•
Xalqaro baholash dasturlarining topshiriqlarini o‘zidamujassam
etgan elektron test tizimida o‘z bilimlarini sinab ko‘rishi;
•
Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik doirasida o‘quvchilar,
o‘qituvchilar, ota-onalarga mo‘ljallangan video mahsulotlar bilan tanishib
chiqish;
•
Taʼlim muassasalarida o‘quvchilarda savodxonlik
kompetensiyalarini shakllantirish, ularning egallagan bilimlarini hayotda
qo‘llay olish ko‘nikmalarini hamda tahlil va talqin qila olish, mulohaza
yuritish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida keng foydalanish;
•
Taʼlim jarayonida fanlararo integratsiyani taʼminlashda elektron
platforma materiallarini bepul yuklab olishingiz mumkin.
STesting platformasida PISA, PIRLS, TIMSS tadqiqotlari topshiriqlari
joylashtirilgan. Platformaga kirgan o‘quvchining sinfiga qarab unga tadqiqot
topshiriqlari taqdim etiladi. Bu bevosita o‘tkaziladigan tadqiqotning qaysi sinf yoki
yosh oralig‘ida o‘tkazilishi bilan bog‘liq.
PISA topshiriqlari 15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilganligi sababli 8-
9-10 sinf o‘quvchilarigagina bu tadqiqot topshiriqlarini yechish uchun kirish
imkoniyati beriladi.
PISA tadqiqoti topshiriqlari 3 ta yo‘nalish:
O‘qish savodxonligi;
Matematik savodxonlik;
Tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha test topshiriqlarini taqdim etadi.
PIRLS tadqiqoti topshiriqlari 1 ta yo‘nalish:
O‘qish savodxonligi bo‘yicha test topshiriqlarini taqdim etadi.
Nazorat savollari:
1.
TIMSS tadqiqotining tabiiy fanlar savodxonligi yo‘nalishida
qanday kognitiv sohalar bo‘yicha o‘quvchilar bilimi baholanadi?
2.
PISA tadqiqotlari natijalari nimalarni aniqlashga imkon beradi?
3.
Stesting platformasi qanday afzalliklarga ega?
4.
Xalqaro tadqiqotlarda O‘zbekiston respublikasining ishtiroki
qanday ahamiyatga ega va tadqiqotdagi ijobiy natija mamlakatimizga nima
beradi?
Dostları ilə paylaş: