6.6. Tashki muxitning kanalar, xashoratlar hayot faoliyatiga ko`rsatadigan
ta`siri.
Kana va zararkunandalarning hayot faoliyatiga ta`sir kiluvchi 1 chi omil - bu
ozuka moddasining mavjudligi.
Don massasidagi zararkunandalar oziqlanish ob`ektiga karab 2 xil bo`ladi:
oligofaglar (ayrim) va poligofalar (yalpi).
Oligofaglar ayrim don yoki don mahsulotlari bilan oziqlanadi. Bularga ombor
uzunburun kungizi, don kuyasi, loviya donxur kungizi misol bo`ladi.
Poligofaglarga mugambir kungizlar, don egovlovchi kungiz, mita va
kapalaklarning parvona degan turi kiradi. Bu barcha don mahsulotlarida uchrashi
bilan, kuritilgan mevalarda va qishloq xo`jaligining boshqa mahsulotlarida har
uchrashi mumkin.
2-omil. Don mahsulotining namligi har zararkunandalarning hayot faoliyatiga
ta`sir qiladi.
Zararkunandalar tarkibining 48-67 % suv tashkil qiladi. Gumbak va kurtlar
tarkibida esa 63-70 % ni suv tashkil qiladi. SHu sababli tashki muxitning namligi
zararkunanda tanasida namlikni doimiy saqlab turishga imkon bergan takdirdagina
zararkunanda faol hayot kechirishi mumkin.
9-rasmda bugdoy donidagi kichik un mitasining yashab kolish muddati
ko`rsatilgan.
3-chi omil. Zararkunandalarning hayot faoliyatiga tashki muxit harorati har
ta`sir qiladi. Umuman olganda kana va zararkunandalarning minimal yashab kolish
harorati 6 - 12oS ni, maksimal harorati 36 - 42oS ni tashkil qiladi.
Don mahsulotlari zararkunandalari bilan ko`rash choralari umuman ikkita
guruhga bulinadi: profilaktik (oldini olish) va kirish. Zararkunandalarga qarshi
ko`rashda profilaktik usul katta ahariyat kasb etadi. CHunki bu usulni qo`llash don va
uni qayta ishlash mahsulotlarini ortikcha zararlanishni yuzaga keltirmaydi. Kirish
choralari zararlangan ob`ektlarga nisbatan kullaniladi va xashoratlarni, kanalarni har
xil usullar va moddalar bilan yukotishga muljallangan. Don mahsulotlari
zararkunandalarining ayrimlari tabiatda keng tarkalgan bo`lib, ular don
saqlagichlarga utadi. Don massasi zararlanishining asosiy manbai esa donlarning
xo`jaliklardan zararlangan holda kelishidir. Bunday don partiyalarining korxona
ichiga kiritilishi zararkunandalarning tarkalishiga sabab bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |