11 O ’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019 yil, 4 bet.
Asosiy kapitalga investitsiyalar o ’sish sur’atlarini moliyalastirish manbalari
bo’yicha eng yuqori ko ’rsatkich kafolatlanmagan hamda boshqa xorijiy investitsiya
va kreditlarda kuzatilib, 2018 yilga nisbatan 4,1 marta o ’ sdi. Shuningdek, to ’ g ’ridan-
to ’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan ivestitsiyalarda ham
yuqori o ’sish sur’atlari - 3,6 martaga o ’sish kuzatilib, bu mahsulot taqsimoti
kelishuvi shartlari asosida gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan “Mustaqillikning 25
yilligi” konlarida qidiruv ishlarini yakunlash va ishlar olib borish, O ’zbekiston
Respublikasi investitsiya bloklarida (Kultak-Qamashi, Muborak, Surxon, Ashibuloq
va Koskud, g ’arbiy Farg’ona investitsiya bloklari) neft-gaz konlariga ishlov berish
va geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish, hududlarda sement ishlab chiqarishini
tashkil etish, to ’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish kabi yirik
investitsiya loyihalarining jadal o ’zlashtirilgani bilan bog’liq.
Kafolatlanmagan
xorijiy
kreditlar
hisobidan
2017-2021
yillarda
uglevodorodlarni qazib chiqarishni k o ’paytirish bo’yicha Dastur doirasidagi
investitsiya loyihalar, basalt toshidan mineral plitalar ishlab chiqarish majmuasini
tashkil etish kabi yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Hududlar kesimida moliyalashtirish manbalari bo ’yicha asosiy kapitalga
investitsiyalar Toshkent shahriga yo’naltirilgan (o’sish sur’ati 142,5%). Shuningdek
investitsiyalarning asosiy hajmi Qashqadaryo va Navoiy viloyatlariga yo’nlatirilgan
(2-jadval).
Hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o ’zlashtirilishi bo ’yicha
2018 yilga nisbatan eng yuqori o ’sish sur’ati 95,2 % ga o ’sib Jizzax viloyatida
kuzatildi. Bu asosan sement zavodi qurilishi bilan bog’liq.
Shuningdek, Sirdaryo viloyatida ham yuqori o ’sish surati kuzatilib, 2018 yilga
nisbatan 194,3 % ni tashkil qildi. Bunday natijani Sirdaryo issiqlik elektr
stansiyasida bosqichma- bosqich energobloklarni modernizatsiya qilish bilan
izohlash mumkin.
Xorazm viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining 2018 yildagi
hajmiga nisbatan 167,1 % ni tashkil etishi Toshsokin tizimidagi sug’orish magistral
kanallarini qayta tiklash loyihasi bo ’yicha amalga oshirilgan ishlar bilan bog’liq.
31