Bitiruv ishining tuzilishi: bitiruv malakaviy ishning umumiy hajmdagi 57 sahifasida, kirish, 3-bob, 10-bo’lim, 10 ta jadval, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar o’z aksini topgan.
I-Bob. FUTBOLChILARNING JISMONIY QOBILIYaTLARINI RIVOJLANTIRISh
Hozirgi zamon futbolining rivojlanishi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning qo’llab quvvatlashlari bilan jismoniy tarbiya va sport borgan sari davlat siyosatiga aylanib bormoqda. Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi uchun juda ko’p qonunlari qabul qilinmoqda.
Zamonaviy futbolni rivojlanishi uchun nimalar qilish kerak? Terma jamoalarimizni umumiy xatti - harakatlari chiqishlari tanlangan o’yinlarda shuni ko’rsatmokdaki, bizni o’yinchilarimiz tayyorgarlik darajasi, texnik-taktik mahorati Evropa, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi darajasidan anchagina orqada qolganligini ko’rishimiz mumkin. Futbolchilarni mahoratini qo’llab, yangi o’yin prinsiplari, jismoniy va psixologik sifatlarini yanada oshirish kerak.
Ko’plab olimlarning [8,13,,21,30,39,42,60,61,70] tadqiqot natijalariga qaraganimizda o’quv-mashg’ulotlarini o’tkazilishini ishlab chiqish va jismoniy sifatlarini yosh futbolchilarda tayyorlashda tezkorlik sifatini aniq yuklama kompanentlari ostida tarbiyalash ahamiyatlidir.
Hozirgi zamon futbolining rivojlanishida o’yin usullari takomillashib, futbolchilarning harakatlari mukammalashib bormoqda.
Jahon futbol mutaxassislarining ta’kidlashicha, hozirgi zamon futbolining rivojlanishi o’z ichiga juda ko’p jihatlarini qamrab oladi: bu jihatlardan
- har bir futbolchi o’yinning oxirigacha bor kuchi bilan kurash olib borishi;
- futbolchilarning maydon bo’ylab, yuqori tezlikda to’p bilan va to’psiz harakatlanishlari;
- texnik-taktik harakatlarni tezkorlik bilan bajarishlari.
O’yin davomida to’pni jamoadoshiga aniqlik bilan uzatishi, darvozaga zarbalarni to’g’ri yo’naltirishni va boshqa texnik usullarni bexato bajarishlari kerakdir.
O’zbekiston futboli bir necha yillar ichida jahonda va Osiyoda o’z o’rinlariga ega bo’ldilar. Xalqaro futbol qo’mitasi, futbol federastiyalar uyushmasi, Osiyo futbol konfederastiyasining bizga nisbatan ijobiy fikrlari oshdi.
Hozirgi zamon futboli har bir futbolchidan to’p bilan to’g’ri muomilada bo’lishni, to’pni o’z jamoadoshlariga aniq uzatishni, darvozaga to’g’ri zarbalar yunaltirishni xujumda, ximoyada va butun o’yin davomida aniqlik bilan harakat kilishlarini talab etmoqda. Chunki noaniq bir harakat ham jamoaning uyushtirilgan xujumlarini tugallanmay, samarasiz yakun topishi, ximoyada esa o’z darvozasiga gol olib kelishi bilan yakunlanishi mumkin [41,54,66,73].
Har bir futbol jamoasi maydonda texnik-taktik, jismoniy harakatlarni bexato bajarishlari bu raqib jamoaning ustidan bo’lgan g’alabaga yakinlashishidir.
Ko’pincha murabbiylar, futbol jamoalarining maydonda raqibni o’yin mahoratiga, kuchli, kuchsiz jamoalariga qarab taktik sistemalarni qo’llashadi. Jahon chempionatlarida etkakchi jamoalar: Braziliya, Italiya, Franstiya, Germaniya, Argentina kabi terma jamoalarning o’z o’yin taktikasi, usullari orqali necha bor jahon kuboklarini qo’lga kiritishmoqdalar. Bunday muvaffaqiyatlarga erishishda, terma komanda futbolchilarining texnik-taktik harakatlarini chuqur o’zlashtirib, bexato bajarishlaridir, deb ta’kidlashmokda bir qancha mutaxassislar ]26,42,52].
Murabbiylarni ta’kidlashicha 17-18 chi jahon chempionatlarida Braziliya, Argentina, Germaniya kabi terma jamoalarning bir o’yinda 700 tagacha texnik-taktik harakatlarini bajarishgan va bu harakatlardan 61 – 63 % samarali bajarilgan [50,52].
Olimlarning ta’kidlashicha Franstiyada o’tkazilgan jahon chempionatida, franstuz futbolchilarining jismoniy, texnik-taktik tayyorgarligi mukammal darajada bo’lganligi har bir futbolchining xujumda, ximoyada hamjihatlik bilan faol o’yin ko’rsatganligi va chempionat davomida tezkor o’yinlari bilan boshqa terma jamoalar bilan ajralib turganligini e’tirof etishgan [57,58].
Bir qancha mutaxassislar o’z tadqiqotlarida, futbolchilarning individual texnik-taktik harakatlarini o’rganishgan va maydondagi futbolchilarning individual texnik-taktik harakatlari maydondagi ampulalariga qarab har-xil bo’lishini e’tirof etishgan [19,43,55].
Biz individual harakat deganda, futbolchining jamoadoshlarisiz maydondagi to’p bilan yoki to’psiz bo’lgan yakka harakatlarini tushunamiz.
Koshbaxtiev [44], N.M.Lyukshinov [51]larning ta’kidlashlaricha yuqori darajadagi individual mahoratga ega bo’lgan o’yinchilar jamoaviy o’yin ko’rsata oladilar. Ular maydonda o’z ampluasida ishtirok etib qolmasdan maydonning har bir chizigida harakatlana oladilar, degan fikrlarni bildirishgan.
Yosh futbolchilarning tezkorlik sifatini rivojlantirish nazariyasi usul va uslublari hozirgi asrga kelib adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, tezkorlik sifatlarini oshirish uchun ko’plab tadqiqot ishlari, ilmiy izlanishlar va amaliyotlar, har-xil usul va uslublar hamma sport turlari uchun ishlanib o’rganilib chiqilmokda.
Hozirgi zamon futbolida o’yin usullari takomillashib, futbolchilarning o’yin harakatlari mukammallashib bormoqda. Futboldagi yangi va samarali usullarning paydo bo’lishi, futbolchilarning harakatlari yuksak darajada bo’lishini talab etmoqda. Har bir futbolchi bir o’yin davomida jamoasining g’alaba qozonishi uchun ko’pgina harakatlarni bajarishadi [31,32].
Bizga shu narsalar ma’lumki, futbolchilarning maydondagi asosiy harakatlariga: yurish, yugurish, to’p bilan yurish, to’p bilan yugurish, sakrashlar, to’pga zarba berish to’p bilan aldab o’tish, to’p uzatish, to’pni to’xtatish, to’pni yon chiziqdan tashlash, jarima to’pini bajarish, burchakdan to’pni tepish, fintlar, podkad tashlash, to’pni aniq mo’ljalga etkazish, raqib bilan to’p uchun kurashish va boshqa bir qancha harakatlar kiradi. Bundan ko’rinib turibdiki, futbol mutaxassislari o’z tadqiqot ishlarida futbolchilarning yuqorida ta’kidlangan harakatlarini o’rganishgan va ular uchun kerak bo’lgan usul va uslublarni ishlab chiqishgan [31,38,60].
O’zbekiston terma komandasining yirik millatlararo musobaqalarda qatnashish tahlili hamda ilmiy izlanishlar shuni ta’kidlaydiki, musobaqa paytida samaradorlikka etolmaydigan asosiy sifatlardan biri futbolchilarimizning jismoniy tayyorgarligining va tezkorlik tayyorgarligining pastligidir [34,45,59].
Ilmiy izlanishlarga qo’shilgan holda 17 yoshga to’lgan futbolchilarda tezkorlik sifati yuqori kvalifikastion sportchi darajasiga etib borgan bo’ladi. Keyinchalik uning sifatlari sezilarli darajada o’zgaradi. Bunday jarayon sabablaridan biri nerv koordinastiya aloqalari va nerv tuqima apparati shakllanishining to’xtashidir. Yana bir tomondan esa uslubiy faktorlarni ta’siri bo’ladi. Bunda mashg’ulotlar davomida tezkorlik sifatiga yunaltirilganlik etarli darajada emasligi va mashg’ulot samaradorligini oshirayotganda qo’llaniladigan usul va uslublar oddiy, bir xilda ekanligi sabab bo’lib kelmokda[45,59].
V.V.Kuznestovning [48] ta’kidlashicha, tezkorlik sifatini oshirish uchun maxsus usul va uslublardan kelib chiqkan holda sportchilarda nerv koordinastiya aloqalarini tarbiyalash yuqori natijalarga erishishdir.
Futbolning nazariyasi va amaliyotida yosh futbolchilarda bir xil jismoniy sifatlarni shakllantirishda Al-Xilol[10] bir o’yinda 15 ta tezkorlik sifatini kuzatgan. Bulardan bir nechtasi tezkorlikni rivojlantirishga to’g’ri keladi. Lekin yosh va malakali futbolchilarning o’yin samaradorligi bir-biri bilan solishtirib ko’rilishi diqqat markaziga aylanmoqda [1-jadval].
Olimlarning ta’kidlashicha yosh futbolchilar malakali futbolchilarga qaraganda belgilangan vaqt ichida ko’proq usullarni bajarar ekan. 1-jadvalda ko’rinib turganidek, ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq juda katta. Lekin hozirgi zamon futbolida esa bunday katta farq bo’lishi mumkin emas.
1-jadval.
Dostları ilə paylaş: |