Tovar innovatsiyasi - 1) mahsulotni takomillashtirishning original, sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan o’zluksiz jarayoni. Tovarning xayotiylik davri o’zunligini va korxonaning rentabelligini ta’minlovchi choora-tadbirlar ichida alohida o’ringa ega. O’z ichiga mahsulotni differentsiyalash va diversifikatsiyalashni kiritadi; 2) bozorga yangi mahsulotni yoki mahsulotlar guruhini olib kirish.
Tovar siyosati - tadbirkorlik maqsadlarini belgilash va ularga erishishga yunaltirilgan tadbir va strategiyalar majmui, yangi tovar yoki tovarlar guruhini bozorga olib kirish (innovatsiya), bozorda mavjud bo’lgan tovarlarni zamonaviylashtirish (variatsiya) yoki ishlab chiqarish dasturidan tovar ishlab chiqarishni chiqarib tashlash (eliminatsiya), Shuningdek, assortiment siyosatidan iborat.