Turkiy xalqlar tarixini o`rganishda xitoy manbalarining o`rni



Yüklə 229,5 Kb.
səhifə1/6
tarix05.05.2023
ölçüsü229,5 Kb.
#108403
  1   2   3   4   5   6
TURKIY XALQLAR TARIXINI O`RGANISHDA XITOY MANBALARINING O`RNI



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Sirtqi ta`lim yo`nalishi
3-bosqich S0603-20 guruhi talabasi
TULABOYEV SHERZOD BAXTIYOR O`G`LI
Tarix va ijtimoiy fanlarni o`qitish metodikasi fanidan
TURKIY XALQLAR TARIXINI O`RGANISHDA XITOY MANBALARINING O`RNI” mavzusida tayyorlagan

Tekshirdi:_______________________


Jizzax 2023


TURKIY XALQLAR TARIXINI O`RGANISHDA XITOY MANBALARINING O`RNI
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………….….3
I BOB. TURKIY XALQLAR TARIXI, MADANIYATI, SIYOSATI VA IQTISODIYOTI
1.1 O‘zbek xalqi etnik tarixini o‘rganishda xitoy manbalarining ahamiyati….…..5
1.2 Xitoy manbalarida turkiy xalqlar ajdodi rung-dilar…………………………..11
II BOB MARKAZIY OSIYO TARIXIGA BAG'ISHLANGAN ILK O'RTA
ASR MANBALARINING XUSUSIYATLARI
2.1 Turkiy tildagi Xitoy manbalar va ularning xususiyatlari……………………..20
2.2 Markaziy Osiyo haqida Xitoy manbalari ahamiyati……………………...…..35
XULOSA …………………………………………………………….…………..40
ADABIYOTLAR RO`YXATI………………………………………….……….42
KIRISH
Xitoy manbalarida qadimgi O`zbekiston hududidagi mavjud bo`lgan davlatlar, xalqlar, qabilalar va ular haqida berilgan ma‘lumotlar qisqacha yoritilgan. Bu ma‘lumotlar asosida O`rta Osiyo hududi qadimgi tarixini o`rganish ahamiyatli ekanligini ko`rish mumkin. Xitoy manbalari haqida so`z borar ekan, ular ham Xitoy hukmdorlarining manfaatlarini ko`zlab yozilgan, boshqa xalqlarning tarixi bir taraflama yoritilgan holatlar ko`p uchraydi, ammo Xitoy manbalarida bo`lib o`tgan voqealarning vaqti va o`rni, bir-biriga qarshi turgan qo`shinlarning umumiy soni aniq ko`rsatiladi. Bu o`z navbatida manbalarning o`rganish kerakli ekanligini va ulardagi ma‘lumotlardan foydalanish tarixni yanada chuqurroq o`rganishga xizmat qiladi. O`zbekiston hududining uzoq o`tmishidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`rganishda xitoy manbalarini o`rni juda kattadir. Bulardan quyidagi xitoy manbalari muhim rol o`ynaydi. Har bir fan o’ziga xos uslub, kontseptsiya, maktab va yunalishlarga asoslanib rivojlanadi. Etnologiya fan sifatida shakllana boshlagan davrdan buen muayyan nazariy va amaliy ahamiyatga ega bulgan, zamon talabiga javob bera oladigan har xil maktab va yunalishlar yo’zaga kela boshlagan. XIX asr urtalarida nihoyatda keng miqesida utkazilgan etnologik tadqiqotlar natijasida tuplangan boy ma`lumotlarni jiddiy sistemalastirishga kirishish, jahon fanida paydo bulgan evolyutsionizm, diffo’zionizm, strukturalizm, madaniy relyativizm kabi mashhur ilmiy yunalishlar barcha gumanitar fanlarga kuchli ta`sir utkazgan.
Qadim va o`rta asrlarga oid manbalarda o`zbek ajdodlarining elat bo`lib shakllanish jarayoni haqida aniq ma`lumotlar juda oz. Ammo, uning shakllanishida faol qatnashgan ayrim etnoslar haqida manbalar berilgan ma`lumotlar kamchil, ba`zan juda chalkash — ulardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo`ladi.
Manbalarda qadim va o`rta asrlarda yashagan xalqlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayoti haqidagi ma`lumotlar ham mavjud. Bu ma`lumotlar, garchi qisqa bo`lsada, o`sha davr aholisining hayoti, etnik tarkibi, etnik aloqalari haqida ma`lum tasavvurga ega bo`lishga imkon beradi.
O’zbek xalqi ildiz olgan, uning ilk tarixiy ajdodlari — saklar, massagetlar, toxarlar, baxtarlar, xioniylar, usunlar, qang`arlar, so`g`diylar, xorazmiylar va boshqa xalqlar haqida oldinroq chop etilgan ishlarimizdan birida batafsil gapirilgan, ularni bu erda takrorlab o`tirishning hojati bo`lmasa kerak.
Mazkur ishda o`zbek xalqining elat bo`lib shakllanish jarayonida ishtirok etgan xalqlar, etnik guruhlar haqida eslatilgan manbalarga qisqa izoh berib o`tishning o`zi kifoya qiladi.
Ilk o`rta asrlarda O`rta Osiyoda yashagan xalqlar haqidagi ilk (dastlabki) ma`lumotlar Xitoy voqeanavislarining asarlarida, chunonchi «Shimoliy (Xitoy) xonadonlarining tarixi» Beyshida (550—577); «Suy sulolasining tarixi» — Suyshuda (581—618) «Txan sulolasining tarixi» — Txanshuda (618—907); uchraydi. Mazkur manbalarda Toshkent (Shi, Chjeshe), Samarqand (Kan), Buxoro (An, Ansi), Davan (Boxo, Boxan, Boxani), Xorazm, Shm yoki Shi, Kesh — (Shahrisabz), Nasaf — (Qarshi), Surxondaryo (Toxaristonning bir qismi) viloyatlarining geografik joylanishi tabiati, mahalliy aholi va ularning iqtisodiy va siyosiy hayoti hamda madaniyatining ayrim qirralari haqida gapiriladi. Tilga olingan manbalarda Movarounnahrda va unga tutash mintaqalarda joylashgan bir qancha turkiy qabilalar, ularning yashash joylari, ba`zi urf odatlari va ularning u yoki bu hududning siyosiy hayoti da ishtiroklari haqida ham ma`lumotlar olish mumkin. Xitoy manbalarida eftaliylar (idal, yeda), qarluqlar (gelolu) va uning tarkibidagi qabilaurug`lar (meulo, dami, jisi, tashili, pofu, gesa), nushibi, dulu (duglat), turkesh, usun va boshqa turkiy qabilalar va qabila ittifoqlari tilga olinadi. Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, bu qabilalar haqidagi ma`lumotlar tarjimon tomonidan qisqartirilib berilgan, ular xatodan ham holi emas. Shuning uchun ham N. Ya. Bichurinning tarjimalarini boshqa tarjimalar va izohli adabiyotlar bilan solishtirib foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 229,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin