82
respublikaning butun hududida hayvonlarning barcha turlari yoki kichik
turlarining ishmkoni boricha eng ko‘p sonini qamrab olish;
axborotni to‘plash, qayta ishlash texnologiyasi va taqdim etish metodikasining
yagonaligini;
Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini ta’minlash;
kadastr axborotini to‘ldirish va yangilashning ishonchliligi va uzluksizligi;
davlat kadastrini yuritishni markazlashtirilgan tartibda boshqarish.
Hayvonot dunyosining davlat kadastri: ob’ektlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni, ular
sonini hisobga olishni va ulardan foydalanish sifatini, ob’ektlarni iqtisodiy
baholashni, kadastr axborotini tizimlashtirishni, saqlashni, yangilashni va uni
manfaatdor foydalanuvchilarga tegishli shakllarda va hajmlarda belgilangan tartibda
tezkor berishni o‘z ichiga oladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kadastr axborotidan bepul
foydalanadilar, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida
belgilangan miqdorlarda haq to‘lab foydalanadilar.
Hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish davlat budjeti mablag‘lari
hisobiga amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosini davlat tomonidan hisobga olishni va
davlat kadastrini yurituvchi barcha tashkilotlar mablag‘ bilan ta’minlanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: