jazo jinoyat sodir etishdan aybli ekanligi isbot qilingan shaxsga nisbatan sud hukmi bilan davlat nomidan qo‘llaniladigan majburlov vositasi. Mahkum qonunlarda nazarda tutilgan ravishda muayyan huquqlardan mahrum etilgan, qilgan aybiga qarab, jamiyatdan ajratib, qamab qo‘yiladi. Jazo mahkumni qayta tarbiyalash, jinoiy faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilish, mahkumning qayta jinoyat qilmasligini va boshqa shaxslarning jinoyat qilishdan tiyilishlarini ko‘zda tutuvchi majburlov chorasi
Qonun
Davlat xalq xo‘jaligining tegishli sohasiga oid me’yorlarni belgilovchi, Oliy Majlisda qabul qilinadigan, sohaning strategik rivojlanishini ifodalovchi, uzoq muddatga mo‘ljallangan, takomillashib boruvchi hujjat.
Farmon-
Tegishli soha yoki muhim ob’ektga, voqeylikka nisbatan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriq va ko`rsatmalarini ifodalovchi me’yoriy hujjat.
Farmoyish-
ijro etish muddati tezlikni, operativlikni talab etuvchi vakolatli idoralar rahbarlari tomonidan chiqariladigan me’yoriy hujjat. Buyruq sohaga oid vakolatga ega bo‘lgan tashkilotlarning turli rahbarlari tomonidan davlat qonuni, PF va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda yuqori tashkilotlarning turli ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash hamda korxona, muassasa, tashkilotlar boshqaruvini amalga oshirish uchun chiqarilgan me’yoriy hujjat.
World Wide Web
Butun jahon bo‘ylab joylashgan serverlardagi axborotni olish imkonini beruvchi Internet xizmati
STEAM
STEAM (science, technology, engeenering, art and mathematic - fan, texnologiya, muxandislik, san’at va matematika) o‘qitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning tayanch tushunchalarini (mantiqiy amallar, algoritmlar, blok-sxemalar va x.k.) shakllantirish metodologiyasiga tayanish maqsadga muvofiq.
Ichki gipermurojat
Faol veb bog‘lamasidagi xohlagan veb-sahifa yoki faylga ko‘rsatuvchi gipermurojaat (bog‘lamasi ichidagi gipermurojaat)