Uzbekiston respublikasi sog’likni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix30.04.2020
ölçüsü0,62 Mb.
#31043
  1   2   3
chaqaloqlar irsiy kasalliklari va tugma rivojlanish nuqsonlari


 

UZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIKNI SAQLASH VAZIRLIGI 



 

 TIBBIY TA’LIM RIVOJLANTIRISH MARKAZI 

 

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI 



 

 

 

 

 

 

        

 

CHAQALOQLAR IRSIY KASALLIKLARI VA TUG‘MA 

RIVOJLANISH NUQSONLARI  

 (amaliyot shifokorlari va tibbiyot instituti 

 talabalari  uchun  o’quv-uslubiy qo’llanma) 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Andijon – 2015 yil

 

 

 



 

 

 

 

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIKNI SAQLASH VAZIRLIGI 



 

 TIBBIY TA’LIM RIVOJLANTIRISH MARKAZI 

 

 

 

 

 



 

 

 

ChAQALOQLAR IRSIY KASALLIKLARI VA TUG‘MA 

RIVOJLANISH  NUQSONLARI  

 

(amaliyot shifokorlari va tibbiyot instituti 

 talabalari  uchun  o’quv-uslubiy qo’llanma) 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Andijon 2015 y 

 


 

TUZUVChILAR:  



 

Nuritdinova G.T.  -                         Fakultativ pediatriya va neonatologiya   

                                                       Kafedra dotsenti, t.f.n. 

Inakova B.B.    -                             Fakultativ pediatriya va neonatologiya   

                                                        kafedrasi mudiri, dotsent, t.f.n. 

Xakimov SH.K.  -                           Fakultativ pediatriya va neonatologiya   

                                                        Kafedra professori, t.f.d. 

Maxmudova B.SH.                         Fakultativ pediatriya va neonatologiya   

                                                        kafedrasi assitenti 

 

 

 

 

Taqrizchi:  



A.G.Arzibekov  –BKP,  davolash  fakulteti  pediatriyasi  kafedrasi  mudiri,  n.f.n., 

dotsent. 

SH.M. Kirgizov- ADU, Tabiatshunoslik va geografiya fakultet,  

Umimiy ximiya kafedrasi,  dotsent , k.f.n.:              

“CHaqaloqlar irsiy kasalliklari va tug‘ma rivojlanish nuqsonlari” mavzucidagi 

o’quv uslubiy qo’llanma. Tibbiyot instituti pediatriya fakulteti  6  kurs talabalari 

uchun mo’ljallangan. 

 

 



O’quv-uslubiy qo’llanma  ADTI  MUXda muxokama kilindi 

 

2015 “__25____” _______август____№ _1 __ bayyonnoma 



 

Uslubiy qo’llanma  ADTI   Ilmiy Kengashida tasdiqlandi 

 

2015 “___26_” _______август___№ _____1__ bayyonnoma 



 

 

 

 

 

 

ChAQALOQLAR IRSIY KASALLIKLARI VA TUG‘MA RIVOJLANISh  



NUQSONLARI  

Etiologik omillarga ko‘ra poroklar  irsiy - ekzogen  va multifaktorial singari 3  

guruxga bo‘linadi:  

  Jinsiy hujayralardagi (gametalardagi) yoki zigotaning somatik hujayralardagi 

mo‘tatsiya  natijasida  rivojlangan  anomaliyalar  ham  shu  guruxga  kiritiladi.  Gen 

miqyosidagi mo‘tatsiya oqibatida rivojlanagan nuqsonlar gen nuksonlari deb atalib, 

xromosomalar  miqyosidagi  mo‘tatsiyalar  natijasida  rivojlanagan  nuqsonlar    

xromosom kasalliklari deyiladi. 

Ekzogen nuqsonlar guruxiga zigota, embrion yoki xomilani teratogen omillar 

ta’siridagi  zararlanishi  oqibatida  rivojlangan  anomaliyalar  kiradi.  Ushbu 

nuqsonlarning  klinik  belgilari    irsiy  kasalliklar  belgilariga  uxshash  bo‘lishi 

mumkin, shuning uchun ularni ko‘pincha fenokopiyalar deb atashadi.  

Multifaktorial  etiologiyali  nuqsonlarga  genetik  va  ekzogen  omillarining 

birgalikda ta’sir etishi natijasida rivojlangan nuqsonlar kiradi. 

Tug‘ma nuqsolarning bulinishi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Тug’mа kasalliklari 



Irsiy kasalliklari 

 ( gematopatiyalar) 

Irsiy emas kasalliklari 

 

 



Хromosom kasalliklari 

 

Gen kasalliklari 



 

Хomika ichi rivojlanishining  

buzilishi 

Multifaktorial kasalliklari 

 

Fetopatiyalar 



Embriopatiealar 

 

 



 

Tug‘ma nuqsolarning bo‘linishi 

 

Cheklangan  va  tizimlashgan  nuqsonlar  joylanishiga  ko‘ra  ham  sinflanadi. 



G.I.Lazyuk ham mualiflar taklifiga ko‘ra a’zolar va tizimlarning tug‘ma nuqsonlari 

quyidagicha  farqlanadi:  1)  MAS  va  sezgi  a’zolar  nuqsonlari;  2)  yuz  va  bo‘yin 

nuqsonlari;  3)  yurak  -  qon    tomirlar  tizimi  nuqsonlari;  4)  nafas  olish  tizimi 

nuqsonlari;  5)  hazm  qilish  tizimi  nuqsonlari;  6)  suyak-mushak  tizimidagi 

nuqsonlar;  7)  siydik  xosil  qilish  tizimidagi  nuqsonlar;  8)  jinsiy  a’zo  tizimining 

nuqsonlari;  9)  endokrin  tizimidagi  nuqsonlar;  10)  teridagi  nuqsonlar;  11) 

qo‘shimcha  talok,  ajralmagan  egizaklar,    yo‘ldosh  anomaliyalari  va  h.k.  singari 

boshqa a’zolardagi nuqsonlar. 

Ayrim  olimlar  tug‘ma  nuqsonlar  aksariyatini  quyidagi  guruxlarga  ajratishni 

taklif  etadi:  1)  xromosom  kasalliklari;  2)  gen  sindromlari  3)  embriopatiyalar;  4) 

noaniq etiologiyali sindromlar va h.k.. 

Terotogen omillar ta’sirida zararlangan ob’ektlarga ko‘ra Yu.V.Gulkevich  va 

hammualliflar tug‘ma nuqsonlarni quyidagilarga bo‘ladi:  

a) gametopatiyalar; b) blastopatiyalar; v) embriopatiyalar; g) fetopatiyalar.      



 

Irsiy kasalliklar (gametopatiyalar). 

Irsiy kasalliklarni aniqlash usullari. 



Geneologik  usul  -  klinik  genetikaning  muxim  usullaridan  biridir.  Bemorning 

hayot tarixini aniqlayotganda shifokor har  doim uning ota-onasi, aka-ukalari, opa-

singillari  va  yaqin  qarindoshlarining  sog‘ligi  xaqida  qiziqadi.  Geneologik  usul 

bemorning  sog‘lom  va  xasta  qarindosh-urug‘lari,  ajdod-avlodlari  xaqida  imqoni 

boricha to‘larok ma’lumot yig‘ishi talab yig‘ish.  

Shajarada  birinchi  marta  kasalligi  aniqlangan    bemor  proband  deyiladi. 

Probandning  qarindosh-urug’lari  va  avlodlaridan  tuplangan  barcha  ma’lumotlar 

shajaraga kiritiladi. Avlodning xar bir a’zosi o’zining kodiga ega bo‘lib, shajarada 



 

avlodlar  rim  rakamlari  bilan  yuqoridan  pastga  qarab  nomerlanadi.  Shunda  birlik 



shajaraning    chuqqisida  joylashadi.  Har  bir  avlodda  a’zo  arab  raqamlari  bilan 

kattadan  kichikka,  chapdan  unga  qarab  nomerlanadi.  Shunday  qilib  avlodlarni 

vertikal nomerlashga va a’zolarni gorizontal nomerlashiga ko‘ra shajaradagi u yoki 

bu  sub’ektning  xarakteristikasini  topish  mumkin.  O‘rganilayotgan  kasallikning 

belgisi,  proband  belgisining  bo‘yalish  yoki  belgi  ichiga  harf  yozilishi  bilan 

ifodalanadi. 

Geneologik  usul  yordamida  kasallikning  dominant  turini  aniqlash  oson 

bo‘ladi. 



Bioximik-genetik  tekshirish  usullari:  hozirgi  vaqtda  moddalar  almashinuvini 

tekshirish  natijalari  irsiy  kasalliklar  diagnostikasida  keng  qo‘llaniladi.  Bu 

tekshiruvlar 2 dastur asosida olib boriladi: 1-dastur elash (skriniglash) deb ataladi. 

Bunda tez  va oson bajariladigan  testlar  yordamida  barcha tekshirilayotgan bolalar 

sog‘lom  va  bemorlarga  saralanadi.  Skriniglash  usuli  ommaviy  tekshiruvlar 

o‘tkazishda  va  maxsus  bolalar  guruxlarini  tekshirishlarda  keng  qo‘llaniladi.  2-

dasturda  irsiy  kasalliklar  borligiga  gumon  qilingangan  bolalarda  maqsadga 

yo‘naltirilgan  tarzda  tekshiruvlar  olib  boriladi.  Bunda  qon  va  siydikda  anomal 

oqsilni  yoki  moddalar  almashinuvining  oralik  maxsulotlarini  sifat  va  miqdor 

jihatidan  tekshiriladi  va    2  -  dastur  tekshiruvlar  natijasiga  asoslanib  yakuniy 

diagnoz qo‘yiladi. 

Sitogenetik  usul  hujayra  yadrosidagi  xromosomalar  miqdorini  va  ularning 



morfologik  xususiyatlarini  aniqlash  imkonini  beradi.  Bunday  tekshiruvlar 

xromosom  kasalliklar  diagnostikasida  muxim  ahamiyatga  ega.  Xromosom  taxlili 

quyidagi xolatlarda utkaziladi: 1) Daun kasalligi, Shereshevskiy-Terner sindromi, 

Klaynfelter  sindromi  va  boshqalar  singari  xromosom  kasalliklariga  xos  belgilar 

sust  namoyon  bo‘lgan  bolalarda;  2)  aniq  va  noaniq  etiologiyali,  sindromlarda 

uchramaydigan klinik belgilari bilan kechadigan tug‘ma kasalliklarni aniqlashda; 

3)  erta  muddatdagi  qaytalangan  spontal  abortlar,  o‘lik  tug‘ilishlar  va  oilada 

tug‘ma rivojlanish nuqsonlari bilan tug‘ilgan bolalar mavjud  bo‘lgan xolatlarda.  

 

Irsiy  xromatinni  tekshirish  ham  sitologik  usullar  qatoriga  kiritiladi.  Buning 



uchun  og‘iz  bo‘shligidan  shpatel  yordamida  olingan  va  atseto-orsein  bilan 

bo‘yalgan surtma tekshiriladi.  



Dermatoglifika  -  barmoqlar,  kaft  va  oyoq  kafti  izlarini    tekshirish  yoki  teri 

qoplamlarini  bevosita  ko‘rish  usuli.  Bunda  chaqaloqlik  davrida  kaftlardagi 

kundalang  chiziqlar  hamda  jumladan  xromosom  kasalliklarga  xos  bo‘lgan 

sinchalokdagi burmaning bittaligiga e’tibor beriladi.  



Egizaklar  usuli.  Odatda  ilmiy  izlanish  maqsadida,  genetik  hamda  turli  irsiy 

kasalliklarga  moyillik  mavjudligini  aniqlash  uchun  ham  qo‘llaniladi.  Bu  usul 

monozigot  egizaklarning    doimo  bir  xil  genotipga  ega  bo‘lganligiga  asoslanadi. 

Bunda  monozigot  egizaklarning  xar  ikkalasida  tug‘ma  kasallikning  aniklanishi, 

uning irsiy tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi. 

 Genlarni bog‘lash usuli – bu usulning asosida jinsiy hujayralarning mitoz va 

mioz  paytida  lokuslari  bitta  xromosoma  ichidayaqinjoylashgan  genlarining 

ajralmasdan,bog‘langan xolda nasldan-naslga o‘tishi yotadi (bog‘langan guruxlar). 

U  xolda  irsiy  kasalliklarning  yashirin  turlarida  nomo‘tant  gen  bo‘lishi  mumkin, 

ya’ni  u  genetik  marker  bo‘lib  xisoblanadi.    Masalan:  tirnoqlar  va  tizza 

qopqog‘ining  rivojlanishiga  javob  beradigan  gen,  A  (II)  gurux  antigen  xakida 

ma’lumot  beradigan  gen  bilanbog‘langan  bo‘ladi.  Shuning  uchun  tirnoqlarning 

rivojlanmasligi va tizza qopqog‘ining  bulmasligi autosom-dominant irsiy kasallik 

A  (II)  guruxiga  mansub  bolalarda  uchraydi.  Shunday  qilib,  bu  bolalarni  AVO 

tizimi  bo‘yicha  tekshirish  natijalari  kushimcha  muxim  diagnostik  kriteriyalaridan  

bo‘lib  qolishi  ham  mumkin.  Ushbu  usul  gemofiliya,  Dyushenn  miopatiyasi, 

pigmentli retinit va boshqa kasalliklar diagnostikalarida ham qo‘llanishi mumkin. 



Mikrobiologik  ekspress-diagnostik  usuli  –  bolalarni  profilaktik  ko‘ruvida  va 

chaqaloqlarda  irsiy  kasalliklarni  aniqlash  uchun  qo‘llaniladi.  Gatri  testi 

fenilketonuriya,  gistidenemiya,  leysinoz  va  galaktoziemiya  diagnostikasida  eng 

keng qo‘llaniladigan mikrobiologik ekspress  testlardan biri bo‘lib  xisoblanadi.  



Prenatal diagnostika moddalar almashinuvi irsiy kasalliklari  yoki xromosom 

aberratsiyalar bilan tug‘ilish ehtimoli bor bolalarda qo‘llaniladi.   U xolda mediko-



 

genetik  konsultatsiyasining  tavsiyasiga  ko‘ra  xomiladorlikning  birinchi  20 



haftasida  xomilani  irsiy  kasalliklari  bor-yo‘qligiga  tekshiruv  o‘tkaziladi.  Shu 

maqsadda  ultratovushli  skanerlash  (ultrasonografiya),  amnio  -  va  fetoskopiya, 

kontrast rentgenografiya va amniotsentez usullari diagnostikasida qo‘llaniladi. 

 

Xromosom kasalliklari

Chaqaloqlarda  xromosom  kasalliklari  1:1000  uchraydi.  Spontan  abortlarning 

20%  yaqini  xromosom  annomaliyalari  tufayli  bo‘ladi.  Bu  kasalliklar  vaqtidan 

avval  yoki  o‘lik  tuo‘ilishlarning  asosiy  sabablaridan  bo‘lib  xisoblanadi. 

Xromosomalardagi  strukturaviy  buzilishlar  reduksion  bulinish  paytdagi  gameta 

xosil  bo‘lishi  davrida  yuz  beradi.  Bunda  gometada  xromosomalar  sonining 

ko‘payishi 

yoki 


kamayishiga 

olib 


keluvchi 

kon’yugatsiya 

vaqtida 

xromosomalarning bo‘linmasligi kuzatiladi.  

Xromosomalar  strukturasining  buzilishi  organizm  rivojlanishining  turli 

boshqichlarida  sodir  bo‘lishi  mumkin.  Zigotaning  bo‘linishi  yoki  undan  kechrok 

bo‘lgan  davrda  hujayralardan  birortasida  buzilish  sodir  bo‘lsa,    organizm 

hujayralarining  faqat  bir  qismida  anomal  kariotip  saqlangan  bo‘ladi.  Bunday 

xolatlar  mozaitsizm  deyiladi.  Struktur  anomaliyalardan  ba’zilari  nasldan-naslga 

o‘tadi.  Chaqaloqlar  orasida  xromosom  kasalliklaridan  eng  ko‘p  uchraydiganlari  

bo‘lib Daun kasalligi, Patau-, Edvards – hamda Shereshevskiy-Terner sindromlari 

va boshqalar xisoblanadi. 



Daun  kasalligi  (21-juft  trisomiyasi)  xar  600-800    chaqaloqqa  bitta  xodisa 

to‘g‘ri keladi.  

35    va  undan  yuqori  yoshli  ayollardan  boshqalarga  nisbatan  Daun  kasalligi 

bilan  xastalangan  bolalar  20-30  marta  ko‘prok  tug‘iladi.  Kasallik  klinikasi  bola 

yuzining  oysimon  ko‘rinishi,  burnining    yassiligi,  ko‘z  yorig‘ining  mongoloid 

shaklidaligi,  musqo‘llar  tonusining  pastligi,  bo‘g‘imlarning  relaksatsiyasi, 

fiziologik  reflekslarning  sustligi,  kaftlarining  keng  –va  barmoqlarining  qisqaligi, 

mikrobraxitsefaliya,  quloq  supralarining  displaziyasi,  tilining  chiqib  turishi, 

tanglayining  chuqurligi,  epikant,  dermatoglifika  anomaliyalari  mavjudligi  bilan 


 

belgilanadi.  Yangi  tug‘ilgan  bola  yuzlarining  shishinqiraganligi,  asfiksiya, 



pnevmoniya  yoki  boshqa  kasalliklar    oqibatidagi  musqo‘llar  gipotoniyasi    bois 

diagnoz  qo‘yish  bir  muncha  qiyin  bo‘ladi.  Bunday  xolatlarda  diagnoz 

o‘rnatilishining  keyingi  kuzatuvlarga  va  kariotipni  tekshirish  natijalariga 

asoslanadi.  



Patau  sindromi  13      -  juft  xromosomalar  trisomiyasi  asosida  rivojlanadi. 

Klinikasi turli a’zolar va tizimlarda anomaliyalarning ko‘pligi bilan xarakterlanadi: 

mikrotsefaliya,  yuqori  lab  va  tanglayining  bitmaganligi,  ko‘rlik,  karlik,  yurakdagi 

tug‘ma  poroklar,  polidaktiliya  va  boshqalar.  Bunday  bolalar  odatda    hayotining 

birinchi oylaridayok nobud bo‘ladilar.  

Edvard  sindromi      asosida  18  –  juft  xromosomalar  trisomiyasi  yotadi. 

Klinikasida  mikrotsefaliya,  ensa  sohasining  bo‘rtib  turishi,  pastki  jag‘ning  yaxshi 

rivojlanmasligi  (mikrogeniya),  quloq  supralarining  deformatsiyasi  va  past 

joylanishi, ko‘krak qafasining  deformatsiyasi, chanoq – son bug‘imidagi chiqiqlar 

va boshqa ko‘plab anomaliyalar kuzatiladi. Ichki a’zolar poroklaridan yurak, xazm 

organlari, bo‘yrak poroklari ko‘prok uchraydi. Bunday bolalar  hayotining birinchi 

yilida nobud bo‘lishadi. 

Shereshevskiy  –  Terner  sindromi  (45,  X  ).    Bu  sindrom  chaqaloqlar  va 

maktab  yoshidagi  qizlar  orasida  1:3000  nisbatda  uchraydi.  qiz  bolalar  muddatiga 

yetib, lekin kichik  vazn  va past bo‘y bilan tug‘iladi. Chaqaloqlik davrdan boshlab 

ularda  tirnoqlar  gipoplaziyasi,  bo‘ynining  kaltaligi,  oyoq  qo‘llarida,  ayniqsa 

tovonlarida limfatik shishlar kuzatiladi.  

Go‘daklarda  rivojlanishning  ortda  qolishi  unchalik  bilinmaydi.  Bolaning 

birinchi  yoshida  fakat  bo‘y  o‘sishining  orqa  da  qolishi  seziladi  Keyinchalik  ko‘z 

tuzilishining  antimongoloid  turda  bo‘lishi,  epikant,  quloq  supralarining  past 

joylanishi  va  deformatsiyasi,    ensadan  yelka    tomon  ketadigan  qanotsimon  teri 

burmasining  bo‘lishi,  ensa  sohasida  sochning  yaxshi  o‘smasligi,  tirsak 

bo‘g‘imlarining  deformatsiyasi  kabi    boshqa  belgilar  bilinadi.  Ichki  a’zolardan 

ko‘prok buyrak va yurak (aorta koarktatsiyasi) poroklari kuzatiladi. Ichki va tashqi 

jinsiy a’zolar  yetarli rivojlanmagan. Ikkilamchi jinsiy belgilari sust yoki  umuman 


10 

 

rivojlanmagan.  Ko‘krak  bezlari  va  menstruatsiya  bo‘lmaydi.  Odatda  bunday 



bemorlar  pushtsiz  bo‘ladi.  Jinsiy  xromatin  tekshirilganda  hujayralarining 

yadrolarida  Barr  tanachalarining  yo‘qligi  aniqlanadi.  Dermatoglifika:  ko‘pincha 

kaftlarida  burmaning  bittaligi  va  uchradius  o‘qining  distal  tarafga  siljiganligi 

kuzatiladi.  Sitogenetik  tekshiruvida  ko‘pincha  45,X  kariotip  yoki  45  X/46  XX 

mozaitsizm aniqlanadi. Mazoitsizmda klinik manzara ancha sust namoyon bo‘ladi. 

Klaynfelter sindromi (47 XXU) ko‘p uchraydigan xromosom kasalliklaridan 

biridir.  O‘g‘il  bolalar  va  katta  yoshli  erkaklar  orasida  taxminan  1:500  nisbatida 

uchraydi. Chaqaloqlik davrida klinik diagnostika o‘tkazish imkoniyati yo‘q, chunki 

bu kasallikka xos belgi aniqlanmaydi.  

Kasallik  klinikasi  voyaga  yetish  davrida  namoyon  bo‘la  boshlaydi. 

Yevnuxoid  tana  tuzilishi,  asosan  oyoq  uzunligi  xisobiga  baland  bo‘ylilik, 

musqo‘llar  rivojlanishining  sustligi,  ginekomastiya,  tashqi  jinsiy  organlar 

atrofiyasi, aspermiya yoki oligospermiya, psixomator rivojlanishdan ortda qolishlar 

xarakterlidir.  Davolash  pubertat  yoshida  androgenlar,  kuchaytiruvchi  vositalar 

qo‘llaniladi.  Ruxiy  funksiyalarning  susayishi  kuzatilsa  glyutamin  kislota, 

piratsetam,  pantogam,  korteksin,  serebrolizin  va  vitamin  terapiyalarni  birga  olish 

tavsiya etiladi.                



Gen kasalliklari. 

Gen  kasalliklari  orasida    moddalar  almashivuning  irsiy  kasalliklari  yoki 

molekulyar  kasalliklar  ko‘prok  uchraydi.  Ularning  rivojlanishi  asosida  oqsil 

sintezini  boshqaruvchi  genlarning  mo‘tatsiyasi  yotadi.  Mo‘tatsiya  natijasida 

maxsus  oqsillar  sintezi  buziladi  yoki  butunlay  barham  topadi.  Xozirgi  kunda  bu 

kasalliklarning  500  dan  ortik  turlari  ma’lum.  Gen  kasalliklari  shartli  ravishda  3 

guruxga  bo‘linadi:  1)  noto‘g‘ri  molekulyar  strukturali  oqsil  sintez  bo‘lishi  bilan 

bog‘lik  kasalliklar  (S,C,D  va  boshqa  gemoglobinozlar);  2)  oqsil  molekulasidagi 

uzilishlar  bilan  bog‘lik  kasalliklar  (gemofiliya,  afibrinogenemiya,  albuminemiya, 

a-gammaglobunemiya va boshqalar); 3) oqsil molekulalari funksiyasining buzilishi 

bilan bog‘lik kasalliklar (enzimopatiyalar).  


11 

 

Enzimopatiyalar  patogenezi  asosida  fermentning    sintez  bo‘lmasligi  yoki 



faolligi sustligi okibatida bir moddaning boshqa moddaga aylanishidagi buzilishlar 

yotadi.  Buning  natijasida  organizmda  moddalar  almashinuvi  zanjirlarida 

buzilishlar  yuzaga  kelib,  oralik    maxsulotlarining  tankisligi  yoki  ularning  toksik 

xolatlarga    olib  keladigan    moddalarining  oxirgi  xosilalarining  ko‘p  miqdorda 

yigilib  qoladi.  Bitta    ferment  moddaning  o‘zgarishi  fakat  bitta  reaksiyasini 

kuchaytiradi va bitta gen tomonidan boshqarilib turiladi. Almashinuv zanjiri uzun, 

murakkab  bo‘ladi  va  undagi  moddalar  o‘zgarishi  ko‘p  genlar  tomonidan 

boshqariladi.  Buning  okibatida  almashinuv  jarayonlarining  turli  zvenolarini 

boshqaradigan  turli  genlar  mo‘tatsiyasi  natijasida  irsiy  kasalliklarning  xar  xil 

shakllari kelib chiqadi. 



Fenilketonuriya 

(fenilpirouzum 

kislotasi 

akliy 


zaifligi). 

Kasallik 

chaqaloqlarda 1:10000 nisbatida uchraydi. Autosom-retsessiv turda nasldan-naslga 

o‘tadi.  Fenilalanil  aminokislotasini  tirozinga  aylanishiga  olib  keladigan 

fenilalanilgidroqsilaza  fermentining  faolligi  pasayishi  yoki  umuman  bulmasligi 

okibatida kelib chiqadi. Qon va butun organizmda fermentativ to‘siq xosil bo‘lishi 

natijasida  fenilpirouzum,  fenilsut  -  va  fenilsirka  kislotasi  singari  fenilalanin  va 

uning  almashinuvi  oraliq  maxsulotlari    yig‘ilib  qoladi.  Bu  kislotalar  va 

fenilalanilning ortiqcha qismi siydik orqali chiqib turadi, lekin ko‘p miqdorda ular 

organizmda  ushlanib  qolishi  ham  mumkin  va  bolaning  normal  rivojlanishini 

buzadi,  bunda  birinchi  o‘rinda  oligofreniya  rivojlanishiga  olib  keladigan  asab 

tizimi zaralanadi. Ikkinchi o‘rinda asab tizimining normal funksiyasi uchun muxim 

bo‘lgan triptofan almashinuvi, serotonin va boshqa moddalar sintezining buzilishi 

kuzatiladi. Fermentativ to‘sik, shu bilan birga tirozin sintezini yetarli bo‘lmasligiga 

va melanin fermentining kam xosil bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi. 

Kasallikning  rivojlanishi  bola  xayotining  birinchi  xaftalaridayok  boshlanadi. 

Lekin  asab-ruxiy  rivojlanishining  orqada  qolishi  6  oyligida  bilinadi.  Umumiy 

qo‘zg‘olish  belgilari,  mushak  tonusi  va  reflekslarining  kuchayishi,  soch  va  yuz 

terining  oqarishi  kuzatiladi.  Statik  funksiyalar  ortda  qoladi.  Bola  kech  o‘tiradi, 

oyoqka  kech  bosadi  va  kech  yuradi.  Atrofdagilarga,  ota-onasiga  va  boshqa 



12 

 

bolalarga qiziqish bo‘lmaydi. Bola gapirmaydi, lekin kasallikning yengil darajasida 



3 yoshdan so‘ng nutk paydo bo‘lishi  mumkin. Bemorlarning teng yarmida talvasa 

sindromi  kuzatiladi.  Ko‘pincha  yengil  mikrotsefaliya,  yurak,  suyak  tizimi  va 

boshqa a’zolarining tug‘ma poroklari kuzatiladi. Boladan o‘ziga xos “sichqon” xidi 

keladi. Vazni va bo‘yi odatdagi o‘lchamlarda. Diagnozni chaqaloqlik davrida yoki 

xayotining  birinchi  oylarida  o‘rnatish  muxim  ahamiyatga  ega,  chunki  shundagina 

maxsus  parxez  qo‘llash  orqali  kasallik  rivojlanishining  oldini  olish  mumkin. 

Chaqaloqlik davrda diagnozni Gatri testi yoki autotrof  mikroorganizmlar sinamasi 

kabi  skrining  tekshiruvlar  natijasiga  asosan  o‘rnatiladi.  Bola  xayotining  keyingi 

davrlari esa, Fyoling sinamasidan foydaniladi. 

Davolash.  Bola  ko‘krakdan  ajratiladi  va  tarkibida  fenilalanin  minimal 

miqdorda  bo‘lgan  maxsulotlar    orqali  parxez  buyuriladi.  Oqsilga  bo‘lgan  talabni 

qondirish  uchun  ovkatga  tarkibida  fenilalanin  bo‘lmagan  gidrolizat  qo‘shiladi. 

Vitaminlar va simptomatik vositalar beriladi. 


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin