Узбекистон республикаси олий ва урта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат щ ти с о д и ё т университети


  Xalqaro kredit, uning mohiyati. Xalqaro kredit munosabatlari



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/25
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#39021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
НАМУНА

2.  Xalqaro kredit, uning mohiyati. Xalqaro kredit munosabatlari

Xalqaro kredit kapitalizm davrida paydo bo’ldi va kapital yig’ishning birinchi 

qulay  dastagi  bo’ldi.  Uning rivojlanishida ishlab  chiqarishning milliy ramkalardan 

chetga  chiqishi,  x o ’jalik  aloqalarining  kuchayishi  rivojlanishi,  xalqaro  kapitalning

umumiylashi kreditning ob’ektiv asosi bo ’ldi. Xalqaro kreditning o ’sish tempi ishlab

10



chiqarish  va  tashqi  savdo-sotiq  templarini  bir  necha  marta  o ’sishga  ta’sir  etadi. 

Xalqaro  kredit  bozor  sub’ektlarining  daromad,  foyda  olishiga  sharoit  yaratib, 

iqtisodiy talab qonunida asosiy muhim rolni o ’ynaydi. Xalqaro kredit daromad, narx, 

pul,  valyuta  kursi,  to ’lov  balansi  va  boshqalar  kabi  iqtisodiy  kategoriyalari  bilan 

bog’liqdir.

Xalqaro  kredit  -  bu  ssuda  kapitaliing  xalqaro  miqyosida  harakati  bo ’lib,  bu 

harakat tovar va valyuta ko’rinishidagi mablag’larni qaytarib berishlik,  muddatlilik 

va xaq to ’lashlik asosida berish bilan bog’liqdir.

Xalqaro  kredit  munosabatlarida  qatnashuvchi  sub’ektlar  bo’lib,  tijorat 

banklari,  markaziy  banklar,  davlat  organlari,  xukumatlar,  yirik  korporatsiyalar 

hamda xalqaro va regional moliya-kredit tashkilotlari hisoblanadilar.

Garchi xalqaro kredit tashqi oborotda tovarlarning, xizmatlarning, kapitalning 

harakat  qilishni ta’minlasa ham,  milliy chagaradan tashqaridagi tovarlarga b o ’lgan 

munosabatlarda ssuda kapitalining harakati aniklanadicha mustaqildir.

Xalqaro kredit bir davlat, shu davlat banki, huquqiy shaxsi tomonidan ikkinchi 

bir davlatga, uning banklariga, boshqa huquqiy shaxslariga muddatlilik va to ’lovlilik 

asosida  beriladigan  kredit  hisoblanadi.  Xalqaro  kredit  davlat va  xalqaro  institutlar 

ishtirok  etgan  munosabatlarda pul  (valyuta)  shaklida,  tashqi  savdo  faoliyatida  esa 

tovar  shaklida  bo’lishi  mumkin.  Xalqaro  kredit  qo’yidagi  xususiyatlari  bilan 

harakterlanadi (2-rasm):

-  qarz  oluvchi  va  qarz  beruvchi  sifatida  davlat,  tashkilot  va  muassasalar, 

xuquqiy shaxslar, xalqaro valyuta kredit tashkilotlari qatnashadilar;

-  qarzga  olingan  mablag’lar  qarz  oluvchi  mamlakat  tomonidan  daromad 

keltiruvchi kapital  sifatida ishlatiladi;

-  qarz  beruvchi  mamlakatga  to ’lanadigan  ssuda  foizining  manbasi  qarz 

oluvchi mamlakat aholisi tomonidan yaratilgan milliy daromad hisoblanadi.

Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul 

(valyuta)  shaklida,  tashqi  savdo  faoliyatida  esa  tovar  shaklida  bo ’lishi  mumkin. 

Shuningdek, xalqaro kredit chet el  obligatsiyalari,  chet-el  korxonalari  aksiyalari va

11



boshqa  qimmatli  qog’ozlariga  foyda  olish  maqsadlarida  kapital  qo’yish  shaklida 

ham bo’ladi.

Qarz oluvchi va qarz beruvchi 

sifatida davlat, tashkilot va 

muassasalar, xuquqiy shaxslar, 

xalqaro valyuta kredit 

tashkilotlari qatnashadilar

I   \

С

------------------------------------------------------N

Qarzga olingan mablag’lar qarz 

oluvchi mamlakat tomonidan 

daromad keltiruvchi kapital 

sifatida ishlatiladi

ч_______________________________ У


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin