uzluksiz talim jarayonida pedagog faoliyatining orni -4
TAJRIBA SINOV ISHLARI. Berilayotgan topshiriq va masalalarda asosan maktab amaliyoti nazarda
tutilgan. Tajriba-sinovni Jizzax shaxriga qarashli ….-maktab pedagogik jamoasi
o`rtasida olib bordim. Amaliyot davrida maktab amaliyotchi-psixologi Qoraboeva
Matluba opa bilan birgalikda pedagogik jamoaning pedagogik mahorati, pedagogik
faoliyati, pedagogik qobilyatini turli pedagogik topshiriqlar, test savollari
yordamida o`rgandik.
Ushbu so`rovnomalar II guruhda olib borildi. So`rovnoma olish davomida
o`qituvchilar o`zlarining pedagogik mahorati va pedagogik qobiliyati qay darajada
shakllanganligi foiz hisobida ko`rsatildi.
I guruh o`qituvchilari maktabning pedagogik stajiga 10-15 yil bo`lgan
o`qituvchilar, II guruh esa 5-7 yil bo`lgan o`qituvchilar ishtirok etishdi. Ular
quyidagi natijalarni berdi:
1-Topshiriq . PEDAGOGIK FA[OLIYATDA O`QITUVCHI QOBILYATI VA MAHORATINI O`RGANISH 1. O`qituvchi qobilyati deganda nimani tushunasiz? a) O`quvchining bilish qobiliyati deganda nimani tushunasiz?
b) Qaysi fan o`qituvchingizda tushuntira olish qobiliyati kuchli?
d) Kuzatuvchanlik qobiliyati nima uchun kerak?
e) Nutq qobiliyati va madaniyati o`qituvchi qurolimi?
f) Oqituvchi tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo`lishi shartmi?
g) O`qituvchidagi kelajakni ko`ra olish qobiliyatining afzalliagini ifodalang.
h) O`quvchining diqqatini taqsimlay olish qobiliyati qachon zarur?
2. Pedagogik mahorat nima? a) O`qituvchi pedagogik mahoratli bo`lishi uchun nimalarni bilishi kerak?
b) Pedagogik mahoratga ega bo`lish uchun pedagogik qobiliyatlar kertakmi?
d) Sinf raxbarining pedagogik mahorati jamoa bilan ishlashda qo`l keladimi?
e) Pedagogik mahoratni yangi pedagogik texnologiya asosida boyitish
mumkinmi?
f) O`qituvchi necha yilda malaka oshirish kurslariga boradi? Nima uchun?