Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


 Geodeziya – kartografiya davlat kadastrining mazmuni , tarkibiy kismlari va



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/79
tarix02.01.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#40899
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79
Kadastrlari-1

2. Geodeziya – kartografiya davlat kadastrining mazmuni , tarkibiy kismlari va 
tamoyillari. 
    
Geodeziya    -  kartografiya  davlat  kadastri  (GKDK)  Davlat  kadastrlari  yagona 
tizimining  tarkibiy  kismi  xisoblangani  xolda  ,  axamiyatiga  va  maxsus  axamiyatga 
molik  bulgan  geodeziya  –  kartografiya  ishlarini  okilona  tashkil  etish,  ushbu  ishlarni 
zaruriy tugilgan xollarda uz vaktida yukori sifatda bajarilishini ta’minlash maksadida 
ularni xujalik va xukukiy xolatini tartibga solish, geodezik xujjatlarnixisobga olish va 
baxolash ishlarini amalga oshirish asosida yuritiladi.  
   Davlat  axamiyatiga  molik  bulgan  geodeziya  va  kartografiya  ishlari  jumlasiga 
kuyidagilar kiradi: 
- Yer sharining va tashki gravitatsiya maydoning parametrlarini aniklash; 
-  davlat  topografiya  xarajatlari  va  rejalarini  grafik  ,  rakamli  ,  fotografik  va  boshka 
shakllarda yaratish, yangilab turi shva nashr kilish; 
- Yerni masofadan turib zondlash va geodinamik tadkik kilish; 


 
120 
-  davlat  geodeziya  va  nivelir  tarmoklarini  yaratish,  rivojoantirish  va  ish  xolatida 
ushlab turish; 
- Uzbekiston Respublikasining kartografiya – geodeziya fondini shakllantirish va uni 
boshkarish; 
- geografik axborot tizimlarini yaratish va uni boshkarish; 
-umumiy  geografik,  siyosiy-ma’muriy  ,  ilmiy-  axborot  beradigan  va  boshka 
tarmoklararo  axamiftga  molik  tematik  xaritalar  va  atlaslar,  ukuv  kartografiya 
kullanmalari tuzi shva nashr kilish; 
-Uzbekiston  Respublikasining  davlat  chegaralari  delimitatsiya  ,  demarkatsiya 
kilinishini va davlat chegarasi chizigining utishi tekshirilishini geodeziya, tipografiya, 
kartografiya va gidrografiya jixatdan ta’minlash; 
-geodeziya, tepografiya va kartografiya ishlarini metrologiya jixatdan ta’minlash; 
-geografik  nomlarni  standartlash,  xisobga  olish  va  ularning  kullanilishini  tartibga 
solish; 
- geodeziya va kartografiya texnikasini kullab ishlab chikarishni tashkil etish. 
     Yukorida  kayd  kilingan  ishlar  bilan  bir  katorda  maxsus  axamiyatga  molik 
geodeziya va kartografiya ishlari xam bajariladi. 
Bunday ishlarga kuyidagilar kiradi: 
-  shaxarlar,  axoli  punklarining  ,  turli  ob’ektlar  kurilish  uchastkalarining  bosh 
rejalarini,  yer  osti  tarmoklarini  va  inshootlari  loyixalarini  tuzish,  binolar  va 
inshootlarni  kurilish  uchastkalariga  boglash,  shuningdek,  boshka  maxsus  ishlarni 
bajarish uchun muljallangan tepografik rejalarni yaratish va ularni yangilab turish; 
- maxsus axamiyatga molik tematik xaritalar atlaslar nashr kilish; 
-  muxandislik  kidiruv  ishlari,  turli  inshootlarni  kurish  va  ulardan  foydalanish,  yer 
uchastkalarining  chegaralarini  ajratish  va  boshka  kidiruv  ishlari  chogida  geodeziya  , 
tepografiya ishlari, aero suratga olish va boshka maxsus ishlarni bajarish. 
    GKDK  yukorida  sanab  utilgan  davlat  axamiyatidagi  va  machsus  axamiyatga  ega 
bulgan  geodeziya-kartografiya  ishlarini  ruyxatga  olishni,  geodeziya  kunitlarini 
mikdor  va  sifat  jixatdan  xisobga  olishni,  mavjud  geodeziya  punktlari  va  bajarilgan 
ishlarni  iktisodiy  baxolashni,  shuningdek,  geodeziya  –  kartografiyaga  oid  bulgan 
ma’lumotlarni bir tizimga keltirish, yangilab turish xamda ularni foydalanuvchilarga 
berishni uz ichiga oladi. 
    Uzbekiston  Respublikasining  kartografiya-geodeziya  fondi  GKDK  ning  ob’ekti 
xisoblanadi. Bu fondning tarkibini , koidaga binoan , davlat va idoraviy kartografiya-
geodeziya  tfondlari  tashkil  etadi.  Davlat  kartografiya-geodeziya  fondi  umumdavlat, 
tarmoklararo  axamiyatga  ega  bulgan  materiallardan  (ma’lumotlardan)  tashkil  topadi 
xamda  geodeziya  va  kartografiyaga  oid  faoliyatni  boshkaruvchi  organ  ixtiyorida 
buladi.  
     Idoravi  kartografiya-geodeziya  fondlari  maxsus  axamiyotga  ega  bulgan 
materiallardan  tashkil  topadi  va  tegishli  organlar  ixtiyorida  buladi.  Davlar 
kartografiya-geodeziya  fondining  materiallarini  uchinchi  shaxslarga  berishga  va 
ulardan nusxalar olishga ixtiyorida ana shu materiallar bulgan organlarning ruxsatisiz 


 
121 
yul  kuyilmaydi.  Uzbekiston  Respublikasi  xududida  geodeziya  va  kartografiyaga  oid 
faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uzlari yaratgan geodeziya 
va kartografik materiallarning bir nusxasini tegishli kartografiya-geodeziya fondlariga 
berishlari shart. 
    Yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  materiallarning  tegishli  kartografiya-
geodeziya fondlariga berilishi , anna shu materiallar va ma’lumotlarning saklanishi va 
ulardan  foydalanilishi  ustidan  davlat  geodeziya  nazoratini,  idoraviy  kartografiya-
geodeziya  fondlarining  davlat  reestrini  yuritishni  geodeziya  va  kartografiyaga  oid 
faoliyatni boshkaruvchi organ amalga oshiradi. 
     Uzbekiston  Respublikasi  xududida  geodeziya  va  kartografiyaga  oid  faoliyatni 
amalga  oshirayotgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  ushbu  faoliyatni  boshkaruvchi 
organ GKDK ning sub’ektlari xisoblanadilar. 
   Uzbekiston Respublikasi    Vazirlar  Maxkamasi  xuzuridagi geodeziya  ,  kartografiya 
va davlat kadastrlari Bosh boshkarmasi  (Uzgeodezkadastr) topografiya-geodeziya  va 
kartografiya  ishlarini,  shuningdek  ularning  bajarilishi  ustidan  davlat  geodeziya 
nazoratini amalga oshiruvchi organ xisoblanadi. 
   Bosh boshkarma asosiy vazifalariga muvofik kuyidagilarni amalga oshiradi; 
  -  Uzbekiston  Respublikasining  butun  xududidagi  balandliklarning  yagona  tizimda 
topografiya  ,  geodeziya  ,  injenerli  geodeziya  va  aerokosmik  suratga  olish  ishlarini 
bajarish; 
  -  Uzbekiston  Respublikasining  tabiiy  resurs  imkoniyatlarini  eng  tulik  va  ishonarli 
ifodalovchi tematik , geografik, tabiatni muxofoza kili shva boshka maxsus kartalar , 
planlar xamda atlaslarni aerokosmik va kadastr axborotlarini kullagan xolda yaratish, 
shuningdek tabiiy resurslardan okilona foydalanishga oid tavsiyalarni ishlab chikish; 
 -  Uzbekiston  Respublikasi  xududidagi  tabiiy  resurslar  va  kuchmas  mulklarning 
geografik, xukukiy, xujalik, ekologik va iktisodiy xolatlari tugrisidagi ma’lumotlarni 
tuplash,  kayta  ishlash,  tartibga  solish,  taxlil  kilish,  saklash  va  yangilab  turish 
jarayonlarini  boshkarib  turishning  yaxlit  tizimi  sifatida  Uzbekiston  Respublikasi 
mintakalari,  shaxarlari  va  shaxarchalarining  majburiy  kuchga  ega  bulgan  davlat 
kadastrlari yagona tizimini, geoaxborot tizimlarini yaratish va yuritish; 
- solik stavkalarini aniklash uchun yer va kuchmas mulkni kadastr suratga olishlarni, 
xududlarni  baxolash  va  rayonlashtirishni  amalga  oshirish,  shaxarlar  va  shaxarchalar 
kuchmas  mulklari  kadastrini  yaratish  maksadida  kuchmas  mulklarni  yuridik  va 
jismoniy shaxslarga rasmiylashtirish tadbirlarida katnashish; 
-  manfaatdor  idoralar  bilan  birlalikda  Davlat  kadastrlari  yagona  tizimini  va  kadastr 
ma’lumotlaridan  foydalanish  tartiblarini  yaratish  va  yuritishga  oid  konunchilik  va 
me’yoriy xujjatlar loyixalarini ishlab chikish; 
-  koordinatalar  va  balandliklarning  yagona  tizimlarini  saklash  xamda  aniklash 
soxasida  yakin  xorijiy  davlatlarning  geodeziya,  kartografiya  va  kadastr  xizmatlari 
bilan  ilmiy-texnika  xamda  ishlab  chikarish  alokalarini  urnatish,  geodeziya  va 
kartografiya  maxsulotlariga  me’yoriy  –  texnikaviy  talablarni  kelishib  olish  va 
birgalikda ishlarni bajarish; 


 
122 
-  Uzbekiston  Respublikasi  davlat  chegaralarini  belgilashda,  xaritaga  olishda  va 
demarkatsiya kilishda katnashish; 
- viloyatlar, tumanlar , ma’muriy va boshka xududiy tuzilmalar chegaralarini doimiy 
belgilar  bilan  belgilash  va  ularni  yuridik  jixatdan  rasmiylashtirish  xamda  geodezik 
belgilash uchun chegaralash xay’atlari ishlarini tashkil kilishda katnashish; 
-  manfaatdor  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar  va  fukarolarni  zaruriy  geodeziya, 
kartografiya  xamda  kadastr  ma’lumotlari  va  asoslari  bilan  shartnoma  asosida 
ta’minlash; 
-  Uzbekiston  Respublikasining  kartografiya-geodeziya,  aerokosmik  kadastr  axboroti 
davlat fondini tashkil kilish xamda yuritish va boshkalar. 
   Geodeziya – kartografiya davlat kadastri quyidagi tamoyillar asosida kiritiladi: 
7.  respublikaning butun hududini qamrab olish; 
8.  koordinatalar va balandliklarni yagona tizimini qo‘llash; 
9.  geodeziya – kartografiya ishlariga markazlashgan rahbarlik; 
10. geodeziya  –  kartografiya  bo‘yicha  bajariladigan  ishlarning  ob’ektivligi, 
haqqoniyligi va to‘laligi; 
11. geodeziya  –  kartografiya  ishlarining  bajarilishi  ustidan  davlat  geodeziya 
nazoratini amalga oshirishi. 
O‘tkazilishi  mazmuni  va tartibiga qarab geodeziya  –  kartografiya  davlat  kadastri 
asosan shakl turga bo‘linadi: asosiy (birlamchi) va joriy (kundalik). 
Asosiy  kadastrning  vazifasi  geodeziya  va  kartografiyaga  oid  ishlarning  xo‘jalik 
hamda huquqiy xolatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni birlamchi sifatida olish va qabul 
qilingan kadastr xujjatlarida yoritishdan iborat. 
Qayd  qilish  zarurki,  geodeziya  –  kartografiyaga  oid  ishlar,  jumladan  kartografik 
materiallar ma’lum vaqt o‘tishi bilan eskiradi. 
Kartografik materillardagi xolatlar o‘zgaradi. Qanchalik ko‘p vaqt o‘tadigan bo‘lsa 
bu  materiallarning  eskirishi  shuncha    ko‘p  bo‘ladi.  Ushbu  kadastr  materiallarini 
(ma’lumotlarini)  shu  kunning  talabi  darajasida  ushlab  turish  uchun  va  bu 
o‘zgarishlarni  kadastr  xujjatlarida  o‘z  vaqtida  yoritish  maqsadida  joriy  (kundalik) 
kadastr ishlari o‘tkaziladi. 
 Joriy kadastrning vazifasi asosiy kadastr ishlari o‘tkazilganidan so‘ng geodeziya-
kartografiyaga  oid  ishlar  tarkibida  yuz  beradigan  o‘zgarishlarni  aniqlash  va  kadastr 
xujjatlariga tushirishdan iborat. Bundan tashqari, boshlang‘ich yozuvlardagi xatolarni 
tuzatish va zamon talablariga mos ravishdagi qo‘shimcha ma’lumotlarni ham kiritish 
joriy kdastrning vazifasiga kiradi. 
   Yuqorida qayd qilinganlardan kelib chiqqan xolda geodeziya-kartografiya davlat 
kadastri quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 
12. geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni ro‘yxatga olish; 
13. geodeziya punktlarini hisobga olish; 
14. geodiziya-kartografiyaga oid ishlarni iqtisodiy baholash. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin