Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O ’zbekistonning xalqaro iqtisodiy
maydondagi nufuzi va mavqeyi sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining
m a’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng
asosiy va muhim jihat - milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va
globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro miqyosda
moliya, kredit va valuta munosabatlariga o ’z ta ’sirini ko’rsatmoqda.
Xalqaro valuta-kredit munosabatlari - bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi
va eng murakkab jarayonlaridan biridir. K o’plab omillar ta ’sirida xalqaro valuta-
kredit munosabatlari murakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o ’zining o ’ta
beqarorligi bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda davlat va x o ’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy
aloqalarini pul bozori yoki valuta bozori, undagi valuta operatsiyalarining rivojisiz
tasavvur qilib bo’lmaydi. Shu sababli xorijiy valutalar bilan bog’liq jahon tajribasini
o’rganish O ’zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanayotgan
bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro valyuta-kredit munosabatlarinign rivojlanishi o ’z navbatida
investitsiyalar hajmining o ’sishiga, mamlakatning toboro integratsiyalashuvini
oshishiga olib keladi. Mamlakatimizda ham xalqaro valyuta-kredit munosabatlari
tobora rivojlanib bormoqda.
Bu to ’g ’risida davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev ham “Xalqimizning
fidokorona mehnati bilan 019-yil - “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish
yili”da salmoqli natijalarga erishdik. Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida
investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi.
Ayniqsa, to ’g ’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil
etib, 018-yilga nisbatan - mana shu raqamga e ’tiboringizni qaratmoqchiman - 3,1
milliard dollarga yoki 3,7 barobar o ’sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi
ulushi 37 foizga yetdi.
3
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida
1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik
va rivojlanish tashkiloti tomonidan O ’zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik
reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi” deya ta ’kidlaganlar1.
Yuqorida bildirilgan fikrlar mazkur kurs ishining dolzarbligini asoslab beradi.
Dostları ilə paylaş: |