Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


 O‘simlik dunyosi ob’ektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/79
tarix02.01.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#40899
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79
Kadastrlari-1

 
3. O‘simlik dunyosi ob’ektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi 


 
80 
 
O‘simlik dunyosi ob’ektlarining davlat kadastri Davlat tabiatni muhofaza qilish 
qo‘mitasi tomonidan quyidagi ma’muriy-hududiy darajalarda: 
 
birlamchi  darajada    o‘simlik  dunyosi  ob’ektlarning  davlat  kadastri 
sub’ektlarining vakolatli shaxslari tomonidan; 
 
mintaqaviy  darajada   Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Davlat  tabiatni  muhofaza 
qilish  qo‘mitasining  kadastr  xizmati  va  tabiatni  muhofaza  qilish  viloyat 
qo‘mitalarining vakolatli shaxslari tomonidan; 
 
respublika  darajasida    O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  tabiatni  muhofaza 
qilish qo‘mitasining kadastr xizmati tomonidan yuritiladi. 
O‘simlik  dunyosi  ob’ektlarining  davlat  kadastri  sub’ektlari  darajasida  vakolatli 
shaxslar: yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni ro‘yxatga oladi, ularning soni, sifati va 
bahosi to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi, kadastr kitobini yuritadi, o‘simliklarning turlar 
bo‘yicha tarqalishining  kadastr rejasini tuzadi va mintaqaviy darajada zarur kadastr 
axborotini beradi. 
Mintaqaviy darajada  vakolatli shaslar kadastrini yuritishda sub’ektlarga uslubiy 
yordam 
ko‘rsatadi,  tushayotgan  axborotni  tahlil  qiladi,  taqdim  etilgan 
ma’lumotlarning ishonchligini baholaydi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar 
bo‘yicha  yovvoyi  o‘simliklarning  ro‘yxatini  va  yovvoyi  o‘simliklarning  turlar 
bo‘yicha  joylashishi  hududiy  sxemalarini  tuzadi,  xisobotlar  tuzadi  hamda  ularni  har 
yili  1  martgacha  belgilangan  shaklda  Davlat  tabiatni  muhofaza  qilish  qo‘mitasiga 
taqdim etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining kadastr 
xizmati respublika darajasida: 
 
o‘simlik dunyosi ob’ektlarining davlat kadastri yuritilishini muvofiqlashtiradi; 
 
me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi; 
 
kadastr yuritilishi ustidan nazorat qiladi; 
 
viloyat kadastr hisobotlarini tizimlashtiradi; 
 
kadastr xizmatlarini moddiy-texnik ta’minlaydi; 
 
o‘simlik  dunyosi  ob’ektlari  davlat  kadastrining  atomatlashtirilgan  axborot 
tizimini ishlab chiqadi; 
 
manfaatdor  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  kadastr  materiallaridan 
foydalanishi tartibi va shartlarini belgilaydi; 
 
zarur kadastr axborotini Davlat kadastrlarining yagona tizimiga beradi. 
O‘simlik dunyosi ob’ektlarini davlat yo‘li bilan hisobga olish: 
 
yovvoyi  holda  o‘suvchi  dorivor  va  manzarali,  oziq-ovqat  maqsadida 
foydalaniladigan o‘simliklar bo‘yicha    O‘zbekiston  Respublikasi Fanlar  akademiyasi 
hamda  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  huzuridagi  O‘rmon  xo‘jaligi  bosh 
boshqarmasi tomonidan; 
 
texnik 
maqsadlarda 
foydalaniladigan 
yovvoyi 
o‘simliklar  bo‘yicha 
"Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi tomonidan;  


 
81 
 
yovvoyi  o‘simliklarning  kamyob  va  yo‘qolib  ketish  xavfi  ostida  turgan  turlari 
bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan yuritiladi. 
 
O‘simlik  dunyosi  ob’ektlarining  davlat  hisobini  yurituvchi  vazirliklar  va 
idoralar  o‘simlik  dunyosi  ob’ektlarining  davlat  kadastri  bo‘yicha  zarur  axborotni 
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda, hajmda va 
muddatlarda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga taqdim etadilar. 
Davlat tabiatni  muhofaza qilish  qo‘mitasi 2001  yildan boshlab har  yili  o‘simlik 
dunyosi  ob’ektlarining  davlat  kadastri  bo‘yicha  zarur  axborotni  hisobot  yilidan 
keyingi  yilning  1  aprelgacha  Davlat  kadastrlarining  yagona  tizimiga  taqdim  etadi. 
Kadastr  ma’lumotlarini  Davlat  kadastrlarining  yagona  tizimiga  taqdim  etish  shakli. 
Davlat 
tabiatni 
muhofaza 
qilish 
qo‘mitasi  tomonidan  tasdiqlanadi  va 
"Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi bilan kelishiladi.  
O‘simlik  dunyosining  ishlab  chiqiladigan  kadastr  axboroti  ishonchiligi  uchun 
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining kadastr xizmati, o‘simliklarning davlat 
tomonidan  hisobga  olinishi  yurituvchi  vazirliklar  va  idoralarning  vakolatli  shaxslari 
qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 
 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin