Bola huquqlari to`g`risidagi qonun nechta bob nechta moddadan iborat
Ushbu qonun 4 bob, 32 moddadan iborat
O‘zbekiston Respublikasinda umumta’lim muassasasida ta’lim olish tilini tanlash qaysi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi BMTning “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ga qachon a’zo bo‘ldi
1991 yil 30-sentabr
Konstitutsiya-
(“constitution” lotincha so‘z bo‘lib, “tuzish” degani) “qoida” va “nizom” ma’nolarini anglatadi. Konstitutsiyada jamoat va davlat tuzilishi, davlat hokimiyati va boshqaruvining asoslari, fuqarolarning asosiy huquq va majburiyatlari aniq belgilab beriladi
Inson huquqi-
insonning davlat bilan munosabatdagi huquqiy holatini, uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyatlarini tavsiflash tushunchasi
Konstitutsiyaviy huquq-
huquqning etakchi tarmog‘i, shuningdek, huquqiy fanlar va o‘quv-ta’limi turlaridan biri. Konstitutsiya va konstitutsiyaviy huquqning farqi shundan iboratki, konstitutsiya birgina qonun hisoblansa, konstitutsiyaviy huquq juda ko‘p huquqiy manbalarni, shuningdek, konstitutsiyani o‘z ichiga oluvchi butun bir huquqiy tarmoqni qamrab oladi
Yashash huquqi-
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 24 moddasida mustahkamlab qo‘yilgan asosiy huquqlaridan biri. “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir”
Deklaratsiya (Bayonnoma)-
qonundan farqli o‘laroq deklaratsiya huquq va erkinliklarni e’lon qiladi, konstitutsiya esa fuqarolar uchun ham, shu davlat hududida yashovchi odamlar uchun ham majburiy ravishda amal qilishni o‘rnatadi