Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


 Yerlarni baholash, iqtisodiyot tarmoqlarida uning ahamiyati



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/79
tarix02.01.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#40899
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79
Kadastrlari-1

 
3. Yerlarni baholash, iqtisodiyot tarmoqlarida uning ahamiyati 
Yerlarni  baholash  davlat  yer  kadastrining  tarkibiy  qismi  bo‘lgani  holda, 
iqtisodiyot  tarmoqlarida  foydalaniladigan  tabiiy  resurslarni  umumiy  tarzda 
baholashning  bir  qismi  hisoblanadi.  Bunda  ayniqsa  qishloq  hujaligining  asosiy 
ishlab chiqarish vositasi sifatidagi yerlarni baholash alohida ahamiyat kasb etadi. 
U  joyning  mintaqaviy  farqini  hisobga  olish  va  taqqoslash  bo‘yicha  muhim 
muammolardan  biri  sifatida  gavdalanadi.  Iqtisodiyotning  aksariyat  masalalarini, 
shuningdek  qishloq  xo‘jalik  korxonalari  ichki  masalalarini,  davlatning  yerdan 
foydalanganlik  uchun  to‘lovlar  siyosatini  yer  tuzish  va  yerdan  foydalanish 
muammolarini  va  yerning  sifat  holatini  va  uni  qiyosiy  baholamasdan  turib 
muvaffaqiyatli hal qilish mumkin emas. 
Baholash  muammosini  muvaffaqiyatli  hal  qilish,  eng  avvalo,uni  ob’ekti  va 
sub’ektini  to‘g‘ri belgilashga bog‘liqdir. Tuproqshunoslik bo‘yicha olib borilgan 
tadqiqotlar  hamda  yerlarni  baholashga  oid  maxsus  adabiyotlarni  o‘rganish  va 
tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligi yerlarini baholashda uning asosiy 
ishlab  chiqarish  vositasi  bo‘lgan  yer  uchastkalari  ob’ekt  bo‘lib  xizmat  qilishini 
e’tibor etishimiz kerak. 
Yerning qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatidagi asosiy 
xususiyati  –  uning  unumdorligidir.  Yer  maydonining,  aniqrog‘i  tuproqning 
o‘simliklarni unga zarur bo‘lgan ozuqa moddalari va zarur namlik bilan ta’minlay 
olish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi.  
Inson  tuproq  unumdorligini  oshirish  uchun  yerga  turlicha  ta’sir  o‘tkazadi: 
yerni  haydaydi,  yumshatadi,  sug‘oradi,  tuproqqa turli  o‘g‘itlar soladi va hokazo. 
Natijada  u  tuproqdagi  ozuqa  moddalar  miqdorini  oshiradi  hamda  ularni 
o‘simliklar  tomonidan  oson  o‘zlashtirishga  imkoniyat  yaratadi.  Shu  Bilan  birga 
tuproq unumdorligini oshirish imkoniyatini beradigan boshqa qator tadbirlar ham 


 
60 
mavjud.  Ammo,  foydalanadigan  yer  sifatining  barcha  ijobiy  o‘zgarishlari 
qo‘shimcha mablag‘ va mehnat sarfi bilan bog‘liq. 
Iqtisodiyot  fani  asosan  quyidagi  tuproq  unumdorliklarini  ajratadi:  tabiiy, 
sun’iy, potensial, haqiqiy hamda iqtisodiy. 
Tabiiy  unumdorlik  tabiatning  o‘zi  orqali  hosil  bo‘ladi.  U  uzoq  davom 
etadigan  tuproq  paydo  bo‘lish  va  rivojlanish  jarayonida  iqlim,  o‘simliklar, 
joyning  relefi,  ona  jinslarining  ta’siri  ostida  paydo  bo‘ladi  hamda  xossasini 
o‘zgarib  turadi.  U  tuproqlarning  fizik,  kimyoviy  va  biologik  xossalari  bilan 
tavsiflanadi. Ammo tabiiy unumdorlikka asoslanib yerning haqiqiy sifatiga baho 
berib bo‘lmaydi.  
Tuproqda juda ko‘p miqdorda ozuqa moddalari bo‘lishi mumkin, ammo ular 
turli  sabablarga  ko‘ra  (namlik,  yorug‘lik  va  boshq.)  o‘simliklar  o‘zlashtira 
olmaydigan yoki kam o‘zlashtiradigan shaklda bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, 
bitta  yer  uchastkalaridagi  ozuqa  moddalari  o‘simliklar  oson  o‘zlashtiradigan, 
ikkinchi  uchastkada  esa,  aksincha,  qiyin  o‘zlashtiradigan  holatda  bo‘lishi 
mumkin.  
Sun’iy  unumdorlik  tabiiy  unumdorlikka  ega  bo‘lagan  yer  uchastkalarida 
tuproq  xususiyatiga  inson  mehnati  orqali  ta’sir  eti  shva  ularning  birlashishi 
natijasida  hosil  bo‘ladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  tabiiy  unumdorlikka  ega 
bo‘lgan yer uchastkalari insonning ongli faoliyati uchun mehnat predmeti bo‘lib 
xizmat qiladi. Haqiqatdan ham tabiiy va sun’iy unumdorliklar o‘rtasidagi chegara 
ko‘p jihatdan shartli, abstrakt hisoblanadi. Chunki tabiiy va sun’iy unumdorliklar 
tabiatda  sof  holda  alohida  namoyon  bo‘lmaydi.  Turlicha  tabiiy  unumdorliklarga 
ega  bo‘lgan  maydonlardagi  maxsus  qishloq  xo‘jalik  ekinlarining  rivojlanish 
davrida faqatgina tabiat in’om etgan oziq moddalarni o‘zlashtiribgina qolmasdan, 
balki  ular o‘simliklarning  o‘sishi va hosildorlik uchun sarflanadigan  qo‘shimcha 
xarajatlarni  tuproqning  yuqori  darajada  chirindi  bilan  boyishi  evaziga  qoplaydi. 
Ushbu  omillarning  oqilona  qo‘llanilishi  natijasida  tuproq  unumdorligi  pasayib 
ketmaydi,  aksincha,  bunda  uning  ijobiy  xususiyati  namoyon  bo‘ladi,  ya’ni 
unumdorligi oshadi. Shunday qilib, yerdan foydalanish to‘g‘ri tashkil etilganda u 
ishdan  chiqmaydi,  aksincha,  ekinlarga  ishlov  berish  jarayonida  unumdorlik 
yaratiladi. 
Potensial  va  haqiqiy  unumdorlik  deb,    tabiiy-iqlimiy  va  boshqa  omillarni 
hisobga  olgan  holda  tuproqning  qishloq  xo‘jalik  ekinlarini  ozuqa  moddalariga 
bo‘lgan  talabini  qondirish  qobiliyatiga  aytiladi.  Insonning  asosiy  vazifasi  ushbu 
jarayonni  boshqarish,  tuproqni  ishdan  chiqishiga  yo‘l  qo‘ymaslik,  undagi  ozuqa 
moddalarni o‘simliklar o‘zlashtirishiga imkon yaratishdan iborat. 
Yer  maydonlarini  chegaralanganligi,  tuproqlarning  xilma-xilligi,  qishloq 
xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabning doimo o‘sib borishi, sifat jihatidan afzal 
va  afzal  bo‘lmagan  yerlardan  ham  foydalanishni  talab  qiladi.  Bu  o‘z  navbatida 
yerga  sarflanayotgan  kapital  mablag‘lar  hajmini  oshirish  va  shuning  asosida 


 
61 
ma’lum  bir  potensial  unumdorlikka  ega  bo‘lish  evaziga  erishiladi.  Natijada 
tuproqning iqtisodiy unumdorligi vujudga keladi.   
Iqtisodiy  unumdorlik  tuproq  unumdorligining  haqiqiy  ifodasi  sifatida 
gavdalanadi. Hamda u dehqonchilik madaniyatining unumdorlik darajasi sifatida 
tavsiflanadi.  Tuproqning  iqtisodiy  unumdorligi  sarflangan  kapital  mablag‘lar 
miqdoriga,  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  va  ishlab  chiqarish  munosabatlarining 
rivojlanish  darajasiga,  mahsulotlarni  qayta  ishlash,  sotish  va  boshqa  omillarga 
bog‘liqdir.  Iqtisodiy  unumdorlik  odatda  absolyut  va  nisbiy  unumdorliklarga 
bo‘linadi.  Absolyut  unumdorlik  -  bu  ma’lum  bir  sharoitda  yetishtirilgan 
mahsulotlar  miqdori  bilan  ifodalanadi  va  ma’lum  birlikdagi  yer  maydonining 
hosildorlik  ko‘rsatkichi  yordamida  tavsiflanadi.  Nisbiy  unumdorlik  esa  turlicha 
yer  maydonlarining  qayd  qilingan  unumdorligi  bilan  ifodalanadi  hamda  ma’lum 
miqdorda  sarflangan  xarajatlar  evaziga  olinadigan  mahsulot  miqdori  bilan 
tavsiflanadi.  Ushbu,  yuqorida  keltirilgan  unumdorliklar  darajalarini  belgilash, 
yerlarning  qiymatini  aniqlash  maqsadida  tuproq  bonitirovkasi  hamda  yerlarni 
iqtisodiy  jihatdan baholash kabi  maxsus yer  baholash ishlarini  o‘tkazish  zarurati 
tug‘iladi.  
E’tirof etish joizki, iqtisodiyoy muammolar ichida O‘zbekiston Respublikasi 
uchun  mavjud  foydalanilayotgan  yerlar  samaradorligini  oshirish,  yerlarni 
muhofaza  qilish,  tuproqlar  unumdorliklarini  tiklash  va  oshirib  borish  kabilar 
muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.  Ushbu masalalarni har tomonlama to‘g‘ri hal 
qilish  iqtisodiyot  tarmoqlarida  yerdan  foydalanish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  qator 
muammolarni  oqilona  yechishda  yer  baholash  ma’lumotlaridan  foydalanish 
so‘zsiz ijobiy samara beradi. Jumladan, yer baholash materiallari quyidagi qator 
masalalarni ijobiy hal qilishda foydalaniladi: qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini to‘g‘ri 
joylashtirish;  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  hosildorliklarini  rejalashtirish;  qishloq 
xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarish faoliyatlarini tahlil qilish asosida yerdan va 
boshqa ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajalarini aniqlash; yer solig‘i 
stavkalarini  belgilash;  ijara  haqi  miqdorlarini  aniqlash;  qishloq  xo‘jalik  yerlarini 
noqishloq  xo‘jalik  maqsadlari  uchun  ajratishda  qishloq  xo‘jaligi  ko‘radigan 
zararni  o‘rnini  qoplash  miqdorlarini  hisoblash;  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini 
sotish  baholarini  belgilash;  xo‘jaliklararo  va  xo‘jalikda  yer  tuzish  loyihalarini 
asoslash va boshqalar. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin