Qaytariladigan tovarlar suratga tushirilgandan keyin sotuvga o'tkaziladi, agar zarurat tug'ilsa, bizning tovarlarni tayyorlash markazimiz mahsulot qadog'ini va shtrix kodini tiklaydi. Agar fotosessiyadan so'ng mahsulotning taqdimot ko'rinishini tiklashning iloji bo'lmasa, tovar qaytarib olinmaydigan braklar toifasiga o'taziladi. Siz bunday tovarlarni olib ketishingiz mumkin yoki biz ularni sizning roziligingiz bilan utilizatsiya qilamiz.
Siz havolada keltirilgan, syomka turi ko'rsatilgan jadvalda, mahsulotning qaytarib olinmaydiganlarning toifasiga mansub ekanligini tekshirishingiz mumkin. Tezkor qidiruv uchun ctrl+f klaviatura yorliqlaridan foydalaning.
Mahsulotlar, qadog'idan chiqarilishidan tashqari, ularning xususiyat va sifatlarini batafsilroq ko'rsatish uchun ochilishi mumkin: siqib chiqarish uchun, to'kib ko'rsatish uchun yoki fotosuratda mahsulotning imkoniyatlarini ochish uchun zarur bo'lgan boshqa usulda ishlatilishi mumkin (masalan: sim kartalar, dezodorantlar, tabletkalar, bo'yanish aksessuarlari va boshqalar). Ba'zi hollarda, qaytariladigan toifadagi tovarlarning syomkasida, uning xususiyatlarini aniqlash uchun zavod qadoqlari ochiladi. Bunday tovarlar ham sotuvga chiqarilmaydi va fotostudiyadan keyin brak uchun yuboriladi.
4. Interyer fotosuratlari
Biz mahsulot kartasining prevyusiga (birlamchi ko'rinishiga) interyer fotosuratlarni yuklashimiz mumkin bo'lgan bir qator toifalarni ajratib chiqdik. Agar ushbu ro'yxatda mahsulot toifasi bo'lmasa, lekin sizda studiyadagi rasmlardan tashqari kartada ko'rishni istagan tayyor fotosuratlar bor bo'lsa (masalan: interyer fotosuratlari yoki rekvizitli kompozitsion fotosuratlar), ularni mahsulot tavsifiga qo'shishingiz mumkin.
Biz yuqori sifatli, sotiladigan kontent yaratish uchun yig'ilgan jamoaning mahoratini oshiramiz va fikr-mulohazalarga e'tibor beramiz. Sizning istaklaringizdan kelib chiqqan holda, biz mahsulotingizni yanada samaraliroq ko'rsatib berishga yordam beradigan bir qator o'zgarishlarni ishga tushirdik:
# Infografika
Ishlatilish doirasi aniq bo'lmagan mahsulotlarning xususiyatlarini ko'rsatish uchun biz infografika funksiyasidan ham foydalanamiz. U kartaning asosiy fotosuratiga yoki galereyaga joylashtirilishi mumkin. Infografika xaridorga tanlov qilishda yordam beradi - masalan, keng palitraga ega bo'lgan mahsulot uchun rangni tanlashda.