Sakt > Sxak *200000
Egorov G.A. ning ko`rsatkichi bo`yicha donning aktiv yuzasi
200...250 m2/g ni tashkil qiladi. Donni tashish, saqlash va qayta ishlash
jarayonlarida kuzatiladigan barcha sorbtsiya jarayonlari ikki gruxga bulinadi:
1. Turli gaz va buglarning sorbtsiya va desorbtsiyasi;
2. Suv buglarinning sorbtsiya va desorbtsiyasi;
Don massasining turli gazlarni yutishini isbotlash uchun tarkibida efir moylari
bo`lgan gazlarni kiritib tekshirib kurish mumkin.
Donning gigroskopik xususiyatlari. Barcha ekin donlari gigroskopik jismlarni
nomoyon qilib tashki muxitdan suv bugini yutadi. YUtilgan suv bugining miqdori
ko`pgina sabablardan boglik, ulardan asosiylari kuyidagilar: tashki xavoning harorati
t, nisbiy namligi, ekin turi va uning namligi W. Haroratning pasayishi va nisbiy
namlikning oshishi bilan yutilgan namning miqdorioshadi, teskari holatda esa
yutilgan namlik miqdori kamayadi. Har xil ekin turlarining bir xil sharoitda turlicha
miqdorda namlikni yutishi ularning bioximik tarkibi va tuzilishining turlicha
ekanligidan dalolat beradi.
Donning xavodan namlikni yutish xususiyatiga sorbtsiyaviy xususiyati deyilib
donning xavodan namlikni yutib namlanish jarayoniga esa namlik sorbtsiyasi deb
ataladi. SHuningdek tashki muxitning uzgarmas har kanday holatda donga ma`lum
bir namlik miqdori to`g`ri keladi va bu namlik donning muvozanatdagi namligi
deyiladi (Wm).
Donning muvozanatdagi namligi (Wm) dinamik harakterga ega. Bu paytda don
qabul qilinayotgan va chikarayotgan suv molekulalari soni teng bo`ladi.
Kuyidagi rasmda bugdoy donining tashki muxit nisbiy namligidan boglik
holda muvozanatdagi namligi (Wm)ning o`zgarishi ko`rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |