Узбекистон республикаси олий ва урта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат щ ти с о д и ё т университети


-rasm. Valuta tizimining asosiy shakllari6



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/25
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#39021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
НАМУНА

1-rasm. Valuta tizimining asosiy shakllari6

Valuta  tizimi  davlatlararo  bitim  yoki  milliy  qonunlarga  muvofiq  valuta 

munosabatlarini  tashkil  qilish  va  boshqarish  shakllarini  o ’z  ichiga  oladi.  Valuta 

tizimining quyidagi shakllari farqlanadi:  milliy, jahon va hududiy valuta tizimlari.

Milliy  valuta  tizimi  mamlakat  pul  tizimining  tarkibiy  qismi  b o ’lib,  valuta 

munosabatlarining  yig’indisi 

sifatida  maydonga  chiqmaydi,  balki  ushbu 

munosabatlarning  faqat  qonunchilik  hujjatlari  bilan  tashkil  etilish  tartibini 

belgilaydi.  Valuta  munosabatlarini  tashkil  etishning  bunday  tartibi,  birinchi 

navbatda, valuta tizimi elementlarini belgilashni o ’z ichiga oladi.

6 Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari. Kasb-hunar kollejlari uchun o ’quv qo’llanma / Mualliflar: Xudoyberdiev

Z.Y., Qahhorov, Z.Y., Umarov Z.A.,  Sohibov O.Q. -  T.:  “IQTISOD -  MOLIYA”, 2013. -  9 b.

9



Milliy  valuta  tizimining  qonunchilik  asosida  belgilanadigan  elementlariga 

quyidagilar kiradi:

1) milliy valuta va uning nomi;

2) milliy valuta paritetini belgilash;

3) milliy valutaning konvertatsiya shartlari;

4) milliy valuta kursining rejimi;

5)  xalqaro  kredit  muomala  vositalaridan  foydalanishni  chegaralash 

(reglamentatsiya);

6) xalqaro zaxira aktivlari tarkibiy qismlari o ’rtasidagi nisbatni aniqlash;

7) mamlakat xalqaro hisob-kitoblarini chegaralash (reglamentatsiya);

8) milliy valuta va oltin bozorlari faoliyati rejimi;

9) valuta cheklovlarini o ’rnatish tartibi;

10) valuta munosabatlariga xizmat ko’rsatuvchi va ularni muvofiqlashtiruvchi 

milliy organlar maqomi.

Yuqorida  zikr  etilgan  elementlar  yig’indisi  xalqaro  valuta-kredit  va  hisob- 

kitob  munosabatlarini  amalga  oshirish  uchun  davlat  tomonidan  belgilanadigan 

valuta mexanizmidir.

Milliy valuta va uning nomi milliy valuta tizimining asosi hisoblanadi. Milliy 

valuta paritetini belgilash.

Valuta  pariteti  -   ikki  valuta  orasidagi  qonuniy  asosda  belgilangan  nisbat. 

Monometallizm  davrida  (oltin  yoki  kumush)  valuta  kursining  asosi  tanga  pariteti 

hisoblanadi.  Tanga  pariteti  -   turli  mamlakatlar  pul  birliklarini  o ’zidagi  metall 

sig’imiga  ko’ra  o ’zaro  solishtirishdir.  Tanga  pariteti  tushunchasi  valuta  pariteti 

tushunchasi bilan mos keladi.




Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin