9.3.2. Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlash mezoni
Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlashning asosiy mezoni mahsulot sotish hajmi va foyda normasi dinamikasidir.
Mahsulot ishlab chiqarish (ITTKI) bosqichi tovarni barcha hayotiy davrida muhim bosqich bo’lib hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish qancha samarali amalga oshirilsa, ya’ni loyihalashtirilayotgan tovar bo’yicha bozor talabi va xaridor ehiyojini firma vaqt bo’yicha tezroq hisobga olsa, ushbu bosqichda xarajatlar Shuncha kam bo’ladi. Firma yangi tovar bilan bozorga tezroq chiqadi va zarur foydani oladi.
Kirib kelish bosqichida sotish hajmining g’oyat keskin o’sishi bilan ajralib turadi. Bozor mahsulotni hali qabul qilmagan narxlar nisbatan yuqori bo’ladi. Savdo yuqori daromadli guruhlarga mo’ljallanadi. Raqobatchilar umuman oz.
Shunday qilib bu davr ka’ital sarflar davri hisoblanadi, sarflar keyinchalik foyda keltirishi mumkin, yoki mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechiladigan bo’lsa, ular to’liq xarajatlar hisobiga o’tkaziladi, ya’ni hisobdan o’chiriladi.
O’sish davrida tovar sotish hajmi o’sib boradi - iste’molchilar mahsulotni qabul qilgan va unga bo’lgan talab ta’minlangan bo’ladi. Har qanday mahsulot bu bosqichga yetib kelmaydi: ko’plari bozorga kirib kelish davridayok kasodga uchraydi. Bozor sifati yuqori raqobatchi mahsulot bilan to’lib ketadi. Narxlar tobora arzonlashib boradi.
Yetuklik bosqichi tovar oborotini maksimallashtirish, bozorni kengayishini davom etishi va absolyut o’sishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish va tovar taqsimlash tizimida tayyor mahsulot zahiralari oshib boradi. Bozorda intensiv raqobat hukm suradi. Yangi modifikatsiyali tovarlarni kiritish ularni assortiment guruhini kengaytirish hamda xaridorlarga yangi xizmat ko’rsatish uslublarini kiritish intensiv innovatsiya chora-tadbirlari vositalari orqali amalga oshiriladi.
Mahsulotni yetuklik bosqichida marketingni asosiy strategiyalari bozorni modifikatsiyalash, tovarni modifikatsiyalash va marketing-miksni modifikatsiyalash bo’lib hisoblanadi.
To’yinish davrida bozor va narxlar barqarorlashadi.
Sifatsiz va raqobatga bardosh bermaydigan mahsulotlar bozordan siqib chiqariladi. Tovar sotish sur’atlari tobora pasayadi. To’yinish davrida firmaning umumiy maqsadi, mahsulotni barcha turlari bo’yicha to’liq sotishni tobora oshirib borishni ta’minlashga qaratiladi.
Inqiroz davrida mahsulotning o’tishi qiyinlashadi, foyda kamayadi, raqiblar maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi «mahsulot tayyorlashni davom ettirishdan iborat» bo’ladi, mahsulotni bozorga yetkazib berishni to’xtatish haqida qat’iy qarorga kelgunga qadar undan olish mumkin bo’lgan jami foydani siqib olish uchun Shunday qilinadi.
Tovarni yashash davri konsepsiyasi mahsulot assortimentini rejalashtirishda katta ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: |