87
o‘rmonlarda mol boqish hamda yog‘ochga taalluqli bo‘lmagan resurslardan
foydalanishning boshqa turlari normalarini davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari bilan
birgalikda belgilash va tartibga solish;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy
ko‘paytirish borasida aholining ma’rifatli bo‘lishini tashkil etish;
o‘z vakolat doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni hal qilish.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy
ko‘paytirish ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon
qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
tomonidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy
ko‘paytirish ustidan idoraviy nazorati O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon
qo‘mitasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: