Узбекистон республикаси олий ва урта


 Zararkunandalarga qarshi ko`rashning kirish choralari



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/146
tarix22.02.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#52945
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146
don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi

6.9. Zararkunandalarga qarshi ko`rashning kirish choralari. 

Xashoratlar  va  kanalarni  yukotish  uchun  kullaniladigan  kirish  choralari 

dezinsektsiya  nomini  olgan.  Bu  tadbirlarga  biologik,  fizik-mexanik  va  kimyoviy 

usullar kiradi. 

Biologik  usul.  Zararkunandalarga  qarshi  ko`rashning  eng  perspektivali 

usullaridan  biri  bo`lib,  bunda  zaharli  moddalar  ishlatilmaydi  va  donning 

ifloslanishiga  yul  kuyilmaydi.  Bu  usul  hozir  urganilmokda.  Biologik  usulning 

kelajakda  rivojlanishi  uchun  zararkunandalarga  qarshi  bakterial  preparatlar,  ya`ni 

xashoratlarni kasallantiruvchi preparatlar ustida ish olib borilmokda. 

Fizik-mexanik  usul.    Bu  zararlangan  ob`ektlarni  mexanik  tozalash,  ularga 

termik  ishlov  berish  va  har  xil  nurlanishlardan  foydalanish  demakdir.  Bunda  don 

saqlagichlar  va  boshqa  binolar  chutkalar,  chang  surgichlar  bilan  tozalanadi. 

Tuplangan  zararkunandalar  yuk  etiladi.  SHuningdek  mexanik  tozalash  xul  va  gazli 

dezinsektsiya utkazish uchun kulay sharoit yaratadi. Termik dezinsektsiya xashoratlar 

va kanalarning  haroratga bo`lgan  sezgirligiga boglik.  Sovutish  yoki  muzlatish  amali 

dezinsektsiyaning  fizik  usullaridan  biri  bo`lib  hisoblanadi.  Zararlangan  donlarni 

betta- va gamma- nurlari yordamida har zararsizlantirish mumkin. 

Kimyoviy  usul.    Bu  usul  har  xil  pestitsidlarni  qo`llashga  asoslangan.  Zaharli 

ximikatlar  kuyidagi  belgilariga  karab  sinflanadi:  1)kullanilish  ob`ektiga  karab; 

2)zararkunanda  organizmiga  kirish  xususiyatiga  va  uning  organizmga  ta`sir 

ko`rsatishiga  karab;  3)kimyoviy  tarkibi  va  xossalariga  karab;  4)kullanilish  usuliga 

karab. 


Zararkunanda  organizmiga  zaharlar  har  xil  yullar  bilan kiradi.  Ichak  harakatli 

pestitsidlar  oshkozon-ichak  trakti  orkali  organizmga  ozuka  va  suv  bilan  kiradi. 

Kontakt harakatli pestitsidlar teri katlamlari orkali kiradi. Fumigantlar esa nafas olish 

organlari  orkali  organizmni  zaharlaydi.  Kombinatsiyali  harakatli  pestitsidlar 




 

46 


organizmga  har  xil  yullar  bilan  kiradi.  Pestitsidlarning  zararkunandalarga  ta`siri 

ularning  kontsentratsiyalari    bilan  aniklanadi.  SHuning    uchun  don  mahsulotlarini 

dezinsektsiya qilishda kam dozada toksik ta`siri etarli bo`lgan pestitsidlar kullaniladi. 

Fumigatsiya  (gazatsiya).  Bu  zararlangan  ob`ektlarni  gaz  va  bug  shaklidagi 

zaharlovchi  moddalar  bilan  zararsizlantirish  usuli.  Bunda  kuyidagi  kimyoviy 

moddalar 

ishlatiladi: 

brommetil, 

242 

preparat, 



metallilxlorid, 

dixloretan, 

brommetilning  242  preparat  bilan  aralashmasi,  brommetilning  metallilxlorid  bilan 

aralashmasi, karbofos. Don va uning mahsulotlarini 4-AG va 2-AG apparatlari bilan 

fumigatsiya  qilish  mumkin.  Donga  karbofos  bilan  ishlov  berish  RUP-2  kurilmasi 

yordamida 

amalga 

oshiriladi. 

Fumigatsiya 

qilishning 

asosiy 

sharti 


zararsizlantirilayotgan  ob`ektning  germetikligini  ta`minlashdan  iborat.  Fumigatsiya 

jarayonini utkazish uchun oldindan tayyorgarlik kuriladi: ob`ektlar mexanik jixatdan 

tozalanadi,  uskunalarni  korroziyadan  saqlash,  germetizatsiya  qilish  uchun,  yonginga 

va  gazga  qarshi  xavfsizlik  choralari  kuriladi.  Fumigantlarni  qo`llash  amali  tashki 

xavo harorati 12oS dan past va nisbiy namlik 70 % dan yuqori bulmaganda effektiv 

natijalar beradi. 

Brommetilning  ishchi  zonada  xavodagi  chegaraviy  yul  kuyiladigan 

kontsentratsiyasi 1,0 mg/m3 ga teng. 

Don  gazatsiyasi  uchun  uning  me`yoriy  sarfi  60...80  g/m3,  don  mahsulotlari 

fumigatsiyasi uchun 40...45 g/m3 va binoni zararsizlantirish uchun esa 20...25 g/m3 

gacha bo`lgan miqdorni tashkil qiladi. 

Preparat  242  yordaimda  omborlar,  elevator,  tegirmon,  yorma  va  omixta  em 

zavodlari,  donkuritgichlar  zararsizlantiriladi.  Zararsizlantirilayotgan  ob`ekt  va 

qo`llash usulidan boglik holda 1 m3 xajmdagi fazo uchun uning sarfi 15...40 g va don 

uyumiga 2-AG yoki 4-AG apparatlari yordamida kiritilganda esa 60 g gacha bo`lgan 

miqdorni tashkil qiladi. 

Dixloretan preparat 242 ga nisbatan kam zaharlirokdir. Turli ob`ektlarga ishlov 

berilganda 1 m3 joy uchun undan 300...500 g ni sarf qilish mumkin. 

Degazatsiya.  Gazatsiya  ekspozitsiyasi  (ta`sir  qilish  vakti)  utgandan  keyin 

gazlangan  ob`ektdan  fumigantni  chikorish  chorasidir.  Har  xil  ob`ektlar  aktiv  va 

passiv usullar bilan degazatsiya qilinadi. Omborlarda don massasi asosan passiv usul 

bilan  degazatsiya  qilinadi,  ombor  eshigi  va  derazalari  ochilib  don  massasi 

shamollatiladi.  Agar  don  tez  orada  realizatsiya  qilinadigan  bulsa,  aktiv  degazatsiya 

utkaziladi.  Bu  aktiv  shamollatish  kurilmalarida  yoki  4-AG  apparati  yordamida 

amalga oshiriladi. 

Nam  dezinsektsiya.    Bu  kontakt  pestitsidlar  (suv  eritmasi  shaklida,  emul’siya 

va suspenziya shaklida bulishi mumkin) maxsus puflagichlar yordamida zararlangan 

katlam  yuzasiga  tomizilib  amalga  oshiriladi.  Buning  uchun  bizda  DDVF,  karbofos, 

trixlormetafos-3,  volaton,  aktellik  kabi  ximikatlar  ishlatiladi.  Nam  dezinsektsiyani 

RUP-2,  OMPV  apparatlari  yordamida  amalga  oshirish  mumkin.  Nam  dezinsektsiya 

uchun  asosiy  pestitsid  sifatida  karbofos  tavsiya  qilinadi.  Karbofos  yordamida 

dezinsektsiya  qilinganda  binoni  germetik  xolga  keltirishga  xojat  yuk.  Karbofos 

xashoratlarga  va  kanalarga  nisbatan  etarlicha  toksik,  donning  texnologik  va  usish 

xususiyatiga  ta`sir  kilmaydi.  SHuning  uchun  karbofos  har  xil  maqsaddagi  donga 

ishlov berishda kullaniladi. 

 



 

47 



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin