“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi


Partonimik tasvir bunday matnning eng xarakterli xususiyati hisoblanadi, ya’ni



Yüklə 245,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix11.10.2023
ölçüsü245,47 Kb.
#154127
1   2   3
0pCbWCzR12e2US63z7ObScw13gZRkuC5tMpKDyW5


Partonimik tasvir bunday matnning eng xarakterli xususiyati hisoblanadi, ya’ni 
tasvirlanayotgan ob’ektning dastlab, birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin 
unga aloqador xususiyatlar va qismlardan so‘z yuritiladi. 
3. Izoh mazmunli matnlar. Bunday matnda aytilayotgan fikrning 
ishonarliligini ta’kidlash uchun turli dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash
isbotlash, o‘zini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har xil vajlarni 
keltirish argumentli matn turining o`ziga xos jihatlaridan hisoblanadi. 
4. Didaktik matnlar. Kimgadir pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy 
voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishga o‘rgatish 
istagi asosida tuzilgan matn eksplikativ yoki didaktik matn deyiladi.Maqsadga 
erishish uchun maqol, matal, aforizm, turli hayotiy voqealar, rivoyatlar
masallardan namuna sifatida foydalaniladi. 
5. Xabar mazmunli matnlar. Biror voqea-hodisa haqida xabar berish 
maqsadida tuzilgan yoki havola qilingan matng informativ matn hisoblanadi. 


Badiiy matnda informativlik o‘ziga xos tarzda bo‘ladi. Oddiy xabardan 
farqlanib, estetik maqsad yuklangan bo‘ladi. 
6. Buyruq mazmunli matnlar. Buyruq havmda maslahat ohangi etakchilik 
qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli 
ta'qiqlashlarni 
ifoda 
etadigan 
matn 
tipiga 
buyruq 
mazmunli 
matn 
deyiladi.Asosan qao`ramonlar nutqida kuzatiladi. 
7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar. Insonning ichki kechinmalarini, 
voqelikka munosabatini, o‘ziga xos pafos Bilan ifodalash maqsadida tuzilgan 
matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi. 
Matnning mazmuniy yaxlitligini ta’minlasgda ayrim so‘zlar yoki gaplar 
asosiy o‘rinni egallaydi. Matnning mohiyatini belgilashda ular tayanch birliklar 
hisoblanadi. Matn mazmunini qayta bayon qilishda shu birliklar asos bo‘ladi. 
Tasviriy matn ko‘proq badiiy adabiyotga xos bo‘lgani uchun unda turli 
tasviriy vositalar qo‘llaniladi. Tasviriy matnni qayta hikoya qilishda ham 
ulardan foydalanish lozim. 

Yüklə 245,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin