Kafedra yig`ilishi qaror qiladi:
1. Jismoniy madaniyat fakulteti 7-1JM-13 guruh talabasi Sharopov Sunatillo Qayimovichning “Yosh futbolchi bolalarda tezkorlik jismoniy sifatini tarbiyalash” mavzusida bitiruv malakaviy ishi talabga javob beradi,u sinov himoyasidan o`tdi deb hisoblansin va rasmiy himoyaga ruxsat etilsin.
2. Sharopov Sunatillo Qayimovichning bitiruv malakaviy ishiga rasmiy opponent sifatida o`qituvchi R.R.Raxmonov belgilansin.
Yig`ilish raisi: A.K.Ibragimov
Yig`ilish kotibi: M.B.Ibragimov
Sharopov Sunatillo Qayimovichning
“Yosh futbolchi bolalarda tezkorlik jismoniy sifatini tarbiyalash”
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
ILMIY RAHBAR XULOSASI
Mavzuning dolzarbligi: “Futbol bo’yicha bolalar-o’smirlar sport maktalarining rag’batlantirish va moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 23-sonli Qarorning qabul qilinishi, [31.012007 y]. Shuningdek, bir qator muhim hukumat qarorlarining e’lon qilinishi fikrimiz dalilidir. Mazkur hujjatlar jismoniy tarbiya va sportni, jumladan, futbolni yanada rivojlantirishga qaratilgan Yosh futbolchining jismoniy sifatlarini tarbiyalash sport trenirovkasining muhim jihatlaridan biri sanaladi. Jismoniy sifatlar futbolchi organizmining morfofunkstional, morfo-fiziologik va biologik xususiyatlari bilan bog’liq. Jismoniy sifatlar shug’ullanuvchilarning jismoniy, texnik, taktik tayyorgarliklarining takomillashuviga, butun organizm sog’lom-lashishiga, ruhiy emostional holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, futbolchilar har bir harakatni tobora ishonch bilan bajaradilar, yangi harakatlarni tezroq o’zlashtiradilar va yuqori natijali ko’rsatkichlarga erishadilar.
Sharopov Sunatillo Qayimovich tomonidan tayyorlangan “Yosh futbolchi bolalarda tezkorlik jismoniy sifatini tarbiyalash” nomli bitiruv malakaviy ishda ushbu muammoning yechimlari keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |