3-rasm. Xalqaro kreditning tamoyillari9
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar jarayonida valyuta va tovar
resurslarini qaytarishlik, muddatlilik hamda foiz to ’lash shartlari asosida taqdim
etilishi bilan bog’liq ssuda kapitalining harakatidir. Kreditorlar va qarz oluvchilar
sifatida xususiy korxona (bank, firma)lar, davlat tashkilotlari, hukumatlar, xalqaro
hamda hududiy valyuta- kredit va moliyaviy tashkilotlar maydonga chiqadi. Xalqaro
kredit kapitalistik ishlab chiqarish usulining dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan
va kapitalni dastlabki jam g’arishning richaglaridan biri edi. Ishlab chiqarishning
milliy chegaralardan tashqariga chiqishi, xo ’jalik aloqalari baynalmilallashuvining
kuchayishi, kapitalning xalqaro jihatdan ijtimoiylashuvi, ishlab chiqarishning
ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hamda ilmiy-texnik inqilob uning
rivojlanishini ob’ktiv asosi bo’ldi.
Xalqaro lizing - bu ijara operatsiyalarining bir ko’rinishi bo’lib, bunda ijaraga
beruvchining mulkka egalik huquqi saqlanib qoladi. Ijaraga oluvchi vaqti-vaqti bilan
tovardan vaqtincha foydalanganligi uchun haq to ’lab turadi. Ёizing jihozlarni
maxsus kredit muassasasining kompaniyasi tomonidan oldindan sotib olishni
anglatadi. Asosan bunday operatsiyalarning ob’ekti sifatida turli xil jihozlar,
transport vositalari, EHM va boshqalar hisoblanadi. Ijara kredit olishning o ’ziga xos
shakli bo’lib, eksportyor tovarining tashqi bozordagi harakatini yengillashtiradi.
Oddiy tovar krediti bilan lizing ijara operatsiyalarini o ’tkazish shartlarini bir-biriga
9 Tojiyev R.R. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari. Darslik. - T.: TDIU, 2009 y. 35 b.
22
yaqinlashtiradi. Ijaraga oluvchi o ’z mablag’larini markazlashtirishdan xalos bo’ladi.
Ijara to ’lovlari bo ’lak-bo’lak shaklida butun ijara davrida to ’lab boriladi. Ammo
lizingning maqsadida tovarga egalik huquqini olish emas, balki tovarning iste’mol
xususiyatlaridan
foydalanish
huquqini
olishdir.
Xalqaro
savdo
ijara
operatsiyalarining hajmining oshishi ko ’plab moliya mablag’larini jalb etishni
taqazo etadi. Shuning uchun ham ko ’pchilik mamlakatlarning yirik tijorat banklari
lizing kompaniyalarini moliyalashtirishda faol ishtirok etadilar. Keyinchalik lizing
kompaniyalari banklar ixtiyoriga o ’tadi. Xalqaro kreditning bahosi - bu bank bilan
qarz oluvchi o ’rtasidagi shartnoma asosida belgilanadi va bu kreditga oid foizlarni
o’z ichiga oladi. Qisqacha qilib aytadigan bo ’lsak, kreditning bahosi bu bank
tomonidan belgilangan uning foiz stavkasi hisoblanadi.
Xalqaro kreditning bahosi ikkiga bo’linadi:
1. Kelishilgan kredit bahosi;
2. Kredit bahosining yashirin elementlari.
Xalqaro kreditning turli shakllarini kredit munosabatlarining ayrim
tomonlarini harakterlovchi bir nechta muhim omillariga ko ’ra umumiy asosda
quyidagicha tasniflash mumkin:
- manbalarga ko’ra tashqi savdoni kreditlash hamda moliyalashtirishning
ichki, xorijiy va aralash turlari farqlanadi. Ular o ’zaro yaqindan bog’liqdir hamda
eksportyordan importyorgacha bo ’lgan tovar harakatining barcha bosqichlariga
xizmat ko’rsatadi. Tovar sotuv jarayoniga qanchalik yaqin bo’lsa, odatda xalqaro
kreditning shartlari qarz oluvchiga shunchalik yoqimli bo’ladi;
- belgilanishiga ko ’ra tashqi iqtisodiy bitimning qaysi biri qarz mablag’lari
hisobiga qoplanishiga bog’liq holda quyidagilar farqlanadi:
1) tashqi savdo va xizmatlar bilan bevosita bog’liq tijorat kreditlari;
2) har qanday boshqa maqsadlarga, shu jumladan to ’g ’ridan-to’g’ri amalga
oshiriladigan kapital qo’yilmalarga, investitsion ob’ktlar qurilishiga, qimmatli
qog’ozlar sotib olishga, tashqi qarzni so’ndirishga, valyuta intervensiyasiga
ishlatiladigan moliyaviy kreditlar;
23
3)
kapital, tovarlar va xizmatlarni chetga olib chiqilishining aralash
shakllariga xizmat ko’rsatishga m o’ljallangan "oraliq" kreditlar. Masalan, pudrat
ishlari (injiniring)ni amalga oshirish shaklida.
- turlariga ko’ra kreditlar eksportyorlar tomonidan o ’z sotib oluvchilariga
tovar shaklida va banklar tomonidan pul shaklida taqdim etiladigan valyuta turlariga
bo’linadi. Ayrim holatlarda valyuta krediti jihozlar yetkazib berish bo’yicha tijorat
bitimi shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi va import jihozlar zaminida ob’kt qurilishi
yuzasidan mahalliy harajatlarni kreditlash uchun ishlatiladi;
- qarz valyutasiga ko’ra qarzdor mamlakat yoki kreditor-mamlakat
valyutasida, uchinchi mamlakat valyutasida hamda SDR valyuta savatiga
asoslangan xalqaro hisob valyutasida taqdim etiladigan xalqaro kreditlarga
farqlanadi;
- muddatlariga ko’ra xalqaro kreditlar:
1. qisqa muddatli - 1 yilgacha, ayrim holatlarda 18 oygacha (o’ta qisqa
muddatli - 3 oygacha, bir sutkalik va bir haftalik);
2. o ’rta muddatli - 1 yildan 5 yilgacha;
3. uzoq muddatli - 5 yildan ziyod muddatlarga beriladigan kredit turlariga
bo’linadi.
B a’zi mamlakatlarda 7 yilgacha muddatga berilgan kreditlar o ’rta muddatli, 7
yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar esa uzoq muddatli b o ’lib hisoblanadi. Uzoq
muddatli xalqaro kredit odatda asosiy ishlab chiqarish vositalariga investitsiya qilish
uchun m o’ljallangan bo’lib, mashinalar va butlovchi jihozlar eksportining 85 foizi
hajmiga hamda tashqi iqtisodiy munosabatlarning yangi shakllari (yirik k o ’lamdagi
loyihalar, ilmiy tekshirish ishlari, yangi texnika joriy etilishi)ga xizmat ko ’rsatadi.
- ta’minlanganlik tamoyiliga ko ’ra ta’minlangan va blankali kreditlarga
farqlanadi.
Kreditning ta’minoti b o ’lib odatda tovarlar, tovarga egalik huquqini beruvchi
va boshqa tijorat hujjatlari, qimmatli qog’ozlar, veksellar, ko’chmas mulk hamda
qimmatliklar xizmat qiladi.
Kredit olish uchun tovar garovi 3 shaklda amalga oshiriladi:
24
S qat’iy garov (tovarlarning m a’lum bir massasi bank foydasiga garov
qilinadi);
S muomaladagi tovar garovi (ma’lum bir summadagi, tegishli assortimentdagi
tovarning qoldiqi hisobga olinadi);
S qayta ishlovdagi tovar garovi (mazkur mahsulotlarni bankka garovga bergan
holda garovga olingan tovardan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin).
Xalqaro kreditning prinsiplari bozorning iqtisodiy qonunlari bilan uning
iqtisodiy aloqasini aks ettiradi hamda bozor subyektlari va davlatning joriy va
strategik maqsadlariga erishish uchun qo’llaniladi.
Xalqaro kredit ssuda kapitalini xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida
aylanish xususiyatini aks ettiruvchi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Kengaygan ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish maqsadida ssuda
kapitalining mamlakatlar o ’rtasida taqsimlanishi. Xalqaro kredit mexanizmi orqali
ssuda kapitali foyda olishini ta’minlash maqsadida iqtisodiy agentlar k o ’zlagan
sohalarga yo’naltiriladi. Shu orqali kredit milliy foydani o ’rtacha foydaga
aylantirishga va uning massasini oshirishga yordam beradi.
2. Xalqaro hisob-kitoblarda asl pullarni (oltin, kumush) kredit pullar bilan
almashishi, shuningdek, naqdsiz to ’lovlarning tezlashishi va rivojlanishi, naqd
valuta aylanmasini xalqaro kredit operatsiyalari bilan almashishi muomala
xarajatlarini iqtisod qiladi. Xalqaro kreditlar asosida xalqaro hisob-kitoblarning
kredit vositalari bo’lgan - veksel, chek, shuningdek, bank o ’tkazmalari, depozit
sertifikatlari va boshqalar vujudga keldi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ssuda
kapitalining muomala vaqti tejalishi hisobiga kapitalning ishlab chiqarish funksiyasi
yordamida ishlab chiqarishni kengaytirishga va foydani ko ’paytirishga erishish
mumkin.
3. Kapitalning to ’planishi va markazlashuvining tezlashishi. Chet el kreditlarini
jalb qilish hisobiga qo’shimcha qiymatni kapitallashtirish tezlashadi, individual
jam g’arish chegaralari kengayadi, bir mamlakat tadbirkorlarining kapitali boshqa
mamlakat mablag’lari hisobiga ko’payadi. Kredit m a’lum chegaralarda boshqa
mamlakatlarning kapitali, mehnati va mulkiga egalik qilish imkoniyatini beradi.
25
Imtiyozli xalqaro kreditlarning yirik kompaniyalarga berilishi hamda mayda va o ’rta
firmalarning jahon ssuda kapitallari bozoriga kirish imkoniyatini qisqarishi
kapitalning to ’planishiga va markazlashuviga sabab bo’lmoqda.
Xalqaro kredit funksiyalarining mohiyati milliy va jahon x o ’jaligining
rivojlanishiga qarab o ’zgarib boradi. Zamonaviy sharoitlarda xalqaro kredit
iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasini bajaradi hamda o ’zi ham tartibga solish
obyekti hisoblanadi.
Xalqaro kreditning turli shakllarini umumiy ko ’rinishda, kredit munosabatlarini
tavsiflovchi alohida jihatlari bo’yicha tasniflash mumkin.
Xalqaro kreditni manbalari bo’yicha ichki, tashqi va aralash kreditlashga hamda
tashqi savdoni moliyalashtirishga ajratish mumkin. Ular bir-biri bilan uzviy
bog’langan va tovarning eksportyordan importyorga tomon harakatining barcha
bosqichlariga - eksport tovarini ishlab chiqarish, uning y o ’ldagi va omborga tushish
jarayonlariga (shuningdek, chegaradan tashqarida ham), tovarning ishlab chiqarish
jarayonida importyor tomonidan ishlatilishi va iste’mol qilinishiga xi zmat qiladi.
Tovar sotish jarayoniga qanchalik yaqin bo’lsa, qarzdorga uning shartlari shunchalik
darajada m a’qul keladi.
Qarz mablag’lari qanday tashqi iqtisodiy bitimda belgilanishiga qarab
quyidagilarga bo’linadi:
- tijorat kreditlari - tashqi savdo va xizmatlar bilan bevosita bog’langan;
- moliyaviy kreditlar - har qanday maqsadlarga ishlatiladigan, shu jumladan
to ’g’ri kapital qo’yilmalar, investitsion obyektlarni qurish, qimmatli qog’ozlarni
sotib olish, tashqi qarzni to ’lash, valuta intervensiyasini o ’tkazishlar;
- oraliq kreditlar - kapital, tovar va xizmatlarni olib chiqarishning aralash
shakllariga xizmat qilish uchun tayinlangan, masalan, pudrat ishlarini bajarish
shaklida bo ’lishi mumkin.
K o’rinishi bo’yicha kreditlar: tovar shaklida - asosan eksportyorlar tomonidan
xaridorlarga beriladigan va valuta shaklida - banklar tomonidan pul shaklida
beriladigan kreditlarga bo’linadi.
26
Valutasi bo’yicha xalqaro kredit qarzdor mamlakatning valutasida yoki kreditor
mamlakatning valutasida, shuningdek, valuta savatida hisoblanadigan xalqaro
valuta birligida (SDR, yevro va b.) berilishi mumkin.
Xalqaro kredit manbalariga ko ’ra tashqi savdoni ichki, tashqi (chet) va aralash
kreditlash hamda moliyalashtirish bo ’yicha farqlanadi.
Xalqaro kreditni ko’rinishi bo’yicha 2 ta asosiy shaklga bo’lib ko’rsatish
mumkin:
1. Xalqaro bank krediti.
2. Xalqaro tijorat krediti.
Xalqaro bank krediti asosan valuta (pul) ko’rinishida bo’ladi.
Xalqaro tijorat krediti esa, odatda, tovar ko’rinishiga ega.
Ana shu 2 ta asosiy kredit shaklidan kelib chiqadigan bir qancha kreditlar
mavjud:
1. Firma (tijorat) krediti - odatda, eksportyor mamlakatning bir firmasi boshqa
mamlakatning importyoriga to ’lovni kechiktirish shaklidagi ssuda berishi
tushuniladi. Tashqi savdoda tijorat krediti tovarli operatsiyalarga bog’liq hisob-
kitoblarda keng qo’llaniladi. Tijorat kreditining muddati (odatda, 2-7 yil) turlicha
bo’ladi.
2. Vekselli kreditda eksportyor tovarni sotish haqida bitim tuzib, o ’tkazma
veksel (tratta)ni importyorga j o ’natadi, importyor tijorat hujjatlarini olib
akseptlaydi, ya’ni unda ko’rsatilgan muddatda to ’lovni amalga oshirishga rozilik
beradi.
3. Ochiq hisobvaraqlar bo’yicha beriladigan kredit. Bu kredit eksportyor va
importyor o ’rtasidagi kelishuvga asoslanadi. Eksportyor j o ’natilgan har bir tovarlar
qiymatini importyorning hisobiga qarz sifatida qayd qilib boradi. Importyor
shartnomada k o ’rsatilgan vaqtda kredit summasini to ’lab boradi. Ochiq
hisobvaraqlar bo’yicha beriladigan kreditlar faqatgina doimiy aloqada b o ’lgan
firmalar o ’rtasidagina amalga oshirilishi mumkin.
Tijorat kreditining yana bir turiga importyorning avans to ’lovi (sotib
oluvchining avansi) ni kiritish mumkin. Bunda shartnoma tuzilayotgan paytda mol
27
sotib oluvchi, ya’ni importyor tomonidan chet ellik mol yetkazib beruvchiga, odatda,
mashina, asbob-uskunalar (texnologiya) ning qiymatidan 10-15 foizi oldindan to ’lab
beriladi.
Xaridor avansi eksportni kreditlashning bir shakli hisoblanadi va shu vaqtning
o’zida importyorning majburiyatini ta’minlovchi vositadir. Chunki importyor o ’zi
buyurtma bergan tovarni sotib olishga majbur bo ’ladi. Rivojlangan mamlakatlarning
import bilan shug’ullanuvchi firmalari rivojlanayotgan mamlakatlardan farqli
ravishda, xaridor avansidan shu davlatlarning qishloq x o ’jalik mahsulotlarini olib
chiqib ketishda foydalanmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |