9.3.Tovarning yashash davri va uning bosqichlari
9.3.1. Tovarning yashash davri
Firmalar mahsulotning holatini aniqlashda uning yashash davrini tadqiq etishga tayanadilar. Mahsulotning yashash davri tovarning bozorga kirib kelishidan boshlab, to uning bozordan chiqib ketishiga qadar bo’lgan davrda amalga oshiriladigan tadbirlardan iborat konsepsiyadir. Birinchi marta tovarning yashash davri konsepsiyasini 1965 yili Teodor Levitt tomonidan e’lon qilingan.
Tovarning yashash davri to’rt tipga ajratiladi: mahsulotning katta sinfining yashash davri, mahsulot to’rining yashash davri, qo’llash usullarining yashash davri, mahsulot markasining yashash davri. Masalan, birinchisiga soat misol qilib keltirsak, mahsulot turiga esa qo’l va osma soatlarni keltirish mumkin, qo’llash usullariga ko’ra esa qo’ng’iroqli soatlardan foydalanishni misol qilib keltirish mumkin.
Marketing maqsadlarida yashash davrining jami to’rtta tipi o’rganiladi, firma doirasida ikkincha va uchinchi tiplariga ko’proq e’tibor beriladi. Birinchisi Shu sinfga mansub mahsulotga talab pasayadigan davrda, to’rtinchisi esa raqobatchi firmaning mavqeini aniqlash zaruriyati paydo bo’lganda qo’llaniladi.
Tovarning an’anaviy yashash davrida quyidagi bosqichlar ajralib turadi.
1.ishlab chiqarish;
2.kirib kelish;
3.o’sish;
4.yetuklik;
5.to’yinish;
6.inqiroz (kasodlik).
Amalda har bir mahsulot uchun bu narsa har xil kechadi, ayrim tovarlar bozorga kirib kelishining uzoq davrini boshidan kecharadi, boshqasi tezda kirib keladi, tarqaladi, uzoq muddat barqaror saqlanib turadi.
Dostları ilə paylaş: |