3. Xalqaro kreditning tamoyillari, shakllari va turlari
Xalqaro kreditga bo’lgan talab qaysi usulda va muddatda kim tomonidan
qondirilishiga, shuningdek, qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab xalqaro kredit
bir necha turlarga bo ’linadi.
17
Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv asosida rivojlangan davlatlar
tomonidan rivojlanayotgan davlatlarga tovar yoki valyuta shaklida, foiz to ’lash yoki
foiz to ’lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa muddatga beriladi.
1-jadval
Xalqaro kredit turlari8
T/r
Turkumlash belgilari
Xalqaro kredit turlari
1
Kreditlash harakteri
bo’yicha
• davlatlararo kreditlar
• xususiy kreditlar
• firma kreditlari
2
Kreditlash shakli bo ’yicha
• davlat krediti
• bank krediti
• tijorat krediti
3
Tashqi savdo tizimida
tutgan o ’rni bo’yicha
• eksportni kreditlash
• importni kreditlash
4
Kreditlash muddati
bo’yicha
• qisqa muddatli (1 yilgacha)
• o ’ rta muddatli (1-5 yilgacha)
• uzoq muddatli (5 yildan ortiq)
5
Kreditlash ob’ekti
bo’yicha
• tovar krediti
• valyuta krediti
6
T a’minlanganlik darajasi
bo’yicha
• tovar-moddiy boyliklar bilan
ta ’minlangan kreditlar
• hujjatlar bilan ta ’minlangan kreditlar
Xalqaro bank kreditlarining:
S bank eksport kreditlari (xorijiy importyorlarga xususiy tijorat banklari,
maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit);
S yevrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan yevrovalyuta bozori resurslari
hisobidan yevrovalyutada, ikki yildan o ’n yilgacha bo’lgan muddatda,
o ’zgaruvchi foiz stavkada kreditlar berish) kabi turlari mavjud (1-jadval).
8 Galanov V.A. Finansi, Denejnoe obrashenie i kredit: Uchebnik. - M.: FORUM: INFRA-M, 2006. - 416 s.
18
Qisqa muddatli xalqaro kreditlarni - xalqaro valyuta fondi, o ’rta muddatli
kreditlarni - Jahon rivojlanish va taraqqiyot banki, uzoq muddatli (yigirma yilgacha)
kreditlarni - Yevropa rivojlanish va taraqqiyot banki berishlari mumkin.
Xalqaro kredit umumjahon munosabatlarining maxsus shakli b o ’lib, unda
davlatlar, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari va yirik
banklar ishtirok etadilar.
Xalqaro kreditning mohiyati bir yoki bir necha mamlakatlar, xalqaro moliya-
kredit tashkilotlari tomonidan boshqa mamlakatlarga milliy iqtisodiyotning alohida
tarmoqlarini rivojlantirish va o ’zaro xo’jalik aloqalarini kengaytirish uchun tovarlar
yoki pul shaklidagi resurslarni vaqtincha foydalanishga berishdan iboratdir.
Xalqaro kredit o ’zaro bog’liq funksiyalarni bajarish orqali ikki yoqlama, ya’ni
ijobiy va salbiy rol o ’ynaydi.
Xalqaro kreditning ijobiy roli takror ishlab chiqarish jarayonining
uzluksizligini ta’minlanishi hamda uning kengayishi orqali ishlab chiqarish kuchlari
rivojlanishining tezlashishida o ’z aksini topadi. Ushbuda ularning o ’zaro aloqasi aks
etadi. Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalarga va pirovard oqibatda takror ishlab
chiqarishga ta’sir etuvchi bog’lovchi bo’g ’in hamda uzatkich mexanizmi rolini
o’ynaydi. Ishlab chiqarish o ’sishining mahsuli b o ’lgani holda xalqaro kredit bir
vaqtning o ’zida uning zaruriy sharti va katalizatori bo ’lib ham hisoblanadi. U ishlab
chiqarish va muomala jarayonlarining baynalmilallashuvi, jahon bozorining
shakllanishi hamda rivojlanishiga ko ’maklashadi va xalqaro mehnat taqsimotini
chuqurlashtiradi. Xalqaro kredit takror ishlab chiqarish jarayonini quyidagi
yo’nalishlar bo’yicha tezlashishiga ko’maklashadi: Mamlakatlarning kredit siyosati
jahon bozorlarida kreditor mamlakat mavqelarini mustahkamlash vositasi b o ’lib
xizmat qiladi.
Birinchidan, xalqaro kredit kreditor mamlakatlar mavqelarini o ’stirgan holda
olingan foydalarni qarzdor mamlakatlardan o ’tkazish uchun ishlatiladi. Shu bilan
birgalikda ssudalarni foizlar bilan qaytimining jamiyat sof daromadining m a’lum bir
hajmidan oshgan yillik to ’lovlari qarzdor mamlakatlarda mazkur jam g’armalarning
shakllanish manbalariga salbiy ta’sir etadi.
19
Ikkinchidan, xalqaro kredit qarzdor mamlakatlarda kreditor mamlakatlar
uchun qulay bo ’lgan iqtisodiy va siyosiy rejimlarning yaratilishi hamda
mustahkamlanishiga
ko ’maklashadi.
Ishlab
chiqarish
va
almashuvning
baynalmilallashuvi, jahon xo ’jalik aloqalari yangi shakllarining paydo bo ’lishi
xalqaro kreditning turli shakllari rivojlanishiga ob’ktiv asos bo’lib xizmat qiladi.
Xalqaro xususiy kreditlar turli transmilliy korporatsiyalar, firmalar, banklar
va vositachi brokerlik kompaniyalari tomonidan berilishi mumkin.
Ushbu kreditlar ichida yirik korxona va firmalar tomonidan beriladigan
kreditlar salmog’i juda kattadir. Masalan, O ’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan
juda ko’p qo’shma korxonalar xorijiy firmalar va korxonalar tomonidan berilgan
kreditlar yordamida yaratilgan.
Xalqaro davlatlar krediti yoki hukumatlararo kreditlar u yoki bu mamlakat
hukumati kredit muassasalari tomonidan boshqa mamlakatning u bu tarmoqlarini
ustuvor rivojlantirish maqsadida beriladi. Hukumatlararo kreditlar xususiy
kreditlarga nisbatan past foizlarda yoki imtiyozli ravishda yoki umuman foizsiz,
ayrim hollarda beg’araz yordam sifatida ham berilishi mumkin.
Masalan, 2000 yilda Turkiyada ro ’y bergan zilzila oqibatlarini tugatish va
iqtisodiyot obektlarini tiklash maqsadida AQSH «Eksimbank»i 50 mlrd. AQSH
dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratdi.
O ’zbekistonda kasb-hunar ta’limini rivojlantirish maqsadida Janubiy Koreya
hukumati respublikamizga 37 mln. AQSH dollari miqdorida, Yaponiya hukumati
tomonidan ham kreditlar berdi. Bunday kreditlar Yevropa mamlakatlari tomonidan
ham berilmoqda.
Xalqaro va mintaqaviy valyuta-kredit tashkilotlari tomonidan beriladigan
kreditlar odatda, rivojlanayotgan mamlakatlarga Uzoq muddatlarga, imtiyozli
shartlarda, past foizlarda aniq maqsadlarni amalga oshirish uchun beriladi. Bunday
maqsadlar qatoriga makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, milliy valyutani
mustahkamlash,
davlat
tasarrufidan
chiqarish
va
xususiylashtirishni
chuqurlashtirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, raqobatchilik
muhitini shakllantirish, kadrlar tayyorlash dasturlari kabilar kiradi.
20
Xalqaro va mintakaviy valyuta-kredit tashkilotlari qatoriga Xalqaro valyuta
fondi (XVF), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB yoki Jahon banki),
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Yevropa
tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) va boshqalar kiradi.
O ’zbekiston Respublikasining yuqoridagi xalqaro va mintaqaviy valyuta-
kredit tashkilotlar bilan xalqaro kredit munosabatlari to ’g’risida kelgusi bo’limda
batafsil m a’lumot beriladi.
Hozirgi paytda rivojlanayotgan va muhtoj mamlakatlarga xalqaro kreditdan
tashqari turli jamoat tashkilotlari va fondlar tomonidan beg ’araz yordam
ko’rsatilmoqda. Bunday yordam asosan sog’liqni saqlash va ta ’lim tizimini
rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etish va boshqa maqsadlarda
berilmoqda. Bunday tashkilotlar sifatida Xalqaro «Ekosan» fondi, Xalqaro Qizil
Hoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari, TAKIS dasturi, Germaniyaning K.Adenuer va
A.Gumbolt, AQShning B.Franklin va G.Soros fondlari va boshqalarni k o ’rsatish
mumkin.
Xalqaro kreditning tamoyillari. Xalqaro kreditning takror ishlab chiqarish
bilan aloqasi uning tamoyillarida aks etadi:
1) qaytarishliligi: agarda olingan mablag’lar qaytarilmayotgan bo ’lsa, unda
ushbu holat kapitalni qaytarmaslik sharti bilan berilishiga, ya’ni moliyalashtirishga
aloqadordir;
2) muddatlilik:
kredit kelishuvida belgilangan muddatlarda kredit
qaytarilishini ta’minlaydi;
3) to ’lovlilik: qiymat qonuni harakatini aks ettirgan holda kreditning har bir
holatidagi alohida shartlarni amalga oshirish usulidir;
4) moddiy ta’minlanganligi: kredit so’ndirilishining kafolatida o ’z aksini
topadi;
5) maqsadli yo’nalishi: ssudaning aniq bir ob’ktlarini belgilanishi.
Xalqaro kreditning tamoyillari uning bozor iqtisodiy qonunlari bilan
aloqalarini ifodalaydi va bozor sub’ktlari hamda davlatning joriy hamda strategik
vazifalariga erishish maqsadida ishlatiladi.
21
Qaytarishlilik
Muddatlilik
To’lovlilik
Moddiy ta ’minlanganligi
Maqsadli yo’nalishi
Dostları ilə paylaş: |