Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/79
tarix02.01.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#40899
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79
Kadastrlari-1

Mustaqil o‘rganish uchun savollar. 
 
1.  Davlat yer kadastri o‘z mazmuniga qarab qanday turlarga bo‘linadi? 
2. Asosiy yer kadastri qaysi vaqtda o‘tkaziladi? 
3. Joriy yer kadastri nima sababdan o‘tkaziladi? 
4. Yer kadastri qanday tamoyillar asosida yuritiladi? 
5. Yer kadastri xujjatlari qanday turlarga bo‘linadi? 
6. Asosiy yer kadastri xujjatlariga nimalar kiradi?  
  
4. O‘zbekiston Respublikasining yer fondi – yer kadastrining  
ob’ekti sifatida 
 
  
Respublikamiz yer fondi  yer  kadastri bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki aynan yer 
kadastri  mamlakatimiz  hamma  yer  maydonlarida  yagona  uslubiyat  asosida  o‘t-
kaziladi. 
O‘zbekiston  Respublikasida  yer  -  davlat  mulki,  umummilliy  boylikdir,  undan 
oqilona  foydalanish  zarur.  Yer  davlat  tomonidan  muxofaza  qilinadi.  Davlat  yerning 
asosiy  egasi  sifatida  yer  fondiga  egalik  qilish  va  undan  to‘g‘ri  foydalanishni  ham 
tashkil etishi zarur. Shunday tashkiliy tadbirlardan biri davlat yer kadastri hisoblanadi. 


 
34 
Demak,  mamlakatning  yagona  yer  fondi-yer  kadastrining  ob’ekti  hisoblanadi.  Yer 
fondi undan foydalanishning asosiy maqsadiga qarab quyidagi toifalarga bo‘linadi: 
1) qishloq xo‘jaligi yerlari - qishloq xo‘jaligi extiyojlari uchun yoki shu maqsadlarga 
mo‘ljallangan yerlar; 
2)  aholi  punktlarining  yerlari  (shaharlar,  posyolkalar  va  qishloq  aholi  punktlari 
yerlari), shahar va poselka va qishloq aholi punktlari chegaralari doiralaridagi yerlar; 
3)  sanoat,  transport,  aloqa,  mudofaa  maqsadlarida  foydalanish  uchun  mo‘ljallangan 
yerlar; 
4)  tabiatni  muhofaza  qilish,  soglomlashtirish  rekreatsiya  maqsadlarida  foydalanish 
uchun mo‘ljallangan yerlar; 
5) tarixiy-madaniy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan yerlar; 
6) o‘rmon fondi yerlari; 
7) suv fondi yerlari; 
8) zahira yerlar. 
Qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun ajratib berilgan yerlar shu sohaga mo‘ljallan-
gan  yerlar  deb  hisoblanadi.  Bu  yerlar  qishloq  xo‘jaligi  maqsadlarida  faoliyat 
ko‘rsatish  uchun  zarur  bo‘lgan  ekinzorlar,  daraxtzorlar,  ichki  xo‘jalik  yo‘lllari, 
kommunikatsiyalar,  o‘rmonlar,  berk  suv  xavzalari,  binolar  va  inshootlar,  aholi 
yashash joylari bilan band bo‘lgan yerlarga ajratiladi. Haydaladigan yerlar, ko‘p yillik 
darxtzorlar  (Bog‘zor,  tokzor  va  tutzorlar),  yaylovlar,  pichanzorlar  va  bo‘z  yerlar 
qishloq  xo‘jaligi  yerlari  jumlasiga  kiradi.  Qishloq  xo‘jaligiga  mo‘ljallangan  yerlar 
doimiy  yoki vaqtinchalik foydalanish maqsadlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish 
kooperativlariga  (shirkatlarga),  boshqa  qishloq  xo‘jalik  korxonalari,  muassasalari  va 
tashkilotlariga,  fermer  xo‘jaliklarini  tashkil  etish  va  yuritish,  dehqon  xo‘jaligini, 
xususiy  bog‘dorchilik,  jamoa  bog‘dorchiligi  va  uzumchiligi  uchun  Respublika 
fuqarolariga,  yordamchi  qishloq  xo‘jaligini  yuritish  uchun  qishloq  xo‘jaligi  bilan 
shug‘ullanmaydigan korxonalar; muassasalar va tashkilotlarga beriladi. 
Qishloq  xo‘jaligi  yerlarini  irrigatsiyalash  va  suvdan  foydalanish  tizimiga 
asoslangan  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  tashkil  etishning  asosi  va  yerlardan 
foydalanish  jarayonida  tuproq  unumdorligini  oshirishning  shartidir.  Qishloq 
xo‘jaligida  foydalaniladigan  va  sug‘orishni  ta’minlay  oladigan  sug‘orish  manbaasi 
bilan  bog‘langan  doimiy  yoki  muvaqqat  sug‘orish  tarmog‘iga  ega  bo‘lgan  yerlar 
sug‘oriladigan  yerlar  jumlasiga  kiradi.  Sug‘oriladigan  yerlar  davlat  organlari 
tomonidan  maxsus  muhofaza  qilinadi,  ularni  sug‘orilmaydigan  yerlar  sarasiga 
o‘tkazish    alohida  hollarda,  tuproq  –  meliorativ  va  iqtisodiy  sharoitlarni  hamda 
yerlarning  suv  bilan  ta’minlanganligini,  ulardagi  mavjud  suv  resurslarini  va  ularga 
belgilangan  me’yorlashni  e’tiborga  olib  viloyat  hokimliklari  tomonidan  O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 
Shahar va posyolka doirasidagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalar yerlariga 
kiradi.  Shahar  va  posyolkalar  yerlari  tarkibiga  shahar  qurilishi  yerlari,  umumiy 
foydalanishdagi  yerlar,  qishloq  hujaligida  foydalaniladigan  yerlar,  daraxtzorlar 
egallagan  yerlar,  sanoat  transport,  aloqa,  mudofaa  yerlari  va  boshqa  maqsadlarga 


 
35 
mo‘ljallangan  yerlar,  tabiatni  muhofaza  qilish,  sog‘lomlashtirish,  rekreatsion  va 
tarixiy – madaniy maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar, suv fondi yerlari va zahira yerlar 
kiradi. 
Qishloq aholi punktlarining yerlariga belgilab qo‘yilgan chegaralari doirasidagi 
hamma yerlar kiradi.  Qishloq va ovul, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tassarrufidagi 
qishloq  aholi  punktlarining  qishloq  xo‘jaligi  hamda  o‘rmon  xo‘jaligi  korxonalari 
muassasalari va tashkilotlari foydalanadigan yerlar kiradi. 
Sanoat  yerlari  jumlasiga  sanoat  korxonalariga,  jumladan  undirma  sanoat  va 
energetika  korxonalariga  ishlab  chiqarish  va  yordamchi  binolar  hamda  inshoatlar 
qurilishiga doimiy  foydalanish uchun  berib  qo‘yilgan  yerlar  kiradi.  Transport  yerlari 
jumlasiga temir yo‘l, ichki suv transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga 
transport inshoatlari, qurilmalari va boshqa ob’ektlarni ishlatish, saqlab turish, qurish, 
qayta  qurish,  ta’mirlash,  takomillashtirish  va  rivojlantirish  sohasida  ular  zimmasiga 
yuklatilgan  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  doimiy  foydalanishga  berib  qo‘yilgan 
yerlar  kiradi.  Aloqa  yerlariga  aloqa  tizimi  ob’ektlarini  hamda  ularga  tegishli 
inshoatlarni  joylashtirish,  aloqa,  radioeshittirish,  televideniya  va  axborot  korxonalari 
muassasalari  va  tashkilotlariga  doimiy  foydalanish  uchun  berib  qo‘yilgan  yerlar 
kiradi.  Qurolli  kuchlar,  chegara,  ichki  va  temir  yo‘l  qo‘shinlarining  harbiy  qismlari, 
harbiy o‘quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashishi hamda 
doimiy  faoliyati  uchun  berib  qo‘yilgan  yerlar  mudofaa  ehtiyojlari  uchun 
mo‘ljallangan yerlar deb e’tirof etiladi. Boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar 
jumlasiga  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlar  foydalanadigan,  qishloq  xo‘jaligi 
yerlari  aholi  punktlari,  sanoat  transport,  aloqa,  mudofaa,  tabiatni  muhofaza  qilish, 
sog‘lomlashtirish,  rekriatsion  va  tarixiy-madaniy  maqsadlarga  mo‘ljallangan  yerlar 
tarkibiga, shuningdek o‘rmon va suv fondlari tarkibiga kirmagan yerlar kiradi.  
Suv  xo‘jaligi  ehtiyojlari  uchun    korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarga 
belgilangan tartibda berib qo‘yilgan suv xavzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari va 
h.) gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshoatlari egallab turgan yerlar, shuningdek 
suv  xavzalarining  qirg‘oqlari  va  boshqa  suv  ob’ektlari  bo‘ylab  ajratib  qo‘yilgan 
zonadagi yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi. 
Tabiatni  muhofaza  qilishga  mo‘ljallangan  yerlar  tarkibiga  korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlarga maxsus maqsadlar uchun berilgan davlat qo‘riqxonalari, 
milliy  va  dendrologiya  bog‘lari,  botanika  bog‘lari,  buyurtma  bog‘lar  (ovchilikka 
mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno), tabiat yodgorligi yerlari kiradi. 
Kasallikning  oldini  olish  va  davolashni  tashkil  etish  uchun  qulay,  tabiiy 
shifobaxsh  omillarga  ega  bo‘lgan,  tegishli  muassasalar  va  tashkilotlarga  doimiy 
foydalanish  uchun  belgilangan  tartibda  berib  qo‘yilgan  yer  uchastkalari 
sog‘lomlashtirish ishlari uchun mo‘ljallangan yerlar jumlasiga kiradi.   
Aholining  ommaviy  dam  olishi  va  turizmni  tashkil  etish  uchun  tegishli 
muassasalar  va  tashkilotlarga  berilgan  yerlar  -  rekreatsiya  uchun  mo‘ljallangan 
yerlardir.    Tegishli  muassasalar  va  tashkilotlarga  doimiy  foydalanish  uchun  berib 
qo‘yilgan  tarixiy  –  madaniy  qo‘riqxonalar,  me’morial  bog‘lar,  maqbaralar, 


 
36 
arxeologiya  yodgorliklari,  tarixiy  va  madaniy  yodgorliklar  joylashgan  yerlar  tarixiy-
madaniy ahamiyatga molik yerlar qatoriga kiradi. O‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun 
berib  qo‘yilgan  yerlar  o‘rmon  fondi  yerlari  deb  e’tirof  etiladi.  O‘rmonzorlar  barpo 
etish, jarliklarning kengayishini to‘xtatish, shaharlar va sanoat markazlari tevaragidagi 
ixota o‘rmonzorlari va ko‘kalamzor maydonlar barpo etish uchun boshqa maqsadlarga 
mo‘ljallangan  yerlar  o‘rmon  fondi  yerlari  tarkibiga  belgilangan  tartibda  o‘tkazilishi 
mumkin.  Fuqarolar,  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarga  foydalanish  uchun 
berilmagan  barcha  yerlar  zahira  yerlardir.  Bunday  yerlar  jumlasiga  doimiy  egalik 
qilish va doimiy foydalanish huquqi tugatilgan yerlar ham kiradi. Zahira yerlar, tuman 
va  shaharlarning  davlat  hokimiyati  organlari  tasarrufida  bo‘ladi  va  qishloq  xo‘jaligi 
maqsadlari  uchun  egalik  qilish,  foydalanishga  va  ijaraga  berishga  mo‘ljallanadi. 
Tuman hokimi mahalliy ahamiyatga molik zahira yerlarning ayrim uchastkalarini o‘z 
qarori  bilan  posyolka,  qishloq  va  ovullarning  o‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari 
tasarrufiga berishi mumkin. Quyidagi 1 – jadvalda O‘zbekiston Respublikasi yagona 
davlat yer fondining yer toifalari bo‘yicha taqsimlanishi keltirilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
1 - jadval 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin