakulteti birinchi bosqich bakalavr yo`nalishi
talabalari uchun mo`ljallangan.
3
1 - MAVZU O`ZBEK ShEVASHUNOSLIGI FANI
VA UNING VAZIFALARI.
Reja
1.Shevashunoslik fani haqida tushuncha.
2.Sheva ,dialekt,lahja tushunchalari.
3.O‟zbek tili dialektal tarkibining murakkab bo‟lish sabablari.
4.O‟zbek shevalari va qiyosiy-tarixiy metod.
5.Adabiy til va dialekt munosabati.
Adabiyotlar
1.Reshetov V V,Shoabdurahmonov.Sh . “O‟zbek dialektologiyasi”, Toshkent,
“O‟qituvchi”,1978- yil
2.Mirzayev M M , “O‟zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969 -yil.
3.Ashirboyev S, “O‟zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000 -y / ma‟ruza matni/
4.Rajabov N “O‟zbek shevashunosligi”Toshkent, “O‟qituvchi” 1996-yil.
5.Murodova N “O‟zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal
talqini”,Toshkent , “Fan”2007 yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997- yil.
Shevashunoslik fani tilshunoslikning bir bo‟limi bo‟lib, u biror milliy til tarkibidagi
mahalliy lahja va shevalarning o‟ziga xos muhim xususiyatlarini, ularning adabiy tildan va
o‟zaro bir-birlaridan farqlarini, shevalarning adabiy tilga munosabatini, adabiy tilni
boyitishdagi ahamiyatini, shuningdek o‟rganilayotgan shevalarning qanday guruhga
bo‟linishi, ularning tarixi va kelajak taqdiri kabi dolzarb masalalarni o‟rganadi.
SHevashunoslik qo‟shma so‟zga yaqin bo‟lib,sheva forschada so‟zlashish, ovoz, odat,
til kabi ma‟nolarni bildiradi, shunos esa bilish, o‟rganish demakdir. Demak,
shevashunoslik mahalliy shevalar va ularning yig‟indisi bo‟lgan lahjalarni o‟rganish
haqidagi fandir. O‟zbek shevashunosligi O‟zbekistonda mavjud bo‟lgan hamma lahja va
shevalarni o‟rganadi.
O‟zbek urug‟lari miqdorini aniq aytish mumkinmi? Ha, xalq orasida «92 bovli o‟zbek
urug‟i» degan ibora keng tarqalgan, lekin yozma manbalarda ular to‟liq aniqlangan emas.
To‟g‟ri bu haqda turli shevalarda yozib qoldirilgan ma‟lumotlarda qayd etiladi. Yozma
manbalarda, jumladan, «Devonu lug‟otit turk» da qabilalarning nomlari ko‟rsatilib, har bir
qabilaning son-sanoqsiz urug‟i borligi aytiladi. M. Qoshg‟ariy turkiy tillar 20 ta til va
lahjalardan iborat ekanligini yozib, ularning nomlarini birma-bir sanab o‟tadi; bular
bijanak, qipchoq, o‟g‟uz, yag‟mo, boshqirt, basmin, qay, yaboqu, tatar, qirg‟iz, chigil,
tuxsi, yag‟mo, ig‟ roq, joruq, yumul (jumul), uyg‟ur, tung‟o‟t, tabg‟ach, xitoy (DLT, 1, 64
- bet) «Xitoy - Chin» dir va tabg‟ach «Mochin» dir deb alohida izoh beriladi.
«Devon» ning 65 – betida Chin va Mochinlarning musulmon emasligi hamda
ularning maxsus o‟z tillari borligi qayd qilib o‟tilgan.
«Devonu lug‟otit turk» da qarluqlar qabilalar ro‟yxatida u chramaydi, lekin «Lug‟at»
da 9 joyda tilga olinadi. Demak, qarluq u paytda yetakchi qabila hisoblanmagan va
yuqorida sanab o‟tilgan qabilalar mavqeiga ega bo‟lmagan bo‟lishi mumkin.Shuning u
chun bo‟lsa kerak, prof. S. Mutalliboyev qarluq qabilasining tilini o‟g‟uzlarga, yag‟mo va
4
chigillarga qo‟shish mumkinligini izohlab o‟tadi. «Devon» ning III jildi 22 – betida qarluq
qabilasining nomi ham keltiriladi. M. Qoshg‟ariy, Abulg‟ozi Bahodirxon va boshqa
mualliflarning asarida keltirilgan urug‟larning nomlari hozirgi vaqtda ham ona
zaminimizning ayrim joylarida uchrab turadi. Masalan: bijanak (Xorazm viloyatining
Yangiariq tumani), bayot (shu viloyatning Xazorasp va Yangiariq tumanlari), qiniq (Xiva
shahri yaqinidagi bir ariqning nomi) kabi.
Biz yuqorida o‟g‟uz lahjasi bilan bog‟liq shevalarga to‟xtalib o‟tdik. Endi qipchoq
lahjasi haqida to‟xtalamiz. G‟ozi Olim Yunusov «O‟zbek lahjalari tasnifida bir tajriba»
(1935) degan tadqiqotida o‟zbek urug‟larining 92 ta ekanligini qayd etadi va ulardan 70 ga
yaqinini shaxsan o‟zi o‟rganib chiqqanini aytib o‟tadi. So‟ngra, qipchoq lahjasiga alohida
to‟xtalib, 40 tasining nomini birma bir keltiradi. Bular qirq,ming, yuz, nayman, qipchoq,
boshg‟irt, uyg‟ur, qo‟ng‟irot, laqay va boshqalardan iborat.
Olim qipchoq lahjalaridagi urug‟lar vakillarining yashash joylarini ham ba`zan aniq
ko‟rsatib o‟tadi: boshgirt, uyrat (Xorazmda) va boshqalar.
Biz O‟rxun-Enasoy yozma yodgorliklari tili to‟g‟risida gapirganda, uni, albatta,
qarluq, chigil, o‟g‟uz, qipchoq, yag‟mo singari urug‟ qabilalar nomlari bilan bog‟lab
o‟rganamiz. Ular tillarining ta`siri XII – XIIIasrlar yozma manbalarida ham saqlanib
qolgan. Bu manbalarga «Devonu lug‟otit turk», « Qutadg‟u bilig», «Hibatul haqoyiq»,
«Qissai Rabg‟o‟ziy», «O‟rta Osiyo tavsifi», «Attuhfatuz zakiyatu fil lug‟oti turkiya» -
«Turkiy til haqida noyob tuhfa» (XIII – XIV, muallifi no`malum), «Guliston bit turkiy»
(S.Saroiy XIV) kabi ona tilimizning boyligini o‟ziga saqlab qo‟ygan manbalar o‟zbek
xalq shevalarini tarixiy jihatdan o‟rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda
batafsil ma`lumot olish u Chun yana quyidagi ilmiy ishlarga murojaat qilish mumkin: I.
Sulton, Navoiyning qalb daftari. – Toshkent, G‟. G‟ulom nomidagi badiiy adabiyot
nashriyoti, 1962 y., 252 – bet; Nazar Rajabov, O‟zbek dialektologiyasidan ocherklar. -
Samarqand, Sam DU nashri, 1971 yil. Qozoqboy Mahmudov, O‟zbek tilining tarixiy
dialektologiyasiga doir. – O‟TA, 1984 yil, 6 – son, 8-13 – betlar; Tohir Sodiqov,
Bitiklarning o‟zbek shevalariga munosabati. – O‟TA, 1989 yil, 6 – son, 40 - 42 – betlar; N.
Rajabov, O‟zbek tilining g‟arbiy Samarqand shevalari. – Toshkent, Fan, 1977 yil; N.
Rajabov, O‟zbek xalq shevalarida fe`lning morfologik tuzilishi. – Toshkent, Fan, 1990
yil kabi.
Demak, sheva va lahjalarni tarixiy jihatdan tekshirishda apchagina tarixiy shakllarni
o‟zida aks ettiruvchi an`anaviy sheva, lahjalar tekshirish u chun asos qilib tanlanadi.
Ularni atroflicha yoritib berish talab qilinadi. An`anaviy lahja vakillari nutqidagi o‟ziga
xos xususiyatlar uzoq vaqtlardan beri saqlanib keladi va shevalarni tarixiy jihatdan
tavsiflab beruvchi asosiy omil sanaladi.
SHevalar va lahjalarni tarixiy jihatdan urgashanish o‟z navbatida xalq tarixi va til
tarixi uchun ham ko‟p material berishi mumkin. Chunki xalq tarixi va til tarixida o‟z
ifodasini topmagan hamda aniq bo‟lmagan fikrlar sheva va lahjalarni tekshirish
davomida aniqlab boradi. Masalan, Paxtachi tumanida hayot kechiruvchi
qarnobliklarning qaysi urug‟ qabiladan ekanligi va qachon joylashib qolganligi va
ularning o‟troq hayot kechirishga o‟tganligi haqida tarixiy manbalarda aniq ma`lumotlar
u chratmaymiz. Qarnob shevasiga xos bo‟lgan xususiyatlarni tekshirish orqali uning
«qarluq-chigil-o‟g‟uz» guruhidan bo‟lgan Toshkent, Farg‟ona shevalari turiga taalluqli
ekanligi aniqlangan.
5
Ana shu til xususiyatlari va saqlanib qolgan ba`zi urf-odatlar hamda qariyalarning
fikriga asoslanib, qarnobliklarning qarluq, chigil va uyg‟urlar bilan bevosita aloqador
ekanligi ularning X-XII asrlarda hozirgi yashayotgan joylarda doimiy o‟troq hayot
kechirishga o‟tganliklari haqida hukm chiqarish mumkin.
Shevashunos sheva va lahjalarni tarixiy jihatdan yoritar ekan, albatta, uning hozirgi
holatiga ham to‟xtalishi va mavjud muhim xususiyatlarni qayd etishi zarur. Bu tarixiy
tasviriy tekshirishlarning bir-birlari bilan chambarchas bog‟liq ekanligini ko‟rsatadi.
Shevalarni hozirgi nuqtayi nazardan o‟rganish shevashunoslik bilan
shug‟ullanuvchining ko‟pchiligi, ayniqsa, yosh shevashunoslar faqat shu usul bilan ish
ko‟rishlarini ko‟rsatdi. Chunki ularning dastlabki ishlarining deyarli hammasi tasviriy
tekshirish holatida bo‟ladi. Tasviriy chevashunoslik u yoki bu tildagi lahjalarning fonetik
tuzilishi, grammatik qurilishi va lug‟at boyligining hozirgi holati, uning hozirgi
taraqqiyot bosqichidagi mavqei haqida to‟laroq ma`lumot beradi. Unda ayrim fonetik
o‟zgarishlar va jarayonlar, grammatik shakl va qo‟shimchalarning qanday yuzaga
kelganligi, ulardagi o‟zgarishlarni tarixiy jihatdan tekshirish tadqiqotchining diqqat
markazida bo‟lmaydi.Sheva va lahjalarning hozirgi holatini tekshirganda, ayni vaqtda
mavjud bo‟lgan shevalar vakillarining og‟zaki nutqi va o‟sha aholi orasida keng
tarqalgan turli xalq og‟zaki ijodiyoti materiallarining tilini tekshirish uchun asos qilib
olinadi. Chunki xalq og‟zaki ijodiyotida ham ko‟pgina shevalarga xos bo‟lgan
xususiyatlar saqlangan bo‟ladi.Shuningdek tarixiy faktlarni o‟zida aks ettiruvchi
an`anaviy shevalar vakillarining nutqlarini o‟rganish va ularni hisobga olish ham
foydalidir.
O‟zbek xalq shevalari leksikasi materiallarini o‟rganish va tahlil qilishda uch
tomon alohida olib tekshiriladi.
1.
faqat u yoki bu o‟zbek xalq shevalari u chun xos bo‟lib, adabiy tilda
uchramaydigan atamani aniqlab chiqish va tahlil qilish, masalan, qipchoq shevalarida
kiulamiuk – yupka, kiuchan – tez, talli –shirinlik, baviur (bagir) – jigar, urt – ourt – lunj,
dolcha – sarximcha – krujka, mechkey – eb tuymas kabi. Bunga o‟g‟uz shevalaridan
yashulliu – oqsoqol, kiusiunma – xafa bulma, ejek – buzoq, labir – tez so‟zlaydigan kishi
kabilarni keltirish mumkin. Malax – chigirtka, inak – sigir kabilar esa Samarqand –
Buxoro shevalarida uchraydi.
2.
Adabiy tildagi so‟z atamalarning shevalararo boshqa ma`nolarga ega
bo‟lishini belgilab chiqish. Masalan, chorsu – belbog, pochcha – aka, amaki (Qarnob), opa
– apa – ona (qipchoq) kabi.
3.
Shevalardagi so‟z va atamalarning adabiy til holatidan fonetik jihatdan
farqlanish holatlarini isbotlab bayon etish. Masalan, oke – aka,sh`g`r –she`r (Toshkent);
kepka – kelib qol, ene – ona (qipchoq); diz – tizza, lokki – luppi (o‟g‟uz) kabi .
Mahalliy shevalarni atroflicha va keng o‟rganish orqali tadqiqotchilar oldidagi qator
vazifalarning ayrimlari quyidagilardan iborat:
1. O‟zbek milliy tilining shakllanish jarayoni va uning taraqqiyotida
shevalarning to‟tgan o‟rni hamda ularni shu milliy til bilan bo‟lgan munosabatini
aniqlash. Chunki, Toshkent – Farg‟ona shevalari o‟zbek milliy tilining asosiga olingan
degan fikr tarqalgan va umumiy qoida sifatida qabul qilinganiga qaramasdan
tilshunoslik adabiyotida o‟zbek milliy tilining asosiga Toshkent – Andijon o‟rta o‟zbek
dialekti olingan degan fikrlar ham mavjud.
6
Mavjud bo‟lgan faktlar, masalan, qipchoq shevalaridagi kishilik olmoshlarining
birinchi va ikkinchi shaxs birliklari men, sen shakllarida qo‟llanilishi, aniq hozirgi
zamon fe`lining – jatiur – yatiur < - yotir qo‟shimchasi bilan hosil qilinishi, x va h
fonemalrining farqlari o‟zbek milliy tilining shakllanishida boshqa shevalarning ham
muhim ahamiyatga ega bo‟lganligini ko‟rsatadi.
2.Shevalarning o‟zaro munosabatini, ularning adabiy til va qardosh ( qozoq,
qirg‟iz, turkman) tillarga,Shuningdek uzoq yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda
hayot kechirib kelgan qo‟shni xalqlarning tillariga (masalan, tojik tiliga) bo‟lgan
munosabatlarini belgilash. Chunki ko‟pgina umumiste`mol so‟zlarimiz bir xilda
qo‟llanilib kelmoqda. Ularning aniq tarixini belgilash uchun ko‟p mehnat qilishga to‟g‟ri
keladi. Masalan birgina - chi qo‟shimchasining tarixini ko‟zdan kechirganimizda, uning
tojik tilida uchrashini XV-XVII asrlar bilan bog‟lanishini qayd etish o‟rinlidir. Bir so‟z
bilan aytganda tillar bir-birlaridan (qarz olmasdan) yashay olmaydi.
3. O‟zbek xalq shevalarini o‟rganish sohasida apchagina ishlar qilingan va
materiallar to‟plangan bo‟lsa ham ularning ba`zilari etarli darajada o‟rganilmagan,
ayrimlari esa hatto tilga ham olinmagan. Ularning xarita va atlasini tuzish masalasi
hozirgacha shevashunos olimlarning asosiy diqqat e`tiborini jalb qilmagan. Bu sohada
qilingan ishlar kam va ommaviy tus olgan emas. O‟zbekistonning barcha zaminida
shuningdek, Kozog‟iston, Qirg‟iziston, Tojikiston, Sibir, Ukraina, Xitoyning Shinjon
o‟lkasi hamda Shimoliy Afg‟onistondagi o‟zbek shevalarini chuqur ilmiy asosda
o‟rganish va ulardagi ilmiy hamda ayrim xususiyatlarni hisobga olgan holda o‟zbek
shevalarining mukammal tasnifini ishlab chiqish. Bu shevalarni joylashgan o‟rinlariga
qarab xaritalarga tushirish va nihoyat o‟zbek shevalarining mukammal atlasini yaratish.
4. alohida guruhga kiruvchi shevalarning umumiy tomonlari va o‟xshashliklari
bilan birga, o‟zaro farqlanuvchi tomonlarini va buning sabablarini ochib berish.
5. O‟zbek xalq shevalarini o‟rganishning nazariy va mazalliy ahamiyati hamda
tekshirish usullarini ko‟rsatish.
6. O‟zbek tilining ko‟p shevali ekanligi tarixiy sabablarini aniqlash.
7. Maktab o‟quvchilari nutqida. Turli xil yozma ishlarda uchraydigan mahalliy
shevalar xususiyatlari va ularni bartaraf qilish yo‟llarni hamda usullarini ishlab chiqish,
uni amalga oshirish.
Bunday vaziyatlarni amalga oshirish uchun quyidagilarni nazarda to‟tish talab
qilinadi:
A) juft holda ishlatiladigan unlilarni aniqlash, ularni tanglay ohangi va lab ohangi
deb ikkiga bo‟lib o‟rganish, ular o‟rtasidagi munosabatni belgilash;
B) ohangdoshlik hodisalarining tarixiy davrlarga qarab o‟zgarib turishi, bu
qonunning o‟zbek shevalarida qay darajada ekanligini va shu bilan bog‟liq holda unli
fonemalar miqdorining qisqaligini aniqlash;
V) O‟zbek tilining Qorabuloq, Inoq, Forish – Bog‟don, janubiy Xorazm kabi ba`zi
shevalari uchun xos bo‟lgan birlamchi. Ya`ni qadimgi turkiy tilga xos cho‟ziq
unlilarning tekshirilayotgan shevada mavjudligi yoki mavjud emasligini ko‟rsatish;
G) ayrim fonemalarning tushib qolishi natijasida yuzaga keladigan ikkilamchi
cho‟ziq unlilarning paydo bo‟lish yo‟llarini va ularning shevalararo qay darajada
tarqalganligini belgilash;
D) qo‟sh unlilik hamda ularning ohangdoshlik xususiyatlari bilan bog‟liq bo‟lgan
fonetik munosabatni ko‟rsatish;
7
E) yangidan paydo bulayotgan fonemalarning chunonchi janubiy Xorazm va ayrim
qipchoq shevalarida e fonemasining yuzaga kelishi imkoniyatlarini tushuntirish, ya‟ni
bunday unlini mazkur sheva materiali asosida unlilar tarkibining tarixiy fonetik
taraqqiyoti jarayonida o‟zbek adabiy tili ta`sirida paydo bo‟lganligini aniqlash;
J) ayrim undoshlarning, masalan, shahar va shahar atrofidagi ko‟pgina shevalarda r
fonemasining talaffuzda ishlatilmasligi sabablarini ochib berish;
Z) u yoki bu unlining lablanish va lablanmaslikka moyil bo‟lishida yonma-yon
kelgan undoshlarning qanchalik ta`sir ko‟rsatish kerakligini belgilash.
SHEVA, LAHJA VA DIALEKT.
O‟zbek shevashunosligida mavjud bo‟lgan ilmiy adabiyotlarda,sheva, lahja va
dialekt atamalari turlicha ma`nolarda qo‟llanib kelmoqda. Bu atamalarning ma`nosi ham
har xil emas.Chunki o‟zaro ba`zi farqlarga ega bo‟lgan shevalar birlashib, lahjani tashkil
qiladi. Ikki yoki bir necha lahja birgalikda milliy til asosiga aylanadi.Shunday qilib
shevalar bir-biriga juda yaqin va o‟xshash bo‟lganliklari holda, tilimizning eng kichik
bo‟lagini tashkil qiladi. Dialekt atamasi keng va tor ma`noda qo‟llaniladi. Bu jihatdan
«lahja» atamasi ham «dialekt» ga teng keladi.
Sheva. U forscha so‟z bo‟lib, ovoz, til, so‟zlashish, odat, yo‟sin, ravish kabi
ma`nolarni bildiradi.Shevalar o‟zbek tilining o‟ziga xos fonetik, grammatik va leksik
xususiyatlarga ega bo‟lgan kichik bir qismi bo‟lib, o‟zlarining jug‟rofiyo o‟rinlari bilan
bir-birlaridan ajralib turadi. Masalan, O‟zbek tilining qorluq- chigil- uyg‟ur guruhiga
kiruvchi Toshkent. Andijon, Marg‟ilon, Samarqand, Buxoro, Kattaqurg‟on, Jizzax,
Qarnob, Qarshi, Parkent, Urgut singari kichik tarmoqlari shevalarni tashkil etadi. Yoki
qipchoq guruhini tashkil etuvchi ming, Mang‟it, yuz, saroy, nayman, qipchoq,
qoraqalpoq, xitoy, jaloyir, chig‟atoy kabilar ham o‟zbek tilining eng kichik
bo‟laklaridandir.Shevalar o‟zaro birikib, lahjani yuzaga keltiriadi. Lahja va shevalar
o‟zbek milliy tili tarkibida o‟rganiladi. Chunki o‟zbek milliy tilining qo‟llanilish doirasi
kengdir. Lahja va shevalar o‟zbek adabiy tili tushunchasiga kirmaydi. Bi roq ular o‟zbek
tilining quyi shakli tarmoqlari hisoblanib, o‟zbek adabiy tilini boyitish uchun xizmat
qiladi. Bu ayniqsa leksika bobida yaqqol ko‟zga tashlanib turadi. Chunonchi hozirgi
paytda adabiy tilimizda ham «beda» deb yuritiladigan tuyimli ozuqa qipchoq lahjasini
tashkil etuvchi shevalarda «yungichka», «o‟t», «beda» kabi nomlar bilan yuritiladi.
Demak, «yungichka» so‟zini adabiy til me`yoriga kiritish foydadan holi bo‟lmaydi. Yana
«bula», «kilamik», «bo‟tana», «ungir» singari so‟zlari ham adabiy til doirasida keng
iste`mol qilishni uylab ko‟rish foydali bo‟lishi mumkin.
Lahja. Lahja aslida arabcha so‟z bo‟lib, ifoda, so‟z, sheva, ovoz kabi ma`nolarni
o‟zida mujassamlashtiradi. O‟zbek shevashunosligida lahja shevalardagi asosiy
xususiyatlarni o‟zida birlashtiruvchi shevalar yig‟indisini bildiradi. Bu esa lahja
atamasining keng ma`noda qo‟llanilishidir. Masalan, o‟zbek tilining qarluq-chigil-
uyg‟ur lahjasi, qipchoq lahjasi, o‟g‟uz lahjasi.
Dealekt. Dialekt lotincha so‟z bo‟lib, shevaga nisbatan keng ma`noda qo‟llaniladi.
Adabiy tilda o‟zining ba`zi bir xususiyatlari (fonetik, grammatik, leksik) bilan
farqlanadigan biror umummilliy tilning yirik roq bo‟lagi dialekt deb yuritiladi. Amaliy
hayotda esa o‟zaro anglashish va anglashilmaslik hisobga olinadi. Masalan, o‟zbek
tilining o‟g‟uz dialekti, qipchoq dialekti kabi.
8
O‟ZBEK ShEVASHUNOSLIGINING FAN
SIFATIDA TASHKIL TOPISHI.
Turkiy tillar lahjalarini o‟rganishga bo‟lgan qiziqish eng qadimgi davrdan
boshlangan. Hali u vaqtlarda turkiy xalqlar vakillari urug‟-urug‟ va qabila- qabila
bo‟lib yashab kelar edilar. Ulardan qabilalar ittifoqlari va xalqlar shakllanadi.Shuning
uchun ham O‟rxun-Enasoy daryolari yoqasidan topilgan yozma yodgorliklar boshqa
turkiy xalqlar bilan birgalikda o‟zbeklarning ham eng qadimgi yozma manbalaridan
deb qaraladi. Bu yozma yodgorliklar o‟zbek shevashunosligi tarixini o‟rganish uchun ham
muhim bo‟lgan boy materiallar beradi.
Ularni o‟rganishda « Qadimgi turkiy yozma yodgorliklari» (1951), « Qadimgi
turkiy til» (1982) kabi asarlarning ahamiyati kattadir. Ular ilmiy tadqiqotlarni bajarish
uchun ham oliy o‟quv yurtlarida talabalarni o‟qitish uchun ham birday qimmatlidir.
Chunki bu yozma manbalar barcha turkiy xalqlarning, jumladan o‟zbek tilining ham
qadimgi zamonlarda boy adabiy til an`analariga ega bo‟lganligini va O‟rxun-Enasoy
yozuvi hozirgi o‟zbek tilining ham qadimgi yozma yodgorliklardan biri ekanligini
ko‟rsatadi.
Ma`lumki, A. Navoiy asarlarining tili qarluq-chigil- uyg‟ur guruhiga kiruvchi
shevalar tiliga, ayniqsa Andijon shevasiga, yaqin keladi. Hatto shoir asarlaridan bir
necha asr oldin yuzaga kelgan asarlar ham ana shu guruhga mansub qabila tillarida
yozilgan. Masalan, Yusuf Xos Xojibning « Qutadg‟u bilig» nomli yirik asari chigil
qabilasi tilida yozilgan. Bu esa chigil qabilasi tiliga asos bo‟ladi. O‟zbek xalq shevalarini
o‟rganish natijasida adabiyot tarixi va xalq og‟zaki ijodiyotiga taalluqli ko‟pgina
qimmatli materiallarga ega bo‟lish mumkin. Chunonchi, bundan qariyb o‟n asr ilgari
maydonga kelgan M. Qoshg‟ariyning «Devoni lug‟otit turk», Y. X. Hojibning «
Qutadg‟u bilig» asarlari o‟zbek adabiyoti tarixi, o‟zbek shevashunosligi va til tarixi uchun
ham zarur manba bo‟lib xizmat qiladi. Shevashunoslik fani sohasida yetarli
ma`lumotga ega bo‟lish har bir yozuvchi, shoir hamda dramaturg uchun suv va havo
singari zarurdir.
Mahalliy lahja va shevalar xususiyatlarini yaxshi bilgan shoir, dramaturg va
yozuvchilar asar qaxramonining bilim saviyasi, madaniyat darajasi, uning adabiy tilda
yaxshi gaplasha bilishi yoki uni yetarli bilmasligi, qaysi shevada gapirishi, mashg‟uloti
kabilar to‟g‟risida uzundan- uzoq tushuntirishlar va izohlar berish yo‟li bilan tasvirlab
o‟tmasdan, shu umumiy xususiyatlarning hammasini bir xususiyat orqali, ya`ni personaj
tilida qo‟llaniladigan sheva orqali ochib berish mumkin.
Muqimiy, Furqat, A. Qodiriy, H. H. Niyoziy, H. Olimjon,G‟. G‟ulom, Oybek,
A.Qahhor, M. Ismoiliy, K. Yashin kabi san`atkorlar o‟z asarlarida o‟zbek tili
boyliklaridan yaxshi foydalanganliklari o‟quvchilarning diqqatini o‟ziga jalb
etadi.Shuning uchun ham bu asarlar kitobxonning qo‟lidan tushmaydigan sevimli
asarlariga aylanib qolgan.
O‟zbek shoir-yozuvchilari asarlaridan ba`zilarini qayd etish o‟rinlidir. Masalan, A.
Qahhorning «Qo‟shchinor chiroqlari» romani va «Sinchalak» qissasi Farg‟ona shevalariga
xos xususiyatlar, Oybekning «Qutlug‟ qon», «Oltin vodiydan shabadalar» romanlarida
Toshkent va ularga o‟xshash shevalarning xususiyatlari; M. Ismoiliyning «Farg‟ona tong
otguncha» romanida Farg‟ona shevalarining o‟ziga xos belgilari; J.Sharipovning
9
«Xorazm» romanida janubiy Xorazm shevalarining xususiyatlaridan foydalanib ish
ko‟rildi.
Takrorlash uchun savollar:
1.Sheva deb nimaga aytiladi ?
2.Dialekt deb nimaga aytaladi ?
3.Lahja deb nimaga aytiladi ?
4.O‟zbek shevalarining murakkab tarkibi qaysi sabablar bilan bog‟langan ?
5.O‟zbek shevalari qaysi metodlar bilan o‟rganiladi ?
6.O‟zbek dialektologiyasi fani qaysi fanlar bilan o‟zaro bog‟langan ?
7.Shevaning o‟zbek adabiy tiliga ta‟sir ko‟rinishlarini aniqlang ?
8. Yozma yodgorliklarda hozirgi kunda shevada qo‟llaniladigan qanday so‟zlar
uchraydi ?
Tayanch tushunchalar:
O‟zbek dialektologiyasi – o‟zbek shevalarini ilmiy ravishda o‟rganadigan fan.
Sheva – o‟zbek tilining kichik territoriyadagi muomala vositasi.
Dialekt – o‟zaro bir-biriga yaqin shevalar tizimi.
Lahja –shakllanish jihatidan umumiy tarixga ega bo‟lgan dialektlar yig‟indisi.
Qarluq – chigil – uyg‟ur lahjasi – o‟zbek tilining shu nom bilan ataladigan urug‟-
qabila ittifoqi negizida shakllangan sheva va dialekt uyushmasi.
O‟g‟uzxon – afsonaviy podshoh. “Shajarai turk”da aytilishicha undan olti nafar o‟g‟li
bo‟lgan .Har o‟g‟lidan to‟rttadan nabira ko‟rib,jamisi 24 ta. Shulardan tarqalgan avlodlar
o‟g‟uzlar nomni olgan deb rivoyat qilinadi.
Qipchoq – qadimgi turkiy tilda ichi qo‟sh yog‟ochni qipchoq deyishgan.Rivoyatda
keltirilishicha, shu daraxt orasida tug‟ilgan bolaning ismini Qipchoq deb qo‟yishadi.
Avlodlari qipchoqlar deyilgan.
Qorluq – baland tog‟likda yashagan aholini O‟g‟uzxon shunday atashni buyurgan.
Qipchoq lahjasi – o‟zbek tilining asosan qipchoq urug‟ va qabilalari negizida
shakllangan sheva va dialektlar uyushmasi.
O‟g‟uz lahjasi - o‟zbek tilining asosan o‟g‟uz urug‟ va qabilalari negizida
shakllangan sheva va dialektlar uyushmasi.
Tavsifiy (sinxron) metod –shevaning hozirgi holatini yozib olish metodi.
Qiyosiy-tarixiy metod - tillarni ham tarixiy taraqqiyot,ham boshqa yondosh tillarga
qiyoslab o‟rganish metodi ,bu metoddan shevalarni o‟rganishda ham o‟rganiladi.
10
2 – MAVZU: O‟zbek tilining dialektal bo‟linishi.
Reja
1.O‟zbek shevalarini tasnif qilish tomoyillari.
2.K K Yudaxin ,E D Polivanov, A K Borovkov, G‟ozi Olim, V V Reshetov tasniflari.
3.O‟zbek dialektologlari.
Adabiyotlar
1.Reshetov V V, Shoabdurahmonov Sh . “O‟zbek dialektologiyasi”, Toshkent,
“O‟qituvchi” , 1978- yil
2.Mirzayev M M , “O‟zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969- yil.
3.Ashirboyev S, “O‟zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000 -y / ma‟ruza matni/
4.Rajabov N “O‟zbek shevashunosligi” Toshkent, “O‟qituvchi” 1996 -yil.
5.Murodova N “O‟zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal
talqini”,Toshkent , “Fan”2007- yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997- yil.
O‟zbek shevalarini tasnif qilish tomoyillari.O‟zbek asosan 20-30 yillardan boshlab
ilmiy asosda o‟rganila boshlandi va uning dastlabki tasniflari paydo bo‟la
boshladi.Inqilobgacha bo‟lgan davrda V Nalivkin, M Nalivkina, A Starchevskiy, A
Vishnegorskiy, Z Alekseyev, N Ostroumov, T G‟iyosbekovlar jonli til faktlari asosida
o‟zbek tili lug‟ati,qisman fonetik va morfologik xususiyatlarini yoritgan ishlarni amalga
oshirganlar.Ularni sof dialektologik ishlar deb ham , adabiy til faktlari deb ham qarash
qiyin, inqilobdan keyingi yillarda o‟zbek adabiy tiliga asos bo‟ladigan sheva va
dialektlarni aniqlash , milliy tilning imkoniyatlarini belgilash shiori bilan o‟zbek shevalari
keng miqyosda o‟rganila boshlandi.Shu jarayonda o‟zbek shevalari tasnif qilindi.
O‟zbek shevalarini tasnif qilishda bir necha tomoyillardan foydalaniladi. Ular
quyidagilar:
-
o‟zbek (turkiy) tilga xos bo‟lgan unli va undosh tovushlarning mavjudligi
yoki amalda bo‟lishi;
-
ma‟lum fonetik qonuniyatlarga amal qilishi jumladan singormanizm va
umlaut.
-
tarixiy qatlamga oid leksik birliklarning miqdori, o‟zlashgan qatlam
so‟zlarining ishtirogi.
-
o‟zbek shevalariga qarindosh va qarindosh bo‟lmagan til va shevalarning
ta‟siri.
-
shevaning asosiyxususiyatlarini belgilovchi xarakterga ega bo‟lgan tovush va
fonemaning tarqalish darajasi.
-
so‟zga affikslarning qo‟shilish xususiyatlari, so‟zning fonetik strukturasi va
boshqalar.
O‟zbek shevalarini tasnif qilishda bir qator olimlar qatnashgan.O‟zbek shevalarini I I
Zarubin ham tasnif qilishga harakat qilgan va uning Xiva, Farg‟ona , Toshkent va
11
Samarqand-Buxoro kabi to‟rt guruhga bo‟linishini ta‟kidlaydi, lekin ularga xos bo‟lgan
asosiy tamoyillarni bayon qilmaydi va hatto “j” lovchi va shimoliy o‟zbek shevalari uning
e‟tiboridan chetda qoladi.
O‟zbek shevalarini dastlab professor K K Yudaxin tasnif qilishga musharraf
bo‟ladi.U o‟zbek shevalarining tojik tili bilan munosabati va singormonizmni saqlash
darajasiga ko‟ra tasnif qilib,4 guruhini belgilaydi:
-
asl turkiy tovush tizimi va singormonizmni saqlagan o‟zbek shevalari;
-
o‟z tovush tarkibini qisman o‟zgartirgan, singormonizmni yo‟qotganShevalar;
-
eron tili unlilar tizimini saqlagan o‟zbek shevalari;
-
o‟zbek va tojik tillarida so‟zlashadigan tojik shevalari.
Keyinchalik olim K K Yudaxin o‟zbek shevalari bilan mukammalroq tanishib , uni 5
guruhga ,ya‟ni Toshkent, Farg‟ona, Xiva, qipchoq vaShimoliy o‟zbek shevalariga ajratadi.
O‟zbek shevalarini o‟rganish va ilmiy asosda tasnif qilishda professor Y D
Polivanovning ulug‟ xizmatlari bor. U o‟zbek tili va shevalari bo‟yicha 250 ta nomda
yirik asarlar va ilmiy ishlarni yaratgan. Hozirgi kunda uning 150 dan ortiq ishlari e‟lon
qilingan.Professor Y D Polivanov o‟zbek shevalari bo‟yicha “O‟zbek dialektologiyasi va
o‟zbek adabiy tili”(1933 y), “Toshkent shevasining tovush tizimi”(1922 y), “O‟zbek
tilining singormanizmni yo‟qotgan shevalari namunalari” (1928 y) kabi ishlar mavjud .
Professor Y D Polivanov o‟zbek shevalarining birinchi ilmiy tasnifini yaratgan .
Keyingi davr dialektologlari Y D Polivanov o‟zbek shevalarini tasnif qilishda 2 ta
tomoyilni – birinchisi-metisatsiya (qardosh tillar chatishuvi) va ikkinchisi-gibridizatsiya
(qardosh bo‟lmagan tillarning aralashuvi)ni hisobga olgan holda tasnif qilgandegan fikrni
ilgari suradilar.Bu e‟tibordan chetda qoladigan fikr emas , lekin Y D Polivanov tasnifini
metisatsiya va gibridizatsiya bilan bog‟lab bog‟lab qo‟yish ham mumkin emas, balki Y D
Polivanov turkiy tillar, o‟zbek tili va uning eroniy tillar bilan munosabati kabi holatlarni
hisobga olgan . Aslida ,u deyarli, barcha o‟zbek shevalarini o‟rganib chiqib, uning
taraqqiyot tarixi , urug‟, qabila davri xususiyatlarining saqlanib qolishi nuqtai nazardan
shevalarni tasnif qiladi hamda o‟zbek tili tarkibida uch lahja mavjudligini belgilab beradi:
1.Chig‟atoy lahjasi. Bu lahjani 7 ta tipga ajratadi:1.Samarqand-Buxoro, 2.Toshkent,
3.Qo‟qon-Marg‟ilon, 4.Andijon-Shahrixon, 5.Namangan guruh shevalari, 6.Shimoliy
o‟zbek shahar shevalari, 7.Shimoliy o‟zbek qishloq shevalari.
2.Qipchoq lahjasi. Uni ham bir necha tipga ajratadi:1.O‟rta Xorazm (Gurlan, Bog‟ot,
Shobboz) shevalari, 2. “a” lovchi qozoq-nayman,Farg‟ona-Qoraqalpoq shevalari, 3.
Qurama shevalari, 4. Shimoliy o‟zbek (So‟zoq, Cho‟laqo‟rg‟on) , 5.O‟rta o‟zbek (qirq)
shevalariva janubiy o‟zbek shevalari (laqay, Afg‟onistondagi qipchoq-o‟zbek) .
3.O‟g‟uz lahjasi . Bu 2 tipdagi shevalarni o‟z ichiga oladi: 1.Janubiy Xorazm (Xiva,
Yangi Urganch, Shovot, G‟azovot, Xazarasp, Yangiariq) shevalari. 2.Shimoliy o‟g‟uz
guruhi (Iqon,Qorabuloq) shevalari.
Chig‟atoy
lahjasiga
qarashli,ayniqsa,Samarqand-Buxoro
shevalarini
kuchli
eronlashgan shevalar deb hisoblaydi.
Professor G‟ozi Olim tasnifi. U shevalarni leksik, morfologik va fonetik
xususiyatlariga ko‟ra tasnif qilish lozimligini uqtirgan holda shevalarni 1.o‟zbek-qipchoq,
2. turk-barlos, 3.Xiva-Urganch lahjalariga ajratadi.
O‟zbek-qipchoq lahjasini qirq, jaloyir-laqay, qipchoq, gurlan; turk-barlos lahjasini
Sayram-Chimkent,
Toshkent-Xos,Andijon,
Namangan;
Xiva-Urganch
lahjasini
Xiva,qarluq guruhlariga ajratadi.
12
Professor A K Borovkov tasnifi . A K Borovkov shevalarning fonetik xususiyatlarini
hisobga olib,dastlab “a” lovchi va “o” lovchi shevalarni farqlaydi. “o” lovchi shevalarga
Toshkent, Xonabod, Xos, Taqachi, Yangiyo‟l, Chinoz shevalarini; “a” lovchi shevalarni
esa o‟z navbatida “y” lovchi va “j” lovchi shevalarga ajratadi, “y” lovchilarga – Chimkent,
Mankent, Turkiston, “j” lovchilarga – Shimoliy Xorazm, Surxondaryo, Samarqand
viloyati qishloq shevalari kiritiladi.
A K Borovkov o‟zbek tili shevalarining tarixiy taraqqiyotini hisobga olib , uni 4
dialektga ajratishni tavsiya qiladi:
1.O‟rta o‟zbek dialekti . Uni ikki guruhga – 1 .O‟rta o‟zbek shevalari:Toshkent,
Samarqand, Buxoro, Farg‟ona va boshqalar; 2.Shimoliy o‟zbek shevalari:Chimkent,
Sayram, Jambul, Marki va boshqalar.
2.Shayboniy o‟zbek yoki “j” lovchi dialekti .
Bunga Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Ohangoron vodiysi,Shimoliy Xorazm va
Farg‟ona vodiysidagi “j” lovchi shevalarni kiritadi .
3.Janubiy Xorazm dialekti .bunga Xonqa, Hazorasp,Shovot, Yangiariq, G‟azovot,
Sho‟raxon kabi shevalarni kiritadi .
4.Alohida gruppa shevalarga ; 1.Qorabuloq , Iqon , Mankent; 2.umlautli shevalarga
(Namangan )ni kiritadi.
Professor V V Reshetov tasnifi .Uning tasnifida professor Y D Polivanov g‟oyalari
asos bo‟lgan va u hozirgi shevalarning shakllanishida muhim ahamiyatga molik bo‟lgan
qabila-urug‟larning tarixiy taraqqiyotini hisobga olgan holda tasnif qiladi. Uningcha ,
o‟zbek shevalarini uch lahjaga birlashtirish mumkin:
Qarluq – chigil – uyg‟ur lahjasi .Bu lahja uyg‟ur tiliga yaqin va oz yoki ko‟p
darajadatojik tili bilan aloqada bo‟lgan. Bu lahjaga O‟zbekiston Respublikasidagi yirik
shahar (Urganchdan tashqari) vaShahar tipidagi qishloq shevalari kirgan.
Qipchoq lahjasi. Bu lahja esa qozoq va qoraqalpoq tillariga yaqin turadi va unga
O‟zbekiston Respublikasidagi Qurama, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo,
Farg‟ona vodiysidagi “j” lovchi va singarmonizmli shevalar kiritiladi.
O‟g‟uz lahjasi. Bu lahjaga til jihatidan turkman ,ozarbayjon, turk tillariga yaqin
turadi va O‟zbekiston Respublikasidagi Xorazm, Qoraqalpog‟iston, Turkmanistondagi
o‟zbek shevalari hamda Qorako‟l, Forish shevalari ham shu lahjaga kiritiladi.Bu
shevalarning o‟ziga xos fonetik,leksi va grammatik xususiyatlari yoritib beriladi.
O‟zbek dialektologlari. O‟zbek shevalarining o‟rganilishi va tasnif qilinishida jahon
ahamiyatiga molik bo‟lgan professor ye D Polivanov, mashhur professorlar K K Yudaxin,
G‟ozi Olim, A K Borovkov , V V Reshetov kabi olimlarning buyuk xizmatlari bor. Bu
olimlar rahbarligida mahalliy o‟zbek olimlarii yetishib chiqdi. O‟zbek shevalari akademik
Sh Shoabdurahmonov, professor vafan doktorlari M Mirzayev, F Abdullayev, S
Ibrohimov, H Ibrohimov, H G‟ulomov, Y G‟ulomov, A Aliyev, A Shermatov, O
Madrahimov, T Yo‟ldoshev, N Rajabov, X Doniyorov, Q Muhammadjonov, T Nafasov, A
Jo‟rayev kabi olimlarimiz tomonidan tadqiq etilgan. Bu proyessor va fan doktorlari bilan
birga 50 ga yaqin fan nomzodlari, dotsentlar o‟zbek shevalari bo‟yicha ilmiy tadqiqot
ishlarini olib borganlar va olib bormoqdalar.Bu olimlar ishlari tufayli o‟zbek
dialektologiyasi fan sifatida shakllandi va deyarli barcha lahja va shevalar sinxronik tarzda
o‟rganib chiqildi, lug‟atlar tuzildi.
O‟zbek dialektlari hamon taqqiqot ob‟ekti bo‟lishi mumkin,ya‟ni endilikda o‟zbek
shevalarining barcha masalalari bo‟yicha nazariy muammolar : o‟zbek shevalari
13
fonologiyasi, turkiy dialektologiya, etimologiya, turkiy tillar bilan qiyosiy jihatlardan
o‟rganilishi o‟zbek tilshunosligini yanada boyitishga xizmat qiladi.
Takrorlash uchun savollar:
1.Shevalar qanday tamoyillar asosida tasnif qilinadi.
2.O‟zbek shevalari kimlar tomonidan tasnif qilingan va ulardagi farqlari nimadan
iborat ?
3.Professor Zarubin o‟zbek shevalarini tasnifi haqida nimalarni bilasiz ?
4.K K Yudaxin o‟zbek shevalarini qay tarzda tasnif qilgan ?
5. Y D Polivanov o‟zbek shevalarini nimaga asoslanib , tasnif qilgan ?
6.G‟ozi Olim tasnifida asosan tilning qaysi tamonlariga e‟tibor berishga harakat
qilgan ?
7. V V Reshetov tasnifining mukammallik tomonlari haqida fikrlang.
8.Hozirgi kunda shevaning eng dolzarb o‟rganilmagan tomonlari haqida to‟xtaling.
9.Shevashunoslikka oid qanday yangi ko‟rinishlar yuzaga kelmoqda.
10.Qaysi o‟zbek dialektologlarini bilasiz va ular qanday tadqiqot ishi olib borishgan ?
Tayanch tushunchalar:
1.Shevalarni tasnif qilish – shevalardagi o‟xshash va noo‟xshash xususiyatlarini
hisobga olib,ularning guruhlarini belgilash.
2.O‟zbek shevashunosligini birinchi ilmiy tarzda o‟rgangan olim Y D Polivanov
hisoblanadi.
3.O‟zbekistonda joylashgan shaharlardan Urganch shahri aholisi shahar shevasida
so‟zlashmaydi.
4.Metisatsiya – qardosh tillar va shevalar chatishuvi.
5.Gibridizatsiya – qardosh bo‟lmagan til va shevalarning aralashib ketishi.
3 – MAVZU LINGVISTIK GEOGRAFIYA. LINGVISTIK
GEOGRAFIYA HAQIDA QISQAChA MA`LUMOT.
Reja
1.Lingvistik geografiyaning mohiyati.
2.Milliy til va uning shevalarga ta‟siri.
3.Shevalarni yozib olib o‟rganish.
Adabiyotlar.
1.Reshetov V V,ShoabdurahmonovSh . “O‟zbek dialektologiyasi”, Toshkent,
“O‟qituvchi” , 1978 -yil
2.Mirzayev M M , “O‟zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969 -yil.
3.Ashirboyev S, “O‟zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000-y / ma‟ruza matni/
14
4.Rajabov N “O‟zbekShevashunosligi”Toshkent, “O‟qituvChi” 1996 -yil.
5.Murodova N “O‟zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal
talqini”,Toshkent , “Fan” 2007- yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997 -yil.
7.Shermatov A “Lingvistik geografiya nima”,Toshkent, 1981- yil
Lingvistik geografiya til hodisalarining tarqalish o‟rinlarini, ularda tarixiy
taraqqiyot jarayonida yuz bergan o‟zgartirishlarni o‟rganish uChun xizmat qiladi.
Masalan, turkiy tillar geografiyasi haqida so‟z ketganda, til egalarining tarix takozosi
bilan muayyan o‟zgarishlarni o‟z boshlaridan keChirishlari, turli joylardan ko‟Chib
yurishlari va hozirgi vaqtda o‟troqlashib qolish sabablarini o‟rganish tushuniladi.
Jumladan, Turkiyadagi aholining qadimda Turkistonda, ya`ni Sirdaryo buylarida yashab,
so‟ngra hozirgi zaminga ko‟Chib kelganliklari va muqim hayot keChirishga o‟tib
qolganliklari, skiflarning ham tarixan turkiy xalqlardan bo‟lib, eramizgaCha bo‟lgan
davrning oxirlari va eramizning boshlarida zaminimizdan, jumladan, Movarounnahrdan
ko‟Chib borib, hozirgi joylarida – Vengriya, Bolgariya kabi Bolqon davlatlari yerlarida
o‟troqlashib qolganliklari fikrimizning dalilidir.
Lingvistik georafiya lahja vaShevalarni o‟rganishda ham ahamiyatlidir. CHunki
ularning tarixiy taraqqiyot yo‟llarini belgilashda, fonetik, grammatik va leksik
xususiyatlarni o‟rganishda xalq tarixi va til tarixi bilan ularning tarqalgan joylari bilan
o‟zviy bog‟liq holda olib tekshiriladi. Masalan, o‟zaro umumiy xususiyatga ega bo‟lgan
Toshkent, Parkent, Piskent, Qarnob kabiShevalarning yoki janubiy Xorazm,Shimoliy
Buxoro, Forish-Bog‟don,Shimoliy o‟zbekShevalari vakillari kabilarning turli joylarda
o‟troqlashib qolish sabablari, ulardagi umumiy til xususiyatlari tarixi qabilalarni hisobga
olish va o‟ziga xos tomonlarini asos qilib olib, ularning xaritalarini Chizib berish hamda
lingvistik atlasini yaratish muhimdir. Bunday ishlarning amalga oshirilishi ko‟rgazmali
tavsifiy qurol vositasini o‟taydi.
Tillarning,jumladan, ularning quyi tarmoqlari hisoblangan lahja va shevalarning
hozirgi vaqtdagi tarqalish holati turli belgilar bilan ko‟rsatiladi. Ana shunday belgilar
bilan til yoki lahjaning joylashgan o‟rinlari ifodalab berilishiga umumiy lingvistik
geografiyada yunoncha «izoglassa» deb yuritiladi va bir xil, o‟xshash, teng kabi
tomonlarni bildirishga xizmat qiladi. Bunda fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarni
aniq ko‟rsatish uchun har xil belgilar ishlatiladi.
Qisqasi, lingvistik geografiya lahja va shevalarning tarixiy taraqqiyoti yo‟llarini
aniqroq belgilashga, ularda so‟zlashuvchi xalqlarning hozirgi joylarda o‟troqlashib
qolish sabablarini, guruhlarga aloqadorligini, til taraqqiyoti va xalq tarixi bilan
aloqasini to‟laroq aniqlashga, ular to‟g‟risida ishonchli ma`lumotlar berishga xizmat
qiladi.
Turkiy tillar geografiyasi ma`lumotlari M. Qoshg‟ariy, A. Navoiy, G‟ozi Olim
Yunusov, A. K. Borovkov, U. Tursunov, V. V. Reshetov, S. Ibrohimov,
Sh.Shoabdurahmonov, B. Jo‟rayev, A. Aliyev, X. G‟ulomov, X. Doniyorov, A.Shermatov,
A. Jo‟rayev, M. Mirzayev, K. Nazarov singari zukko olimlarning nomlari bilan
bog‟langan. Ular o‟zbek xalq shevalarini o‟rganish, ularning o‟ziga xos xususiyatlarini
yozib olish, tahlil etish va ularni xaritalarga tushurib, shevalarimiz atlasini yuzaga
kelishiga o‟z hissalarini qo‟shib kelmoqdalar.
15
LAHJALARNING BOSHQA TIL KATEGORIYASIGA
MUNOSABATI. MILLIY TIL VA MAHALLIY
LAHJALAR.
Tillar o‟zaro hamkorlik, bir-birini boyitish yo‟li bilan rivojlanib bormoqda. Faqat
qardosh turkiy tillar emas, balki boshqa tillar ham bir- birlarini boyitishi, bir-birlari bilan
oziqlanishiga turli yo‟llar bilan harakat qiladilar. Xuddi shu sababli ona tilimizga turli
tarixiy davrlarda so‟zlar, atamalar va ular tarkibida qo‟shimchalar, grammatik
xususiyatlar o‟zlashgan. O‟z navbatida o‟zbek tili boshqa tillarga samarali ta`siri borligi
sezilib turadi. Chunki A. Qodiriy aytganidek, «Tillar bir-birlaridan qarz olmasdan yashay
olmaydilar».
Movarounnahrdagi eng qadimgi xalqlardan biri hisoblangan o‟zbeklar o‟zining
ko‟p asrlik hayoti davomida boy adabiyot va madaniyatni vujudga keltirdi. Ular o‟zining
ona tili – o‟zbek tilini asrlar davomida ardoqlab va taraqqiy ettirib kelgan. O‟zbek tili
hamda uning lahja va shevalari jamiyat taraqqiyoti tufayli vaqt o‟tishi bilan o‟zgarib,
taraqqiy etgan va turli shakllarga ega bo‟lib kelgan. Bu fikr taraqqiyotning so‟nggi
davrlarida vujudga kelgan milliy tilga ham bevosita aloqadordir.
Milliy tilning shakllanib borishi feodalizmning emirilishi va kapitalizmning yuzaga
kelishi bilan bog‟liq bo‟lsa ham, uning unsurlari uzoq vaqtlar shakllangan va rivojlanib
kelgan.
Tarixiy ma`lumotlarning dalolat berishicha, o‟zbeklarda VII asrgacha urug‟-urug‟
bo‟lib yashaganlar. Urug‟chilik davri kishilik jamiyatining kichik, oddiy va boshlang‟ich
uyushmasi sanalar edi. Shu bilan birga, u davrlarda kabilalarga xos belgilar ham paydo
bo‟la boshlagan. O‟zbeklar VII – IX asrlarda esa qabila- qabila bo‟lib hayot kechirganlar.
Bu qabilalarda qabilalar ittifoqiga xos bo‟lgan ko‟pgina belgilarning shakllanganligi
ma`lum. O‟sha tarixiy davrlarda qabilalarning har biri o‟zlariga xos tillarga ega bo‟lgan.
Har bir lahja mohiyat e`tibori bilan bir qabilaning tili bo‟lib xizmat qilgan. Qadimgi
zamonlarda ajdodlarimiz urug‟-urug‟, qabila- qabila bo‟lib hayot kechirgan ekanlar, ular
boshqa urug‟lar va qabilalardan farq qiluvchi o‟z tillariga ega bo‟lganlar. qabilalarning
keyinchalik bir-birlari bilan aralashib, qo‟shilib ketishlari natijasida ularning tillari ham
aralashib, qo‟shilib ketgan. Bu, avvalo, qabilalar ittifoqlari tillari va so‟ngra xalq
tilining shakllanishiga olib kelgan. Bu o‟z navbatida o‟zbek adabiy tili, so‟ngra milliy
tilning shakllanishi va taraqqiyot jarayonini belgilab berdi.
O‟zbek millati va milliy tilning tashkil topish jarayoni XIX asrning ikkinchi yarmi
va XX asrning boshlariga to‟g‟ri keladi. O‟tgan asrning 60 – yillaridan boshlab
Movarounnahrda millat va milliy tilning yuzaga kelishiga zamin hozirlandi. Chunki
O‟zbekistonda amalda feodal tarqoqlik barham topdi. Xonliklar (Xiva, Buxoro, Qo‟qon
xonliklari) tugatildi. Bu o‟z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy zamin birligini ta`minlashda
asosiy ahamiyatga ega bo‟ldi. O‟zbekiston va umuman Movarounnahrga temiryo‟l
o‟tkazilib, xalqlar o‟rtasidagi aloqa apcha keng darajada yoyila boshladi. O‟zbekistonda
paxta etishtirishni rivojlantirish vaShu bilan bevosita bog‟liq holda paxta va yog‟
zavodlari singari sanoat tarmoqlari vujudga keltirildi.
Sharqshunos olimlar o‟z asarlari bilan fanning turli tarmoqlarini rivojlantirishga
salmoqli hissa qo‟shdilar. O‟zbek milliy tilining shakllanishiga zamin hozirlashda
Muqimiy, Furqat, Zavqiy, H. H. Niyoziy, A. Qodiriy, Fitrat, Cho‟lpon kabi shoir va
16
yozuvchilarning g‟oyat katta xizmatlari bo‟lganligini qayd etish lozim. Bu sohada E.
Bertel`s, E. Polivanov kabi olimlarning ham hissalari bor.
Shunday qilib XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyo, jumladan,
O‟zbekistonda xo‟jalik, madaniyat va adabiyot sohalarida birmuncha o‟sish va
rivojlanish ko‟zga tashlandi.
O‟ZBEK ADABIY TILI VA UNING
ShEVALARGA MUNOSABATI.
Xalqimiz o‟zining ko‟p asrlik hayoti davomida boy madaniyat va adabiyotni
vujudga keltirdi. O‟zbek xalqi boy an`analari asosida o‟zining adabiy tilini yaratdi.
Adabiy til xalq tili asosida shakllandi, o‟zining fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va
lug‟at boyligini ma`lum bir me`yorga kiritdi va qoidalarga bo‟ysundirdi.
Adabiy tilning ikki asosiy shakli – og‟zaki adabiy til va yozma adabiy til ko‟rinishi
mavjud. Yozma adabiy til ham, og‟zaki adabiy til ham o‟zining boy an`analariga ega.
Lekin og‟zaki adabiy til yozma adabiy tildan ilgari paydo bo‟lgan.
Yozma adabiy til materiallari sifatida qo‟llangan so‟zlar umum xalq tili asosida
adabiy tilning shakllanishiga xizmat qiladi va uzoq vaqt iste`molda bo‟ladi, ularninng
ayrimlari vaqt o‟tishi bilan tarixiy so‟zlarga aylanib qoladi.
«Adabiy til» atamasi ikki ma`noda qo‟llaniladi. Bu, bir tomondan, feodal tarqoqligi
davrida davlat idoralarida ish yuritish, adabiyot, din, ilm-fan kabilar uchun
ishlatiladigan til bo‟lsa, ikkinchi tomondan, adabiy asarlar tilidir. Shu bilan birga, turli
iqtisodiy-ijtimoiy va tarixiy sabablarga ko‟ra, adabiy til ma`lum lahja asosida tashkil
topgan yozma adabiy til yoki majburan qabul qildirilgan boshqa adabiy til sifatida
mavjud bo‟lishi mumkin.
XI – XI asrlardan boshlab, Markaziy Osiyodagi va boshqa zaminlardagi turkiy
tillarning, jumladan o‟zbek tilining ahamiyati kuchaya bordi. Bu esa o‟z navbatida o‟zbek
adabiy tilining shakllanishini o‟zida aks ettira boshladi. U jonli xalq tili asosida vujudga
keldi. Demak, o‟zbek xalqining tashkil topishi bilan asta-sekin adabiy tilga xos
xususiyatlarShakllana boshladi. Biz bu holni o‟sha davrda maydonga kelgan M.
Qoshg‟ariyning mashhur «Devoni lug‟otit turk» nomli lingvistik asari Y. X. Hojibning «
Qutadg‟u bilig», A. Yugnakiyning «Hibbatul haqoyiq» kabi ilmiy va badiiy asarlari
namunasida ko‟ramiz. Yuqoridagi kabi asarlar o‟zbek xalq tili va adabiy tili
taraqqiyotiga munosib hissa bo‟lib qo‟shilgan nodir durdonalardir.
A. Navoiydan so‟ng ham o‟zbek adabiy tili rivojlanib keldi. Masalan, XVII asrda
yashab ijod etgan Abulg‟ozi Bahodirxonning «Shajarai tarokima» va «Shajarai turk»
asarlari o‟zbek adabiy tili tarixini o‟rganishda ayniqsa qimmatlidir. Muallif o‟z asarlari
tilini xalq tiliga yaqinlashtirib, sodda bir holda ifoda etishga harakat qilgan, mumkin
qadar chet tillar xususiyatlarini qo‟shmaslikka uringan. Bu esa uning «Besh yashar og‟lon
ham tushunsin uchun» degan so‟zlaridan ham ko‟rinib turibdi.
O‟zbek adabiy tili XVIII– XIX asrlarda ham boyidi va taraqqiy etdi.
MAHALLIY LAHJALAR VA IJTIMOIY
JARGONLAR.
17
Mahalliy lahjalarni atroflicha o‟rganish, ularning farqlarin ko‟rsatish va adabiy tilga
bo‟lgan munosabatini aniqlash o‟zbek tilshunosligidagi hozirgi muhim masalalardan biri
hisoblanadi.
Mahalliy lahjalar umum xalq tilining quyi bosqichini tashkil etadi.Ular ma`lum
davrda milliy tilga asos bo‟lishi va rivojlanib milliy til darajasiga ko‟tarilishi mumkin.
Ularning grammatik qurilishi va asosiy lug‟at boyligi mavjud. Bu holat ularning milliy
adabiy til uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‟rsatuvchi omil bo‟lib xizmat
qiladi.
Ijtimoiy jargonlar esa milliy tilning buzilgan, tubanlikka va chirishga yuz tutgan
shaklidir. Ularning rivojalnib, mustaqil milliy til darajasiga ko‟tarilishi haqida mulohaza
yuritmasa ham bo‟ladi.Chunki ular xalq ommasiga emas, balki ba`zi bir ijtimoiy
qatlamlarga, ayrim guruh kishilariga (o‟g‟ri, savdogar, qassob kabi) xizmat qiladi. Buning
ustiga jargonlar grammatik qurilishga va lug‟at boyligiga ega emas. Ularda chet tillardan
kirgan yoki umum xalq tilidan olinib, boshqacha ma`noda ishlatiladigan ayrim so‟zlar
uchraydi, holos.
KASB - XUNAR LEKSIKASI VA IJTIMOIY
JARGONLAR.
Kasb-xunar egalariga oid so‟zlar xalq xo‟jaligining turli ishlab chiqarish
sohalarida xalqimiz tomonidan uzoq yillar, hatto bir necha asrlar davomida, ularning
mehnat jarayonida bunyod qilinadi. Bunday so‟z va atamalar har xil kasb egalarida turli
ma`nolarda qo‟llaniladi. Bunda leksik farqlardan tashqari, fonetik va morfologik
o‟zgarishlarning ham mavjudligi Shubhasizdir. Masalan, chaydish – choydish (choyjush);
abdasta – obdasta; pichaq – pichoq; ketman – ketmon; nay – noy; parma – parmi; chumak
– jumak; ko‟zliy uzuk – ko‟zli uzuk – ko‟zli jujuk; bilag o‟zuk – bilarzik – bilanzik –
bilovzik; do‟ppi – kalavach – kalapush – kalavash – to‟ppi va boshqalar shular
jumlasidandir.
Kasb-xunar leksikasida u yoki bu buyumlar yoki narsalarning nomlari butun turlari
bo‟yicha ifoda qilinadi. Ma`lumki, adabiy tilda bularning umumiy nomi yoki qismi
aytiladi, holos. Chunki kasb-xunar egalari o‟z sohalaridagi har bir narsani, uning mayda-
chuydalarigacha nomlash va o‟zlari ishlab chiqargan joyi bilan bog‟liq bo‟lgan hayotdagi
buyum va narsalarning atroflicha tushuntirishga harakat qiladilar. Jumladan qulfning
turlari: burama qulf, zanjirgar qulf, katta qulf, kichik qulf, kishan qulf, o‟roq-bolg‟a
qulf, shkaf qulf, sandiq qulf, darvoza qulf, kalitsiz qulf. Yoki qaychi so‟zini olib
qaraylik: latabur qaychi, mashina qaychi, uy qaychi. Dukart, dukartcha, tokbur, tok
qaychi, katta qaychi, Qirqlik va boshqalar.
ShEVALARNI O‟RGANISH, YOZIB OLISH,
MATERIAL TO‟PLASH USULLARI.
XI asrda hayot kechirgan mashhur olim M. Qoshg‟ariy (uning to‟liq ismi Mahmud
Ibnul Xusayn ibn Muhammad-il Qoshg‟ariydir)turkiy tillarning dastlabki tasnifini
yaratgan. Bu turkiy tillar sohasidagi yagona tasnif edi. Mahmud Qoshg‟ariygacha turkiy
tillar tasnifi bilan maxsus shugullangan olimni uchratmaymiz.Shuning bilan birga u o‟z
davrining ulug‟Shevashunos olimi sifatida chindan boshlab, butun Movarounnahr,
18
Xorazm, Buxoro, Farg‟ona kabi keng zaminda yashagan urug‟ – kabilarning tillarini
sinchiklab o‟rgangan.
Mahmud Qoshg‟ariyning bu ishi turkiy tillar, jumladan, shevashunoslik tarixida
tung‟ich va yagona bo‟lib, uni yakka holda tekshirish usuli bilan qilingan ish deb
aytishimiz mumkin. Demak, yakka holda shevalarni o‟rganish tirixi Mahmud Qoshg‟ariy
nomi bilan chambarchas bog‟lanadi.
Lahjalar va shevalarni yakka holda o‟rganishni istagan har bir shaxs o‟zini
qiziqtirgan shevani tekshirish asosini tanlab olishi mumkin.Shevashunos tekshiriladigan
joyga borib, mahalliy sharoit va aholi bilan tanishadi hamda sheva ustida kuzatish
ishlari olib boradi.Shevalarni tekshiruvchilar o‟zlarini qiziqtirgan sohalarga alohida
e`tibor beradilar va uning o‟ziga xos xususiyatlarini yozib olishga kirishadilar. Ba`zan
savol- javob usulidan ham foydalanish qimmatli materiallar yig‟ishga yordam beradi.
Ishning muddati tadqiqotchining oldiga qo‟ygan maqsad va rejasi bilan belgilanadi.
Masalan, Mahmud Qoshg‟ariy o‟z ishi uchun 15 yilcha vaqt sarflagani ma`lum.
M. Qoshg‟ariydan so‟ng o‟zbek xalq shevalarining maxsus holda tekshirilganligi
aniq emas. Bu usul bilan material yig‟ish XIX asrning XX yarmi va XX asrning
boshlarida bir muncha rejali yo‟lga quyildi. Shevalarni shu tariqa o‟rganish 20 – 30 –
yillarda, ayniqsa, keng miqyosga ega bo‟ldi. Bu sohada G‟ozi Olim Yunusov, Ulug‟
Tursunov, E. D. Polivanov, Sobirjon Ibrohimov, V. V. Reshetov, Abdurauf Fitrat,
Shonazar Shoabdurahmonov-larning ajoyib tadqiqotlari bor.Shevalarni yakka holda
o‟rganishda respublikamizdagi ko‟pgina oliy o‟quv yurtlari va ilmiy- tadqiqot
institutlarining ilmiy xodimlari faol ishtirok etmoqdalar.
Shunday qilib o‟zbek xalq shevalarini o‟rganishda qo‟llaniladigan usullarning eng
muhimlari uch xil ekan, degan xulosaga kelish mumkin: a) yakka holda o‟rganish; B)
tajriba o‟tkazish usuli; v) savol-javob usuli.
Kuzatish joyini tanlash. U tadqiqotchining o‟z oldiga qo‟ygan maqsad va vazifalari
bilan bog‟liq bo‟ladi. Agar shevashunos o‟z oldiga tarixiy vazifalarni yoritib berishni
maqsad qilib qo‟ygan bo‟lsa, u vaqtda muayyan shevaning tarixiga oid materiallarni
to‟plashi lozim. Shu bilan birga, mahalliy xalq ichidagi eng eski an`anaviy shevalarni
ham tasvirlab berishi kerak.
An`anaviy shevalar o‟zlarining joylashgan o‟rinlariga qarab, bir-birlaridan tarixiy,
hozirgi nuqtayi nazaridan apcha farq qiladi. Agar biz an`anaviy shevalarni o‟rganmoqchi
bo‟lar ekanmiz, birinchi navbatda ularning asosiy xususiyatlarini tashuvchi shevalar ustida
ish olib boramiz. Shuningdek, xalqning ilg‟or guruhi – yoshlar va qishloq, faollarning
ham nutqi ustida ish olib borishi lozim bo‟ladi. Bunday kuzatishlar lahjalardagi
xususiyatlarning saqlanganligi, ilg‟or aholi nutqida yangi so‟zlarning paydo bo‟lishi va
aksincha, ba`zi bir so‟zlarning yo‟qolib borishini ko‟rsatib beradi.
Biroq shevani tasvirlash o‟z oldiga boshqa vazifalarni ham qo‟yadi,
ya`niShevalarning tarixiy va kelib chiqish tomoniga e`tibor bermay, hozirgi zamon shahar
va qishloq shevalarining xususiyatlarini o‟rganishni ham o‟z oldiga maqsad qilib
kuyadi. hozirgi zamon shevalarini tekshirganda, kariyalar va yoshlar, xotin-kizlar,
erkaklar va turli kasb egalari bo‟lgan kishilarning nutqlari ustida tadqiqot ishlari olib
boriladi. Bir guruh aholining o‟zida turli uslublar va lahja turlari bo‟lishi mumkin.
Ularning turmushdagi erkin suhbatlari, majlislardagi nutqlari, xalq og‟zaki ijodi
materiallarining tili turlicha bo‟ladi. Bunday hollarda ularning har biriga xos bo‟lgan
muhim til xususiyatlari ham alohida hisobga olinadi.
19
Shevalarni o‟rganishning asosiy yo‟llaridan biri shu shevada so‟zlashuvchilarning
nutqlari ustida ko‟zatish ishlari olib borish va ularni yozib borishdan iborat.
Shevashunosning ishi juda og‟ir va mas`uliyatlidir. Undan ko‟p harakat qilish,
ehtiyotlik bilan ish ko‟rish talab qilinadi. U o‟ziga ishonch tug‟dirishdan tashqari, xalq
bilan do‟stona munosabatda va mustahkam aloqada bo‟lishi lozim. Qishloq faollari orqali
keng mahalliy xalq bilan aloqani bog‟lanadi. Biroq bu aloqa hali etarli
emas.Shevashunos mahalliy xalq bilan aloqani kuchaytirish uchun qishloqning
ijtimoiy va ishlab chiqarish hayotidan uzilib qolmasligi lozim.
Tadqiqotchining qishloqdagi ishi. tadqiqotchi qishloqqa kelgach, ko‟p yozishga
o‟rinishi shart emas. Aksincha, u bir qapcha vaqt shu shevaning xususiyatlarini tinglashi
va kuzatib borishi kerak. Ana shundan so‟ng tasodifiy kishilarning nutqiga e`tibor
qilmay,shu shevaga oid vakil shaxslarning nutqini o‟rgana oladi. Boshlang‟ich davrning
uzoq va qisqaligi shevashunosning yoz oldiga qo‟ygan maqsadi va vazifalari bilan
belgilanadi.
Shevashunoslik materiallari to‟plash uchun qishloqning tarixi, o‟lkashunoslik, ishlab
chiqarish va turmushga oid mavzular bo‟yicha suhbat qilinadi. Odatda, bir kishi suhbat
o‟tkazadi, ikkinchi kishi yozib boradi. Materiallar ko‟proq butun hayoti shu erda
o‟tayotgan, ko‟p vokealarni boshdan kechirgan kishilarning nutqidan yozib olinadi.
Chunki, ularning nutqi bo‟zilmagan hamda ularda urganilayotgan shevaga xos
xususiyatlar saqlangan bo‟ladi.Shuningdek, yoshlar, maktab o‟quvchilari, qishloq
ziyolilari, jumladan, o‟qituvchilarning nutq jarayonini ham ko‟zatish va yozib olish
maqsadga muvofiqdir.
Sheva vakillarining nutqini kamida 2 – 3 kun k o‟zatib boish maqsadga
muvofiqdir.Shundan so‟nggina yozib olishga kirishiladi. Shevalarning xususiyatlarini
o‟zida aks ettiruvchi materiallarni yozib olishda 2 – 4 kishidan iborat kichik guruh
ishtirok etadi. Ulardan bir-ikkitasi suhbatni boshqarib boradi, qolganlari suhbat
materiallarini tezlik bilan yozib olishga harakat qiladi.Shu yo‟l bilan ko‟plab materiallar
yozib olinadi va bu ma`qul usul hisoblanadi.
Materiallarni o‟z vaqtida ishlamasdan, safardan so‟ng bir necha kundan keyin ishga
kirishiladigan bo‟lsa, ba`zi materiallarni to‟ldirish qiyin bo‟ladi, ayrimlari esa uchib
ketishi ham mumkin. Bunday vaqtda sheva xususiyatlarini yozib olishga ikkinchi marta
borishga to‟g‟ri keladi.
Sheva materiallari bir kishi tomonidan yozib olingan bo‟lsa, uning o‟zi tomonidan
ishlanadi va ilmiy yozuv bilan ta`minlanadi. Agar bunday materiallar jamoa tomonidan
yozib olingan bo‟lsa, uning ishlanish jarayoni jamoa tomonidan bajariladi.
TRANSKRIPSIYA HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT.
Transkripsiya lotincha so‟z (transcriptio) bo‟lib, qayta yozish demakdir. Umuman,
tarnskripciya ilmiy yozuv bo‟lib, bir tildagi hamma nozik tomonlarni hisobga olgan
holda, ilmiy maqsadlar uchun talaffuzga ko‟ra yozib olish degan ma`noni beradi.
Geografik va tarixiy nomlarning rejada va xaritada berilganiga moslashtirib yozib olishda
ham ilmiy yozuvdan foydalaniladi. Bulardan tashqari xalq og‟zaki ijodiyoti
materiallarini yozib olishda va biror musiqa asbobi uchun yozilgan asarni boshqa bir
musiqa asbobiga moslab qayta yozish ham tushuniladi. Ularning talaffuzini yozuvda
berish uchun belgilar sistemasi qo‟llaniladi. Shunday qilib, odatda, biror narsaning ilmiy
20
asosda yozib olinishiga transkripciya deyiladi. Bu mazkur so‟zning umumiy va keng
ma`noda qo‟llanilishidir.
Bu atama tor ma`noda ham qo‟llaniladi. Uning tor ma`nodagisi faqat lahja va
shevalarning o‟zlariga xos tomonlari, xususiyatlarini talaffuzga moslab yozib olish
tushuniladi. Bunda u yoki bu tilda mavjud bo‟lgan alfavitdagi belgilar etarli bo‟lmaydi.
Shunga ko‟ra, lotin, rus va o‟zbek tili alfavitlariga tegishli o‟zgartirishlar kiritish talab
qilinadi. Bu belgilar odatda mavjud alfavitdagi harflarning ustidan, yonidan va tagidan
shartli belgilar quyish yo‟li bilan amalga oshiriladi. Yoki boshqa alfavitdan shartli
ravishda belgi (harf) qabul qilinadi. Natijada ilmiy yozuvda belgilar soni asos qilib
olingan alfavitdagi belgilar sonidan ko‟p bo‟lishi mumkin.
Transkripciya bilan transliteratciya o‟zaro mustahkam bog‟liqdir. Transliteraciya
so‟zi ham lotincha bo‟lib, orqali, vositasi bilan va harf ma`nolarida keladi. Ikki atamani
bir-birlari bilan almashtirmaslik kerak. Ular bir-birlariga o‟xshash bo‟lsa ham, o‟z
xususiyatlari jihatidan bir-birlaridan tubdan farq qiladi. Chunki transkripsiya til yoki
lahjadagi tovushlarning turli ko‟rinishlarini talaffuziga moslab yozish, ya`ni uni yozuvda
ifodalash uchun foydalaniladi. Transliteraciyada esa tilimizning turli davrlarda yozib
qoldirilgan yodgorliklarini, masalan, O‟rxun-Enasoy arab yozuvidagi yozma
yodgorliklarni hozir amalda bo‟lgan yozuv tizimi bilan ifodalash ko‟zda tutiladi. Bunda
bir yozuv ikkinchi bir yozuv harflari bilan o‟quvchilarga tushunarli alfavitga keltiriladi.
Qiyosiy va tarixiy grammatika, filologiya lug‟atlar tasvirini izohlab va nashr
etishda ham tranliteraciya ishlatiladi.
TRANSKRIPSIYANING TURLARI.
Transkripsiyaning bir qapcha turlari bor. Tekshiruvchining vazifasi va maqsadlari
bilan bog‟liq holda uning turli ko‟rinishlari qo‟llanilishi mumkin. Masalan, qardosh
tillarning fonetikasi, aniq bir tilning fonetikasini tarixiy jihatdan bayon etishda fonetik
transkripciyadan foydalaniladi. Lahja va shevalarni yozib olish va ularni tahlil etishda esa
faqat transkripsiya bilan ish ko‟riladi. Xalq orasida nomi keng tarqalgan dostonlar,
ertaklar, termalar va boshqa xalq og‟zaki ijodi materiallarini yozib olishda, nashr etishda
ham fonetik transkripsiyadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aks holda ularning
qimmatiga putur etadi yoki kamayadi.
Fonetik transkripsiya boshqa maqsadlar uchun ham qo‟llaniladi. Masalan, fransuz,
ingliz kabi chet tillarni o‟rganishda ishlatiladi. Bu o‟rinda L. V. Shcherbaning «Fonetika
franc uzbekskogo yazika» asarini o‟tish o‟rinlidir.
Ma`lumki, fonetik transkripsiya keng doirada qo‟llaniladi. Lekin fonetik transkripsiya
o‟z xususiyati nuqtayi nazaridan bir xil emas. Ba`zi bir fonetik transkripsiyalar aniq bir til
yoki lahja uchun mo‟ljallangan bo‟lib, u nisbatan tor doiraga ega bo‟ladi. chunki undagi
shartli belgilar faqat shu tor doira uchun moslab olingan bo‟ladi. Ayrim fonetik
transkripciyalar keng miqyosda qo‟llanilishi mumkin. Ular lotin alfaviti asosida tuzilgan
bo‟lib, xalqaro fonetik alfavit (XFA) deb yuritiladi. Bunday transkripsiya, so‟zsiz, keng
doirada qo‟llaniladi va uning ahamiyati cheksizdir. Ana shunday transkripsiyalardan biri
akademik L. V.Shcherba tomonidan yaratilgan. Uning transkripsiyasi boshqalarga
nisbatan birmuncha afzalliklarga ega va ommaviy ahamiyat kasb etadi.
Turkiy tillarni o‟rganishda turqologlar tomonidan turlicha transkripciyalar
qo‟llanilgan. Ularning ko‟plari lotin alfavitiga asoslanib ishlangan transkripsiyalardir.
21
Ba`zilari esa har bir aniq tildagi alfavit asosida berilgan. Masalan, G‟ozi Olim Yunusov,
N. A. Baskakov, S. Ibrohimov, V. V. Reshetov kabilarning bu sohadagi tajribalarini
qayd etish kifoyadir. Ulardan V. V, Reshetovning transkripsiyasi keng doirada ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda oliy o‟quv yurtlarida o‟tiladigan mashg‟ulotlarida, ilmiy tajriba
vaqtlarida va har xil ilmiy tekshirishlarda amalda ana shu transkripsiyalardan
foydalaniladi.
Takrorlash uchun savollar:
1.Lingvistik geografiya nima ?
2. O‟zbek shevalari atlasi deganda nimani tushunasiz ?
3.O‟zbek shevalari kimlar tomondan xaritalashtirilgan?
4.Transkripsiyaning qanday turlarini bilasiz ?
5.Fonematik transkripsiyadan kam ishlatilishining sababini tushuntiring ?
6.Fonetik transkripsiyaning qanday afzalliklari bor ?
7.Shevani o‟rganishda tadqiqotchi nimalarga e‟tibor berishi kerak ?
8.Kuzatish ishlarini olib borishda, geografik joyning o‟rni ?
Tayanch tushunchalar:
Atlas – sheva, dialekt, lahjalarni turli ranglar va shartli belgilarda yaxlit idrok etish
uchun xizmat qiladigan o‟quv quroli.
Izoglossa – til,sheva faktlarining teng kelish holatlari.
Lingvistik geografiya – o‟zbek shevalarini o‟rganishning bir metodi , shevalardagi til
faktlarini maxsus o‟rganadigan soha.
Birinchi bo‟lib dunyoda Jyul Jileron fransuz tilining dialektal xaritasini tuzadi.
Shevaning nozik fonetik tomonlarida o‟rganishda transkripsiyadan foydalaniladi.
4 – MAVZU ShEVALARNING FONETIK XUSUSIYATLARI.
Reja
1. O‟zbek shevalaridagi va adabiy tildagi unlilar munosabati.
2. O‟zbek xalq shevalarining konsonontizmi.
3. Fonetik qonuniyatlar.
Adabiyotlar.
1.Reshetov V V,Shoabdurahmonov Sh . “O‟zbek dialektologiyasi” , Toshkent,
“O‟qituvchi”,1978 -yil
2.Mirzayev M M , “O‟zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969- yil.
3.Ashirboyev S, “O‟zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000 -y / ma‟ruza matni/
4.Rajabov N “O‟zbek shevashunosligi” Toshkent, “O‟qituvchi” 1996- yil.
5.Murodova N “O‟zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal
talqini”,Toshkent , “Fan”2007- yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997 -yil.
22
Adabiy til va shevalarni o‟rganish ilmiy - nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan
ham unli tovushlar tarkibi bilan mustahkam bog‟langan. Tilshunoslikning hamma
bo‟limlarini bir - biriga bog‟lab o‟rgangandagina ularning taraqqiyot qonunlarini to‟g‟ri
tushunish mumkin. Morfologiyadagi egalik kategoriyalari, ularning turlanish, so‟z yasash,
leksikasida esa so‟zlarning ma`nolarini o‟rganish, so‟zlarning turli – tuman shakllarini
aniqlash kabi masalalarni fonetik qonunlarini hisobga olmasdan turib tasavvur etish
qiyin. Bu hol, ayniqsa shevalar uchun muhimdir.
Qarluq - chigil – uyg‟ur lahjasida unli tovush uyg‟unligi yoki ohangdoshlik
hodisasi uchramaydi.Shuning uchun ham ulardagi unlilar miqdori ko‟p emas, unlilar
fonemasining soni 6-8 dan oshmaydi. Jumladan, Toshkent shevalarida oltita („, e, u, o),
Namangan shevasida sakkizta (`, a, o, u, e, `), Marg‟ilon shevasida ettita unli (`, a, o,
u, e) fonema bor. Bu shevadagi unli fonemalar sifat jihatidan farqlanadi. o‟zlariga xos
xususiyatlar alohida qayd etiladi. Buxoro, Urgut, Qarshi, Xo‟jand, Chust shevalarining
unlilar tarkibida ham oltitadan unli fonema bo‟lib, ular miqdori jihatdan Toshkent va
Samarqand shevalardagi holatga tengdir. Vodiy va Jizzax shevalari, Toshkent atrofidagi
ayrim (Parkent, Piskent, Chinoz) va Qarnob shevalarida unlilar Toshkent shevasidagi
singaridir, Qo‟qon va Marg‟ilon shevalarida esa unli fonemalarning soni yuqoridan
keltirilgan shevalardan bitta ortiqdir. Unda a fonemasi ham ishlatiladi.
Yuqorida qayd etilgan shahar shevalaridagi unlilarning ko‟plari g‟arbiy
Samarqand qarluq – chigil – uyg‟ur shevalarida ham qo‟llaniladi, ba`zilarida esa
uchramaydi.
A) Bu guruh shevalaridagi … fonemalarining qo‟llanilishi Toshkent
shevasidagi fonemalarning qo‟llanilishiga mos keladi;
B) Yuqoridagi guruhni tashkil etuvhi shevalardagi ikki unli fonema o‟rnida
Marg‟ilon shevasida uch fonema ( . . a ) qo‟llaniladi;
V) `, e, o, u fonemalari yuqoridagi shevalarning hammasida ham bir xil
ishlatiladi.
G) Namangan shevasidagi .. unli fonemasi g‟arbiy Samarqand, Toshkent,
Marg‟ilon shevalarida uchramaydi.
Qipchoq shevalarida 10 ta unli fonema qo‟llaniladi:
a - e, o - e, u - u, iu - i, s - e. Bu shevalarda unlilar ohangdoshligi hodisasi saqlangan,
lab va qisman ohangdoshligi mavjud. Shunga ko‟ra, unli fonemalarning sakkiztasi juft
holda qo‟llaniladi. Bu o‟zbek tilining hamma qipchoq shevalari uchun umumiy
xususiyatga ega. Bunda ularning ba`zilarida hali s fonemasining to‟la shakllanib
etmaganligini qayd etish mumkin. Natijada s va a unlilarning almashinib qo‟llanish
holatlari ko‟zga tashlanib turadi. Shunday qilib,shevalarning materiallarida tovushlarning
o‟zgarishi jaranglashish yoki jarangsizlanish, tushib qolish yoki orttirilish, o‟rin almashish
yoki kuchsizlanish kabi hodisalarning nutq jarayonida hosil bo‟lishi, ohangdoshlik,
undoshlarning o‟rin almashishi, assimilyasiya, dissimilyasiya, qo‟sh undosh kabilarni
qamrab oladi.
FONETIK JARAYONLAR. PROTEZA
Proteza hodisasi Qarnob, Burgut Uyshun, Ming – Mang‟it, Xitoy, Qirq, Saroy,
Nayman, usmjniy - turk, Xo‟jatug, Ispanza, Yangiravot kabi qarluq- chigil- uyg‟ur,
23
qipchoq hamda o‟g‟uz guruh shevalari vakillarining talaffuzida ko‟plab uchraydi. Ushbu
shevalarda ikki yoki undan ortiq undosh tovushlar(r hamda ayrim sirg‟aluvchi tovushlar
) so‟zning boshida kelganda, talaffuz qulaylik tug‟dirishi uchun titroq r va boshqa xil
sirg‟aluvchi undosh tovushlardan oldin iu, i, o, u, y, kabi unli fonemalardan biri orttiriladi.
Bunday o‟zgarishlar o‟zlashtirma so‟zlarda ko‟proq uchraydi. Masalan, ishkep-shkaf,
`r`sk`- rizk, `r`skul- rizkul, stul va stol – ustel, smega – itsmete, sirga – isirga (qipchoq)
kabilar. Adabiy tilda ro‟mol, r o‟zak so‟zlari qipchoq shevalarida uramal, oraza tarzida
qo‟llaniladi. O‟g‟uz shevalarida bu so‟z protezaga uchramaydi, balki sof holda romal,
roza tarzida qo‟llaniladi.
Rus tili orqali kirib kelgan stol o‟zida esa bu qoidaga amal qilinmaydi, ya`ni
stol so‟zi ham o‟g‟uz shevasa vakillari talaffuzida proteza hodisasiga uchraydi va uster
deb qo‟llaniladi.
Demak, boshqa shevalardan farqli o‟laroq, o‟g‟uz lahjasi bu shevani chetlab
o‟tadi. Qiyqim (Ishtixon tumani), Ming(Urgut tumani), Qipchoq va Burkut (Poyariq
tumani) shevalarida ham ikki undosh ketma- ket, qator kelgan har bir so‟zning oldida bir
unli tovush orttirish hodisasi uchraydi. Bunday xususiyatlar Toshkent, Andijon, Uychi,
Vodil, Parkent singari o‟zbek shevalari materiallarida ham uchrab turadi.
EPITEZA
Epiteza hodisasi o‟zlashtirilgan so‟zlarda mavjud bo‟lib, ular Qarnob, Ispanza,
Baxmal, Saroy, Qirq, Mang‟it, Parkent, Vodil, Andijon, Kattaqo‟rg‟on kabi shevalar
vakillarining talaffuzida aniq seziladi.
Masalan, o‟zbek adabiy tilidagi bank va propusk so‟zlari Urgut va Ispanze shevasida
banka, propuska tarzida qo‟llaniladi, yoki Qarnobliklar bu so‟zlarni benke, proposke deb
talaffuz etadilar. Parkent shevasining vakillari bonke hamda propuske tarzida talaffuz
etadilar.
O‟zbek tilining Mang‟it hamda Vodil shevalarida mazkur hodisa bir muncha
chegaralangandir. Masalan, Vodil shevasi vakillirining talaffuzida boshqa shevalardagi
kabi otpuskege elbete boremen, bonkeden piuld`old`zm` kabi so‟zlardagina uchraydi.
Epiteza hodisasi Samarqandda: ucheske - uchastka, otpuske - otpusk, kabi;
Qarnobda: `sp`ske - spisok – ruyxat, benke - bank, k`eske - uchastok singari; Urgutda;
kiyeska - kiosk, otpuska - otspuk,banka- bank kabi.
Yuqoridagilar kabi epiteza hodisasi Andijon shevasi vakillarining nutqida ham
uchraydi. Masalan, otspuk (ad. imloda: ta`til) – etpuska, uchastok – uchestke - uchesteke,
kios - k`eske, propusk - p`ropuske.
Epiteza hodisasini qator o‟zbek shevalarida uchratganimizdek, o‟zbek adabiy
talaffuzida ham mavjud ekanligini qayd etmog‟imiz lozim. So‟z oxirida qatorlashib
kelgan ikki undoshdan keyin a unlisini qo‟shib talaffuz qilinadi. Bu hol ko‟pincha
undoshlarning sk, nk.shakllaridan so‟ng yuz beradi. Masalan, otpusk - otpuska, blank -
blanka, tank - tanka, bank- banka kabi.
Shuni aytish kerakki, 1956-yilgi o‟zbek tili imlosi me`yori qonunlashganiga
qadar hozirgi o‟zbek adabiy tilida ham epiteza hodisasi hisoblangan so‟zlar faqat lahja
va shevalar bilan bog‟lanar edi. 1956 -yildan boshlab o‟zbek adabiy tili qoidasi qabul
kilindi va to‟la rasmiy tus oldi.
24
Qisqasi, epiteza hodisasi o‟zlashtirilgan so‟zlarda ko‟proq mavjud bo‟lib,
o‟zbek xalq shevalari vakillarining talaffuzida uchraydi.
EPENTEZA
Epenteza hodisasi o‟zbek tilining hamma shevalarida qo‟llaniladi. ayniqsa,
Qarnob, Xo‟jatug‟, Qang‟li, Baxmal, Mang‟it, Ming kabi shevalarda esa u yanada
oydinlashadi. Masalan, adabiy tilidagi davr so‟zi Qarnob shevasida esa duvir shaklida
uchraydi.
Qiyos kiling: Qarnobda – dekelet, kerekt`r, t`renvey; Urgutda – daqolot, tirektir,
tiranvoy. Adabiy tilda - doklad, traktor, tramvay.
O‟zbek tilining Kattaqo‟rg‟on va uning atrofidagi shevalarda ham xuddi
Qarnob va Urgut shevalaridagi singari epenteza hodisasi kuchli saqlangan. Masalan,
`skelet - skalad, kensert - koncert kabi.
Yuqoridagilar singari fonetik hodisalarni G‟allaorol tumani Qang‟li qishloq
shevasida ham ikki undosh o‟rtasida bir i unli fonemasining orttirilib talaffuz qilinishini
ko‟ramiz. Masalan, ilm- ilim, kosib- kasb- kesip, kaft- kepit kabi.
Shuningdek, o‟zbek tilining qipchoq shevalari vakillarining talaffuzida ham i, a,
u unlilari chetdan qabul qilingan so‟zlarda orttirilib talaffuz qilinishi xosdir. Masalan,
rus tilidan qabul etilgan traktor - tirektir taraktiur, krovat` – kerevot kerevet, plenum -
pilinum pul`num, zveno - zuvine z`v`ve kabi so‟zlarda ko‟rinadi.
Epenteza hodisasi birgina o‟zbek xalq shevalari uchun xos bo‟lib qolmasdan,
balki boshqa turkiy tillar uchun ham xosdir. Masalan, yoqut tilida birat - mladshiy brat,
kilass – klass, kulus – klyuch, kiurabaat – krovat`, yoqut tili shevalarida esa ispiravka –
spravka, pumala - smola kabilar uchraydi.
Epinteza bir shevada ko‟proq mavjud bo‟lsa, ikkinchisida nisbatan kamroq bo‟ladi.
Ma`lumki, o‟zbek adabiy tilida yonma - yon kelgan ikki undosh tovush
o‟rtasida qipchoq shevalarida, ayniqsa, Mang‟it shevasida `, a, u, singari unli
tovushlarni qo‟shib talaffuz qilinadi. Masalan, aks - ekis, asl-es`l, kasr - kos`r, akl - akiul,
krovat` - kerevet kabi.
Biroq, o‟zbek tilining Vodil shevasida esa bu hodisa nisbatan kamroq uchraydi. Bori
ham so‟z o‟rtasi va so‟z oxirida yonma-yon kelgan undoshlar orasiga bir unli qo‟shib
talaffuz etish natijasida vujudga keladi. Masalan, o‟g‟limni konspekt daftari yo‟q kabi.
Qisqasi, epenteza hodisasi maktab, maorif va matbuotning ta`siri tufayli o‟zbek
xalq shevalarida tobora chegaralanib bormoqda. Ular hozirgi kunda keksalar nutqida
uchraydi. O‟quvchi, talaba va boshqa ma`lumotli kishilar nutqida borgan sari kamayib
bormoqda.
SINKOPA
Sinkopa hodisasining hosil bo‟lishi bevosita urg‟u masalasi bilan bog‟langan bo‟ladi.
Urg‟usiz bo‟g‟inlarda bir unli fonemaning tushib qolishi sinkopa hodisasi hisoblanadi.
Masalan, maorif – merup// mer`p, Fotima – petme, silos – sles kabi. O‟zbek tilining
Kattaqo‟rg‟on, Qarnob, Parkent, Urgut, Mang‟it kabi shevalarini va o‟g‟uz lahjasini
olaylik. Bu shevalar vakillarining talaffuzida ayrim so‟zlardagi ba`zi tovushlarni
25
ishlatmaslik hollari (sinkopa) ko‟plab uchraydi. Masalan, Parkent shevasida: kutubxona –
biblioteka – bubleteke, billiard – bil`yart (Sh. Afzalov kuzatishicha) tarzida qo‟llaniladi.
Shuningdek, hozirgi-kelasi zamon fe`llarining ikkinchi bo‟g‟inidagi i, iu, u, u unlilar
talaffuzda bevosita tushib qolishi natijasida vujudga keladi. Masalan, chaqiraman –
chaqraman, yuguraman – yugremen, o‟tiraman – otraman kabi.
Yuqoridagi kabi buyin, og‟iz, egin, burun, korin kabi so‟zlarning ikkinchi
bo‟g‟inidagi unli tovush shu so‟zlarga yangi bo‟g‟inlarga egalik qo‟shimchasi
qo‟shilgach, urg‟uning bevosita yangi bo‟g‟inga ko‟chishi bilan kuchsizlanadi va tushib
qoladi. Bu adabiy til uchun xosdir. Masalan, buyin – buyni, og‟iz – og‟zi, egin – egni,
burun – burni, o‟rin – o‟rni, qorin – qorni kabi. O‟zbek xalq shevalari materiallarida bu
hodisa keng ko‟lamda ishlatiladi.
Sinkopa hodisasi o‟zbek tilining qipchoq hamda qorluq-chigil- uyg‟ur lahjalari
materiallarida ko‟p hollarda bir xil xususiyatga ega bo‟ladi. Masalan, adabiy tilda
«xaridor» so‟zi qipchoq shevalarida hardar – hariudar, Toshkent shevasida xerder,
Namangan shevasida xerdor shakllariga ega bo‟ladi.
Shuningdek, so‟z o‟rtasida yonma-yon kelgan ikki unlidan biri kuchsizlanadi va
ikkinchisi cho‟ziq talaffuz qilinadi. Yuqoridagi holatlar turli o‟zbek shevalari
materiallarida uchraydi. Lekin sinkopa o‟zbek adabiy tili tarixi taraqqiyoti bosqichida
mavjud bo‟lib, adabiy til uchun o‟ziga xos xususiyat hisoblanadi.
APOKOPA
So‟z oxirida tovushlarning tushib qoldirilishi urg‟uning odatdagidan boshqacha
bo‟lganligi sababli yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda so‟z oxirida urg‟usiz unli
yoki bo‟g‟in talaffuzda kuchsizlashadi va tushib qoldiriladi. Bu apokopa hodisasidir.
Ma`lumki, apokopa hodisasi butun o‟zbek shevalari uchun xos hodisa sanalib,
qisman o‟zbekcha, ayniqsa, baynalminal so‟zlarda ko‟plab uchraydi. Shuningdek,
Payshanba, Uyshun, Nayman, Qarnob, Xo‟jatug‟, Chuvallok, Parkent, Mang‟it kabi
shevalarda bu fikr yanada oydinlashadi.
O‟zbek tilining qipchoq shevasida o‟zlashtirilgan ayrim so‟zlarda unli tovushlar
so‟z o‟rtasida ham, tushib qoladi. Masalan, minuta – minit, gazita – gezit, mashina –
mashiun, apteka – aptik kabi. Urgut shevasida ham mino‟t, gazit, meshin, eptik tarzida
ishlatiladi. Masalan, gazetti elli, mashin minan elip kelli kabi.Shuningdek, gazeta – gez`t,
mino‟ta – m`n`t, mashina – mesh`n, kvartira – kuvert`r, telegramma – telegrem kabi
apokopa hodisasi Qarnob, Chuvalloq, Kattaqo‟rg‟on tumani ayrim jamoa xo‟jaliklaridagi
qishloq shevalarida hamda Uyshun shevasi vakillari talaffuzida bir a unlisining tushib
qolishdan hosil bo‟ladigan o‟ziga xos xususiyat hisoblanadi. 1905 – 1917 yillardagi
adabiy til materiallarini olaylik. Bu davrda ham, tarixiy manbalarning ko‟rsatishicha,
apokopa hodisasi yuz bergan. Jumladan, o‟sha yillarda rus tili orqali kirib kelgan kvartira,
palata, fabrika, granat, kontora, minuta so‟zlari kuvartir, palat, pabrik, giranat, kontor,
mino‟t shakllarida qo‟llanilgan.
ELIZIYA
Eliziyaning hamma turlari o‟zbek lahja va shevalari uchun xos bo‟lib, ularning
deyarli hammasi uchraydi:
26
A) eliziyaning birinchi turiga: o‟ta olmaydi – otolmayd`// otelmeydu,shu erda –
she:r, bu yokka – beke,shu yoqqa –sheqe, bu er – be:r kabilar kiradi;
Men sheqe boremen ( Marg‟ilon), sen shatte turetur (Jizzax), beke ke, akke kett` –
kettene, ettete (Uychi) kabi. eliziyalanish hodisasini Urgut va Samarqand shevalarida
ham ushratamiz: bora olmay – borolmay, bu yoqdan – baxdan, olti oy – oltoy, yoza oladi –
yozoladu, yozayotgan – yozotkan, kila oladi – k`loladu so‟zlarida u va a unlilari to‟liq
eliziya hodisasiga uchrayapti. Masalan, bizlar kecha borolmay qolduk; she:ga//she:rga
bizardi tushurdi, sogra buyozotkan kishi aytti; be:rga kel ( Samarqand); oltoygacha moshin
xaydamayman;she:k karap kelaverdi. Mardonqul xatti yozoladu ( Urgut) kabi.
Bu hol Kattaqo‟rg‟on tumani qipchoq shevalarida ham mavjud.Masalan,shaxta,
manaxta, sheke, biyeke, ketuvdii, ekkilevdi, eytkendim kabilar Navoiy viloyati Xatirchi
tumanidagi Nayman shevalari vakillarining talaffuzida ham unli tovush bir vaqtda
yonma-yon kelsa, biri tushib qoladi. Masalan, bora oladi – baraladi; qola oladi – qalaladi
kabilar;
B) ikkinchi turiga: bu erga – bu:rda, u er – u:r, qaysi er – qe:r (Qarnob) kabilarni
ko‟rsatish mumkin;
V) eliziya hodisasining bu turi ham o‟zbek xalq shevalari materiallarida uchrab
turadi. Bu to‟liqsiz fe`llarning mustaqil so‟zlar bilan birikma holda kelishi bilan
bog‟liqdir: bo‟lar ekan – boleyken, bir edi – b`rd`,shuning uchun –shun`ychun, olgan edim
– olgend`m kabilar. Shevadagi kelgan edim – kelgend`m, yuvib kel – yubke, o‟qir ekan
– ak`yken kabilar ham eliziya hodisasiga xosdir.
Yuqoridagi singari xususiyatlar o‟zbek tilining Poyariq tumanidagi qipchoq
shevalarida ham uchraydi; bunday paytda birinchi so‟zning oxiridagi unli fonema tushib
qoladi va har ikki so‟z va o‟zagi, bir bosh urg‟u bilan aytiladi. Masalan, to‟liq ot, torat –
toriat; Solih aka – Soli aka – Salaka, Malla aka – Melleyeke – Meleke kabilar deyarli
hamma qipchoq shevalari uchun xosdir.
Bunday xususiyatlar arab tilidan kirgan va birdan ortiq o‟zakdan yasalgan kishi
otlarida ham uchraydi. Masalan, Abdusattor –Epsetter – Epsettor, Podsho Ali –
Poshsheli// Posheli, Abdualim – Abdalim// Ebdelim, Abdulla aka// Ebdelem singari.
Yuqoridagilardan tashqari, o‟zlarining paydo bo‟lish yo‟llari xarakterli bo‟lgan
eliziya hodisasining mavjudligi ham ko‟zga tashlanib turadi. Masalan, Toshkent,
Jizzax,Shahrisabz, Qo‟qon kabi shevalarda ene shu – ensh` tarzida uchraydi. Andijon
shevasida esa one shu - ensh`/esh` shakliga ega bo‟ladi. O‟g‟uz guruh shevalari
materiallarida ene shu/ enshu deb ishlatiladi. Qipchoq shevalaridagi nimish – nima ish,
bag‟da ochiugan – bog‟da ochilgan, ekqoliuniu – ikki qo‟lini, shakkarap –shu yokka
qarab kabilar ham eliziya hodisasi bilan bevosita bog‟liqdir.
V. V. Reshetov o‟zbek tilining qipchoq shevalarida eliziya hodisasining bir muncha
kengroq qo‟llanilishini alohida ta`kidlaydi. Chunonchi: hardar – haridar, Namanganda –
xordor, adabiy tilda – xaridor; xemsha – xemishe, adabiy tilda – hamisha. qorluq-chigil-
uyg‟ur shevalarida esa olt`ov – oltov;
eliziya hodisasi boshqird, turkman, tatar tillari materiallarida ham mavjud. Chunonchi,
boshqird tillarida kilgeynom – kelgennem, turkman tilida: meninchun – meninuchin, tatar
tilida: nerse – neirse kabi. Shuningdek, ozarbayjoncha: abri – abiri, anri – anari, grov –
girov; no‟g‟ay xalq shevalarida: burni – buruni, vaqti – vaqio‟ti; brev – biravi, oturshi –
oturushi kabi.
UNDOSHLAR TARKIBI.
27
O‟zbek shevalaridagi undosh fonemalar, asosan, adabiy tildagi holatga mos keladi.
Unda hozirgi adabiy tildagi ba`zi undoshlar qo‟llanil-maydi.Shevadagi c, f, j undoshlari
shular jumlasidandir. O‟zbek adabiy tilidagi c undosh tovushi bu shevalarda ham ts yoki s
undoshlari tarzida ishlatiladi. Shevalarda mustaqil fonema sifatida k o‟zga tashlanmaydi
va p undoshi bilan almashinib keladi. U ba`zi bir yachiy hamda undov so‟zlarda hamda
o‟zlashtirilgan bir necha so‟zlarda ham uchraydi, holos. Samarqand – Buxoro shevalari
esa bundan mustasnodir. Adabiy tilimizdagi j undoshi shevada j va j deb ikki xilda
qo‟llaniladi.
J – undoshi boshqa tillardan fors, arab va rus tili orqali kirib kelgan ba`zi bir
so‟zlardagina keladi. J undoshi qipchoq guruhi shevalarida ko‟proq ishlatiladi. Qipchoq
guruhini tashkil etuvchi shevalarning ayrimlarida x tovushi o‟rnida k, boshqa bir xildagi
shevalarda esa k undoshi o‟rnida k undoshi keladi. qolgan undosh tovushlarning
hammasini o‟zbek adabiy tilidagi holatdan deyarli farq qilmaydi. Ularda uchraydigan
ayrim o‟zgarishlarga duchor bo‟lib turadi.
FONETIK JARAYONLAR.
ANAKOPA.
Anakopa so‟z oxirida keluvChi undosh tovushlarning tushib qolish hodisasidir. Bu
fonetik hodisa o‟zbek lahja vaShevalarida mavjud. Jumladan, AndijonShevasida ll, ss,
mm, zd, st kabi undosh fonemalar o‟zaro birikib kelganida, o‟sha biriktirilgan
undoshlardan biri tushirib talaffuz qilinadi. Masalan, gramm – g`rem, poyezd – poy`z
kabi.
Ba`ziShevalarda bir bo‟g‟inli so‟zlar oxirida ham anokopa hodisasi uchraydi: to‟rt
– to‟r, qasd – qas, rost – ros, kel – ke, do‟st – do‟s, g‟isht – g`sh kabi.
O‟zbek xalqShevalari vakillarining talaffuzida qator unlilarning so‟z oxirida
keladigan t undoshi talaffuzda tushib qolishi xosdir. Samarqand viloyatidagi
UyshunShevasida: dust – dos, gusht – gosh, YomShevasida: gusht – gosh, poytaxt –
poytax; VodilShevasida: Toshkent – Toshken, juft – jup; Farg‟ona, Andijon,
Qo‟qonShevalarida: kaft – kep; UrgutShevasida: gusht – gosh, payvand – payvan;
SamarqandShevasida: Samarkan, posh`s, darax; Bulungur tumani YAngiravot
qishloqShevasida: pas – pes, gisht – giush, Toshkent – Teshken, gusht – gosh tarzida
talaffuz qilinadi.
ASSIMILYATSIYA.Assimilyatsiya hodisasi undoshlarning yon tovush ta‟sirida
yumshalishi, jarangli va jarangsiz bo‟lish, paydo bo‟lish o‟rniga ko‟ra o‟zgarishi
natijasida yuzaga keladi. Assimilyatsiyani progressiv va regressiv, to‟liq va qisman deb
farqlarga ajratish mumkin. Assimilyatsiya hodisasini shu tariqa guruhlashtirish odat
tusiga kirib kelgan, barcha darslik va qo‟llanmalarda shu holga rioya qilinadi.
1.
Progressiv assimilyaciya. Bunda so‟zlarda oldingi tovushning bevosita ta`siri
natijasida keyingi tovush o‟z xususiyatini o‟zgartiradi va oldingiga o‟xshash tovushga
aylanadi. Masalan, ld – ll: soldat – sollat, td – tt: o‟tdi – o‟tti, nd – nn:shundan –shunnan –
unnan kabilar.
Ular Toshkent, Namangan, Qarnob, Yom, Nayman, Xorazm, Uychi, Baxmal,
Burko‟t, Qang‟li, Urgut, Kattaqo‟rg‟on, Samarqand, Ispanza, Yangiravot kabi
28
shevalarda ishlatilishi bilan ajralib turadi. Biroq mazkur hodisaning tarqalish doirasi bir xil
emas.
qorluq-chigil- uyg‟ur guruhi shevalarida Kattaqo‟rg‟on shevasi vakillarining
talaffuzida esa mazkur hodisa ko‟proq uchraydi. hatto, Shevachilikda eng kam tajribaga
ega bo‟lgan kishi ham buni tezda farqlay oladi. Masalan, bo‟ldi – boll`, oldi –
oll`,shunday –shunnayey, nonday – nonney, indamay – innemay, bu yokka – bakka,
sandan – sennen, jondan – jonney, sanday – senney kabilar.
Progressiv assimilyatsiya Samarqand viloyati Ming hamda Uyshun shevalari
vakillarining talaffuzida ham mavjud. Masalan, aldadi – elledi, soldat – sollat; Saroy,
Mang‟it, Xitoy, Nayman shevalarida: ishim tuvriu dep mani allama; avkattiu tes – tes
jeger; jetti olchep bir kes degan maqol bor; exmet xemme nerselerni sattiu va boshqalar.
Qiyos qiling:
Urgut shevasi
Burkut shevasi
Adabiy til
Chomma
Ottiu
Ottei
Sotti
Etti
Choppa
Atti
Attei
Sotti
Jetti
Chopma
Otni
Otdan
Sotdi
Etti
Bunday assimilyaciya hodisasi qo‟mik, boshqird kabi turkiy tillarga ham xosdir.
DISSIMILYASIYA.
Bu hodisa ham o‟zbek shevalarida ma`lum darajada uchrab turadi. Qarnob
shevasida: zarur – zaril, kassir – kest`r, amma – embe, zarar – zelel; Urgut shevasida:
zarur – zalul, bilan – minen; Parkent shevasida: zarar – zalal kabilar.
Dissimilyasiya hodisasi Yom, Xorazm, Niyozboshi, Ming kabi sheva vakillarida
nisbatan kam uchraydi. Masalan, zarar so‟zi Xorazmda zelel, Niyozboshi, Ming
shevalarida zelel/zerel shakllariga ega bo‟ladi.
Qipchoq lahjasida dissimilyasiya hodisasi apcha keng tarqalgan. Masalan, nodon –
leden, zarur – zeril, biror – biuran, kassir – kestir, mumkin – munkin kabi.
Dissimilyaciya hodisasi assimilyaciya kabi ikki xil: progressiv va regressiv
dissimilyaciya shaklida bo‟ladi.
Progressiv dissimilyasiya: zarar – zerel//zelel, zarur – zerul//zeril kabi.
Regressiv dissimilyasiya: cht >sht: uchta – ushte, pochta – poshte ( qorluq-chigil-
uyg‟ur); gu > vu: bugdoy – buvday; gm > ym: tugma – tiyme, tegma – tiyme; gn > yn:
igna – iyne, egnim – iynim (qipchoq) kabilar.
METATEZA.
O‟zbek tilida metateza u yoki bu so‟z tarkibidagi undosh tovushlarni o‟zaro o‟rin
almashishidir. Masalan, qarluq-chigil- uyg‟ur lahjasida: tuproq – turpok, yomgir –
yogm`r, aylanay – eyleney, daryo – deyre//dere, supra – surpe, dunyo – duyne, devor –
devol shakllari uchraydi.
Bu fonetik hodisa til taraqqiyotining yaqin davrlari ichida paydo bo‟lmasdan, balki
juda qadimgidir. Chunonchi, «Devoni lug‟otit turk» da ham metateza hodisasi mavjud
29
bo‟lib, uning qadimiyligini ko‟rsatishga xizmat qiladi. Ushbu borada Mahmud
Qoshg‟ariyning quyidagi so‟zlari muhimdir: «Kajo qabilasi bug‟doy so‟zini budg‟oy
talaffuz qiladi. U qabila kishisini bilish uchun shu so‟zni ayttirib ko‟rish ham odat edi»
(II, 9 - bet).
Hozirgi o‟zbek adabiy tilidagi o‟rgan so‟zi «Devoni lug‟otit turk» va « Qutadg‟u
bilig» da ug‟ran shaklida ishlatilganligini ko‟ramiz.Shuningdek, yomg‟ir so‟zi XI asr
yozma yodgorliklarida yog‟mir < yog‟mir deb ishlatilganligi aniqdir.
SPIRANTIZASIYA.
Spirantizasiya hodisasi bir portlovchi undosh tovushning portlovchilik xususiyatini
yo‟qotib, sirg‟aluvchi tovushga o‟tishi natijasida sodir bo‟ladi. Boshqacha qilib aytganda,
bu hodisani undoshlarning yumshoqroq talaffuz etilishi deyish o‟rinlidir.
Qipchoq shevalarida: f > p: fabrika – pebrike, fo‟tbol – po‟tbal; k > x: kunori –
kexneri//ke:neri, maktab – mektep; k > y: eshagiga – eshsheyine//eshshegiga; b > v: sabr
qildi – sevir kildi; ch >sh: uch – ush, chuchka – choshka, och – ach//ash, kuch – qo‟sh; k
>x: ekinner gulge kiredigen vax bop kavdiu: erpe talkanniu//talxanniu tuyup mekkege
ketedi kabi.
Qorluq-chigil-uyg‟ur shevalarida: k > x: k`z eytt`k`, undey mexsed`n`zbose eytt`n;
qol`n`z b`len y`n; eltoy saxlan bersay`r ded`; ch >sh: kochdi – kasht`, ichdi – `sht`; t > ch:
tish – ch`sh ( Marg‟ilon); k > x:shoy` koylekt` k`y`p Toshkan bormoxch` voll`m: kal katta
akas`ya xurmayi kat`x alip borgan chokka yolga yogmir yokkan ( Qarshi); u kishinan meni
korketkon jey`m yox; kob don kimesulle; qolini pichox kesip ketipto (Shaxrisabz); men
butun bel`xler` podshos` ed`m (Namangan); ishka chixtillama ( Urgut); exm`lt`x, korem
m`lt`x ot`shem`s yor – yor ; dolege ch`x degende, bezgey kur`sh kiled` ( Farg‟ona)
kabilar.
QO‟SH UNDOSHLILIK.
Bu fonetik hodisa so‟zlarning o‟rtasida ikkita bir xil undoshlarning qo‟shaloq holda
kelishidan hosil bo‟ladi. Bu xususiyatni o‟zbek adabiy tilidagi so‟zlarda ham, o‟zbek
xalq shevalaridagi so‟zlarda ham uchratish mumkin. Shevalarda ularning hosil bo‟lishi
turli xil fonetik o‟zgarishlar bilan bog‟liqdir. Shuning uchun ham, o‟zbek xalq shevalari
materiallarida undoshlarning qo‟shaloq holda kelishi adabiy tildagiga qaraganda ko‟proq
uchraydi. Masalan, kassir, chinni, ittifoq kabi so‟zlar qator shevalarning materiallarida
kest`r ( qorluq-chigil- uyg‟ur), chinni, intiupak (qipchoq) deb qo‟llaniladi va o‟zidagi,
ya`ni qo‟shaloq kelish xususiyatini yo‟qotadi. Shuningdek, adabiy tildagi «tizza» so‟zi
ko‟pincha shevalarda t`z (Qarnob) deb qo‟llaniladi. Janubiy Xorazmda dyz deb
qo‟llaniladi. Demak, adabiy tildagi geminaciya, ya`ni qo‟sh undoshlik hodisasi
hisoblangani holda, sheva materiallarida o‟z xususiyatini yo‟qotadi: tok`o – to‟qqiz,
chaqan – chaqqon, mekejuver` – makkajo‟xori, sek`s – sakkiz, onek` – o‟n ikki (
Farg‟ona), dadam ikkovgayam koylayliy optila ( Qarshi), koyd`n ushtas`n` soyd` (
Marg‟ilon).
O‟zbek adabiy tili va xalq shevalarida quyidagi grammatik usullar va so‟z
yasalishlar bilan geminatsiya hodisasi yuzaga keladi:
30
A) sifatning kuchaytiruv shakli orqali: ok – oppok, sog-sog – soppa sog, (ad. imlo);
ak-ak – appak, sag-sag – sappa –sag (qipchoq) kabi;
B) juft so‟zlarning yasalishi natijasida: bitta yarimta, opten-soppon, oppon-s`ppon,
shartta-shurtta – shertte-shurte ( qorluq- chigil- uyg‟ur);
V) tasviriy so‟zlar vositasida: ukki, kakku, pirra, chippa-chippe, ushshaymok
(ad.imlo); ikki, kekki, pirre, chippe-chippe, ishsheymok (qipchoq) va hokazo.
Qo‟sh undosh ma`noni farqlash xususiyatining mavjudligini alohida qayd etishga
to‟g‟ri keladi. Masalan, qorluq-chigil- uyg‟ur shevalarida: qoteq (kishilar iste`mol
qiladigan sut maxsuloti), qatiq/qott`q ( yumshoqning aksi, qattiq), kalla (organizmning bir
qismi, kele jamlovchi son qo‟shimchasi, ikkalamiz), sallox sifat, ism, solox, Xayriddin
Salox, oppe sifatning kuchaytiruvchi shakli, oppa-oydin (qarindoshlik atamasi) va
boshqalar.
Shunday qilib, qo‟sh undoshlarning so‟z o‟rtasida kelishini kurdik. Ular
so‟zlarning oxirida ham o‟zbek adabiy tili va shevalarida uchramaydi.
Takrorlash uchun savollar:
1.Qorluq – chigil –uyg‟ur lahjasidagi shevalarda qaysi unlilar qatnashgan ?
2.Qipchoq lahjasidagi unlilar qanday sifatlarga ega ?
3.O‟g‟uz lahjasidagi unlilarning xususiyatlarini ko‟rsatib bering.
4.O‟zbek shevalaridagi unlilar qanday xususiyatlarga ega ?
5.Singormanizm nima , uning qanday turlari bor ?
6.Umlaut qanday xususiyatlarga ega ?
7.Unli va undoshlar bilan bog‟liq yana qanday qonuniyatlarni bilasiz ?
8.Unlilar cho‟ziqligining qanday sifat turlari bor ?
9.Diftong va diftongoid nima ?
10. Kontrast unlilar deganda nimani tushunasiz ?
Tayanch tushunchalar :
Vokalizm – unlilar tizimi.
Konsonantizm – undoshlar
Fonetik qonuniyat – o‟zbek shevalarida amal qilinadigan tovush talaffuzi va u bilan
bog‟liq aql bilan boshqarilmaydigan fonetik hodisalar.
Singormanizm – unlilar uyg‟unligi .
Lingval singormanizm – old qator va orqa qator unlilar uyg‟unligi.
Labial singormanizm – lablangan unlilar uyg‟unligi.
Assimilyatsiya – unli va undoshlarning o‟xshab ketishi yoki bir-birlariga singishi.
Dissimilyatsiya – undosh tovushlarda noo‟xshashlik.
Unlilar Cho‟ziqligi – unlilarning boshqa tovush ta‟sirida va uning ta‟sirisiz
cho‟zilishi.
Diftong va diftongoid – bir tovush xususiyatlarining bo‟lishi va shunday tovush .
Kontrast unli –old qator va orqa qator xususiyatlariga ko‟ra zidlangan unlilar .
Tovush mosligi – so‟z ma‟nosiga putur yetkazmaydigan tovush o‟zgachaliklari.
Spirantizatsiya – nutq jarayonida portlovchi tovushning sirg‟aluvchi variantga ega
bo‟lishi.
31
Sandhi – bunda ikki so‟zning talaffuzi jarayonida oldingi so‟z nihoyasidagi undosh
keyingi (boshlanuvchi so‟z) tovushga moslashadi yoki dastlabki so‟zning oxirgi tovushi
keyingi so‟z unli bilan boshlansa jaranglashadi.
Umlaut – bu qonuniyat fanda unlilarning regressiv assimilyatsiyasi deb ham
yuritiladi.Bu qonuniyatga ko‟ra affikslardagi old qator unlisini o‟z xarakteriga moslab
oladi.
Metateza – o‟zbek tilida metateza u yoki bu so‟z tarkibidagi undosh tovushlarni
o‟zaro o‟rin almashishi .
Anakopa – so‟z oxirida keluvchi undosh tovushlarning tushib qolish hodisasidir.
Proteza – ma‟lum fonetik sabablarga ko‟ra so‟zning boshida tovush orttilishi.
Prokopa – so‟z boshidagi tovushning tushishi .
Epenteza – so‟z ichida tovush orttirilishi .
Epiteza – ma‟lum fonetik sabablarga ko‟ra so‟zning oxirida tovush orttirilishi .
Eliziya – unli tovush bilan tugagan so‟zga unli bilan boshlangan so‟zning qo‟shilishi
natijasida oldingi unlining tushishi .
Sinkopa – so‟z tarkibidan tovush yoki tovushlar guruhining tushishi ; singilim-
singlim, arslon-aslon.
Apokopa – so‟z oxiridagi tovush yoki tovushlarning tushib qolishi; kel-ke, to‟rt-to‟r
.
5 – MAVZU
MORFOLOGIYA.
MORFOLOGIK XUSUSIYATLAR HAQIDA .
Reja
1.Kelishik kategoriyasi.
2.Egalik kategoriyasi.
3. Fe`l zamonlari.
4.SHaxs-son kategoriyasi.
Adabiyotlar.
1.Reshetov V V,Shoabdurahmonov Sh . “O‟zbek dialektologiyasi”, Toshkent,
“O‟qituvchi”,1978- yil
2.Mirzayev M M , “O‟zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969 -yil.
3.Ashirboyev S, “O‟zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000 -y / ma‟ruza matni/
4.Rajabov N “O‟zbek shevashunosligi” Toshkent, “O‟qituvchi” 1996 yil.
5.Murodova N “O‟zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal
talqini”,Toshkent , “Fan”2007 yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997 yil.
So‟z turkumlarini aniqlashda morfologik-leksik va sintaktik belgilar asos qilib
olinadi, hamda ular turli xil guruhlarga, kategoriyalarga ajratiladi. So‟z turkumlarini
tasnif qilishda, bu sohadagi qator noaniqliklarni bartaraf etishda Chuqur mulohaza
yuritib, ularni ilmiy-nazariy jihatdan asoslash va isbotlab berishda E. D. Polivanov, X.
32
Komilova, U. Tursunov, V, V, Reshetov, A, G‟ulomov,Sh.Shoabdurahmonov kabi
olimlarning xizmatlari katta bo‟lgan.
O‟zbek shevalarining morfologiyasini bayon etib berishda mavjud fikr-
mulohazalarga asoslanib ish ko‟rildi.Shunga ko‟ra o‟zbek shevalarining morfologiyasi
ham mustaqil so‟z turkumlari, yordamchi so‟z turkumlari va alohida guruhlarga bo‟lib
o‟rganiladi. Ushbu sohalarda sheva materiallarida o‟zaro umumiyliklar bilan bir qatorda,
o‟ziga xos tomonlar ham ko‟zga tashlanib turadi. Bu holni kelishiklarning egalik va
ko‟plik kategoriyalari; fe`l zamonlari, fe`l mayllari hamda fe`lning funkcional shakllarini
o‟rganish kabi sohalarda aniq tasavvur etish mumkin.Shevalar morfologiyasidagi bunday
o‟ziga xos tomonlar boshqa so‟z turkumlari va kategoriyalarida ham mavjud.
KELISHIK KATEGORIYASI.
Kelishik kategoriyasi otning yoki otlashgan so‟zning boshqa gap bo‟laklari bilan
bo‟lgan grammatik bog‟lanishini ko‟rsatib keladi, ularning gapdagi vazifasini ifodalash
uchun xizmat qiladi. Bu xususiyat o‟zbek adabiy tili uchun ham umumiydir.
O‟zbek adabiy tilida oltita kelishik, beshta grammatik ko‟rsatkiCh mavjud.
Chunonchi bosh kelishikning qo‟shimchasi bo‟lmaydi. O‟zbek xalq shevalarining bir
qismi adabiy tildagi holat bilan umumiylikka ega boshqa bir qismi esa bu jihatdan
farqlanadi.Qorluq-chigil-uyg‟ur lahjasi guruhiga kiruvchi shevalarning aksariyatida oltita
kelishikning to‟rtta ko‟rsatkichi bor. Bunda qaratqich va tushum kelishiklari bir shaklda,
ya`ni tushum kelishigi shaklida keladi. Samarqand, Buxoro, Urgut, Shahrisabz,
Kattaqo‟rg‟on va ularga o‟xshash shevalarda jo‟nalish va o‟rin-payt kelishiklari ham
aralash holda qo‟llanilib, o‟zlarining shakli jihatidan jo‟nalish- o‟rin-payt kelishigiga
o‟xshaydi. O‟g‟uz lahjasida ham qaratqich va tushum kelishiklarining ko‟rsatkichlari
ko‟p hollarda bir xil ko‟rinishga ega bo‟ladi. Faqat ayrim hollardagina farqlanish ko‟zga
tashlanib turadi.
Qipchoq lahjasi tarkibini tashkil etuvchi shevalarda ham ba`zan qaratqich-tushum
kelishigi holida kelishi uchraydi.
Qaratqich va tushum kelishiklari ko‟pgina o‟zbek shevalarida bir xil ko‟rsatkichga
ega bo‟lishiga qaramasdan, ularning har biri mustaqil kelishik sanaladi. Jo‟nalish va
o‟rin-payt kelishiklari haqida ham xuddi shu fikrni takrorlash lozim. Mazkur kelishiklar
qo‟llanilishi , vazifalari, ma`no xususiyatlari kabilar bilan o‟zaro farqlanib turadi. Bu,
ayniqsa, gap ichida yaqqol ko‟zga tashlanadi. Qaratqich birikmada, ya`ni qaratqich
kelishigi qaralmishda egalik qo‟shimchasining kelishini talab qiladi. Bunga o‟xshash
xususiyat tushum kelishigida bo‟lmaydi va hokazo.
O‟zbek adabiy tili va uning lahja va shevalarida quyidagi kelishiklar mavjud: bosh
kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, jo‟nalish kelishigi, o‟rin-payt kelishigi,
jo‟nalish kelishigi, o‟rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi.
BOSH KELISHIK.
Bosh kelishik hech qanday qo‟shimchaga ega bo‟lmaydi. Bu xususiyat o‟zbek
adabiy tili uchun ham, o‟zbek xalq shevalari uchun ham umumiydir. Bosh kelishikda
kelgan so‟z o‟zining shakli jihatidan so‟zning o‟zak yoki negiziga teng keladi. Demak,
bosh kelishikdagi so‟z otda ega bo‟lib keladi. Masalan, Isrofil narsalarni yig‟ip bitta
33
choynak bilan piyolani olip jonadi ( Samarqand), ene b`r odom kelept` ( Qo‟qon), Ker`m
b`zen`k`ge edi ( Kattaqo‟rg‟on) kabi.
Shunday qilib, bosh kelishik shaklidagi so‟z gapda kesim bo‟lib keladi yoki
tarkibli kesimda uning ajralmas qismi sifatida qo‟llaniladi. Bunday vaqtda ular egaga
bog‟lamalar yoki ohang orqali birikadi. Masalan, Joldash okuvch` (qipchoq),
dekanchilikdi sakasayam – bugday (Mankent).
Bosh kelishikda kelgan so‟z boshqa kelishiklarni hosil qilish uchun boshlang‟ich,
ya`ni dastlabki shakl deb qabul qilinadi: paxtaniu talasiu, exmetti ishte kordim,
choynekde chay damnep chikardi, suvdi mexmannardi ald`ga koydi (Qipchoq).
QARATQICH KELISHIGI.
O‟zbek adabiy tili materiallarida qaratqich kelishigi faqat bir qo‟shimcha bilan,
ya`ni - ning qo‟shimchasi bilan hosil qilinadi. O‟zbek xalq shevalarida esa u turlicha
qo‟shimchalar yordamida kelishini ko‟ramiz. Jumladan, qipchoq shevalarida - niun, - nin
ko‟rsatkichlari bilan bir qatorda - niu, - ni va ularning turli ko‟rinishlari bilan yuzaga
keladi. Qorluq-chigil- uyg‟ur guruh shevalarida qaratqich kelishigi tushum
kelishigining shaklin` bilan ishlatiladi . O‟g‟uz lahjasidagi shevalarda esa qaratqich
kelishigi – nin ,
- nin, tushum kelishigining shakli - ni, - ni va qadimiy shakli bo‟lgan - in, - in bilan
ishlatiladi. So‟nggi xususiyat qorluq-chigil- uyg‟ur va qipchoq lahjalari materiallarida -
niu, - ni va uning fonetik k o‟rinishlari bo‟lgan - d`, - t` ko‟rsatkichlari ham ishlatiladi:
Niqolaydi voktiga mani uch min tannaga sortilar ( Samarqand); et`yd` `ch` hol (turk),
kore kekel ki o‟zd`, qo‟sht` (Andijon), men` `sh`m bitti ( Kattaqo‟rg‟on)
kabi.
Qaratqich kelishigi belgisiz holda ham qo‟llaniladi: okuvch`, q`shloq rey`s` (
Kattaqo‟rg‟on, Qarnob), alma guli naparman, men yariumniu taparman (Qorabuloq) kabi.
Shunday qilib qaratqich kelishigida kelgan otlar belgili va belgisiz holda
qo‟llaniladi. Bu, ayniqsa, yuqoridagi shahar va ularga o‟xshash bo‟lgan shevalar uchun
xosdir. Bunday vaqtlarda otlarning qaratqich yoki tushum kelishigi shaklida ekanligi
qaralmishdagi egalik qo‟shimchasi yoki shu ot bilan bog‟lanib kelgan fe`l orqali
aniqlanadi.
Qipchoq lahjasida ham qaratqich kelishigi qo‟shimchalari bir qapcha k o‟rinishlarga
ega bo‟ladi. Bu, bir tomondan, so‟z o‟zaklarining qattiq yoki yumshoqligiga bog‟liq
bo‟lsa, ikkinchi tomondan, assimilyativ hodisalar bilan ham bog‟lanadi. Masalan,
jetmishki o‟zniun enesi xeli-xeli kelinchek; atamdin kadri otti; attin jilavini mekkem
ushledi, besh koydun goshi bomas nexeri kabi.
Qaratqich kelishigining belgisiz holda qo‟llanilishi qipchoq shevalarida ham
mavjud: tav echkisi, minlise xadiumiu, goza bergi, bexer xevesi kabi.
O‟g‟uz lahjasida qaratqich kelishigi qo‟shimchasining qo‟llanilishi o‟ziga xos
xususiyatga ega. Uning belgilarini shartli ravishda uchga bo‟lib ko‟rsatish mumkin:
A) qaratqich kelishigining qo‟shimchasi qattiq- yumshoq ko‟rinishlarga ega
bo‟lib, - niun va - nin deb qo‟llaniladi: yanniu kishinin, bir qizi bar edi, unin tarjimayi hali;
B) qaratqich kelishigi shakli tushum kelishigi qo‟shimchasi - niu, - ni orqali ifoda
etiladi: mana uchragan kishini adiuniu bilmeymen;Shuni bilen birge;
V) Qadimgi yozma yodgorliklarga xos bo‟lgan - in, - in tarixiy shakllari bilan
ishlatiladi. Bu shakllar qattiq va yumshoq undoshlar bilan tugagan so‟zlarning o‟zak va
34
negizlari bilan qo‟shilib keladi: kerekli dashiun agramiyok, kopin ishi qol bolur (o‟g‟uz)
kabi.
Qorabuloq va Iqon shevalarida ham qaratqich kelishigining shakli - in, - in
qo‟shimchasi bilan ishlatiladi: mene bu uk uzun ketteligi, atiun bashiu kabi.
O‟g‟uz lahjasida ham qaratqich kelishigi belgisiz qo‟llanish xususiyatiga ega:
yaxshilik ki o‟z yanina girdi, ki o‟z xiyoli yarina getken kabi.
Til tarixi materiallarida ham qaratqich kelishigi qo‟shimchalari hozirgi adabiy
tildagi singari shaklga ega bo‟lganligini ko‟ramiz. Masalan, O‟rxun-Enasoy yozma
yodgorliklari, «Devonu lug‟otit turk», Alisher Navoiy va uning zamondoshlari asarlarida -
niun, - nin qo‟shimchalari qaratqich kelishigini hosil qilgan.Shuning bilan birga,
qo‟shimchaning - nun, - nun kabi variantlari ham uchrab turadi. O‟rxun-Enasoy yozma
yodgorliklari materiallarida esa - iun, - in shakllari ham mavjud. So‟nggi qo‟shimcha
qisman XI asr yozma yodgorliklarida ham uchrab turadi.
TUSHUM KELISHIGI.
Qorluq-chigil-uyg‟ur lahjasiga oid shevalarda tushum kelishigi – n` qo‟shimchasi
bilan shakllanadi: kiumdakium olse, un` mozorge obor`p koy`shs`n (Toshkent); bu
odamlarni kochaga chiqardi ( Samarqand); un` kuv`p ch`karvered` ( Farg‟ona); Ker`mn`
bozorga kord`m ( Kattaqo‟rg‟on); n`nen` berver (Jizzax) va boshqalar.
Ayrim hollarda tushum kelishigi - d`, - t` qo‟shimChasi bilan qo‟llaniladi. Masalan,
kore ke:k`l k`zd`, qo‟sht`, ott` ote-enesini old`ge obord` (Andijon), `tt` koppas, ott` teppas
deb bomayd` ( Qarshi), togd` taman bosiptu ( Urgut) kabi.
Qorluq-chigil-uyg‟ur shevalarida assimilyaciya hodisasi bilan bog‟liq holda
tushum kelishigining shakli - z`, - m`, - l`, -sh`, - p`, - ch` kabi ko‟rinishlarga ega bo‟ladi.
Bu ayniqsa, Toshkent, Namangan,Shahrisabz, Urgut, Kattaqo‟rg‟on kabi shevalarda
ko‟proq ko‟zga tashlanib turadi: u o‟z`n chochch` yexsh` kored` (Toshkent); b`zz` mextep
okuvchiler` ( Kattaqo‟rg‟on); konullig‟am bosiptu ( Urgut) kabi.
O‟g‟uz guruhidagi turkiy tillarda gund uzun, kishin (kishda) kabi so‟zlar ham
uchraydi. Bular qadimgi yozma yodgorliklar tilida alohida kelishikni, ya`ni qurol
kelishigini tashkil etgan bo‟lib, hozirgi vaqtda bu xususiyat ayrim turkiy tillarda - n, - in,
- un kabi shakllari saqlanib qolganligini ko‟ramiz. Ularning ba`zilari hozirgi vaqtda
holat va vaqt ravishlarini ifoda etadi.
- in, - in qo‟shimchasi O‟rxun-Enasoy yozma yodgorliklari, Alisher Navoiy va
uning zamondoshlari asarlarida ham uchraydi va apcha keng miqyosda ishlatiladi.
Tarixiy yozma yodgorliklarda hozirgi - niu, - ni ko‟rsatkichlari ham to‟la ravishda
qo‟llanilgan.Bulardan tashqari – iug, - ig, - ug, - ug kabi ko‟rinishlari ham mavjudligi
yodgorliklar materiallarida uchrab turadi.
Qipchoq guruhi shevalarida tushum kelishig quyidagicha shakllarga ega bo‟ladi: -
di, - di, - ti, - ti, - ni, - ni. Bulardan, - ni, - ni qo‟shimchasi unli tovushlar bilan tugagan
so‟zlarga qo‟shilib keladi: atasiuniu eytip keldi, gav echkisini ushlep aldi kabi.
- di, - di, - tiu, - ti qo‟shimchalari undosh tovushlar bilan tamom bo‟lgan so‟zlarga
qo‟shiladi. Bulardan - ti, - ti qo‟shimchasi assimilyaciya natijasida yuzaga keladigan
hodisadir: Kerimdi bazarga jiger; suvdiu miymannardi aldiga koydiu; to‟tti jegeni tavush
kiyin; hozir atti korish emirmexel; pishekti kuvip ketti kabi.
35
Yuqorida qayd etilgan qaratqich va tushum kelishiklari materiallarida ularning
shakllari jihatidan ham farqlanishi aniq ko‟rinib turibdi. Lekin bu chegara hamma vaqt
ham qat`iy bo‟lib qolavermaydi. Bu shevalarda qorluq-chigil-uyg‟ur lahjasidagi singari
bir xil shakl kelishik- qaratqich va tushum kelishigi shaklida qo‟llanilishi va o‟zida ularga
xos ma`no vazifalarini o‟tash hollari uchrab turadi.Qaratqich va tushum kelishiklarining
umumiy qo‟shimchali holati hamma qipchoq shevalari uchun umumiy deyish mumkin.
Masalan, bovaydiu uch uliu boreken; mexmannar suvdi choynig bilen otiup jugerdi, vu
qaykini vaxtini xush etsenchi kabilar.
Bulardan tashqari, so‟zlarning o‟zak-negizlarida lablanish-lablanmaslik, qattiq-
yumshoqlik va boshqa fonetik qonuniyatlarga muvofiq qipchoq shevalari – nu, - nu, - du,
- du, - tu, - tu singari bir qapcha tushum kelishigi qo‟shimchalari ko‟rinishlariga ham ega
bo‟ladi. Bu, asosan, Yangiqo‟rg‟on tumanining qipchoq shevalari uchun xosdir.
Qipchoq shevalarida ham tushum kelishigi belgili shakl qo‟llanilishi bilan bir
qatorda, belgisiz holatda kelishi apcha keng tarqalgan. Masalan, suv ichip ke, ish bajar,
ash je kabi.
O‟g‟uz lahjasiga kiruvchi shevalarda so‟zlarning o‟zak-negizlari qattiq-
yumshoqligiga qarab, - ni, - ni qo‟shimchasi bilan qo‟llaniladi; … sunnatla:niu bakaredi, u
jekleni bakiup yurdi, balalariuniu chaqirdi kabi. Bu lahjada tushum kelishigi vazifasida -
iu, - I shakllari ham ishlatiladi. Masalan, mallardini kele ekit dedi kabi.
Tushum kelishigining belgisiz holda kelishi o‟g‟uz lahjasida ham uchraydi.
Qorluq-chigil- uyg‟ur, qipchoq va o‟g‟uz lahjalarida qaratqich kelishigidagi singari
tushum kelishigi ham belgili va belgisiz kelishi mumkin. Har ikkala holatda ham turli xil
aniqlovchilik vazifalarini bajaradi. Ular narsaning aniq va noaniq, umumiy va xususiy
ma`nosiga aloqador bo‟lmaydi.
Ba`zan lingvistik materiallarda tushum kelishigining belgisiz holati bilan bosh
kelishikni aralashtirmaslik lozim. Bunda hech vaqt ikki kelishik shaklini bosh va tushum
kelishigining shakli deb qaralmasdan, faqat tushum kelishigining belgili va belgisiz
shakli deb karash lozim. Masalan, bitta kitob ko‟rsating, xat yozmoq, ish bitilmoq,
observatoriyani tomosha qilmoq kabi to‟g‟riroq bo‟lsa kerak deb o‟ylaymiz.
So‟nggi vaqtlarda ayrim manbalarda, o‟zbek adabiy tilida oltita kelishik va ularning
o‟ziga xos oltita shakli bor degan fikr qayta- qayta takrorlanmoqda. Bunda bosh
kelishikda ham ko‟rsatkich mavjud deb gumon qilinadi. Bizningcha, bu yanglish fikrdir.
Chunki o‟zbek tilining tarixiy taraqqiyot yo‟llarini belgilovchi materiallar,hatto, qadimgi
yozma yodgorliklar, jumladan, O‟rxun-Enasoy yozma yodgorliklarida ham bosh
kelishikning ko‟rsatkichi borligi tasdiqlanmaydi. Demak, bosh kelishikning
qo‟shimchasining mavjudligi til tarixi manbalarida ham o‟z ifodasini topmagan, hozirgi
shevalar ham bu haqda guvohlik bera olmaydi.
JO‟NALISH KELISHIGI
Qorluq-chigil-uygur shevalarida jo‟nalish kelishigining qo‟shimchasi – ge shaklida
qo‟llaniladi. Bu ko‟rsatkich unli va undoshlar bilan tugagan so‟zlarga farqsiz qo‟shilib
kelaveradi; Murod mexsed`ge yet`pt` (Toshkent); bu odamlarniu bitta-bitta kochaga
chikordi ( Samarqand); `lon erige shunday dept` ( Farg‟ona); eyemle delege bored`le (
Kattaqo‟rg‟on) kabi.
36
Chuqur til orqa k, g undoshlari kabilar bilan bitgan so‟zlarga – ge qo‟shimchasi
qo‟shilganda, jo‟nalish kelishigining shakli – kelishigiga ega bo‟ladi. Masalan, bokke
borov o‟z, d`yd`le (Toshkent, Qarnob); ochokka ot kele, dept` ( Farg‟ona); nond` ol`p
k`shlokka boremen ( Marg‟ilon;) yog yokka tomed`, moshavaya jazam yoq ( Qarshi) kabi.
So‟zlarning oxiri k, p, s, t,sh, x kabi jarangsiz undoshlar bilan tugaganda, jo‟nalish
kelishigining ko‟rsatkichi - ke holatida qo‟llaniladi. Masalan, tagim b`r kiyin `shke
yuberemiz (Namangan); oshka polvon, `shka shol ( Qarshi); esh`kke surkelmey `chker`ge
k`r ( Kattaqo‟rg‟on); pelukke eluk yokov o‟z (Qarnob) singari.
Shevalarning ba`zilarida - ge qo‟shimchasi g, g undoshlari bilan bitgan so‟zlarga
qo‟shilganda ham o‟zgarishsiz qo‟llanilish hollari uchrab turadi. Bu Qarnob shevasi
uchun xos xususiyatdir. Masalan, toqqe xemmes` bor`shge joned`; bergge borotm`z va
boshqalar.
Jo‟nalish kelishigining - e qo‟shimchasi bilan qo‟llanish holati mavjud bo‟lib,
ko‟proq y, m, l, r, p, n sonor undoshlari bilan tugagan so‟zlarga qo‟shilib keladi.
Masalan, uye k`r`p k`key (Jizzax); ekeme aytt`; men` depterlerim uye kopt` (
Kattaqo‟rg‟on); men sene n`me ded`m (turk); Baxmale qoy xeydeyb`z, bozorge borov o‟z
(Qarnob) kabi.
Ushbu shevalarda jo‟nalish kelishigining qo‟shimchasini qabul qiladigan so‟z unli
tovush bilan tugagan bo‟lsa, bunday holda uning ko‟rsatkichi - ye ko‟rinishiga ega
bo‟ladi. Masalan, xovl`e, bedoneye, deleye (Toshkent); odem ko(r)kkan vekke tili
kelimeye kemey qoleyken (Shaxrisabz) : tepeye ch`kd`le ( Kattaqo‟rg‟on) va boshqalar.
Bayon etilayotgan guruh shevalarining ayrimlarida - ge va - ye o‟rnida tushum
kelishigining qo‟shimchasi qo‟llanilishi bu guruh shevalaridagi o‟ziga xos tomonlardan
sanaladi. Masalan, xojani borip aytin, mani turing, navbat sizniki dedi ( Samarqand) kabi.
Qorluq-chigil-uyg‟ur shevalarida jo‟nalish kelishigining belgisi yashiringan holda
kelishi mumkin. Lekin tushirib qoldirilgan shakli, jumladan, aniq anglashilib turadi:
ekemle bozor bordile (bodd`le); ule Semerken kett` ( Kattaqo‟rg‟on); yek`nda Toshkon
borovo‟z, Bumot desh ketgan (Qarnob) singari.
Qipchoq guruhi shevalarida jo‟nalish kelishigining qo‟shimchasi quyidagicha
ko‟rinishlarga ega bo‟ladi: - ga, - ge, - a, - e, - ka, - ke. Ko‟rinib turibdiki, bular qattiqlik
va yumshoqlik, til oldi va til orqa unlilari hamda qisman yonma-yon kelgan ayrim
undosh tovushlar ta`sirida yuzaga keladi va qo‟llaniladi. Bu esa singormonizmning
shevalardagi o‟ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi: uyam ishiga jonadi, uniu gevige
kirmedi,bu balaga bir jash toldiu, siz bilekke ishemmen, atama massiualdium; atana bar,
enene bar, uyime barganium jok kabilar.
Jo‟nalish kelishigining ko‟rsatkichi kishilik olmoshlarining birinchi, ikkinchi,
uchinchi shaxs birlik shakllariga ega bo‟ladi. Bu xususiyat qipchoq lahjasini tashkil
etuvchi ko‟pchilik shevalar uchun umumiy xususiyatdir. Bu shevalarning ba`zilarida esa
boshqacha manzarani ko‟ramiz. Ularda kishilik olmoshlarini jo‟nalish kelishigida
qo‟llaganda, magan//megen, sagan//segen, ugan//ogan deb qo‟llaniladi. Bu xususiyat
Qurama va Bulung‟ur, Poyariq, G‟allaorol va Ishtixon kabi tumanlardagi qipchoq
shevalarining vakillari nutqida ishlatiladi. Ayrim qipchoq shevalaridagi magan, sagan,
ogan kishilik olmoshlari hozirgi qozoq, qirg‟iz, qoraqalpoq va qo‟mik tillarida ham
mavjud. O‟zbek tilining qipchoq lahjasidagi bu xususiyat bilan yuqoridagi turkiy tillarning
qipdhoq guruhiga kiruvchi tillarda bu shakllarning mos kelishi ulardagi o‟zaro
umumiyliklar bilan izohlanadi.
37
Jo‟nalish kelishigining kishilik olmoshlariga qo‟shilib ishlatilishidagi bu shakli
boshqa grammatik ko‟rsatkichlarga nisbatan shevalar vakillari nutqida apcha mustahkam
saqlanib kelmoqda. Natijada ular adabiy til me`yorlarini egallagan ziyolilar va
o‟qituvchilar, jumladan, filolog o‟qituvchilar nutqida ham uchrab turadi. Bunday
hollarda sheva vakillarining nutqiga qarab, ular qipchoq shevasining qaysi biriga
oidligini osongina aniqlash mumkin.
O‟g‟uz lahjasida ham jo‟nalish kelishigi bir qapcha shakllarga ega bo‟ladi: - ge, - k,
- a, - e, - na, - ne. Masalan, kirk diyege yuklep yigitke kop dunya beripti; paxtage,
arkasina, muradina etti, shakllari o‟g‟uz lahjasida apcha faol qo‟llanuvchi
qo‟shimchalardandir. Jo‟nalish kelishigida qo‟llaniladigan qo‟shimchalarning hammasini
yuz foiz deb olinsa,Shundan kamida 50 foizini - a, - e qo‟shimchalariga ajratishga to‟g‟ri
keladi.
Til tarixining asosiy manbalari hisoblangan O‟rxun - Enasoy yozma yodgorliklari,
«Devonu lug‟otit turk», Navoiy va uning zamondoshlari asarlarida jo‟nalish kelishigi
qo‟shimchalari o‟zbek xalq shevalaridagi qo‟shimchalar bilan umumiylik va birlikka ega.
Ulardan ba`zilari arxaiklashib, iste`moldan chiqib ketgan. - garu, - geru, - karu, - keru, -
ra, - re, - ru kabilar shular jumlasidandir. - ra, - re, - ru, - ru qo‟shimchalari - garu, -
geru, - karu, - keru ko‟rsatkichlariga nisbatan qadimiydir.
Hozirgi turkiy tillar, jumladan, o‟zbek tili materiallarida bu kelishik qo‟llanilmydi.
Ularning ayrim ko‟rinishlari jo‟nalish kelishigida ifodalanadi, ba`zan ravishlar va
ko‟makchilar doirasida ishlatiladi.
O‟RIN-PAYT KELISHIGI.
Qorluq-chigil- uyg‟ur lahjasi guruhlariga kiruvchi shevalarda o‟rin-payt kelishigi -
de, - ge qo‟shimchasi bilan shakllanadi. - de unli va jarangli undosh tovushlar bilan
tugagan so‟zlarning o‟zak va negizlariga qo‟shilib qo‟llaniladi. Masalan, keto se iu olde
b`r ok dervoze kor`n`pt` (Toshkent); dunyode n`men` et`Sh`r`n tur`pt` (Andijon); odemd`
odem seperde b`ledi (Jizzax); men borsem egde hech: k`m yogeken ( Kattaqo‟rg‟on).
So‟zlarning oxiri jarangli undoshlar bilan tamom bo‟lganda esa – te holida ishlatiladi;
bizardi zavo‟tte ishlaysan dedi ( Samarqand); to‟tt` xos`l kopu, berekes` yog (Turkiston)
kabi.
Ushbu guruhlarga kiruvchi shevalardan Samarqand, Buxoro, Qarshi,
Kattaqo‟rg‟on, Urgut, Shahrisabz kabilarda o‟rin-payt kelishigi bilan jo‟nalish
kelishigi ko‟rsatkichlari bir-biridan kam farq qiladi va aralash holda kelaveradi. Bu
xususiyatni mashhur shevashunos olim E. D. Polivanov ham o‟zining Samarqand
shevalariga bag‟ishlangan ishlarida o‟z vaqtida alohida qayd qilgan edi: bachala
maktabga okuydi; tor kishi yoniya tapponchasi bor ( Samarqand); biza qishloqqa
turamiz (Buxoro); Samarqandga yashaydi ( Qarshi). Bu xususiyat ba`zan,
JizzaxShevasida ham uchraydi. Masalan, oz`nge yoq, olemge yoq; epem delege `shleyd`
kabi.
Yuqorida keltirilgan misolardan ko‟rinib turibdiki, o‟rin-payt kelishigi qo‟shimchasi
(-de) vazifasida qo‟llanilayotgan - ge oxiri unli va jarangli undosh tovushlar bilan tugagan
so‟zlarga, - ke esa oxiri jarangsiz undoshlar bilan tamom bo‟lgan so‟zlarga va - ke
qo‟shimchasi oxiri chuqur til orqa undoshlari bilan bitgan so‟zlarga qo‟shilib keladi.
Ba`zan - ge qo‟shimchasi yumshoq holatga ega bo‟lib, - ye shaklida ham ishlatiladi va
38
uchraydi. Bu ko‟proq so‟zlarning oxirgi tovushlari unlilardan iborat bo‟lganda yuz beradi
va Kattaqo‟rg‟on, Shahrisabz, Qarshi kabi ayrim guruh shevalarigagina taalluqli bo‟ladi:
mol kassopt` qoliya halol ( Qarshi); ekemle b`zen`k`e tez-tez kep tured`le ( Kattaqo‟rg‟on)
kabi.
Ikkala kelishik ham faqat jo‟nalish kelishigi shakli bilan ifodalanadi, uning
aksincha holati bo‟lmaydi.Shahrisabz shevasida esa tojik tili unsurlari va uning ta`siri
bo‟lmasligiga qaramasdan jo‟nalish kelishigining o‟rnida o‟rin-payt kelishigi kelishi
ko‟zga tashlanib turadi. Bu xususiyat ziyoli va o‟quvchilar nutqiga xos tomonlardan
hisoblanadi. Masalan, kinoda boru:duk, choyxonada kett` kabi.
Qipchoq lahjasini tashkil etuvchi shevalarda o‟rin-payt kelishigi - da, - de, - ta, - te
qo‟shimchasi bilan qo‟llaniladi. So‟zlarning oxiri unli va jarangdosh unlilar bilan
tugaganda - da, - de qo‟shimchasi bilan, ya`ni o‟rin-payt kelishigi bilan hosil qilinadi:
qolda bejerish shert emes, deyrede kuriu tosh jok kabi. Agar so‟zlarning oxiri jarangsiz
undosh tovushlar bilan tamom bo‟lsa - ta, - te qo‟shimchasi qo‟llaniladi: jaz javin chin
teshleme, kishta ozun bilesen kabi.
O‟g‟uz lahjasida ham kelishik qo‟shimchasi qipchoq lahjasidagi shevalar singari - da,
- de, - ta, - te shakllari bilan keladi. Bu ko‟rsatkichlar ham so‟zlarning o‟zak va
negizlariga qo‟shilib kelishi jihatidan qipchoq shevasidagi singari bo‟lib, qattiq o‟zak va
negizlarda unli va jarangli undoshlardan so‟ng - da va jarangsiz undoshlardan so‟ng - ta
qo‟shimchasi bilan ifodalanadi (ular bazarda yoli ukiushkanda kabi). Yumshoq o‟zak va
negizlarda esa unli va jarangli undoshlardan so‟ng - te qo‟shimchasi qabul qilinadi.
Yuqoridagilardan tashqari O‟rxun-Enasoy yozma yodgorliklari materiallarida o‟rin-
payt kelishiklari qo‟shimchasi sifatida – a, - e, - ya, - ye kabi shakllarning qo‟llanganini
ham uchratamiz. Masalan, oti o‟z yashiuma, biriye kabi.
Demak, o‟zbek tili tarixini belgilovchi nodir yozma yodgorliklarda, hozirga vaqtda
amalda qo‟llaniladigan adabiy til ham o‟zbek xalq shevalarida o‟rin-payt kelishigi shakli
bir xil yoki umumiydir.Shu bilan birga, uning o‟ziga xos xususiyatlarini ko‟rsatuvchi turli
xil shakllar ham uchraydi. Lekin baribir o‟zak va negizga qo‟shilib kelishi jihatidan
deyarli farqlanmaydi.
Xalq maqollari, topishmoqlar va ba`zan og‟zaki nutqda o‟rin-payt va jo‟nalish
kelishiklari belgisiz holatga ega bo‟lib, bosh kelishik shaklida kelishi mumkin. Lekin
bunday vaqtda ularni bosh kelishik deb qaramasdan, o‟rin-payt va jo‟nalish
kelishiklarining belgisiz shakllari deb izohlash kerak.
CHIQISH KELISHIGI.
Qorluq-chigil-uyg‟ur shevalarida chiqish kelishigining qo‟shimchasi –dan shaklida
qo‟llanadi. U so‟zlarning o‟zak va negizlariga qo‟shilib kelishi jihatidan adabiy tildagi
holatdan farq qilmaydi: «…borse kemes kocheden ketovurupt`»; boriup `lon er`den
sorept` ( Farg‟ona); y`t`nch` osmonden (Namangan) kabi.
So‟zlarning jarangsiz o‟zak va negizlari oxiriga - gen, - ten qo‟shimchasi qo‟shilib
keladi: itten pas, ltten balan (Buxoro); u s`re gepten komeyd` (Andijon); oshatan
opkelmed` ( Marg‟ilon); toshten qattiq , gullan nozuk ( Urgut) kabi.
- den, - ten (- tan) ko‟rsatkichlaridan tashqari, turli xil fonetik o‟zgarishlar bilan
bog‟liq bo‟lgan - ney, - nen, - len, - dem, - tem kabi k o‟rinishlari ham uchraydi: oshtem
b`r oshem old`m (Andijon); tunna gullen tegd` (turk) kabilar.
39
Qipchoq lahjasida chiqish kelishigini hosil qiluvchi shakllar bir necha xil bo‟ladi.
Bular so‟zlarning o‟zak va negizlari qattiq yoki yumshoq holatga ega bo‟lishi bilan
bog‟liqdir; seni suygennen aytaman; payi o‟zdan tuship qaldium; darak beliden sinedi;
ishten ketti; Chumchuqtan qorqqan tari ekmes, xovlisiden bitte non chixmadi.
O‟g‟uz lahjasida ham so‟z o‟zak va negizlarning qattiq va yumshoqligiga amal
qilgan holda chiqish kelishigining qo‟shimchasi qipchoq lahjasidagi singari quyidagicha
ko‟rinishga ega bo‟ladi: - dan, - den, - tan, - ten, - nan, - nen: Sharqdan geledigan shamal;
men gemesten, bu altiunnan saliungan, uch gunen son kabi.
O‟zbek tilining Turkiston, Iqon, Mankent va Qorabuloq shevalarida chiqish
kelishigining shakli - diun (endin, tamdin); - din: bitidin, ata-enemdin; - tiun: Choqtin; -
tin: gettin, ittin kabi qo‟shimchalar bilan shakllanadi.
O‟rxun-Enasoy yozma yodgorliklari, «Devonu lug‟otit turk» kabi o‟zbek tiliga oid
yozma yodgorliklarda chiqish kelishigini hosil qilish uchun - dan, - den, -tan, - ten, - din, -
dun shakllari qo‟llaniladi
Chiqish kelishigida kelgan so‟zlar adabiy tildagi singari harakatning boshlanish
paytini, o‟rnini, uning sababini, biron joy yoki narsaning uzoqlashishini bildirib kelgan.
Gapda otlar uyushib kelganda, chiqish kelishigi qo‟shimchasini ana shu uyushib kelgan
otlarda qo‟shilish usullari, ularning vazifalari kabilar hamma o‟zbek shevalarida ham
adabiy tildagi holatga, asosan, to‟g‟ri keladi.
Chiqish kelishigi shakli tarixiy nuqtayi nazardan boshqa kelishiklarga nisbatan bir
muncha keyinroq shakllangandir. Chunki u eng qadimgi yozma manbalarda kam
qo‟llangan. Uning o‟rniga ko‟p vaqtda o‟rin-payt kelishigi qo‟shimhasi ishlatilgan.
Shunday qilib eng qadimgi yozma yodgorliklarda kelishlarning soni apcha ko‟p
bo‟lib, ularning shaklari ham xilma-xil bo‟lgan. Ularning ko‟pchiligi hozirgi o‟zbek tili
va uning lahjalarida ishlatilmaydi. Yodgorliklardagi – din, - tin, - a. – e, - ye, - n, - in kabi
shakllar o‟zbek xalq shevalari materialarida, qisman, hozirgi o‟zbek adabiy tilida ham (
ayniqsa, poyeziyada) uchrab turadi. Ayrim o‟zbek shevalarida kelishik qo‟shimchalarining
miqdor jihatidan ko‟p belishi ularda assimilyasiya, ohangdoshlik kabi hodisalarning
mavjudligi bilan izohlanadi. Lekin qo‟shimchalarning xilma-xil ko‟rinishlarga ega bo‟lishi
ularning miqdoriga ta`sir etmaydi, ya`ni o‟zbek lahja va shevalarining hammasida oltita
kelishik mavjud.
Fe‟l – so‟z turkumi.
Fe`l narsa - buyumning harakat va holatini ifodalovchi so‟z turkumi sanaladi. Fe`llar
shaxslar va narsalar harakatini bildirish bilan birga turli holatni, belgining o‟zgarishini
ham harakat tarzida anglatadi: bu odamnikida to‟rt yildan beri ishlayman; o‟zi bir kun
jazosi tortar, bir kun izo bo‟lar.
So‟z
turkumlari
ichida
eng
kattasi
va
murakkablaridan
biri
fe`ldir.
Navoiyshunoslarning statistik ma`lumotlariga ko‟ra, Navoiy asarlarida qo‟llanilgan
so‟zlrning umumiy soni 26 mingdan ko‟proq bo‟lib, ularning 1000 ga yaqini fe`l va fe`l
shakllarini tashkil etadi. Fe`llar gap tuzishda kuchli uyushtiruvchilik xususiyatiga ega
bo‟lib, ko‟pgina boshqa so‟zlarini o‟ziga ergashtirib keladi. Otning kelishiklar bilan
turlanishi, asosan, fe`lda ifodalangan ma`no talabiga qarab bo‟ladi. Masalan, Bahor keldi,
gullar ochila boshladi, men ishdan kelyapman, bu yil maktabni tamomlayman.
Gap
bo‟lak-laridan hol va to‟ldiruvchi, asosan, fe`lga bog‟lanadi. Ular fe`lda nutq qismlarini
birlashtiruvchilik xususiyati – sintaktik holatning kuchli ekanligini ko‟rsatishdan iborat.
40
Otda turlanish, fe`lda esa tuslanish asosiy morfologik belgilardan biridir. Bunda leksik
jihatdan o‟zgarish yuz bermaydi, faqat shaxs - son, zamon singari ma`nolarni ifodalaydi,
kesimlik ham ko‟rsatilidi. Fe`lning asosiy sintaktik vazifasi kesimlik bo‟lib, o‟zining
turli vazifalarida (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) gapning boshqa bo‟laklari – ega,
to‟ldiruvchi, aniqlovchi, hol vazifalarida ham kela oladi.
Fe`l zamon, mayl,shaxs - son, nisbat, bo‟lishli - bo‟lishsiz kategoriyalari,
vazifadoshlik shakllariga ega bo‟lib, ularning aksariyati fe`lning ma`nosi bilan bog‟liq va
faqat unga xos kategoriyalardir.
Fe`l zamonlari.
Hozirgi o‟zbek adabiy tilida fe`l zamonlarining tasnif qilinishi, zamonlarin
belgilash va qo‟llashda xilma - xil qarashlar mavjudligiga qaramasdan, fe`l zamonlari
uchga bo‟linadi. va quyidagi nomlar bilan ishlatiladi: o‟tgan zamon fe`li, hozirgi zamon
fe`li, va kelasi zamon fe`li.
O‟tgan zamon fe`lini besh guruhga bo‟lib o‟rganish an`anaga aylanib qolgan. Bu
o‟qitish jarayoni uchun ham, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ham qulaydir:
1.
Yfqin o‟tgan zamon fe`li: somsepezz` don`den top`b opkeld`m;
Chekuruvd`m kemed`n. Oz`m yep qoyd`m, d`pti (Toshkent); hamma `sht` qip qoydim,
ekemner ketti (Qipchoq); u `shtekke k`rd`, bold`m men sen`k` (Jizzax).
2.
Uzoq o‟tgan zamon fe`li; olt` kun turip yaan keytip ketamman ( Qarshi);
men bu k`topt` oko‟p ch`kken; ulelrd` one t`l`s` toj`y t`l` bogeyeken (Jizzax); Cherek
yovup koygandim (Shimoliy Xorazm); b`r poden` `shk` shu k`zge tushup qolgen ed`
(Namangan).
3.
O‟tgan zamon xikoya fe`li: men koy`md` yoqatibdim, dedi; manav korgen
eken; bir qoyimni bergey debidim (Qorabuloq).
4.
O‟tgan zamon davom fe`li: to olgun`m`z yaxsh`l`k kiul`rd`m (Andijon); ule
(r) `shlerd`ler (Payshanba).
5.
O‟tgan zamon eshitilganlik fe`li: Kore ke:k`l»etten yshl`k k`ppen» dep xapa
bold` (Andijon); karga pichenchige baripti (Turkiston).
O‟tgan zamonni hosil qiluvchi fe`l shakllari bilan hosil bo‟lgan fe`llarning
ma`nolarida umumiy xususiyat, ya`ni ma`no umumiyligi mavjud.Shunga ko‟ra, ular ikki
guruhga jamlanadi. Lekin ushbu fe`l shakllari har biri o‟ziga xos ma`no nozikliklilari
bilan ajralib turadi. Bu farqlarni yuzaga keltirish uchun har guruhda boshqa - boshqa
qo‟shimchalar qo‟llaniladi. Ularning ayrimlari o‟zaro xususiyatlargi ega. Ana shularni
hisobga olgan holda fe`l zamonlariga, ayniqsa, fe`lning aniq o‟tgan zamon, aniq
hozirgi zamon, aniq kelasi zamon fe`li shakllariga alohida - alohida to‟xtalib o‟tamiz.
Yaqin o‟tgan zamon fe`li.
Yaqin o‟tgan zamon fe`li ma`no jihatidan harakatining nutq so‟zlanib turgan
paytdan oldin bajarilganini anglatib keladi. Bunda so‟zlovchi uning bajarilganligini
ko‟rgandek yoki shu harakatning guvohi bo‟lgandek xabar qiladi. Yaqin o‟tgan zamon
fe`llari o‟zlaridagi qo‟shimchalarning turli - tumanligi bilan ajralib turadi va bu jihatdan
o‟tgan zamon fe`llarining boshqa turlaridan farq qiladi.
O‟zbek xalq shevalarida yaqin o‟tgan zamon fe`lining qo‟llanilishi, hosil bo‟lish
yo‟llari, ma`no xususiyatlari vazifalari o‟zbek adabiy tilidagi holatdan deyarli farq
41
qilmaydi. Lekin har bir ayrim yoki bir guruh shevalarda adabiy til bilan umumiylikdan
tashqari, ulardan har birining o‟zigi xos tomonlari mavjud.
Shevalardagi ayrim o‟zigi xos xususiyatlarni aniqlashtirish maqsadida O‟rxun –
Enasoy yozma yodgorliklari, »Devonu lug‟otit turk» va Alisher Navoiy asarlaridagi ba`zi
fe`l shakllarini chog‟ishtirish ularni aniqroq va to‟laroq tasavvur etishga yordam beradi.
Yaqin o‟tgan zamon fe`lida fe`l shakllarining xilma – xilligi uning o‟zak va
negizlarida jarangli va jarangsiz undosh tovushlvrning kelishi va qadimgi fe`l hosil
qiluvchi qo‟shimchalarning saqlanib qolganligi bilan izohlanadi. Bunday fe`llarni hosil
qilish uchun fe`l o‟zaklariga – di zamon yasovchi qo‟shimchasi va tegishli shaxs - son
ko‟rsatkichlari qo‟shiladi. Umumiy tasavvur hosil qilish uchun namuna sifatida bir - ikkita
misollarni keltirib, har uchala shaxsning birlik va ko‟pliklari buyicha tuslab ko‟raylik.
Masalan, Toshkent shevasida:
Birlik.
I shaxs
keld`m kord`m
II shaxs
keld`n kord`n
III shaxs kel`d kord`
Ko‟plik.
I shaxs kelduk//kelduv// kelduv o‟ze,
keld`m`z, kelduv o‟z, keld o‟z
kord`m`z, korduv o‟z, kord o‟z
II shaxs keld`n`z, keld`y`z, keld`z
keld`yle, kord`n`z, kord`y`z
kord`z, kord`yle
III shaxs kel`sht`, kor`sht`.
O‟tgan va kelasi zamon fe‟llarining hosil qilinishi bo‟yicha shevalar bir-biridan
jiddiy farq qilmaydi.Ma‟lumki , bunday fe‟llar ravishdosh va sifatdosh shakllari va
tuslovchi affikslarningqo‟shilishidan hosil bo‟ladi. Hozirgi zamon fe‟llarida tuslovchi
affiksdan oldin qo‟llaniladigan zamon ko‟rsatkichlari shevalarda turlicha bo‟ladi.Masalan,
bu shaklda Toshkent shevasida - vot (keyingi “t” undoshi regressiv assimilyatsiyaga
uchraydi.Buxoro shevalarida – op, “j” lovchi shevalarda -djatir , - vatir, Xorazm
shevalarida –yatir , Qorabuloq shevasida – ayt kabilarni keltirishimiz mumkin
Takrorlash uchun savollar :
1.O‟zbek shevalaridagi morfologik xususiyatlar qaysi turkum va kategoriyalarda
namoyon bo‟ladi ?
2.Ko‟plik affiksining adabiy tildan farq qiladigan o‟rinlarini aytib bera olasizmi ?
3.Egalik affislaridagi adabiy tildan farq qiladigan o‟rinlarni aytib bering ?
4.Shevada turlovchi qo‟shimchalarining qo‟llanish doirasini ko‟rsatib bering ?
5.O‟zbek shevalaridan qaysi biri to‟rt kelishikli, qaysi biri besh kelishikli holatda
hisoblanadi ?
6.Shevalardagi tuslovchi affikslarning tiplarini izohlab bering.
7.Sifatdosh, ravishdosh, va harakat nomi shakllarining hosil qilinishini izohlab
bering.
Tayanch tushunchalar :
42
Egalik affikslari – ot va otlashgan so‟zlarning nutqdagi 3 shaxsdan biriga
taalluqligini ko‟rsatuvchi affikslar .
Turlanish – so‟zlarning kelishik affikslarni qabul qilishi.
Tuslanish – fe‟llarning shaxs-son affikslarini qabul qilishi .
Yasalish – yangi so‟z yasash jarayoni .
6 - MAVZU
Leksika haqida umumiy
ma`lumot.
Reja
1.O‟zbek adabiy tiliga sheva leksikasining ta‟siri.
2.Ma‟nodosh so‟zlar.
3.Shakldosh so‟zlar.
4.Zid ma‟noli so‟zlar.
5.Ko‟p ma‟noli so‟zlar.
Adabiyotlar.
1.Reshetov V V,ShoabdurahmonovSh . “O‟zbek dialektologiyasi”, Toshkent,
“O‟qituvchi”,1978- yil
2.Mirzayev M M , “O‟zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969- yil.
3.Ashirboyev S, “O‟zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000-y / ma‟ruza matni/
4.Rajabov N “O‟zbek shevashunosligi”Toshkent, “O‟qituvchi” 1996 -yil.
5.Murodova N “O‟zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal
talqini”,Toshkent , “Fan”2007- yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997- yil.
7. “O‟zbek xalq shevalarining lug‟ati”,Toshkent, “Fan”, 1971- yil.
O‟zbek tili leksikasining o‟zining qadimiy va boy tarixiga egadir. U bir qapcha
asrlar mobaynida rivojlanib kelgan. Tilimizdagi so‟zlarning ayrimlari eng qadimgi
davrlardan beri turmush talablarini qondirib kelgan bo‟lsa, boshqa xillari nisbatan keyin
paydo bo‟lgani davr o‟tishi bilan mavjud so‟zlardagi ma`no va ma`no noziklarida
o‟zgarishlar ham yuz berib turgan.
Ma`lumki, so‟zlar bir qapcha ma`nolarni anglatadi. Ularning qaysi ma`nosi qachon
yuzaga kelganligini o‟rganish tilshunoslar uchun zarur bo‟lsa, bu so‟zlarning necha xil
ma`noda qo‟llanilishini o‟rganish ushbu tilda so‟zlashuvchilarning hammasi uchun
zarurdir. Bu, ayniqsa, yozuvchilar va shoirlar, san`at va madaniyat xodimlari, olimlar
uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi. So‟zlarning biror ma`nosidan xabarsizlik ayrim
ilmiy asarlar, maqolalar va nutqlardagi so‟zlarni to‟la va to‟g‟ri tushunishga halaqit
beradi.
So‟zlarnng qo‟llash va ularning ma`nolaridan foydalanishda shoir – yozuvchilarning
imkoniyatlari g‟oyat kattadir. Chunki ular adabiy tilimiz leksikasidan tashqari,sheva
imoniyatlaridan ham keng foydalanadilar. Natijada shevalardagi ayrim so‟zlar
43
ommalashib, adabiy normalarga aylanib boradi. Lekin ularning asosiy qismi lahjalar va
shevalarga xos bo‟lib, adabiy til doirasiga kirmaydi hamda shevalardagi shakl, ulardagi
o‟ziga xos xususiyat bo‟lib qolaveradi. Adabiy til nuqtayi nazaridan kam qo‟llaniladigan
so‟zlar ayrim hollarda faollashib ham qoladi. Bu hol shevalar chegarasi bilan
bog‟lanadi. U so‟zlar shevada gapiruvchilar nutqida faol hisoblanib, adabiy tildagi
so‟zlar bilan birgalikda bir shakldoshlik qatorini tashkil etadi.
Shevalar eng qadimiy bo‟lib, odamzod tilga kirgandan boshlab, iste`molda bo‟lib
kelmoqda. Bunday o‟zigi xoslikni hozirgi vaqtda osonlik bilan farqlash mumkin: bineyi
(tuzuk), pisip (yashirib), talli(tez), heyde(yur), bavir (jigar) singarilar qipchoq lahjasi
shevasida: zep (juda vaqtida), peqqos ( butunlay), pochche (aka amaki), unemog
(kunmoq) moxovat//vey`me (mubolaga), diltan bolmoq (xafa bo‟lmoq) singarilar qarluq –
chigil – uyg‟ur lahjasidagi shevalarda; atiz (paykal), morche (chumoli), dovdi (beparvo),
pelpis (iflos), arna (anxor), yap (katta ariq) petik (ship), teykek (bolaxona),meyin (miya),
kort (bura) va boshqalar o‟g‟uz guruhi shevalarida uchraydi.
Yuqoridagi shevalargi xos turli – tumanlik badiiy va ilmiy asarlarda o‟z aksini topib
kelishi qonuniy bir holdir. Jumladan, «Qutadg‟u bilig» , «Devoni lug‟otit turk», «
Xamsa», «Xazoyinul maoniy», «Muhokamatul lug‟otayn», «O‟tgan kunlar», «Mehrobdan
Chayon», «Qullar», «Navoiy», «Qutlug qon», «Qo‟shchinor chiroqlari», « Farg‟ona tong
otguncha», «Xorazm», « O‟qituvchi», «Opa – singillar», kabi ko‟plab asarlar fikrimizga
dalil bo‟la oladi.
Shoir – yozuvchilar asarlaridagi ayrim so‟zlar hozirgi vaqtda ham shevalarda turli
ko‟rinish va shakllarda ishlatiladi. Masalan, qipchoq shevasiga xos bo‟lgan kevenek //
kebenek// kepenek (chakmon), eturik// (yolg‟on), qalpaq// qalpoq (do‟ppi), urt// uvuro‟t//
ovuro‟t (lunj), manlay (peshona), xoqon - qoon// qan (xon), ne // ne// ni (nima), vusma –
osma (usma) singari so‟zlardan Navoiy asarlarida ham keng foydalanilgan.
Yuqoridagi singari hollar, ulardagi ma`nolar hozirgi paytda adabiy til
birga,shevalarda ham mavjuddir. Adabiy tildagi ona so‟zi Toshkent shevasida oyi,
Farg‟ona shevasida aya, buvi, o‟g‟uz shevalarida ene kabi shaklda faol ishlatiladi. Ular
adabiy tilidagi ona so‟zi bilan birgalikda bir uslubiy shakldoshlikni tashkil etadi.
Yoki boshqa misollarni ham keltirish mumkin:
Qalampir (adabiy tilda), germdor` (Toshkent shevasida), qalamfur (Samarqand ,
Buxoro shevalarida); xomak (adabiy tilda), sapcha (Toshkent shevasida); izlamak,
istamok, qidirmoq ma`nodosh so‟zlari shevalar nuqtayi nazaridan quyidagicha; `stemok (
Farg‟ona va Ush shevalarida), q`d`rmoq (Toshkent shevasida), izlamak, qidirmoq, istemak
(Qipchoq va o‟g‟uz shevalarida)
O‟zbek shevalarining leksikasini o‟rganish masalasi bir muncha kengroq miqyosga
ega bo‟lib bormoqda. Ayniqsa ushbu sohaga bagishlangan «O‟zbek shevalari
leksikasi»(1966) ilmiy to‟plami va «O‟zbek xalq shevalari lug‟ati»(1971) ning nashr
etilishi o‟zbek shevalarining leksikasini o‟rganishda qimmatli materiallar bo‟lib xizmat
qiladi. Xuddi shu tarzdagi qimmatli shevashunoslik materiallari «O‟zbek shevalar
leksikasi» nomi bilan 1991-yilda ham nashr etildi.
O‟zbek xalq shevalari leksikasini, jumladan,shakldosh, ma`nodosh, ko‟p ma`noli,
yangi so‟zlar xususiyatlarini o‟rganish shevashunoslar oldida turgan muhim vazifalardan
biridir.Chunki ma`lum bir sheva yoki bir qancha shevalar leksikasini o‟rganish, bir
tomondan, til tarixi, etnografiya, tarix singari fanlar uchun qimmatli bo‟lsa, ikkinchi
tomondan, adabiy tilni rivojlantirish uchun ham ahamiyatlidir. O‟zbek xalq shevalari
44
fonetik va morforlogik jihatdan ma`lum darajada o‟rganilmagan. O‟zbek lahjalarining
leksik qatlamlarini o‟rganish uchun tahlil etish o‟zbek adabiy tili leksikasi uchun ham
g‟oyat foydalidir.
O‟zbek lahjalarini leksikasini ko‟zdan kechirar ekanmiz, har uchala lahjaning o‟ziga
xos leksik qatlamlarini ko‟ramiz.Shu umumiy tomonlardan tashqari, ularning har birida
o‟ziga xos leksik qatlamlar ham mavjud. Jumladan, qipchoq shevalarida ham bunday
xususiyatlar uchraydi. Bu, hatto, Samarqand viloyati zamirida mavjud bo‟lgan shevalar
materiallarida ham ko‟rish mumkin. Samarqand viloyatidagi shevalarni shartli ravishda
sharqiy va g‟arbiy guruhlarga bo‟lib o‟rganish an`ana tusiga kirib qolgan:
Sharqiy guruh g‟arbiy guruh Adabiy tilda
chal babay chol
kempir memey kampir
burchek konjek burchak
bala bechche bola
orik zerdeli urik
konishi xemseye qo‟shni
bo‟zav gesele buzoq
Shevalar umumxalq o‟zbek tilining bir tarmog‟i bo‟lish bilan birga, adabiy til bilan
o‟zaro umumiy va leksik qatlamlarga ega. Bu shevalardagi so‟zlar shakldosh,
ma`nodosh, ko‟p ma`noli va zid ma`noli kabi munosabatlar jihatidan bir- birlaridan
hamda adabiy tildan farq qiladi.Shevalardagi tabu va evfemizmlar esa deyarli
o‟rganilmagandir.Shularni hisobga olib, ularning har biri haqida alohida – alohida
to‟xtalib o‟tishni lozim topamiz.
Ma`nodosh so‟zlar
Ma`nodosh so‟zlar o‟zaro birlashtiruvchi ma`noga va turli shakllarga ega bo‟lgan
bir guruh so‟zlarning o‟z nominativ ma`nolari bilan bir xil yoki o‟xshash bo‟lib,
talaffuz va yozuvda farqlanishi, qo‟shimcha ma`no noziklari hamda turlicha uslubiy
qiymatga ega bo‟lishi mumkin. Nutqimizni rang – barang qilishga ma`nodosh so‟zlarning
ahamiyati kattadir. O‟zbek tili ham o‟zining katta leksik qatlamiga egadir. Bu qatlamga
kiruvchi sinonim so‟zlar tilimizning lug‟at tarkibini boyitadi, uni yanada kengaytirish
uchun xizmat qiladi, o‟zbek tilining boyligini ko‟rsatuvchi omillardan hisoblanadi.
Tildagi ma`nodosh so‟zlarni yaxshi egallash va undan to‟g‟ri foydalana olish esa nutq
uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Ma`nodosh so‟zlar, ayniqsa, dramaturg,shoir – yozuvchilar tomonidan mohirlik
bilan qo‟llanib, ularning fikrlarini ruyobga chiqarish, tasvirlanayotgan davr
xususiyatlarini to‟laroq aks ettirish, turmush voqe`alarini aniqroq ifodalab berish,
ulardagi ma`noning eng nozik tomonlari va ohangini ko‟rsatib o‟tishda ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Ma`nodosh so‟zlar xalq og‟zaki ijodida – matallar, topishmoqlar,
ashula - qo‟shiqlar kabilarda apcha keng tarqalgan bo‟ladi.
O‟zbek tilida bo‟lgani kabi, uning lahja va shevalarida ham ma`nodosh so‟zlar
nihoyatda ko‟p. Lahja va shevalardagi ayrim so‟zlar esa adabiy tilimizning leksik
qatlamini to‟ldirish va boyitish uchun xizmat qiladi. Masalan, hozirgi adabiy tilimizdagi
izlamok, qidirmoq, axtarmoq, istamoq sinonimik qatorlaridagi turli sheva materiallaridan
45
olinganini isbot qilish qiyin emas. Chunki Farg‟ona, O‟sh kabi shevalarda istamoq,
qipchoq shevalarida izlamoq, Toshkent va Samarqand shevalarida qidirmoq (q`d`rmoq)
deb qo‟llaniladi. O‟g‟uz lahjasida ham qidirmaq va istemaq ko‟rinishlariga egadir.
Axtarmoq shaklida qo‟llanilishi apcha chegaralangan. Bu shakl qipchoq shevalarida
axtarmaq//aktarmaq deb ishlatiladi.
O‟zbek shevalarida ham ma`nodosh so‟zlarning ko‟pligi bilan ajralib turadi. Bu
shevalarda ba`zi bir ma`nodosh so‟zlar adabiy tildagiga nisbatan ko‟proq ko‟rinishlarga
ega bo‟ladi.
Qipchoq lahjasida: tuzuv// tuziv// duris// yaxshi// miqtay// ejep// ejeptevir// evle//
qiamat// bineyi (yaxshi);shipira// jevlik// jappa// hemmesi// tamamam// bagamam//
po‟tunney// (barcha);shakillamaq// kichirlamaq// baqirmaq// ulumak (qattiq gapirmoq).
Qarluq – chigil-uyg‟ur lahjasida: morcha ( Samarqand – Buxoro - Urgut), chumel`
(Toshkent), chumel`k ( Farg‟ona guruhi) chepchek ( Iqon, Sayram),buv` ( Farg‟ona
shevalari ), biyi ( Samarqand-Urgut), oy` (Toshkent) kabi. Yoki erkaklar beligi
boglaydigan, chetiga gullar solingan materialni, ya`ni belbogni Andijon, Qarnob va
Qorabuloq shevalarida chors`// chorsu deb qo‟llanilsa, Toshkent shevasida k`ykche deb
ishlatiladi.
O‟g‟uz lahjasida: gen// dilsiz// gemlemes// indemes// lol// genelek// sollemes// vorsiz//
vedesiz// oldoqchi// yolg‟onchi// to‟triqsiz// noxoq; buchimi// solovoti / gorunishi//
simmoti// siloyoti// qomati; derrev// darhol /Shuv yetib//zimpildep; solmo // yep// arik//
terme; zrevek// isirg‟a// xalqa// ulli// iri.
U yoki bu ma`nodoshlar qatoriga kirgan so‟zlarning ba`zilari adabiy tilda va
lahjalarda uchramasligi mumkin.Shevadagi bunday ma`nodoshlar ma`no va talaffuzlari
jihatidan o‟ziga xos xususiyatlariga ega bo‟ladi. Masalan, o‟zaro mustahkam
bog‟langanlik, tug‟ishganlik ma`nolarini ifodalash uchun o‟zbek adabiy tilidagi qarindosh,
urug‟ avlod singari sinonimlarni qo‟llasa, qipchoq shevalariga kiruvchi shevalarda bu
so‟zlarning keng qo‟llanilishi bilan bir qatorda tamir, zat agayni, tuvishqan kabi
so‟zlarning ham keng iste`molda bo‟lganligini uchratishimiz mumkin.
Ba`zan qipchoq shevalari materiallari ma`nodosh so‟zlarning ma`nosini farqlashga
yordam beradi. Masalan, ozuqa turlaridan biri – yonishqa //jonihka deb yuritilib, uning
quritilgan holatiga bede deyiladi. Hali uning avj olib usayotgan, lekin pishib etmagan
holati esa kara korpe deb ataladi. Qipchoq shevalarida joniuchka so‟zi korlik – chigil –
o‟g‟uz shevalaridan Andijon shevasida yon`chka, Toshkentda esa bede deb qo‟llaniladi.
Qipchoq shevalaridagi ma`nodosh so‟zlar tuzilishi jihatidan sodda, juft va birikmali
ma`nodosh so‟zlariga bo‟linadi.:
1.
Sodda sinonimlar o‟zbek shevalari leksikasining talaygina qismini tashkil
etadi. Misollar: otirlik // yalgan; kichalan//kistalan //shoshilinch; jolikdi// daridi; kichap //
derrev, xava// javin// kilamik// jika, satkak// avriv, talli//shiret, takran// kuri// boltacha;
zor// kuchli; shona// taroq kallaposh//barcha, oftob// quyosh (Buxoro) kabilar.
2. Ba`zi ma`nodosh so‟zlar juft holda qo‟llaniladi, turli ma`nolarni (jamlik, to‟dalik,
bo‟rttirish, umumiylik ma`nolarini) ifodalash uchun xizmat qiladi: sevir- taqat, urp- edet,
kir- iplas, jaxshi – diris (qipchoq).
Ba`zi fonetik o‟zgarishlarni hisobga olmaganda, bu xususiyat qorluq – chigil –
uyg‟ur va o‟g‟uz lahjalari materiallari uchun ham xosdir. Hali turmush qurmagan, bolasiz,
bo‟ydoq kishiga nisbatan Qo‟qon va O‟shda selt – suvey,Shahrisabzda selt – suveyt
deyilsa, Forishda emizikli bolasi bo‟lmagan xotinlarga nisbatan suvey – seltan deb
46
qo‟llaniladi. Selt – suveyt yurgen bashqa, rozgolli bashqa. Boshinne tushse bilesen, `shge
ch`qsun (Forish)
Yana: xesh – tavar ( Samarqand - Buxoro) urug‟-eymoq ( Kattaqo‟rg‟on -
Payshanba), chol – buva (Pop), a: lat – ajdat (o‟g‟uz).
3.
Birikmali ma`nodosh so‟zlar uchrab turadi. Misol: qashqara. Ma`nodosh
so‟zlar ushbuShevalarda, asosan, ikki yo‟l bilan hosil bo‟lgan:
1. So‟zlarning ma`no jihatidan bir – biriga o‟xshash va yaqinlashuvi natijasida.
Masalan, dos // ag‟ayni// jore// qadrdan// orteq (qipchoq), uy// xone // kvert`re, duxt`r//
vrech// tev`p (qorluq – chigil - uyg‟ur) kabi.
2. Boshqa tillardan shevalarga so‟zlarning o‟tishi natijasida arabcha, forscha,
tojikcha, ruscha, so‟zlar va shevalarda so‟zlashuvchi aholining leksikasidagi so‟zlar
bilan bir yoki yaqin ma`noda juft holda ishlatilib, ma`nodoshlik munosabatiga kirishgan.
Masalan, kuch// qudrat, godek// chaqalaq, esker// sollat (qipchoq), jedvel // tebl`tse (
qorluq – chigil - uyg‟ur).Shaxrisabz shevasidagi yelke// kip, tekis// revon, boboy// chol//
moysapit ma`nodosh so‟zlarni o‟zida aks ettiruvchi so‟zlar bir – birlari bilan ma`lum
darajada uslubiy maqsad va ma`no nozikliklari bilan farqlanib turishini qayd etish
mumkin.
Umuman ma`nodosh so‟zlarni tashkil etishda son va olmosh qatnashmaydi (ba`zan
olmoshlarda bu holni kuzatish mumkin), yordam chi so‟zlar esa, asosan uslubiy
qimmatga ega bo‟ladi.
Bu xususiyat turli shevalarda so‟zlashuvchi ko‟pchilik uchun xos bo‟lsa - da, ayrim
hollarda adabiy tilni yaxshi egallagan kishilar nutqida ham bunday hollar vaqti - vaqti
bilan yuz berib turadi. Bunday hollardan qutulish har qanday madaniy kishining
vazifasidir. Chunki tilning tozaligi, uning sofligi, ma`no jihatidan ko‟rish til madaniyati
uchun kurashdir. Chunki bir tilning madaniyatining mukammalligi qadimiy ona tilimiz,
ko‟p asrlik madaniyatimiz, tarixiy taraqqiyotimiz, ko‟p qirrali va jozibali san`atimizni
ko‟z – ko‟z qiluvchi yagona o‟lchovlarning asosidir.
Shunday ekan, so‟z va atamalardan to‟g‟ri va o‟rinli foydalanish, ularning tub
mohiyatini chuqur tushungan holda qo‟llash hamda ochib berish burchimizdir. So‟z va
so‟z ma‟nolarini bilib ishlatmaslik ko‟pgina yuzakiliklarni, hatto chalkashliklarni keltirib
chiqarishi mumkin.
Shunday qilib, ma`nodosh so‟zlar o‟zbek shevalari materiallarida kattagina qismini
tashkil etadi va turli ma`nolarni ifodalash uchun material bo‟lib xizmat qiladi.
Shevalardagi ma`nodosh so‟zlarni atroflicha o‟rganish o‟zbek adabiy tilining boyib va
rivojlanib borishiga ijobiy ta`sir ko‟rsatadi.
Shakldosh so‟zlar
Tildagi shakldosh so‟zlar ko‟pgina olimlarning diqqatini tortgan qiziqarli leksik
qatlamlardan sanaladi. U adabiy tilni, jumladan, badiiy asar tilini rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslikda shakldoshlik masalasiga baho berishda ikki xil qarash
mavjuddir. Ba`zi olimlar shakldoshlikni ijobiy baholasalar, ba`zilar unga qarshi «urush»
elon qilishadi. Biz birinchi fikr tarafdorimiz va uni to‟laligicha qo‟llab - quvvatlaymiz.
Chunki shakldosh so‟zlarga ijodiy yondoshish tilshunoslikdagi bir – bir to‟g‟ri
yo‟ldir.Buni tilimizning tarixiy taraqqiyot yo‟llarini belgilovchi yodgorliklar ham to‟la
tasdiqlaydi.Ayniqsa, Alisher Navoiy va uning zamondoshlarining asarlari bu sohada
yuksak namunadir.
47
Agar turkiy tillar tarixiy taraqqiyotiga nazar solinsa, tilda ularning hosil bo‟lishi
umumiy leksika qonuniyatlaridan biri ekanligi ma`lum bo‟ladi. Demak, shakldosh
so‟zlarning mavjudligi tilning so‟z jihatidan, ayrim kishilar uylagandek, kambag‟alligini
ko‟rsatmasdan, balki ular tilni boyitish, yangi so‟zlar yasash uchun baza bo‟lib xizmat
qiladi.
O‟zbek tili shakldosh so‟zlarga nihoyatda boy. Tilimizning bu xususiyati adabiyotda
yangi janr – tuyuk janrining yuzaga kelishiga sabab bo‟lgan. Shakldoshlik so‟zlar
aytilishi va eshitilishi bir xil, ammo ma`nolarning boshqa – boshqa bo‟lganligi tufayli
jumla ichida aniqlanadi va uning xilma – xilligini ta`minlashga xizmat qiladi.
O‟zbek tili lahja va shevalarida shakldosh so‟zlarning o‟zaro ma`nolarini farqlash,
ularning vujudga kelishi va ma`nolari o‟ziga xos xususiyatga ega. Bundagi o‟ziga xos
xususiyatlardan biri shuki,shevalarda u yoki bu omonim adabiy tildagiga nisbatan ko‟proq
ma`nolarga ega. Masalan, ich so‟zi adabiy tilda ikki xil ma`noda qo‟llansa, qipchoq
shevalarida besh xil ma`noda keladi: ich (uch - son), ich (biror narsanig ichi), ich
(ichmoq), ich - a`zo, qorin ma`nolarida qo‟llaniladi. Yoki qirq so‟zini olib ko‟raylik: qirq
(fe`l) qirq (marxum o‟lgan kuniga qirq kun to‟lgan kun, marosim) qirq (urug‟ning nomi)
kabi.
Lahjalardagi shakldoshlik so‟zlarning adabiy tilda uchrashishi va uchrashmasligi
nuqtayi nazaridan ularni ikki guruhga bo‟lish mumkin:
1.
Adabiy tilda va lahjalarda uchrovchi shakldosh so‟zlar. Adabiy tilda: oyoq,
bosh, ko‟z, bet, yoz, ko‟k, qanot kabilar. Masalan, odamning oyog‟i, stolning oyog‟i,
karovotning oyog‟i; odamning ko‟zi, buloqning ko‟zi, derazaning ko‟zi; odamning boshi,
ishning boshi, suvning boshi, ernig boshi va h. k.
Qipchoq hevalarida: ayag‟, bash, koz, bet, kok, qanat, adamdi ayag‟i, usteldi ayag‟i,
kerevetti ayag‟i, qo‟shti ayag‟i, bo‟lakti kozi, tirezeni kozi, adamdi bashi, suvdi bashi,
yerdi bashi singari.
2.
O‟zbek shevalari uchun xos bo‟lgan shakldosh so‟zlar. qorluq – chigil
– uyg‟ur lahjasida: choro`// chersu so‟zi Farg‟ona, Qarnob va Qorabuloq shevalarida
adabiy tilda belbog‟ so‟zi o‟rnida keladi. Masalan, Nev` chors`n` el`b keld`, chors`n`
bel`ge ma`nosini bildiradi. Masalan, Chorsuga odam kep edi. Chorsu Registonga
kabi.Yana quyidagilarga diqqat kiling: morcha – chumoli ( Samarqand – Buxoro
shevalarida), oye ( Kattaqo‟rg‟on va Payshanba shevalarida), Namangan, Chartoq O‟sh
kabi shevalarda oye eye so‟zi o‟qituvchi umuman xotin – qizlarga murojaat qilganda
qo‟llaniladi: oyemle ekzem`nn` ette etgemen d`d`le oye, kentten b`em k`lots: t`p be`n
kabi.Shot` so‟zi Toshkent shevasida aravaning bir qismi, Farg‟ona shevasida narvon,
toke so‟zi ko‟pgina o‟zbek shevalarida qipchoqda bosh kiyimi, ya`ni duppi ma`nosida
kelsa, Qarnob shevasida u yostiq ma`nosida qo‟llaniladi, «pochche» so‟zi o‟zbek adabiy
tili va ayrim o‟zbek shevalarida «kuyov», «pochcha» deb ishlatilsa, Qarnob shevasida
«aka», «amaki» ma`nosini bildiradi.
O‟g‟uz lahjasida belkurak – odamlar ishlatadigan ish quroli (lopata), toy – otning
bolasi va biror narsani taxt qilib, jamlab quyish. Qilish – kishi nomi, atoqli ot, qurol,
turdosh ot; Alma – kishining nomi, atokli ot, mevaning nomi, turdosh ot va buyruq fe`li
ma`nolarida qo‟llanilib, omonimiyani tashkil etadi. Bu so‟zlar boshqa o‟zbek shevalarida
ham xuddi shunday yoki shunga o‟xshash ma`nolarda ishlatiladi.
Bu guruhga kiruvchi omonimlar asosan ikki undosh tovushning bir tovush bilan
talaffuz qilinishi, ya`ni fonetik o‟zgarish muhim ahamiyatga ega bo‟ladi.
48
O‟zbek lahja va shevalarida shakldosh so‟zlar ikki yo‟l bilan, ya`ni birinchidan, o‟z
ichki taraqqiyot qonunlari asosida, o‟z imkoniyatlari bilan va ikkinchidan, boshqa tildan
o‟tgan so‟zlarning shevalardagi so‟zlar bilan omonimik munosabatga kirishuvi natijasida
vujudga kelgan.
Shakldosh so‟zlar asosan quyidagi usullar bilan paydo bo‟ladi:
1.
Fonetik o‟zgarishlar natijasida: dayra – doira, daryo (qipchoq), deyro yokes`
– daryo yokasi – kifti ob ( qorluq-chigil- uyg‟ur), k`tep – o‟quv quroli, kitob ( qorluq-
chigil-uyg‟ur), Kitep – joyning nomi, atokli ot (qipchoq).
2.
So‟z ma`nolarining taraqqiyoti zaminida kun, quyosh, bir sutkaning yarmi
(qipchoq), yoldosh – hamroh, suhbatdosh, kosmik kema, erning yo‟ldoshi ( qorluq-chigil-
uyg‟ur) kabi.
Shuningdek, oy, ashiq, ot, bel, qalay kabi ham o‟zbek lahjalarining har birida
shakldoshlik xususiyatiga ega bo‟ladi.
Boshqa tillardan o‟zlashtirilgan so‟zlarning mos kelishi tufayli, ular ko‟proq rus
tilidan o‟zlashtirilgan aloqador bo‟lib, ular shevalar fonetikasiga buysundirilgan holda
talaffuz etiladi. Bunday shakldoshlarga misol sifatida quyidagi misollarni keltirish
mumkin. Masalan, qorluq-chigil- uyg‟ur lahjasida: tok (elektr toki, o‟simlik nomi), tol (tal,
daraxt, «tolmoq» fe`lining ikkinchi shaxs birligi, imoratlar uchun ishlatiladigan qog‟oz),
tam (uy, kitoblar tomi - jild) kabi.
3.
So‟zlarning o‟zak va negizlariga turli xil qo‟shimchalar qo‟shilishi orqali.
Bunday shakldoshlarda urg‟u ma`no anglatuvchilik rolini uynaydi.
Shakldosh so‟zlar muhim leksik-uslubiy vosita bo‟lib, ular yordamida chiroyli so‟z
o‟yinlari yuzaga keladi. Bunday holat yozma adabiyotda ham og‟zaki nutqda ham tez-
tez uchrab turadi. Buning dalili sifatida Samarqand viloyatidagi qipchoq lahjasining
vakili, xalq og‟zaki ijodining mashhur namoyondasi Fozil Yo‟ldosh ug‟lidan keltirilgan
tuyuqni ko‟ramiz:
Qolindan keguncha chikar yaxshi at,
Yaxshilik qi, balam, jamanlikdi at.
Nesiyetim yot qibal, parzantim,
Yalg‟iz yurse nam chiqarmas yaxshi at.
Shuni aytish kerakki, o‟zbek adabiy tilidagi va boshqa qator o‟zbek shevalaridagi
shakldosh so‟zlarning aksariyati qipchoq shevalarida bunday xususiyatlarga ega
bo‟lmaydi. Bu esa unlilar uyg‟unligi hodisasi bilan chambarchas bog‟liqdir. Masalan, ot
(o‟t) so‟zi alanga, olov va tirik organizmdagi o‟t ma`nolarida kelib, ot deb ikki xil
ko‟rinishda qo‟llanadi.
Ko‟p ma`noli so‟zlar.
Ko‟p ma`nolililk o‟zbek tili leksikasining o‟ziga xos belgilaridan biridir. Asosan,
o‟zbekcha so‟zlar ko‟p ma`noli xususiyatga ega bo‟ladi.Chunki bunday so‟zlar
hayotimizda uzoq yillar davomida ko‟p qo‟llana berib,Shu holatga kelib qolgandir.
Muhim ilmiy-nazariy fikrlar aytilib o‟tilgan o‟zbek adabiy tilidagi bosh, yuz, ko‟z, oyok,
qanot, bel, til, burun, lab kabilar lahja va shevalar materialida ham turli ko‟rinshlarda
qo‟llaniladi va ko‟p ma`nolik xususiyatga ega bo‟ladi. Masalan, bash, koz, ayak, qanat,
bel, til, murun, leb kabi.
So‟zlarning ko‟p ma`nolilik holati, asosan, gap ichida namoyon bo‟ladi. alohida
olib qaralganda, monosemantik xususiyat yoki o‟z ma`no yaqinligiga ega bo‟ladi. Har bir
49
so‟z, odatda, ma`lum narsa, belgi kabilarning atamasi sifatida paydo bo‟ladi,so‟ngra u
boshqa turdagi narsa, belgilarga tadbik qilinadi. Natijada so‟zning leksik ma`nosida
siljish yuz beradi.
Qipchoq shevalarida: oziyem bash dep kedini koterip jurgeneken-de, uni ekinChi
birgetke bashliq qip qoydi; bir bash juzum, jezzem ishti kozini biledi, bul kozli kundey
ken, uzukti kozi tuship kapti kabi.
Ko‟p ma`nolilik hodisasi vokelikdagi bir narsa buyum xususiyatini, nomini
boshqasiga ko‟chirish, o‟tkazish orqali sodir bo‟ladi. Nomini ko‟chirish quyidagi holatlar
natijasida yuz beradi. Bu o‟xshashlik asosida yuzaga keladi. O‟xshashlik shakli, rangi,
ichki xususiyati va sifati tomonidan bo‟lishi mumkin, masalan, chekmek, suvga chegipti
(suvga cho‟kupti). Eshmet chog‟ipti (qarib qolibdi) kabi.
Bog‟likliq asosida paydo bo‟ladi. Bog‟liqlik vaqt, payt, makon va mantiq nuqtayi
nazaridan yuzaga keladi. Masalan, uchmak>ushmak: qush ushti, semelo‟t ushti,
xelginchek ushti kabi.
Nomini ko‟chirish vazifasi jihatidan. Masalan, bash: insandin bashi, suvdin bashi;
qanat: qushtin qanati uzilip tushti, semelo‟tti qanati mekkem // mekkem ishlennen; lev:
adamdi levi, xovizdi levi, arakti levi, saydi levi kabi. So‟z ma`nolarining yaqinlashishi
natijasida ko‟p ma`nolilik hosil qiladi:til; tili chuchi, tilini biladi kabi.
Ko‟p ma`noli so‟zlarning qanday shaklda bo‟lishi va qaysi yo‟l bilan yuzaga
kelishdan qat`i nazar, ularning har birida asosiy boshlang‟ich ma`no, asl ma`nosi mavjud
bo‟ladi.Shu ma`no asosida boshqa ma`nolar kelib chikadi. Buni uchmoq so‟zi misolida
ko‟rish mumkin. Uning ma`nosi qanot silkish bilan havoda harakatlanish sanaladi. Bu
ma`no qushlarga qarata aytilgan bo‟lib, keyinchalik uning ma`nosi o‟zgarib va taraqqiy
etib borgan. Natijada parrandadan boshqa narsa-buyum va hodisalarga tadbiq etila borgan.
Afsonalardan esa uchmak so‟zining otga (ucher at – tez chopar ma`nosida), gilamga
(ucher gilem), samolyotga (semelo‟t uchip ketti), er yo‟ldoshiga (jerdin joldashi uchti)
ko‟chirilganini ko‟rsatish mumkin.
Demak, uchishlarning hammasi hozirgi vaqtda umumiy bo‟lgan ma`noni bildiradi.
Lekin baribir qushning uchishi birinchi harakat, samolyot va erning yo‟ldoshi
kabilarning uchishi esa keyingi harakat hisoblanadi.
Ma`no taraqqiyoti tufayli uchip ketti (tez boradi ma`nosida), xelginchak uchmaq
kabi qator ma`nolar yuzaga kelganligini ko‟rsatib o‟tish kifoyadir.
Ko‟p ma`nolilik sohasidagi o‟ziga xos namunalarni qorluq-chigil- uyg‟ur
shevalaridan tik so‟zini keltirish mumkin. Jumladan, Shahrisabz, Kitob shevalarida adabiy
tildagi asl ma`nosi bilan bir qatorda kishilarning buyiga ishlatilib, uning uzunligini
balandligini anglatadi: Xelim metten tikrog‟.Shuningdek «choynak» so‟zini ham olish
mumkin, suyuqlik soladigan idish va simyog‟ochlardagi chinnidan qilingan izolyatorlarni
ham choyn`k deb qo‟llaniladi.
Yoki Toshkent shevasida t`l so‟zining qo‟llanilishini olib ko‟raylik. T`l – kishi yoki
hayvon organizmining nomi, t`l – ikkinchi shaxs birlik shakldosh buyruq fe`li, t`l top`sh –
kelishilish, t`lden qol`sh – kasallikning og‟irlashishi natijasida gapira olmay qolishi, t`l`n`
b`l`sh – biror sohada yaxshi, mukammal tushunchaga ega bo‟lish.
So‟zlarning ko‟p ma`noliligi o‟g‟uz lahjasida ham qo‟llaniladi: xu: rlika kaptar volip
uchib (p) geledi-de, bir silkinib adam voladi. Navi dusan, it kustagda bit qistag eteverme,
qirsildab uchib gursildeb chushkiysan (kargish ma`nosida).
50
O‟zining xususiyatlari va ma`nosi bilan ko‟p ma`noli shakldosh so‟zlarga yaqin va
o‟xshashdir. Lekin ularni ajratib turadigan farqlar ham mavjud. Bunday farqlarning
asosiylaridan biri so‟z ma`nolarining ichki bog‟lanishga egaligi yoki ega emasligidir.
Agar so‟zlar o‟zaro bir-birlari bilan ichki bog‟lanishga ega bo‟lsa, ko‟p ma`noli
hisoblanadi bash, tish, koz, til, yer kabilar. Aksincha, ularning ma`nolari bir-biri bilan
ichki bog‟lanishga ega bo‟lsa,shakldosh sanaladi: at, juz, tur, yosh, och kabi.
Zid ma`noli so‟zlar
Lahja va sheva materiallaridagi leksika ham ma`lum o‟rinni egallaydi. Bu so‟zlar
ma`nolari jihatidan bir- birlariga qarama – qarshi bo‟lgan tushunchalarni ifodalovchi
so‟zlardan tashkil topgan bo‟lib, narsa, hodisa va ularning belgilarini solishtirib ko‟rish,
bir – birga qarama – qarshi ko‟rsatish, fikrlarni ta`sirchan ifodalash vazifalarini bajaradi.
Zid ma`noli so‟zlar lahja va shevalarda ham bir – biriga qarama – qarshi tushunchalar
birligini ifoda etish bilan uslubiy vosita sifatida qo‟llanadi.
Qorluq – chigil – uyg‟ur lahjasi materiallarida: yexsh` – yomon; kel`n – yuke:
uzun - k`ske; oz – kop, dos – dushman; togriu – egr`; boy – kembegel;sh`r`n – achch`k;
sem`z – ar`k; kunduz – kecha; xursadl`k – xeyepelik
Namunalar: yosh kel`se `shke, ker` kelse oshge, degen ote – buvelerm`zn nekl` (gep`)
bo: oxshem kel`n kor yogd`, k o‟z mexeller` kunduz` `ss`q, keches` sovuq bop tured` (
Kattaqo‟rg‟on ,Payshanba).
O‟g‟uz lahjasida: suji – aji, oq – qara, yaxshi – yaman, alis – yaqin, ulli – genje, kari
– yosh, uzun – qisqa.
Misolar: aji bilen sujini datkam biledi, alis bilen yakinni yurem biledi, aji volipti,
bashimda rolmalim eylen, gulleri boshim eylentirdi suji tillari.
Qipchoq lahjasida: kette – kichchi: qalin – qilamik, belen (t) – pes: keche – kunduz
achchi – chuchchi: alis – jaqin, uzun – qisqi, issiq – suvuq, kunchig‟ish – kunbatish: qatti
– bosh.
Misollar: uni qoli balan keldi biyil hava pes – boldi, kar kalin javupti, kilamik qirav
tushken va boshqalar.
Juft holda qo‟llanilib, qarama – qarshi ma`noli so‟zlar umumiy bir tushuncha va
tasavvurni ham ifodalab keladi. Bunday holda bir so‟zdek qo‟llaniladi. Zid ma`noli
so‟zlardagi bunday xususiyatlar ulardagi so‟zlarning ko‟chma ma`noda qo‟llanishi bilan
izohlanadi.
Qipchoq guruhi shevalarida ham bu xususiyat yaqqol ko‟zga tashlanib turadi: belen
– pes geperme – uylab gapir, yaxshi gapir kishin – jazin ishler edik – yil buyi ishlar edik
erte kesh xabar aliptur//aptur – har doim xabar olib tur, issiq – suviq kildiripti – dori –
darmon bilan davolanibdi, berdi – keldimiz o‟zildi – aloqamiz uzildi.
Zid ma`noli so‟zlar kategoriya sifatida katta ahamiyatga egadir. Ularni ko‟proq
qo‟llash borasida shevalar, jumladan, qipchoq shevalarining o‟rni kattadir.
Eski so‟zlar
So‟z ifodalaydigan buyum va tushuncha hayotda yuqolishi bilan, so‟zning o‟zi ham
asta – sekin uno‟tila boradi, ya`ni eskirib qoladi. eskirgan so‟zlar ikki turda bo‟ladi;
qadimiy so‟zlar, tarixiy so‟zlar
51
Qadimiy so‟zlar. Qadimiy so‟zlarning hozirgi vaqtda faol so‟zlar qatoridagi
shakldoshlari ham mavjud bo‟ladi. Bunda hozirgi hayotda mavjud bo‟lgan narsani
anglatadigan kamida ikki so‟z bo‟lib, biri faol qo‟llaniladi, boshqasi esa eskirib qolgan
so‟z bo‟lganligi uchun, ayrim uslubiy maqsadlar – tarixiy davrni to‟la tasvirlab berish,
o‟sha davrni ochib berishda nutqka ko‟tarinki ruh bag‟ishlash kabi maqsadlar uchun
ishlatiladi. Masalan, adabiy tilimizidagi so‟zlar o‟zbek lahja va shevalarida ham turlicha
shakllarda ishlatiladi: g‟ovo – g‟ovot – g‟ovovot – (urush);Shoro – qishloq kengashi raisi;
erch – aravaning bir qismi shoti; tovushxon – quyon, tosken – qung‟iroq; tokke – do‟ppi;
chorsu – belbog‟ (Qarnob shevasida).
Bunday so‟zlarning lug‟at birligi biror jihatdan eskirib, o‟z o‟rnini boshqa bir
lug‟at birligiga bo‟shata borishi natijasida paydo bo‟ladi. Bu – jarayonning voqe
bo‟lishiga, turli – tuman sabablarga olib keladi.
Shuni aytish kerakki, ba`zan ijtimoiy taraqqiyoti va tarixiy sharoit davrida ayrim
so‟zlarning ma`nolari bir – birlariga juda yaqin yoki bir necha vaqt ularning ma`nolari bir
xil bo‟lib qoladi. Lekin bunday hollarda ma`nolari bir xil bo‟lib qolgan, so‟zlarning biri
iste`moldan chiqib ketadi. Masalan, inqilap va revelo‟tsiye,shora va sevet, muhr va
pechet, deklet kabi so‟zlar bir xil ma`noni ifoda qilganlari holda qo‟llanib kelinadi.
So‟ngra 90 – yillargacha revelo‟tsiye, sevit, pechet, deklet so‟zlari deyarli shakldosh
so‟zlar sifatida qo‟llanadigan bo‟lib qoldi.Shora, inqilap, muhr so‟zlari o‟zbek tilining
faol so‟z boyligidan chiqib ketdi va ma`lum davrda eskirgan so‟zlarga aylanib qoldi.
Hozirgi paytda esa, aksincha, 90 – yillargacha eskirgan so‟zlar qatoridagi so‟zlar yana
faollashib ketdi. Demak, majburiylik siyosati ham, vaqtincha bo‟lsa-da tilning lug‟at
boyligiga ta`sir etar ekan.
Tarixiy so‟zlar o‟tmishda mavjud bo‟lgan narsa va tushunchalarning nomini
bildirgan, ammo hozir eskirib qolgan tilimizda ishlatilmay qolgan so‟zlar hisoblanadi.
Chunki jamiyatda ilm – fan, madaniyat, san`at, adabiyot kabilarning taraqqiyoti,
umuman hayot talabi bilan bog‟liq o‟zgarishlarni aks ettirish vazifasini ado eta olmagan
so‟zlar iste`moldan chiqib keta boshlaydi. Bunday so‟zlar o‟rnini esa yaqin so‟zlar va
tushunchalar egallaydi.
Tarixiy so‟zlar yo‟q bo‟lib ketgan narsa – hodisa va tushunchalarni ifodalash uchun
ishlatiladi. Chunki hozirgi o‟zbek adabiy tilida ularning shakldoshlari bo‟lmagan,
Masalan, klz`, demle, rey`s, elem, mup`, `mom (Qarnob shevasi) so‟zlari eskirib qolib,
ishlatishdan chiqib ketgan. Bunday so‟zlarning ba`zi birlari esa yangi ma`noga ega
bo‟lgan. Masalan, ilgarigi vaqtda odamlar orasida musulmon dinining qonun –
qoidalirini targ‟ib qiluvchi kishi demelle (qipchoq), domullo – domle (Toshkent, Qarnob,
Samarqand, Kattaqo‟rg‟on) deb ishlatilgan va adabiy tilda domla deb bir muncha
olinadigan bo‟lgan.Shunday qilib, domle shaklida bu so‟z hozirgi paytda fanning
ma`lum bir sohasini egallagan mutaxassis olim, ilmiy xodim va ba`zan o‟rta maktabda
dars beruvchi o‟qituvchi ma`nolarida qo‟llaniladi.
Tarixiy so‟zlar o‟zi anglatgan voqe`likning yagona atamasi bo‟lib, hozirgi vaqtda
lahja va shevalarda ham, adabiy tilda ham, o‟sha narsani tushunchani, dunyoqarashni
aniq anglatuvchi so‟z hozirgi davrda bo‟lmagan, o‟tmishni tasvirlashda tarixiy so‟zlarga
murojaat qilish o‟z –o‟zidan zarur bo‟lib qoladi. Bunday holni turli lahja va shevalardan
yozib olingan tarixiy namunalarda ochik ko‟rish mumkin. Shoir-yozuvchilarimizning
tarixiy asarlarida ham istorizmlarni ham ko‟plab uchratamiz. Buni ochiqroq tasavvur
etish uchun A. Qodiriyning «Mehrobdan chayon», O‟tgan kunlar», Oybekning «Qutlug‟
52
qon», S. Ayniyning «Qullar», G‟. G‟ulomning «Ko‟kan» kabi asarlarini misol qilish
mumkin.
Yangi so‟zlar
Yangi so‟zlar tilda paydo bo‟lgan yangi so‟z yangilik bo‟yog‟i hisoblanadi.
Jamiyatda, hayotda bo‟layotgan o‟zgarishlar, yangi voqea – hodisalar fan va texnika,
san`at iqtisod, qishloq xo‟jaligi sohasidagi yangiliklar yangi so‟z va tushunchalarni
ham maydonga keltiradi. Bunday so‟zlar har bir tilda jumladan, o‟zbek tilida va uning
lahja hamda shevalarida ham o‟z so‟z boyligi asosida yuzaga keladi. Yangi so‟zlar deb
atash nisbiy tushuncha bo‟lib, ma`lum vaqt ichida davrda paydo bo‟lgan so‟zlar faqat
o‟sha davr sharoitida yangi so‟z hisoblanadi, ma`lum vaqtdan so‟ng esa o‟zidagi ana
shunday xususiyatni yo‟qotadi. Masalan, shanbalik, aeroplan, yo‟qsil, sho‟ro, kolxoz,
sovxoz so‟zlari 20 – yillarda; 5-yillik, shpal, seyalka 30 – yillarda; staxanovchi, traktor,
mashina 30- yillarida; katyusha, raketa, front orqasi kabi so‟zlar 40 – yillarda;
cho‟lquvarlar, ko‟p ko‟p mingkilogrammchi, vizit, cho‟l lochini, zangori kema, havo
kemasi, dala malikasi va boshqalar 50 – yillarda; kosmonavt, kosmodrom, zangori ekran
singarilar 60 – yillarda yangi so‟zlar sifatida qabul qilingan va o‟sha davrlar uchun
neologizm vazifasini bajargan edi. Hozirgi vaqtda ularning aksariyati odatdagi zamonaviy
so‟zlarga aylandi, hatto, bir qismi eskirib ham qoldi.
Yuqoridagi sabablarga ko‟ra, turli davrlarda yozib olingan shevashunoslik
materiallarini aniqlash apcha murakkabdir. Ularni belgilashda yana u yoki bu so‟zning
paydo bo‟lgan materialining yozib olingan vaqti alohida hisobga olinishi zarur.
Masalan, 10 – yillar uchun poyiz (poyezd), mardikor zavo‟t, fabrika, ishChi singarilar
yangi so‟z hisoblanadi: Maskav tomon mardikorlikka yubordilar, bizardi zavo‟tga
ishlaysan deb bir joyga etip qoydi ( Samarqand).
Diputat, saylov, agintpunkt kabilar 30 – yillar uchun yangi so‟zlar hisoblanardi.
Ayrim qishloq shevalari uchun semelyut, depeletsiye, zanori keme kabilar hozirgi
vaqtda ham yangi so‟zlar qatoriga kirishi mumkin.
Xuddi yuqoridagi o‟xshash misollarni o‟g‟uz shevalaridan ham keltirish mumkin;
Ulli yoldan gelishinnin aynaniyi
Velesipit minishinni aylanaiyi . (Shovot)
Baxmal kastinimni chelde qoyaman,
Her gun min metire chapik uraman. (Qo‟shko‟pir)
Birisi isapchi, biri tevilchi,
Isapchidin tevilchisi zor hiqar. (Qo‟shko‟pir)
Tabu va efemizmlar
Ma`lumki hozirgi tilimizda ishlatiladigan evfemizmistik so‟z va iboralarning ildizi
ma`no jihatidan eng qadimgi davrlarga borib takaladi. evfemizmlar eng qadimgi
ibtidoiy odamlar tilida bo‟lgan va hozir ham ayrim qoldiqlari saqlanib qolgan tabu
hodisasi bilan bog‟liq holda yuzaga kelgan.
Evfemizm ibtidoiy xalqlarning diniy taqiqlar (tabular), jumladan, til tabulari bilan,
ya`ni ibtidoiy kishilarning diniy taqiqlarga asoslangan va shunga binoan ayrim so‟zlarni
talaffuz etish qo‟rqinchli bo‟lgan hodisalar bilan bog‟liqdir.
Bu etnografiyada xalqlarning urf – odatlarida taqiq etilishi sistemasini anglatuvchi
atama sifatida qabul qilingan. Ammo tilshunoslikda bu atama urf – odat natijasida
53
qo‟llanishi mumkin bo‟lmagan, aytib bo‟lmaydigan diniy tushuncha so‟zlarini
bildiradigan atamalardir.
Tabu etnografik atama bo‟lib, Poleniziya xalqlari orasida bid`at, irim sifatida
namoyon bo‟lib kelgan. Umuman aytganda, tabu – taqiq, qo‟l tegizib bo‟lmaydigan
demakdir.
Tabu so‟zi ayrim vaqtlarda qarama – qarshi ma`noga, ya`ni «la`nat», «qarg‟ish»
kabi ma`nolarga ham ega bo‟lish mumkin. Bu ikki xil ma`noda ishlatiladi. Birinchi
ma`nosida, u jamiyatda ba`zi bir narsalar harakatlarni man etishni ifodalasa, ikkinchi
ma`nosida lingvistik atama sifatida tilda ba`zi bir so‟zlarni ma`lum sharoitlarda man qilish
hodisasini ifodalaydi.
Tabu so‟zlarining kelib chiqishida u yoki bu xalqning iqtisodiy sharoiti, urf –
odatlari, e`tiqodining ahamiyati katta bo‟lganligini ta`kidlaydi. Masalan, Hali fan texnika
rivojlanmagan jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlarida, to‟g‟rirog‟i, ibtidoiy jamoa
va feodalizm davrida ba`zi xalqlar jin, arvoh va shunga o‟xshash ilohiylashtirilgan
narsalarga ishonish juda kuchli bo‟lgan. Bunday xalqlar jin va arvohlarga yaqin bo‟lgan
shaxs yoki narsa – buyumlarni tilga olmasa, ulardan salanish mumkin, aks holda boshiga
ko‟p balolar, ofatlar yopiriladi, arvoh va jinlar urib ketadi, deb uylaganlar.Shuning
natijasida yarim ilohiy sanalgan qabila boshliqlari o‟lgandan keyin ularning shaxsiy
narsalariga tegish, ularning nomini tilga olish qat`iyan man etilgan.
Tabu hodisasi qipchoq shevalarida ham qadim zamonlardan uchrab turadi. Ayrim
yirtqich hayvonlarning nomini tilga olish (aksar xoda kechalari) man etilgan. Qariyalar bu
narsani quyidagicha izohlaydilar. Ularning aytishlaricha, agar bunday hayvonlarning nomi
tilga olinsa, ular zarar etkazishi mumkin emish. Masalan, «bo‟ri» so‟zini kechalari aytish
man etilgan. Aftidan, xalqimizning o‟rtasida tez – tez ishlatilib, turiladigan bo‟rini
yo‟klasang, qulog‟i ko‟rinadi, degan maqol dastlab shu tabu hodisasining natijasi o‟laroq
vujudga kelgan bo‟lsa kerak yoki kechalari ayniqsa, yotish oldidan qipchoq lahjasida
so‟zlashuvchi qishloqlarda «ilon» so‟zini aytish tamom ila man qilingan. Agar bu nom
tilga olinsa ilon qo‟yninga kirib chiqishi, chaqishi mumkin emish. Bordi – yu, buvi
nevarasiga ertak aytib berayotgan bo‟lib, «ilon» so‟zini aytish extiyoji tug‟ilib qolsa,
«ilon» demasdan, uning o‟rniga «apg‟amcha», «qamchi dasta yoki chilvir, chilbir» ramziy
ma`noda qo‟llanib, ilonga o‟xshab ketishligi sababli shu so‟z vujudga kelgan. Bunday
tabu so‟zlarda «chayon», «uvullak» kabilarni ham misol keltirish mumkin.
Tabu so‟zlar oilada er – xotin, qaynona – kelin o‟rtasida ham har qadamda uchrab
turadi. Ma`lumki, musulmon sharqida xotinlarning erlarini o‟z ismlari bilan chaqirish man
etilgan. Chunki o‟z ismi bilan chaqirish erga nisbatan hurmatsizlikni bildiradi, deb
hisoblangan. Oqibatda, tabu so‟z vujudga kelib, xotinlar erini o‟z katta bolalarining nomi
bilan atab chaqirganlar.
Bu hol urf – odatga aylanib ketgan. Kelinchaklar erini «enamning uli», «bayim»,
«erim» chaqiradilar, murojaat qiladilar. Yoshi keksalik sari yuz to‟tgach, «chalim» deb
ataydilar. So‟nggi yillarda «xo‟jaynim» deb qo‟llash hollari uchraydi.
Erlar esa o‟rta yosh paytlarida «xatin» deb chaqirgan bo‟lsa, ayrim vaqtlarda
«xonim», «enasi» deyish hollari ham uchrab turadi. Ko‟p vaqtlarda ug‟li yoki qizining
ismi bilan chaqirish hollari mavjud. Yoshi qarilik sari qadam qo‟ygach, esa «kampir» deb
chaqiradilar.
Kelin bo‟lib tushgan qiz oilaning a`zolari nomini atamaydi. O‟zidan katta erkaklarni
aka, qaynog‟a deb ataydilar. Kichiklarga esa uka, ini, qayn beka deb murojaat etadilar.
54
Shuningdek, kuyovning ota – onasi qaynota, qaynona deb ataydilar.
Ba`zi hollar ham uchrab turadi, ya`ni boshqa bir kishining bolasining ismi biror ayol
erining ismi bilan otdosh bo‟lsa, uni begim, to‟ram deb chaqiradi.
Qarluq – chigil - uyg‟ur lahjasida ham tabu so‟zlarning uchrashini ko‟ramiz. Bu
shevalarda ham qipchoq shevalariga o‟xshash ba`zi nomlarni boshqacha atash mavjud.
Masalan, ergemch` (ilon), adasi, qaynona, xotin, biyi, kempir, kennoy`, domot, pochcha
kabilar.
Misollar: biyisi, buyax qara, mehmonla keldila ( Samarqand), edes`kevottila
(Toshkent), Ey xotin, mang bir oz non topib be: ( Urgut) va boshqalar.
O‟g‟uz lahjasi materiallarida ham tabuning qo‟llanishi o‟g‟uz lahjasi materiallarida
ham uchrab turadi: buyun erim ba: sem meni, hech sennen qorqmayman, hava diydixatini
kabi.
Evfemizmlarning tilimiz lug‟at tarkibini boyitishda, so‟z ma`nolarini kengaytirishda,
so‟zlardan turli uslubiy maqsadlarda foydalanishda katta ahamiyatga egadir.
Evfemizmlardan foydalanishning ahamiyati shundaki, shoir va yozuvchilarimiz, umuman
so‟z san`atkorlari ular orqali chiroyli uslubiy holatlarni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari,
evfemizmlardan foydalanish nutq madaniyatini o‟stirishga yordam beradi. Chunki
hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biri nutq madaniyatidir. Usiz tafakkur
madaniyati ham bo‟lmaydi.
Demak, evfemizmlar masalasi so‟z ma`nolarining kengayishi, boyishi va ma`no
taraqqiyoti, so‟z hosil qilinishi bilan lug‟at boyligi hamda ulardagi o‟zgarishlar bilan
bog‟liq bo‟lsa, ikkinchidan, madaniy nutq so‟zlash uslubi sifatida nutq madaniyati
vazifasi bilan ham bog‟liq hodisadir.
«Evfemizm» so‟zining lug‟aviy ma`nosi yaxshi gapiraman, xushmuomalalik bilan
gapiraman, bir narsa yoki hodisa to‟g‟risida yumshoq, silliqlab va pardalab gapiraman
degan ma`noni bildiradi. Tilda evfemizmlarning paydo bo‟lishi ma`lum sabablarga
bog‟liqdir. evfemizm, aftidan, so‟zlarni ishlatilishdagi ta`sir doirasi (darajasi) qonuning
natijasi o‟laroq vujudga kelgan bo‟lishi mumkin. Biz bu erda so‟zlarning ta`sir etish
doirasi deganda, ma`lum darajada ijobiy ta`sir etuvchi so‟zlarni qo‟llashni ko‟zda
tutamiz, keng ma`noda esa bu qonun qisman shakldoshlar, vul`garizmlar, evfemizmlarni
ishlatishni ham o‟z ichiga oladi.
Chunki har bir so‟z o‟zining ma`no nozikligiga egadir. Bunga atama
kirmaydi.Shuning uchun ham, xalqimiz « so‟zda so‟zning farqi bor, o‟ttiz ikki ma`no
bor» deb bejiz aytmagan. Binobarin, nutqda mana shu leksik qatlam so‟zlovchining
ruhiy holati, fe`l – atvori va narsa – hodisalarga munosabati bilan bog‟liq holda so‟zlarni
ishlatishni taqozo etadi. Demak, evfemizm har qanday vaziyatda, har kimga har narsaga
nisbatan qo‟llanilmaydi. Evfemizmlar badiiy adabiyotda muhim uslubiy vosita sifatida
katta ahamiyat kasb etadi.Shuningdek, ba`zi fanlarda, masalan, tibbiyotda evfemizmlarni
qo‟llash faktlari tez – tez uchrab turadi.
Qipchoq shevalarida evfemizmlar ahloq – odob normalarini ifodalash. Madaniy
so‟zlash va hokazo sabablarga ko‟ra qo‟llanishini ko‟ramiz. Masalan, «o‟lish» «o‟ldi»
dilga xanjardek botadi. Bu sovuq xabarlarni kishilar shevalarda tamam bo‟ldi – uzildi –
jan berdi – kaza qildi – dunyadan otti – napayt boldi tarzdagi evfemizlar bilan ifoda
etadilar. Bulardan napayt bodli, ko‟pincha, bolalarga nisbatan ishlatiladi.
«Bo‟g‟oz bo‟lmoq» birikmasi o‟rnida lahja homilador bomoq – avur ayaqli bo‟mak –
avur jukli bomak – ekkat singari so‟zlar ishlatiladi.
55
Quyidagi evfemizmlar ham tez – tez ishlatilib turadi: qojardi – badan qutuldi – jan
illedi (tug‟di); tabi joq – mazzasi joq (kasal); kuyovi, dostigdash – turmush ortag‟i (xotini)
Evfemizmlar tuzilish jihatidan quyidagicha bo‟ladi: 1. Yakka evfemizmlar. 2.
Birikmali evfemizmlar.
1.
Yakka evfemizmlar bitta so‟zdan hosil bo‟lgan evfemizmlardir:
lapashang – bo‟sh, uzuldi – o‟ldi.
2.
Birikmali evfemizmlar ikki yoki undan ortiq so‟zlarning birikishidan
hosil bo‟ladi: xaqorat qildi – so‟kdi, turmush o‟rtog‟i – xotini.
Evfemizmlar shakldoshlik qatorini ham tashkil etishi mumkin. Quyida biz qipchoq
shevalarida uchratuvchi ba`zi evfemizm iboralariga misollar keltiramiz: nomusiga tegmoq.
Bu ibora qizlarga zo‟rlik qilingan paytda ishlatilib,shu majburlashni pardalash natijasida
kelib chiqqandir. Tuyog‟inni shiqillatib ko – bu ibora tur, yo‟qol, bu erdan ket
so‟zlarining evfemistik ko‟rinishidir: radiyosini koyip juvarmak – bu ibora so‟zlovchining
suhbatdoshi kamchiligi ochib tashlab, «sharmandangni chiqaraman» degan pisandasining
evfemistik shaklga kirgan ko‟rinishidir. Tipnakka//tinakka zar – bu ibora farzandsiz
kishilarga nisbatan ishlatilib, bolasiz, bolasi yo‟q ma`nolarida qo‟llaniladi.
Shunday qilib, tabu va evfemizmlar o‟zbek tilining bir qismi bo‟lgan lahjalar va
shevalar taraqqiyotining uzoq davom etgan natijasi bo‟lib shevalarda hozirgi paytda
tabularning yo‟qolib borayotganligi ko‟zga tashlansa, evfemizmlar ko‟payib boryapti.
Ular gaplarni chiroyli, silliq, ta`sirchan qilish borasida muhim ahamiyatga ega bo‟lib,
qalam ahli uchun ham umuman har bir madaniyatli kishi uchun ham muhim leksik
uslubiy vosita vazifasini bajaradi.
Takrorlash uchun savollar:
1.O‟zbek shevalarining lug‟at tarkibi deganda nimani tushunasiz ?
2.O‟zbek shevalaridagi dialektal so‟zlar fonetik xususiyatlariga ko‟ra qanday
guruhlarga bo‟linadi ?
3.Dialektal so‟zlarni ma‟no xususiyatlariga ko‟ra qanday guruhlash mumkin ?
4.Shevada uchraydigan shakldosh so‟zlarga misollar keltiring ?
5.Shevada ishlatiladigan ma‟nodosh so‟zlarning xususiyatlari haqida to‟xtaling?
6.Tabu va evfemizmlarning shevada qo‟llanish doirasi to‟g‟risida to‟xtaling ?
7. O‟zbek adabiy tilida uchramaydigan o‟zlashma so‟zlar haqida ma‟lumot bering?
8.Fors-tojik tilidan o‟zlashgan so‟zlar haqida ma‟lumot bering.
9.Rus tili va u orqali o‟zga tillardan o‟zlashgan so‟zlarning sheva ta‟siri.
10.Shevadan o‟zbek adabiy tiliga so‟zlarning o‟zlashishi misollar orqali tushuntiring .
Tayanch tushunchalar :
Dialektal so‟z – ma‟lum shevagina xos bo‟lgan so‟z .
Shevalarning lug‟at tarkibi – ma‟lum bir shevadagi barcha so‟zlar yig‟indisi .
Jargon – ijtimoiy guruhlarning o‟ziga xos so‟zlari.masalan,tartibot, savdo xodimlari .
Leksik qatlam – tildagi (shevadagi) tub va o‟zlashgan so‟zlarning guruhlari
.
Dostları ilə paylaş: |