9.4.2. Tovar innovatsiyasi, diversifikatsiyasi, variatsiyasi
Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo’llashni ko’zda tutadi va amalga oshirish shakli bo’yicha tovar differentsiatsiyasi va tovar diversifikatsiyasiga bo’linadi.
Tovar diversifikatsiyasi o’zida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi qiladigan bir qator asoslangan tovar modifikatsiyasini ishlab chiqish jarayonini mujassamlashtiradi.
Bozorni modifikatsiyalashda sotish hajmini oshirish, iste’molchilar ishonchini qozonish, yangi bozor segmentlariga tovarni chiqarish, mijozlar e’tibori va qiziqishini ushbu firma chiqarayotgan tovarlarga qaratish, xaridorlarni tovarni intensiv iste’molini rag’batlantirish orqali amalga oshiriladi.
Tovarni modifikatsiyalashda tovar sifatini oshirish, tovar xossasini yaxshilash, tovarni bezash va tashqi dizaynini yaxshilash ko’zda tutiladi.
Marketing-miksni modifikatsiyalashda esa marketing elementlaridan to’liq ishlatishni nazorat qilish optimal maqsadda marketing elementlarini shakllantirish va qo’llash ko’zlanadi.
Diversifikatsiya tovarlarni turli tumanligi hisobiga jalb etuvchanligini yaxshilashga asoslanadi.
Tovar diversifikatsiyasining maqsadi bo’lib iste’molchilarni tovarni afzal ko’rish, alohida bozor yoki bozor segmenti xususiyatlarini hisobga olish orqali tovarni jalb etuvchanligini oshirish, uni raqobatbardoshligini o’sishi hisoblanadi.
Tovar diversifikatsiyasi quyidagi omillar bo’yicha amalga oshiriladi:
Tovarni qo’shimcha imkoniyatlari
Tovardan foydalanish samaradorligi
Komfortlilik
Ishonchlilik
Tovar dizayni va stili.
Tovar diversifikatsiyasi firmaning tovar siyosatida muhim o’rin egallaydi. Bu strategiya yangi sotuv bozoriga taklifni rejalashtirishda qo’shimcha tovarlarni ishlab chiqarishni boshlaganda qo’llaniladi. Diversifikatsiya firma faoliyatida barqaror o’sishini ta’minlash uchun samarali vosita sifatida chiqadi.
Maqsadli bozorni o’zlashtirish yo’llarini qidirishda muqobil strategiyalarni aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif etilgan «tovar-bozor» matritsasi ishlatiladi. Bu quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |