Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


-BOB. DAVLAT YeR KADASTRINING TARKIBIY



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/79
tarix02.01.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#40899
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
Kadastrlari-1

3-BOB. DAVLAT YeR KADASTRINING TARKIBIY 
QISMLARI 
 
1. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish 
2. Yer hisobi, uning mazmuni, turlari va o‘tkazish uslubiyati 
3. Yerlarni baholash, iqtisodiyot tarmoqlarida uning ahamiyati 
4. Tuproq bonitirovkasi va uni o‘tkazish uslubiyati 
5.  Yerlarni iqtisodiy baholash va uni o‘tkazish uslubiyati 
 
 
1. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish 
Xo‘jalik  yoki  korxona,  muassasa  va  tashkilotlarni  yer  uchastkalariga 
bo‘lgan huquqlarini ro‘yxat qilish davlat yer kadastrining asosiy tarkibiy qismlari 
hisoblanadi.  Ro‘yxatlash  ma’lum  bir  yer  uchaskasiga  mulkdorlik,  foydalanish 
yoki  ijara  huquqini  rasmiylashtirish  hamda  davlat  miq’yosida  qabul  qilingan 
yagona shakldagi xujjatlarda aks ettirish bo‘yicha huquqiy tadbir hisoblanadi. 
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish ma’lumotlari huquqiy 
kuchga  ega.  Albatta,  yerlarni  ro‘yxat  qilish  ishchi  tizim  sifatida  birdaniga 
shakllanmagan.  U  XX  asrning  20-30  yillarida  o‘tkazila  boshlangan  hamda 
boshlang‘ich  davrlarda  yerdan  foydalanish  huquqini  rasmiylashtirish  va  yerga 
davlat  mulkchiligini  ta’minlashga  yo‘naltirilgan.  Shu  bilan  bir  qatorda  uning 
vazifasiga  yer  maydonlarining  huquqiy  va  xo‘jalik  holatlari  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni to‘plash, tizimli tarzda saqlash va yangilab turish ishlari kirgan. 
Yer uchastkasiga bulgan huquqlarni ro‘yxatga olish yer hisobi bilan uzviy 
bog‘langan holda olib boriladi. 
Yer  uchastkasiga  bo‘lgan  huquqlarni  ro‘yxatga  olish  ma’lum  bir  yer 
uchastkasidan  foydalanish,  ijaraga  olish  huquqlarini  rasmiylashtirish  va  yer 
uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  qabul  qilingan 
xujjatlarda qayd qilish bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga oladi. Bunda dastlabki 
xujjatlari yer uchastkalarining huquqiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat 
bo‘ladi.  Ammo,  yerdan  foydalanish  ma’lum  bir  maqsadga  yo‘naltirilganligi 
hamda  ma’lum  hudud  va  aniq  sub’ekt  bilan  bog‘liq  bo‘lganligi  sababli  u  o‘z 
ichiga  yer  uchastkalarining  xo‘jalik  holati,  joylashgan  o‘rni  va  yerdan 
foydalanishning o‘lchamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oladi. 
Yer  uchastkasini  yerdan  foydalanuvchiga  berish  to‘g‘risidagi  vakolatli 
davlat  organlarining  qarori  hamda  yer  tuzish  loyihasini  joyga  ko‘chirish  va  yer 
uchastkasi  chegaralarini  joyda  belgilash  to‘g‘risidagi  dalolatnoma  yerdan  foyda-
lanuvchi  yoki  yer-mulkdorini  ro‘yxat  qilish  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi. 
Davlat  ro‘yxatida  rasmiylashtirilgandan  so‘ng  yerdan  foydalanuvchiga  yerdan 
foydalanish huquqlarini beruvchi xujjatlar topshiriladi. 
Yer uchastkalirini egalik kilish, foydalanish yoki mulk tariqasida berish yer 
ajratish tariqasida amalga oshiriladi. Yer uchastkalarini ajratib berish O‘zbekiston 


 
43 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi,  viloyatlar,  Toshkent  shahri,  tumanlar, 
shaharlar  hokimlari  tomonidan  qonun  xujjatlarida  belgilab  quyilgan  tartibda 
amalga  oshiriladi.  Foydalanishdagi  yer  uchastkasining  boshqa  shaxslarga  berish 
shu  yer  uchastkasi  belgilangan  tartibda  qaytarib  olingandan  keyingina  amalga 
oshiriladi. 
Yerni  ijaraga  olish  huquqi  yer  uchastkasini  ijaraga  olish  shartnomasi 
asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 
Servitutlar  va  mulk  huquqidagi  boshqa  cheklashlar  yer  uchastkalaridan 
foydalanish shartnomalar, sud qarorlari asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 
Yer  uchastkasidan  o‘zgalarning  ham  qisman  foydalanishi  mumkinligi 
to‘g‘risidagi  xuquq  davlat  hokimiyati  organlarining  qarorlari  yohud  qonun 
xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 
Binoga, inshoatga va imoratga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tishi 
natijasida  yuzaga  kelgan  yer  uchastkasidan  foydalanish  huquqi  ana  shu 
mulkdorlarning  oldi-sotdisi,  almashtirilganligi,  xadya  etilganligi  yoki  vasiyat 
qilinganligi  to‘g‘risidagi  tegishli  shartnomalar  va  bitimlar,  tuziladi.  Mulkdorlar-
ning  yoki  ular  tomonidan  vakil  qilingan  organlar  va  yuridik  shaxslarning 
qarorlari,  shuningdek  binoga,  imoratga,  inshoatga  mulk  huquqi  undan  boshqaga 
o‘tayotgan  shaxsning  yer  uchastkasiga  tegishli  xujjatlari  tegishli  hokimiyat 
organlarining qarori bilan rasmiylashtirilganidan keyin ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 
Sanoat  korxonalari,  temir  va  avtomobil  yo‘llari,  aloqa  va  elektr 
energiyasini  uzatish  qurilmalari,  magistral  quvurlar  qurish  uchun,  shuningdek, 
qishloq  xo‘jaligi  bilan  bog‘lik  bo‘lmagan  boshqa  extiyojlar  uchun  qishloq 
xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yoki qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz bo‘lgan yerlar 
yohud  qishloq  xo‘jaligining  sifati  yomon  bo‘lgan  yerlardan  ajratiladi.  Mazkur 
maqsadlar  uchun  o‘rmon  fondiga  qarashli  yerlardan  yer  uchastkalari  asosan 
o‘rmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki butazorlar va arzon baho o‘simliklar 
bilan qoplangan maydonlar hisobidan beriladi. 
Yerdan  foydalanuvchiga  foydalanish  uchun  bitta  yoki  alohida-alohida 
joylashgan  bir  necha  yer  uchastkalari  berilishi  mumkin.  Bunda  birinchi  holatda 
ham ikkinchi holatda ham yerdan samarali foydalanishni tashkil etish uchun asos 
yaratadi,  negaki  yerdan  foydalanish  sub’ekt  tomonidan  amalga  oshiriladi.  U 
o‘ziga  biriktirilgan  barcha  hududdan  foydalanish  bo‘yicha  ma’lum  huquq  va 
majburiyatlarga  egadir.  Yerdan  foydalanish  ro‘yxat  qilinadi  va  u  yer  uchastkasi 
xuquqini  ro‘yxatdan  o‘tkazishning  ro‘yxat  birligi  asosini  tashkil  etadi. 
Ro‘yxatlash yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning ob’ekti va xo‘jalik yuritish 
sub’ekti  sifatida  yoki  yerdan  foydalanuvchining  o‘zga  faoliyati  sifatida 
gavdalanadi  hamda  ma’lum  aniqlikdagi  joylashgan  o‘rni  va  o‘lchamlari  bilan 
tavsiflanadi. 
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar, ya’ni yerdan foydalanuvchilar davlat 
tomonidan  ushbu  huquqlarni  tasdiqlaydigan  xujjatga  ega  bo‘ladilar.  Yerdan 
foydalanish  turlariga  qarab  huquqiy  rasmiylashtirish  xujjatlari  xamda  yerdan 
foydalanuvchilarni ro‘yxat qilish tartibi turlicha bo‘lishi mumkin. 


 
44 
Yerdan  foydalanishni  ro‘yxat  qilish  yer  uchastkalaridan  foydalanish 
muddatlari  bo‘yicha  amalga  oshiriladi,  ya’ni  muddatsiz  va  vaqtinchalik  (uzoq 
muddatli  va  qisqa  muddatli).  Muddati  oldindan  belgilanmagan  foydalanish 
muddatsiz  hisoblanadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  u  doimiy  yerdan 
foydalanishdir.  Bunday  yerdan  foydalanishlar  tuman  (shahar)  hokimiyatlari 
tomonidan  yerlardan  doimiy  (muddatsiz)  foydalanish  huquqini  beruvchi  Davlat 
dalolatnomalari berish bilan vujudga keladi. 
Yerdan  muddatli  foydalanish  qisqa  muddatli  -  bir  yildan  uch  yilgacha  va 
uzoq  muddatli  -  uch  yildan  o‘n  yilgacha  bo‘lishi  mumkin.  Ishlab  chiqarish 
extiyojlari  talab  qilgan  hollarda  bu  muddatlar  vaqtincha  foydalanish 
muddatlaridan ortiq bo‘lmagan davrga uzaytirilishi mumkin. Yer uchastkalaridan 
foydalanish  muddatlarini  uzaytirish  ana  shu  yer  uchastkalarni  bergan  davlat 
organlari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Yaylov  chorvachilgi  uchun  yer 
uchastkalari qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yigirma 
besh yilgacha muddatga berilishi mumkin. 
Yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlar  uchun  davlat  ro‘yxatini  amalga 
oshirish  yerdan  foydalanish  toifalari  bo‘yicha  belgilangan  tartibda  tuman  va 
shahar hokimiyatlarida amalga oshiriladi. Har bir yerdan foydalanuvchi bo‘yicha 
muddatsiz,  uzoq  muddatli  va  qisqa  muddatli  yerlar  alohida  ro‘yxat  qilinadi. 
Asosiy  yer  ro‘yxati  ma’lumotlari  sifatida  quyidagilarni  ajratish  mumkin:  yerdan 
foydalanuvchilarning  nomi,  foydalanish  turi,  joylashgan  o‘rni,  foydalanish 
muddati, yer maydoni va yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat xujjatining 
nomi,  uning  tartib  raqami  hamda  yerdan  foydalanuvchiga  berilgan  vaqti  va 
boshqalar.  Yerdan  foydalanishning  davlat  ro‘yxati  tuman  (shahar)  Davlat  yer 
kadastri kitobining birinchi bo‘limida amalga oshiriladi. 
Yer  uchastkasidan  foydalanish  xuquqini  ro‘yxatlash  bo‘yicha  ma’lumotlar 
tumanning  va  alohida  yerdan  foydalanuvchilarning  boshqa  kadastr  xujjatlarida 
ham  qayd  qilinadi.  Masalan,  korxona,  muassasa  va  tashkilotlarning  yer  kadastri 
kitobining  birinchi  bo‘limida  tuman  (shahar)  Davlat  yer  kadastri  kitobining 
birinchi bo‘limida qayd qilingan korxona, muassasa va tashkilotlarning asosiy yer 
ro‘yxati  ma’lumotlari  kiritiladi.  Kitobning  beshinchi  bo‘limida  esa  fuqarolar 
tomorqa  yerlarining  maydonlari  qayd  qilinadi.  Tomorqa  yerlar  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar  qishloq  fuqarolar  yig‘inida  yuritilayotgan  xo‘jalik  daftarida  ham 
qayd qilib boriladi. 
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olishning muhim tashkiliy 
tadbirlaridan biri – bu hududni kadastr bo‘yicha bo‘lish hisoblanadi.  
O‘zbekiston  Respublikasi  hududlarini  kadastr  bo‘yicha  bo‘lish  ko‘chmas 
mulkni  hisobga  olishning  yagona  tizimini  yaratish  hamda  yer  uchastkalari, 
binolar va inshoatlarga kadastr raqamlarini berish maqsadida amalga oshiriladi.  
Yer  uchastkalari    kadastr  bo‘yicha  bo‘lishning  va  ajratish  tartibida 
ajratilgan yerni hisobga olishning dastlabki birligi hisoblanadi. 
Muayyan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  biriktirilmagan  umumiy 
foydalanishdagi  yerlar,  jumladan  ko‘chalar,  maydonlar,  ko‘kalamzorlashtirilgan 
mintaqalar,  yodgorlik  majmualari,  qabristonlar,  shahar  axlatxonalari,  shahar 


 
45 
qurilishi uchun ajratiladigan zahira yerlar va boshqa yerlarga bo‘linadigan kadastr 
bo‘yicha  hisobga  olish  uchastkalari  yerni  kadastr  bo‘yicha  bo‘lish  va  hisobga 
olish birligi hisoblanadi. 
Hududlarni  kadastr  bo‘yicha  bo‘lish  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi, 
viloyatlar  va  tumanlar  (shahar  tumanlaridan  tashqari)  doirasida  yer  resurslari 
boshqarmalari  tomonidan,  shaharlar  va  aholi  punktlari  doirasida  –  tumanlar 
ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari tomonidan o‘tkaziladi. 
Kadastr  raqami  bu  –  yer  uchastkasi,  bino,  inshoatga  tegishli  O‘zbekiston 
Respublikasi  hududida  takrorlanmaydigan  raqamdir,  u  qonun  xujjatlari  bilan 
belgilangan  tartibda  uni  shakllantirishda  beriladi  va  u  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan 
huquqning yagona ob’ekti sifatida faoliyat yuritish davomida saqlanib qoladi. 
Quyidagilar  yer  uchastkasi,  bino  va  inshoatlarning  kadastr  raqamining 
majburiy elementlarini tashkil etadi: 
-  mintaqa  (Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri) 
ning raqami; 
mintaqa  tarkibidagi  ma’muriy  tuman  yoki  viloyatga  bo‘ysunuvchi  shaharning 
raqami; 
kadastr zonasining raqami; 
kadastr massivining raqami; 
kadastr mavzesining raqami; 
yer uchastkasining raqami; 
bino yoki inshoatning raqami; 
bino, inshoat bir qismining raqami; 
Yaxlit holda kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega: 
AA : VV : DD : YeE : G‘G‘G‘G‘ : GGGG : NNN 
Yer  uchastkasiga  kadastr  raqamini  berish  yer  uchastkalariga  ko‘chmas  mulk 
ob’ekti  sifatida  shakllantilgan  va  ularning  chegaralari  tuman  (shahar)  navbatchi 
kadastr xaritasiga kiritilganidan keyin boshlanadi. 
Yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarni  ro‘yxatga  olish  asosiy  (birlamchi) 
va  joriy  (kundalik)  turlarga  bo‘linadi.  Birlamchi  ro‘yxat  qilishda  yangi  yerdan 
foydalanuvchilarni  rasmiylashtirish,  yer  ro‘yxati  xujjatlariga  birlamchi  zarur 
ma’lumotlarni tushirish va tizimga keltirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Uni 
o‘tkazish  jarayoni  natijasida  yer  uchastkaliriga  bo‘lgan  huquqlar  bo‘yicha 
birlamchi  yozuv  tushiriladi.  Keyinchalik  xujalik  faoliyatining  rivojlanishi 
natijasida  yerdan  foydalanishning  o‘lchamlari  va  tarkibida  u  yoki  bu 
ko‘rinishlardagi qonuniy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu hol esa yerlarning huquqiy 
holatini  aniqlashga  zarurat  tug‘diradi.  Masalan,  davlat  va  jamoat  zaruriyatlari 
uchun  yer  ajratilishi  natijasida  yerdan  foydalanishning  umumiy  maydoni, 
jumladan  alohida  yerdan  foydalanish  turlarining  maydonlari  o‘zgaradi.  Bunday 
holatlar  ayniqsa  yerdan  vaqtinchalik  foydalanishda  ko‘p  uchraydi.  Ba’zi 
holatlarda  esa  aksincha  yerdan  foydalanuvchiga  oldin  undan  olingan  yer 
uchastkasi  qaytarib  beriladi.  Negaki,  bunday  holatda  oldin  ajratib  berilgan 
maqsadlar  uchun  yerdan  foydalanishga  extiyoj  qolmagan.  Bundan  boshqa  xam 
qator qonuniy sabablar bo‘lishi mumkin. 


 
46 
Yerdan  foydalanishdagi  barcha  qonuniy  o‘zgarishlarni  rasmiylashtirib 
borish  va  ushbu  o‘zgarishlarga  hamda  birlamchi  ro‘yxat  ma’lumotlariga  zaruriy 
aniqliklar kiritish yerdan foydalanishning joriy ro‘yxati tartibida amalga oshirila-
di. Shu tarzda yer uchastkalarining ro‘yxatlash ma’lumotlari doimiy ravishda shu 
kun talabi darajasida bajarib boriladi. 
Yer  uchastkasiga  bo‘lgan  huquqlarning  yuzaga  kelishi,  uni  o‘zga 
foydalanuvchiga  o‘tishi,  undan  foydalanish  bo‘yicha  cheklanishi  yoki  bekor 
qilinishi  ham  davlat  ro‘yxatiga  olib  boriladi.  Yer  uchastkalariga  bo‘lgan 
huquqlarni  ro‘yxatga  olganlik  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi  tomonidan  belgilangan  tartibda  ro‘yxatga  olish  yig‘imi  undiriladi. 
Davlat ro‘yxatiga olish belgilangan tartibda, yuridik yoki jismoniy shaxsning yer 
uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarni  davlat  ro‘yxatiga  olish  ishlarini  amalga 
oshiruvchi  organga  bergan  arizasiga  asosan  amalga  oshiriladi.  Ro‘yxatga  olish 
ariza  bergan  kundan  e’tiboran  un  kunlik  muddatda  amalga  oshiriladi  va  davlat 
ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi. 
Yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarni  davlat  ro‘yxatiga  olish  vaqtida 
tuman (shaxar) yer kadastri kitobiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: 
-yer  uchastkasiga  bo‘lgan  huquqni  olgan  yuridik  yoki  jismoniy  shaxs 
to‘g‘risidagi; 
-yer  uchastkasi  to‘risidagi  (yerning  toifasi,  foydalanish  maqsadi,  yerning  turi, 
uning sifati, chegaralari, maydoni, kadastr raqami va boshqalar); 
-yer  uchastkasining  berilish  shartlari,  uni  saqlash  vazifalari  va  servitutlar 
to‘g‘risidagi; 
-tuman,  shahar,  viloyat  hokimining,  Qoraqolpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar 
Kengashining  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  yer 
uchastkasini  davlat  yoki  jamoat  extiyojlari  uchun  ajratish  xususidagi  qarorlari 
to‘g‘risidagi; 
-davlat ro‘yxatiga olinganlik haqidagi guvohnomaning tartib raqami va u berilgan 
sana to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 
Yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarni  belgilovchi,  o‘zgartiruvchi  yoki 
bekor  qiluvchi  xujjatlar  ana  shu  huquqlarni  davlat  ro‘yxatiga  olish  uchun  asos 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarni  davlat  ro‘yxatiga  olish  uchun 
berilgan  arizalarni  ro‘yxatga  olish  maxsus  ro‘yxatga  olish  jarayonida  yuritiladi. 
Bu kitoblar jumladan quyidagi shakllardan iborat (3-4jadvallar). 
3-Jadval 
Yer  uchastkasiga  bo‘lgan  huquqni  ro‘yxatga  olish  haqidagi  ariza  va  xujjatlarni 
qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish reestri 
 
T.r 
Ariza 
beruvchini
ng nomi 
Ariza va xuj-
jatlarni qa-bul 
qilingan sanasi 
Yer 
uchast-
kasining 
manzili 
Ro‘yxatga olish 
mazmuni (sa-
babi) va xuj-
jatlar nomi 
Xizmat haqi-
ni to‘lagan-
ligi haqida-gi 
belgi 
Izoh 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
47 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin