2.5 Qo'shimcha cheklovlarga ega toifalar Tezkor testlar tibbiy asbob-uskunalar hisoblanib, faqat foydalanish bo'yicha ko'rsatmalarida uyda foydalanish mumkinligini, yoki inson o'zi mustaqil ravishda foydalanaolishi uchun mo'ljallanganligi ko'rsatilgan bo’lsa, Uzum marketpleysida sotilishi mumkin. Tezkor testlarga quyidagilar kiradi:
➖Infektsiyalarni aniqlash uchun tezkor testlar (masalan, gepatit, sifilis, gripp uchun testlar);
➖ Glyukometr uchun test chiziqlari;
➖ Giyohvand moddalarni tekshirish uchun testlar;
➖ Homiladorlik yoki ovulyatsiya davrini aniqlash uchun testlar;
➖ COVID-19 uchun tezkor testlar.
2.6 Brendli tovarlarni sotish Uzumda brendli tovarlarni sotish uchun, ushbu tovarning tovar belgisi (TB) yoki savdo belgisi (SB) O’zbekiston yoki xalqaro intellektual mulk tizimida ro’yxatdan o’tkazilgan bo'lishi talab etiladi, hamda ulardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar kerak bo'ladi.
Marketpleys orqali savdo qilishni boshlash uchun biz sizni ushbu hujjatlarni bizga taqdim etishga majburlamaymiz. Biroq, mualliflik huquqi egasi uchinchi tomon sotuvchilariga tovar belgisidan foydalanishni taqiqlash huquqiga ega ekanligini tushunishingiz kerak. Agar bunday hodisa ro'y bersa, biz brenddan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmaydigan tovarlaringizni blokirovka qilishga majbur bo'lamiz. Hujjatlarni taqdim etish muddati – uch kun. Shuningdek, mualliflik huquqi egasi zararni undirishni talab qilishi va jarima solishi mumkin.
Siz va brend egasi (ishlab chiqaruvchi, diler, distribyutor) o'rtasidagi aloqaning uzunligiga qarab, sizning qo'lingizda turli xil hujjatlar bo'lishi zarur. Havolani bosish orqali siz barcha savdo sxemalari va tegishli hujjatlar bilan tanishishingiz mumkin.
Daromadlarni olish
#3.1 Pul mablag'larini yechib olish Sotuvchining shaxsiy kabinetidagi "Moliya" bo'limida mablag'larning to'rtta holati ko'rsatiladi:
• Pulni yechib olish mumkin (siz platformadan chiqarib olishingiz mumkin bo’lgan miqdor)
• Qayta ishlash jarayonida (chiqarilganidan keyin hali 10 kun o'tmagan buyurtmalar narxi)
• Qaytgan tovarlar(ishning butun davri davomida qaytarilgan va bekor qilingan buyurtmalarning umumiy qiymati)
• Umumiy yechib olish miqdori (joriy oy va butun ish davri uchun)
Xaridor sizning do'koningizdagi buyurtma uchun to'laganida, pul "Qayta ishlash jarayonida" holatiga o'tadi. Agar buyurtma berilganidan keyin yetti kun ichida xaridor tovarni qaytarib bermasa, marketpleys komissiyasini olib qolgan holda tovarni sotish summasi "Pulni yechib olish mumkin" holatiga o'tadi.
"Mablag'larni yechib olish" tugmasini bosish orqali siz pul mablag'larini yechib olmoqchi bo'lgan do'konni tanlashingiz mumkin, shuningdek, qaysi hisob raqamga o’tkazilishini tanlashingiz mumkin.
"Chiqarish" tugmasini bosgandan so'ng, pul tushumi bir ish kuni ichida amalga oshiriladi. Oferta shartnomasiga ko’ra, kompaniya shaxsiy kabinetda pul mablag’larini yechib olish to’g’risida so’rov berilgan paytdan boshlab pulni o’tkazish muddatini 14 kalendar kunigacha amalga oshirish huquqini o’zida saqlab qoladi.
"Hisob-kitob hisobvaraqlari" ustunidagi "Shaxsiy ma'lumotlar" bo'limida pul mablag'larini chiqarib olish uchun qo'shimcha hisob raqamini qo'shishingiz mumkin. Siz jami 5 ta hisob raqam qo'shishingiz mumkin.
Agar qaytarib berish sababi mahsulotdagi nuqson bo'lmagan bo'lsa, tovar qaytarilish paytidan o'n kun ichida mablag'lar xaridorning kartasiga qaytib tushadi va mahsulot tez orada yana sotuvga chiqariladi (batafsil ma'lumot uchun 7.4-bo'limga qarang). .
#3.2 Marketpleys tariflari Komissiya faqat sotilgan tovarlardan tushgan mablag'dan ushlab qolinadi va quyidagilarni o'z ichiga oladi:
◼ tovarlarni saqlash;
◼ buyurtmani yig'ish va jo'natishga tayyorlash;
◼ ekvayring va kassa xizmatlari uchun xarajatlar;
◼ mahsulot kartalari uchun foto va video kontent yaratish;
◼ xaridor shahrigacha yetkazib berish;
◼ buyurtmalarni tarqatish punktida buyurtmani berish yoki kurer orqali yetkazib berish;
◼ xaridor tomonidan tovar qaytarilgan taqdirda buyurtma xizmati (omborga qaytarib yuborish va sotishga qaytarish).
Komissiya miqdori tovarning narxiga bog'liq va avtomatik ravishda hisoblanadi: