Узбекистон республикаси олий ва урта


Bozorni tahlil qilish uchun ko’rsatkichlar



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə57/125
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#37553
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   125
Namangan davlat untversiteti

Bozorni tahlil qilish uchun ko’rsatkichlar


Ko’rsatkichlar

Tavsifnoma

Son ko’rsatkichlari

Bozor sig’imi, bozorni rivojlanish dinamikasi, firmaning bozordagi ulushi, bozor salohiyati va boshqalar

Sifat ko’rsatkichlari

Ehiyojni tuzilishi, xarid motivlari, ularning dinamikasi, xarid jarayoni, ehiyojlarni stabillash, axborotlashtirish

Raqobat muhiti

Raqobatchi firmalarning mahsulot sotish hajmi, foydalanayotgan marketing strategiyalari, moliyaviy qo’llab quvvatlash imkoniyatlari

Xaridorlar tuzilishi

Xaridorlar soni, xaridor turi, xaridorlar soni dinamikasi, xaridorlarni hududiy xususiyatlari

Tarmoq tuzilishi

O’xshash tovarlar taklif qilayotgan sotuvchilar soni, sotuvchilar turi, ularni ishlab chiqarishni tashqil etish darajasi, raqobatdagi potentsial imkoniyatlar, ishlab chiqarish quvvatlari hajmi

Taqsimlashning tuzilishi

Geografik xususiyatlar, sotish tarmoqlarining xususiyatlari, transport bilan ta’minlanganligi

Tahlildan tashqari bozor segmentini tanlashda segmentlashni rejalashtirish ko’zda tutiladi. Segmentlashni rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:



  1. Iste’molchilar talablari va tavsifnomalarini aniqlash

  2. Iste’molchilarning turli-tumanligi va o’xshashligi tahlili

  3. Iste’molchilar guruhlari sohasini ishlab chiqish

  4. Iste’mol segmentini tanlash

  5. Raqobat muhitida kompaniya o’rnini aniqlash

  6. Barcha marketing-miks kompleksi chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

Bozorni segmentatsiyasining rejalashtirish jarayonini tashqil etishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:

  • segmentlar o’zaro bir-biri bilan farq qilishi zarur;

  • har bir segmentga faqat iste’molchi talabiga mos keluvchisini kiritish zarur;

  • iste’molchilarni tavsifnomalarini firma tomonidan o’lchash mumkin bo’lishi zarur;

  • har bir segment razmer bo’yicha bo’lishi, ya’ni sotish hajmi va xarajatlarni qo’lashni o’lchashi kerak;

  • har bir segment iste’molchilari axborotga ta’sir etish uchun va reklama kompaniyasini o’tkazish uchun oson va tushunarli bo’lishi zarur.

Segmentatsiya jarayonining muhim bosqichi bo’lib bozorni maqsadli segmentini tanlash hisoblanadi.

Maqsadli segmentni tanlash muammosi yetarli darajada murakkab bo’lib, uni yechish uchun quyidagi ketma-ketlikda turishi tavsiya etiladi:



  • segment o’lchamini va uni o’zgarish (o’sish, kamayish) tezligini o’rnatish;

  • segmentni jalb etuvchanlik tuzilishini tadqiq etish;

  • o’zlashtirayotgan segment maqsadini va tashkilot resurslarini aniqlash.

Segment o’lchami uning miqdoriy o’lchamlari va birinchi navbatda sig’imi bilan tavsiflanadi. Segment sig’imini aniqlash uchun tovarlar hajmini, ushbu segmentda ularni umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu tovarning potentsial iste’molchilari sonini aniqlash zarurdir.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin