Marketing majmuasi (marketing - miks) - marketing retse’ti, undan foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehiyojlarini qondirish va atrof-muhitdagi o’zgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko’rsatkichlarga erishishga imkon beradi. Eng sodda marketing retse’ti tovar, narx, savdo va kommunikatsiya siyosati sohasida (4R:Rroduct, ‘rice, ‘lase, ‘romotion) muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar o’tkazishni talab qiladi.
Marketing modellari - 1) foyda olish yoki uni ustirish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo’yicha o’zaro aloqalar jarayonida marketing tizimi sub’ektlari xulq-atvorini ko’rsatish, sifat va sonlar jihatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyihalashtirish, rejalashtirish, tashqil etish, faoliyat ko’rsatish va rivojlanishda marketing muhiti va sub’ektlarining funktsional, sabab-okibat va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks ettiruvchi (imitatsiya, regressiya, korrelyatsiya va h.k.) modellar majmui; 3) marketing-miks yoki uning tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx xosil bo’lish modeli, reklama modeli va h.k.).