Uzbekistan Economic Indicators



Yüklə 353,4 Kb.
səhifə16/27
tarix02.01.2022
ölçüsü353,4 Kb.
#39879
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Aktivlar narxlari kanalining inflyatsiya darajasiga ta’siri 
pul-kredit siyosatining o‘zgarishi natijasida aktivlar narxlarining o‘zgarishi tufayli kuzatiladi.

Xususan, mazkur kanal samarali amal qilgan sharoitda pul-kredit shartlarining yengillashtirilishi hisobiga davlat qarz majburiyatlari bo‘yicha foiz stavkasining pasayishi moliyaviy resurslarning daromadliligi yuqoriroq bo‘lgan muqobil aktivlarga qayta yo‘naltirilishiga olib keladi. Natijada muqobil aktivlarning narxi 


va bunga mos ravishda inflyatsiya darajasining oshishi kuzatiladi.

Ta’kidlash joizki, davlat obligatsiyalari, kapital va ko‘chmas mulk bozorlarining rivojlanganlik darajasi va samarali faoliyati, 


o‘z navbatida, mazkur kanal ta’sirchanligini belgilaydigan asosiy omillardan hisoblanadi.

Bunda markaziy bank pul-kredit siyosati instrumentlarining samaradorlik darajasi mazkur siyosatdagi o‘zgarishlarning (qisqa muddatli foiz stavkalari, rezerv pullar) boshqa soha va tarmoqlarga ta’siri xususiyati, tezligi va intensivligi orqali belgilanadi.

Umuman olganda, o‘tkazish kanallarining amal qilishi bank va moliya sohasidagi raqobat muhiti, muqobil moliyalashtirish manbalarining mavjudligi, moliyaviy bozorlarning rivojlanganlik darajasi va samaradorligi, moliyaviy vositachilik xizmatlarining sifati va qamrovi, valyuta kursi rejimi, kapitallar harakati, investitsiya uchun xafsiz moliyaviy instrumentlarning mavjudligi kabi bir qator omillarga bog‘liq.


Yüklə 353,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin