Узбекистон республикаси олий ва урта


Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi haqida tushuncha



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə63/125
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#37553
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   125
Namangan davlat untversiteti

Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi haqida tushuncha


9.2.1. Raqobat haqida tushuncha
Raqobat - bu erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bo’lagidir.

Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirishda, dunyo bozorida ildam qatnashishida tovarlar sifatini ko’tarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb muammolardan biridir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat alohida faollikkka ega bo’ladi.

Har bir xaridor o’ziga yoqqan tovarni sotib oladi, iste’molchilar esa raqiblar tovariga nisbatan ko’proq ijtimoiy ehtiyojlariga mos keluvchilarini tanlashadi. Shuning uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati)ni faqat raqiblar tovarni solishtirish orqali aniqlash mumkin. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog’liqdir.

Tovar raqobatbardoshligini o’rganish murakkab va o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

- tovarni sotish bozorni o’rganish;

- raqiblar haqida ma’lumotlar yig’ish;

- iste’molchilar talablarini o’rganish;

- raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish;

-ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror.

Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi.

Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanoq o’z raqobat qobiliyatini yo’qota boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum raqobat qobiliyatini to’la yo’qotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish imkoniyatini beradi.

Raqobat so’zi lotinchadan olingan bo’lib, maqsadga erishish uchun kurashni bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi xaridorni tovarni xarid qilishga jalb qilishdan iborat.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin