Узбекистон республикаси олий ва урта



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/146
tarix22.02.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#52945
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   146
don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi

6.5. Kanalar (Acarina). 

Kanalar urgimchaksimonlar sinfiga mansub bo`lib, unda 6000 turgacha mavjud 

bo`lgan aloxida otryadni tashkil qiladi. Ulardan kuyichiligi xayvon va o`simlik olami 

parazitlari sirasiga kiradi. 



 

43 


Don  mahsulotlari  va  saqlagichlarda  kanalarning  bir  kancha  turlari  uchraydi. 

Ayrim  manbalardan  olingan  ma`lumotlarga  ko`ra  don  mahsulotlarida  30  xilgacha 

bo`lgan  miqdorda kana turlari  mavjudligi isbotlangan.  Ular dumalok  yoki uzunchok 

shaklli  tana  tuzilishiga  ega  bo`lib,  uzunlik  ulchami  1  mm  gacha  bulishi  mumkin. 

Kanalarning ba`zi turlarining ulchami 0,25...0,3 mm gacha bo`ladi. 

Kanalar ikki qismidan iborat: kukrak bilan qushilib ketgan boshi va korni. 

6.5.1. Donmahsulotlari kanalari (Tyroglyphidae). 

Ushbu  oilaga  mansub  bo`lgan  kanalardan  don  massasi  va  saqlagichlarda  don, 

un  va  yorma  bilan  oziqlanadigan  kuyidagi  kanalar  uchraydi:  un  kanasi,  Rodionov 

kanasi, kora oyokli kana, uzunchok kana, ingichka kana. 

Un kanasi (Acarus siro yoki Tyroglyphus farinae L.). 

Kana  birinchi  marta  unda  topilgan.  Bu  kana  turli  ekin  donlarida,  yormada, 

kuruk  sabzavotlarda,  mevalarda,  dorivor  o`simliklarda,  kuritilgan  gusht  va  boshqa 

mahsulotlarda keng tarkalgan, ya`ni polifag xasharotdir. 

Kananing  tanasi  oval  shaklida,  rangi  ok,  bosh  qismi  va  oyoklari  pushti  rang 

yoki  kungir  tusda,  tuklari  kaltadir.  Kana  uzunligi  0,35...0,7  mm.    Kananing  oldingi 

oyoklari yugon va kayrilgan bo`lib, O`RTAsida ombursimon usimtasi bor.  Urgochi 

va erkak kanalar bir-biridan tana shakli bilan fark qilishadi. Sekin harakatlanadi. 

Kulay  sharoit  (20...25  oS  harorat  va  mahsulotning  etarlicha  namligi)  da  un 

kanasining  butun  rivojlanish  tsikli  14...16  kunni  tashkil  qiladi.  Urgochi  kana  200 

tagacha tuxum kuyadi. 

Rodionov kanasi (Caloglyphus Rodionovi A. Zachv.). 

Kananing  uzunligi  0,6...1,2  mm.  Un  kanasidan  farkli  ularok  kananing  oldingi 

oyoklari  yugonlashmagan  bo`lib,  ulardagi  ayrim  tukchalar  yarim  oy  shaklini 

namoyon qiladi. Kana kungirrok rangga ega bo`lib, uning gipopusi harakatchan. Don 

mahsulotlarining  namligi  20  %  dan  kichik  bo`lganda  yashaydi.  Issiklikni  yaxshi 

ko`radi.  Namlik  va  issiklikka  talabchanligi  uni  don  mahsulotlarida  faol  yashab 

ketishini chegaralab kuyadi. 

Uzunchok kana (Tyrophagus putrescentia Schrank). 

Kananing  uzunligi  0,3...0,4  mm.  Urgochi  un  kanasiga  uxshab  ketadi,  lekin 

gavdasining  oxiridagi  uzun  tuxlari  bilan  undan  fark  qiladi.  Don  mahsulotlarining 

harorati 24...25 oS atrofida bo`lganda ular yaxshi rivojlanadi. Don mahsulotlarida un 

kanasiga nisbatan kam uchraydi. 

6.5.2. Tukdor kanalar (Glycyphagidae). 

Tashki kurinishi bilan bu kanalar don mahsulotlari kanalariga uxshab ketsa-da, 

ulardan  kukrak  va  korin  qismi  orasidagi  kundalang  arikchaning  yukligi  bilan  fark 

qiladi.  Ushbu  oilaga  mansub  bo`lgan  ko`pgina  kanalar  tanasining  kalin  tuklar  bilan 

koplanganligi tufayli ularga shu nom berilgan. Tukdor kanalar oilasiga oddiy tukdor 

kana, sillik kana va kungir kanalar kiradi. 

6.5.3. Yirtkich kanalar (Sheyletidae). 

Don  mahsulotlarida  mazkur  oilaga  mansub  kanalardan  oddiy  yirtkich  kana 

(Cheyletus eruditus Schrk.) ko`p uchraydi. Kananing uzunligi 0,5...0,8 mm ni tashkil 

etadi.  Kananing  bosh-kukrak  va  korin  qismi  yakkol  ajralib  turadi.  Ogiz  apparati 

sukib-suruvchi tipda bo`lib, asosan suyuk ozuka bilan oziqlanishga moslashgan. Kana 

boshqa kanalar va xashoratlarning konini surib oziqlanadi. Kanalarga xujum kilganda 

u  uzining  oyokjag  organidan  yaxshi  foydalanadi.  Kananing  yashashi  uchun  harorat 




 

44 


20...22 oS bulishi kerak. Yirtkich kanalarning hayot tarziga e`tibor berib, odamlarga 

foydali  deb  uylash  mumkin.  Birok  u  don  mahsulotlari  kanalari,  tukdor  kanalarga 

nisbatan  yomon  ko`payadi  va  ogofat  emas.  SHuning  uchun  har  ularni  tula  kira 

olmaydi.  Bundan  tashqari  ular  uzlarining  chikindilari,  murdalari  va  tashlangan 

pustlari  bilan  don  mahsulotlarini  ifloslaydi.  SHu  tufayli  ularni  foydali  deb  hisoblay 

olmaymiz. 

 


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin