A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
moduli bo‘yicha
“
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi
”
o‘quv kursining
“S-Testing – o‘quvchilarning xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik platformasi.
Milliy platforma imkoniyatlari” mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzasi: Xudayberdiyeva Muhayyo Karshiboyevna
Toshkent 2021
4-Мavzu: STesting – o‘quvchilarning xalqaro tadqiqotlarga
tayyorgarlik platformasi. Milliy platforma imkoniyatlari
Reja:
1.
STesting nima?
2.
STesting platformasining imkoniyatlari.
3.
Platformadagi fan yo‘nalishlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq
ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz
kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963-
son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek Xalq
taʼlimi vazirining “Xalq taʼlimini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni
moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 2020-yil 7-dekabrdagi 294-son buyrug‘iga ko‘ra A.
Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash
ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2020-yil dekabr oyidan 2021-yil avgust oyiga
qadar “STesting” loyihasi amalga oshirildi.
PISA xalqaro baholash dasturi butun dunyoda keng qamrovli va muntazam
ravishda o‘tkazib kelinayotgan dastur sifatida o‘ziga xos ahamiyatga ega.
PISA xalqaro baholash dasturida qariyib 80dan oshiq davlatlar ishtirok
etishgan. Tadqiqotni xar uch yilda bir marotaba o‘tkazilishi esa davlatlarga o‘z
ta’lim tizimlarida kelajakda erishish ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlarni aniqlab
olish imkoniyatini yaratib beradi. Shuningdek, dastur 15 yoshdagi o‘quvchilarning
bilim va ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha yagona xalqaro baholash loyihasi
hisoblanadi.
Savodxonlik: PISA muayyan maktab o‘quv dasturlarining ustunligini
o‘rganish o‘rniga, o‘quvchilarning asosiy mavzularda bilim va ko‘nikmalarini
qo‘llay olish qobiliyati, muammolarni tahlil qilish, sharhlash va samarali hal qilish,
fikrlash va muloqot qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Hayot davomida o‘rganish: O‘quvchilar maktabda o‘rganishi lozim bo‘lgan
hamma narsani to‘liq o‘zlashtira olmaydilar. Samarali o‘rganuvchi bo‘lish uchun
nafaqat bilim va ko‘nikmalarni, balki ular qanday va nima uchun o‘rganilishi
haqida xabardor bo‘lishi lozim. PISA o‘quvchilarning o‘qish (matnni tushunish),
matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini oshirish bilan bir qatorda
o‘quvchilardan ta’lim olishga qiziqish, o‘zlari haqida ma’lumotlar va ta’lim
strategiyasi haqida fikrlarini so‘raydi. PISA tadqiqotida yoshlarning "katta
yoshlilar" hayotiga tayyorgarligi tashxisi qo‘yiladi, bu esa uni boshqa xalqaro
tadqiqotlardan ajratib turadi, uning asosiy maqsadi o‘quv rejalarida belgilangan fan
bilimlari va ko‘nikmalarini asosan real hayotga umuman aloqasi bo‘lmagan yoki
ta'lim vazifalaridan foydalangan holda sinab ko‘rishdir.
Kelajakda bolalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan bilim va
ko‘nikmalarning holatini, shuningdek zamonaviy dunyoda muvaffaqiyatli
moslashish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni mustaqil ravishda olish imkoniyatini
aniqlashga alohida qiziqish uyg‘otadi.
PISA tadqiqotlari uchta yo‘nalishda olib boriladi: o‘qish savodxonligi,
matematik savodxonlik, tabiiy fanlardan savodxonlik, 1000 ballik tizimda
baholanadi. Tadqiqotlar uch yillikssiklda o‘tkaziladi. Har qaysissiklda yuqorida
qayd etilgan uchta yo‘nalishdan bittasiga asosiy e’tibor qaratiladi. Mamalakatlar
ta’lim tizimida muayyan yo‘nalishdagi o‘zgarishlar atroflicha tahlil qilinadi. Ushbu
xalqaro dastur 1997-yili ishlab chiqilib, 2000-yilda ilk marotaba amaliyotda
qo‘llangan. Dastur ko‘magida turli davlatlar ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar
aniqlanadi, solishtiriladi, baholab boriladi. Bu tadqiqotlarning natijasi dunyo
bo‘yicha katta qiziqish bilan kuzatib kelinadi. Shu bois yildan-yilga uning
ahamiyati va qamrovi oshib boryapti. Misol uchun, 2000-yilda dastur testlarida 32
davlatdan 265000 nafar o‘quvchi ishtirok etgan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 2
barobarga oshishi, ya’ni 78 davlatdan 540000 nafardan ziyod o‘quvchi qatnashishi
kutilgan edi.
PISA topshiriqlari komyuterda bajariladi. Test topshiriqlari tayyor javobli
bo‘lib, ulardan to‘g‘risi tanlanadi. Shuningdek, javobsiz testlar ham bo‘ladi.
Bularga o‘quvchi to‘liq yoki qisqa javob berishi so‘raladi. Ayrim test topshiriqlari
bitta hayotiy vaziyatga oid, biroq turli qiyinlik darajasidagi test savollaridan iborat
bo‘ladi. Testlar bir necha variantda tuziladi. Ba’zi testlar ayrim variantlarda
takrorlanishi mumkin. Shuningdek, tadqiqotda o‘quvchilar o‘zi va maktab
direktorlari o‘z maktablari haqidagi ma’lumotlarni so‘rovnomaga yozishadi.
To‘plangan ma’lumotlar ta’lim natijasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga
yordam beradi.
PISA tadqiqotlari natijalari quyidagilarni aniqlashga imkon beradi:
– 15 yoshli o‘quvchilarning asosiy bilim va ko‘nikmalarini ifodalovchi
miqdor ko‘rsatkichlar;
– o‘quvchilarning ta’lim natijalari va maktabda ishning yo‘lga qo‘yilishiga
ta’sir etuvchi omillarning holatini ifodalaydigan miqdoriy ko‘rsatkichlar;
– vaqt o‘tishi bilan erishilgan natijalarning o‘zgarishi yo‘nalishini
ifodalovchi miqdoriy ko‘rsatkichlar.
Tadqiqot natijalari hamda turli mamlakatlarning ta’lim tizimini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar har uch yilda chop etib boriladi. Bu ma’lumotlardan
mamlakatlarning ta’lim tizimidagi yutuqlarni o‘zaro taqqoslash va maktab ta’limi
sohasidagi siyosatni aniqlashda foydalaniladi.
Dastur etakchi xalqaro tadqiqotchilik tashkilotlari va milliy markazlar,
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotini o‘z ichiga olgan Konsorsium
tomonidan amalga oshiriladi. Konsorsium ishini Pedagogik tadqiqotlar bo‘yicha
Avstraliya kengashi (The Australian Council for Educational Research - ACER)
boshqaradi.
O‘quvchilarga, asosan, o‘quv emas, balki kundalik hayotga xos bo‘lgan
amaliy vaziyatlar taklif etiladi (tibbiyot, uy-joy, sport va h.k.). Bunda o‘quvchilar
ko‘p hollarda nafaqat matematikaning turli mavzulari va bo‘limlaridan, balki
boshqa fanlar, masalan, fizika va biologiyadan olgan bilim va ko‘nikmalaridan
foydalanishlari talab etiladi.
Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati nimada?
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida
ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda
malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu
o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va
o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab
etadi. Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat
xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va
monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni
sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |